Yonalishi 203 – guruhi talabasi Nazarova Hurmatoyning Tasviriy san'at òqitish metodikasi fanidan



Yüklə 397,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix31.12.2021
ölçüsü397,91 Kb.
#82463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi

 

 

1.1-§.Shaxsning badiiy madaniyati va ma’naviyatini rivojlanishida tasviriy 

san’atning o‘rni 

Insoniyat  ma’naviy  madaniyatining  tarkibiy  qismi  san’atdir.  U  musiqa,  teatr, 

kino,  badiiy  adabiyot,  xoreografiya,  tasviriy  va  amaliy  bezak  san’ati  kabi  boshqa 

turlarini o‘z ichiga oladi. San’atning har bir turi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni aks 

ettirishda  har  xil  vositalardan  foydalanadi,  masalan,  adabiyot  -  so'zdan,  musiqa  - 

tovushlardan, tasviriy san’at - rang va chiziqlardan va hokazo. Shu bilan birga, har bir 




 

san’at turi o‘z ichida yana xillarga va janrlarga bo‘linadi. San’atni tushunish, uning 



kishilar  hayotidagi  rolini  aniqlash  masalasi  butun  madaniyat  tarixi  davomida  keskin 

bahs, tortishuvlarga sabab bo'lib kelgan. San’atning  eng qadimiy  va  keng tarqalgan 

turlaridan  biri  -  tasviriy  san’atdir.  Odatda  real  borliqni  badiiy  obrazlarda,  mavjud 

predmetlami  tabiiy  shaklini  o‘ziga  o‘xshatib  umumlashtirib  ifodalaydi  hamda 

predmetlaming hajmi, o‘zaro fazoviy joylashuvini va hokazolarda aks ettiradi. 

San’atkor o‘z asarida voqea, hodisa, holatning ma’lum bir zumdagi ko‘rinishini 

ifodalab,  u  tasvir  orqali  rivojini,  mohiyatini  ochib  berishga  intiladi,  kishilaming 

ma’naviy qiyofasi, psixologik holati va boshqa fikrlarni ilgari suradi va tasawur qiladi. 

Rassom biror shaxsni rasmini ishlar ekan, u hech vaqt uni faqat o‘ziga o‘xshatishga 

ishtilish bilan chegaralanmaydi. Rassom shu ishlayotgan tasvir orqali awalo o'zining 

fikr  va  tuyg'ularini  tomoshabinga  yetkazishga  harakat  qiladi.  Ishlamoqchi  boMgan 

tasvirida awalom bor g‘oyasiga mos mavzu, syujet tanlaydi, voqea kompozitsiyasini 

quradi, shu yo‘lda izlanadi, dastlab hayotni o‘rganib, naturani kuzatib, eskizlar chizadi, 

etyudlar  yaratadi.  Rassomlik  san’atida  predmetlaming  shakli,  hajmi,  rangi,  ulaming 

o‘zaro muvozanatini to‘g‘ri ko‘rsatishda rasmni aniq va to‘g‘ri ishlashning juda muhim 

ahamiyati bor. San’atkor o‘z asarida real borliqda uchraydigan, balki inson fantaziyasi 

mahsuloti bo‘lgan voqea va predmetlar ham aks ettirilishi, hayotda mavjud bo‘lgan 

hodisalarning  ayrim  jihatlari  o‘zgartilib,bo‘rttirib  ko‘rsatishi  ham  mumkin.  Bundan 

ko‘rinib turibdiki, tasviriy san’at asarlari - insondagi ajoyib fazilat - borliqni bilish, uni 

o‘rganish  va  sirlarini  ochishga  bo‘lgan  ehtiyojlami  qondirishga  ta’sir  ko‘rsatadi. 

Tasviriy san’at inson ongiga tezda ta’sir etib, unda ezgu hislar uyg‘otadigan, kishini 

ruhlantirib,  ma’naviy  olamini  boyitadigan  san’at  turiaridan  biridir.  Shu  bilan  birga, 

tasviriy  san’at  inson  shaxsining  shakllanishiga  va  kamolatiga  yordam  beradigan 

tarbiyachi  hamdir.  Pedagogika  instituti  va  universitetlarining  pedagogika  va 

boshlang‘ich  ta’lim  metodikasi  fakultetlarida  ta’lim  oluvchi  talabalar  tasviriy 

san’atdan  maxsus  bilim  va  malakalarga  ega  bolishi  o‘quvchilarni  badiiy-ijodiy 

qobiliyatlarini,  badiiy  didni,  rang  sezishni,  fazoviy  tasavvurini,  buyuk  rassomlar 

asarlarini  go‘zalliklarini  ko‘ra  bilishga  va  ulami  hissiy  idrok  etishga  olib  keladi. 

Tasviriy  san’at  o‘qitish  metodikasi  bo‘yicha  toia  bilimlarga  ega  boiish,  ayniqsa, 



10 

 

O‘zbekistonda  va  chet  ellarda  fanning  o‘qitish  tarixi,  o‘quv  fanning  maqsad  va 



vazifalari, ta’limning mazmuni, shakllar, usullari haqida chuqur bilimlarga ega bo‘lish 

tasviriy  san’at  o‘qituvchi  faoliyatida  hal  qiