"Yo`l qoidasi umr foydasi" Tadbir senariyasi "Yo`l qoidasi umr foydasi" tadbir senariysi



Yüklə 132,65 Kb.
tarix11.07.2023
ölçüsü132,65 Kb.
#119495
YO`L QOIDASI UMR FOYDASI MUSTAQIL ISH





"Yo`l qoidasi - umr foydasi"
Tadbir senariyasi


"Yo`l qoidasi - umr foydasi" tadbir senariysi
(tadbir senariysi)
(Tadbir uchun sahna bezatiladi. Kerakli yo`l belgilari tayyorlanadi, svetofor yasaladi. Tadbirni 2 ta boshlovchi olib boradi. O`quvchilar qatnashadi. Militsioner kiyimidagi o`quvchi bo`ladi. )
Tadbirni o`tkazishdan maqsad o`quvchilarning yo`l harakati qoidalarini ko`proq o`zlashtirishi va unga amal qilishga o`rgatish.
1-boshlovchi: Assalom-u alaykum aziz ustozlar, hurmatli aka-opalarimiz.
2-boshlovchi: : Assalom-u alaykum jajji ukajonlarimiz va qadrli tengdoshlarimiz.
1-boshlovchi: Bugun bizsizni oz bo`lsaham, yo`lharakati qoidalarida xabardor qiliosh maqsadida ushbu kichik tadbirni tashkil qildik.
2-boshlovchi: 10- fevraldan 10-martgacha "Harakat xavfsizligi oyligi"deb e`lon qilinganligi munosabati bilan "Yo`l qoidasi - umr foydasi” deb nomlangan kechamizni taqdim qilamiz.
1-boshlovchi: Munosibaxon yo`l, ko`cha, chorraha nima ekanligini undaqanday harakat qilishni bilasizmi?
2-boshlovchi: Yo`l bu – biz maktabga borib keladigan yo`l-da!
1-boshlovchi: Tengdoshlarimiz bu savollarga ajoyib javob topib qo`yishgan, keling tinglaymiz.
1-o`quvchi: Bolalar! Ko`cha deb ikki chetiga turli binolar qurilgan, odamlar avtomobillar va boshqa transport vositalari harakat qilishi uchun mo`ljallangan joyga aytiladi. Bunday ko`chalar juda ko`p. Bu ko`chalarni adashtirib yubormaslik uchun ularning har qaysisiga nom berilgan. Ko`chadagi harakat xavfsizligini ta`minlash uchun maxsus qoidalargarioya qilish zarur . Transport haydovchilari va piyodalar bu qoidalarni bilishlari kerak.
2-o`quvchi: Chorraha transport vositalari eng ko`p qatnaydigan yo`l qismi. Shuning uchon chorrahalar eng xavfli joy hisoblanib uyerda piyodalarni tartibga soluvchi nazoratchi turadi yoki svetofor o`rnatilgan bo`ladi. Piyodalar yo`ldan o`tayotganda juda ham ziyrak bo`lishi kerak.
3-o`quvchi: Chorrahaning transport va piyodalar qatnaydigan qismi yo`l deyiladi. Piyodalar yo`lning chetidan trnsport harakatiga qarama-qarshi yo`nalishda yurishlarikerak. Shunda ular ro`parasidan kelayotgan mashinalarni doimo ko`rib turadilar. 
2-boshlovchi: Yo`l belgilarini juda ko`p ko`rganmiz . Maktabga kelishda, shaharga borishda . Lekin shu belgilar aynan nimani bildirishini bilasizmi?
1-boshlovchi: Ha, ayrimlarini bilaman. Masalan maktabimizga kelishda bolalar rasmi qo`yilgan belgi bor. Bu belgi bolalar o`qiydigan maktab bor. Mashinalar tezlikni 70 km/soat tezlikdan oshirmasligi kerak degani.
2-boshlovchi: Endi ayrim yo`lbelgilari bilan tanishib olamiz.
(O`quvchilarga quyidagi yo`l belgi she`rlari beriladi. Qo`llarida shu belgilarni ushlab turishadi.)
Bolalar belgisi
Bu belgini ko`rganda ,
Xotiringiz bo`lsin jam.
Bolalarga oq yo`ltilab
To`xtar mashinalar ham.
Tibbiy yordam ko`rsatish belgisi
Ko`rsatilar shunday belgi
Bor joyda tibbiy yordam.
Yo`lda kor hol bo`lib qolsa,
Murojaat qiling siz ham.
Piyodalar o`tish joyi belgisi
Yo`lni kesib o`tishning ham
Qoidasi bor biling.
Bu belgini ko`dingizmi?
Qadam tashlang , dadil bo`ling
Yer osti piyodalar o`tish joyi belgisi
Sizga aytsam bu belgi,
Hammaga ham keragi.
Eng xavfsiz va eng ma`qul yo`l,
Bu yer osti yo`lagi.
Yer usti piyodalar o`tish joyi belgisi
Po`lat izdan yurish xavfli
Bunday qilmang, hech qachon!
Osma ko`prik yoki maxsus
Yo`ldan yuring oshnajon.
Piyodalar harakati taqiqlanadi belgisi
Bu belgi der: - Bolalar!
Bu joyda yura ko`rmang,
Bilmayin yurib qo`yib
Hayotni xavfga qo`ymang!
Ikki tomonlama harakat belgisi
Chapga o`ngga qarab yo`lning ,
O`rtasiga borib turing.
Keyin o`ng va chapga qarab
Xavf yo`q bo`lsa, olg`a yuring.
Piyodalar yo`lakchasi belgisi
Har xil avtoulovlarga
Joyning borligi tayin –
Ammo bunday belgi bor joyda
Piyodalar xo`jayin.
Velosipedda yurish taqiqlanadi belgisi
Bu belgini ko`rib to`xtang,
Velosipeddan tushing tez.
Yetakka olib unda,
Piyoda bo`ling bunday kez.
1-boshlovchi: Olisni yaqin aylab
Turibmiz rulni shaylab.
Bir,ikki,uch ... yetti ...
Uloq bizlarda ketdi.
Nima haqida gapirayotganimni sezdingizmi?
2-boshlovchi: menimcha lasetti mashinasi haqida gapiryapsiz. Demak, navbat mashinalar haqidagi she`rga.
Xizmatdamiz odamga
Qulaymiz "tez yordam”ga.
Kimlar uchun taxsi "Damas”
Demang bizni indamas.
Kimlar uchun go`yo ombor
Hali hisob-kitob ham bor.
Ichim tashim baquvvat,
Ko`rkamdirman hamma vaqt.
Rulim ushlash qanday baxt,
Sizni kutgan men kobalt.
Sizga qilishar havas,
O`zin qiyoslaydi "Maz”.
Zil-zambil yuklar tashish,
Hammaga ham osonmas. ( Kamaz)
1-boshlovchi: Bunday mashinalardan tashqari maxsus avtomashinalar ham bor.
2-boshlovchi: Yo`g-e maxsus avtomashina deysizmi?
1-boshlovchi: Ha, albatta. Bunday turdagi mashinalar haqida hozir ko`proq narsalarni bilib olishimiz mumkin.
1-o`quvchi: O`t o`chiruvchi mashinalar. Bunday mashinalar qizil rangga bo`yaladi. Mashina kuzovining ustiga havo rang miltillovchi chiroq o`rnatiladi.
2-o`quvchi: Militsiya mashinalari. Kuzovning yon tomonlariga zarur hollarda qo`ng`iroq qilish uchun telefon raqamlari yoziladi. Maxsus radiokarnar o`rnatiladi.
3-o`quvchi: "Tez yordam” mashinalar. Bunday mashinalarning kuzoviga 03 raqami tushirilgan bo`lib, bu raqam orqali tez tibbiy yordam chaqiriladi.
4-o`quvchi: Gaz tarmoqlarini tez ta`mirlash avtomobili. Bunday avtamobillarga ham boshqa maxsus mashinalardagidek "Sirena” tovushi ulangan bo`ladi.
5-o`quvchi: Maxsus avtomobillar hodisa ro`y berayotgan joyga borayotganlarida "Sirena” tovush signalini ulaydilar va kuzov tepasidagi pirpirovchi chiroqni yoqadilar. Bunday hollarda svetoforning har qanday ishorasida to`xtamasdan harakatlanishga egalar va boshqa transport vositasi haydovchilari ularga yo`l berishlari shart!
6-o`quvchi: Piyodalar "Sirena” tovushini eshitishi bilan yo`lni bo`shatishlari va maxsus mashinalar o`tib ketmaguncha yo`lkadan tushmasliklari kerak.
7-o`quvchi: Agar yo`ldan "Sirena” tovush signali bilan jihozlangan avtomobil kuzatuvidagi avtomobillar kalonnasi harakatlanayotgan bo`lsa, piyodalar ularning o`tib ketishini kutishi va shundan keyingina yo`lni kesib o`tishlari mumkin.
1-boshlovchi: Yo`l hamisha tasodiflarga to`la. Lekin har qanday tasodifning oxiri yaxshilik bilan yakunlanavermaydi. 
2-boshlovchi: Ayrim tasodiflar tufayli ba`zilari ruhan, ba`zilari jisman majruh bo`lib qoladilar. Har yili yo`l transport hodisalari natijasida ko`plab bolalar shikastlanib nobud bo`lishyapti. Bularning sabalari esa turlicha.
(o`quvchilar birma-bir aytishadi.)
- velosiped, chanalarda yo`lning qatnov qismida uchgani uchun;
- mashina va traktorlarning orqasidan osilgani uchun;
- kattalar qolidan chiqib birdaniga yugurgani uchun;
- koptokning orqasidan chopib chiqqani uchun;
- mumkin bo`lmaga joylardan yo`lni kesib o`tgani uchun;
- yo`lning harakat qismida turli o`yinlar o`ynagani uchun;
- kichik yoshdagi bolalarni yo`lda nazoratsiz qoldirgani uchun;
- tez kelayotgan transport vositasi oldidan tez chopib o`tgani uchun baxtsiz hodisalar ro`y beradi.
1-boshlovchi: bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun esa hozir aytiladigan qoidalarga amal qilishimiz zarur.
(o`quvchilar birma-bir aytishadi.)
- ko`chani piyodalar o`tish joyidan shoshilmasdan kesib o`tish kerak;
- yo`ldan faqat svetoforning yashil chirog`i yonganda o`ting;
- agar ko`chaning piyodalar yo`lakchasi bo`lmasa, harakatlanayotgan mashinalarga qarshi yo`nalishda ko`cha bo`ylab yo`l chetida yurish lozim;
- harakatlanayotgan mashinalar oldidan ko`chani chopib kesib o`tmang;
- ko`chani faqat piyodalar uchun mo`ljallangan joydan kesib o`ting;
- agar yo`ldan o`tishga ulgurmagan bo`lsang ko`chaning markaziy chizig`ida yoki xavfsizlik bekatida to`xta va svetoforning yashilchirog`i yonishini kuting;
- fudbol, qorbo`ron va boshqa o`yinlarniko`cha yoki yo`lkalarda o`ynamang, bunday joylarda o`ynash hayotingiz uchun xavfli ekanligini unutmang;
- yo`llarda va ko`chalarda chang`i va chana uchmang, har xil o`yinlarni maxsus maydonchalarda va stadionlarda o`ynang;
Yo`lda ketayotganda ziyrak bo`l! Shoshma! Faqat yo`lkadan yoki yo`lning chetidan yur! Yo`lni qanchalik kam kesib o`tsang, harakating shunchalik xavfsiz bo`lishini unutma! 
Yo`lning transport harakatlanadigan qismidan zinhor yurma. Yo`lkaning tor joyida to`xta va ro`parangdan kelayotgan kattalarga yo`l ber.
2-boshlovchi: Turli, o`qish mashg`ulotlar ,
Kollej maktab degan joyda.
Yo`l harakat qoidasin,
Bilmoqlik juda foyda.
Yuqoridagi qoidalarga bo`ysunmagando`stimizdan qiziqarli she`r tinglaymiz.
Ko`chaga chiqdim bunday qilib
Chorrahadan o`tdim bunday qilibMashinalar chiyilladi
Hushtak qattiq churilladi,
Militsiya keldi bunday qilib.
Haydovchilar baqirishdi,
Dadamni ham chaqirishdi.
Dadam meni koyidi bunday qilib.
Men yig`ladim bunday qilib
Endi bunday qilmayman, deb
Chiroqdan ko`z uzmayman,deb,
Va`da berdim bunday qilib.
1-boshlovchi: Chorrahaning asosiy boshqaruvchisi svetofordir. Svetofor yo`q joyda militsiya xodimlari nazorat qiladi.
2-boshlovchi:
Qizil yonsa kuting - bu xavfli,
Sariq yonsa – tayyor turing.
Yashil yonsa – yo`l ochiq,
Qo`rqmay, dadil olg`a yuring.
(bitta o`quvchi "Uch xil chiroq” she`rini aytadi, o`ng tomonida militsiya kiyimidagi o`quvchi svetofor chirog`iga mos harakat qiladi, chap tomonida svetofor turadi.)
Ko`cha bo`ylab yursang agar
Atrofingga solgin nazar.
Chiroqlardan olgin saboq,
Yo`l ko`rsatar uch xil chiroq.
Sen unga boq, sen bunga boq,
Yo`l ko`rsatar uch xil chiroq.
Sariq chiroq hushyor etar,
O`tma yo`ldan shikast yetar.
Haydovchini to`xtab tur deb,
Qizil chiroq xitob etar.
Sen unga boq, sen bunga boq,
Yo`l ko`rsatar uch xil chiroq.
Yashil chiroq porlagan kez
Yo`lni kesib o`tib ol tez.
Ko`chalar soz, obod-ravon,
Yo`lni bilgan yurar omon.
Sen unga boq, sen bunga boq,
Yo`l ko`rsatar uch xil chiroq
Sen unga boq, sen bunga boq,
Oq yo`l tilar yashil chiroq.
1-boshlovchi: Endi navbatni ochiq muloqotga beramiz.
2-boshlovchi: Bunda aka-opalarimiz va tengdoshlarimizga bir nechta savollar beramiz.
1-boshlovchi: (5 ta o`quvchi yo`l belgilarini ushlagan holatda davraga chiqishadi.) Maktabga kelguncha shu belgilardan qaysi birlarini uchratgansiz va u nimani bildiradi?
2-boshlovchi: Maktabdan uygacha bo`lgan yo`lda qanday harakatlanishingizni tushuntiring? ("Mening mashrutim ” mavzusida so`zlash)
1-boshlovchi: Yo`l qoidasini bilgan hamda unga amal qilgan yo`lovchi va haydovchilarning yo`llari bexatar bo`ladi.
2-boshlovchi: Shunday ekan "Yo`l qoidasi – umr foydasi” ekanligini unutmang!
1-boshlovchi: Yo`llarda harakatlanayotganda yo`lqoidalariga rioya qiling.
2-boshlovchi: Shuning bilan bugungi kechamiz ham o`znihoyasiga yetdi. E`tiboringiz uchun rahmat!
1-2-boshlovchi: Xayr so`g`-salomat bo`ling!
Yüklə 132,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə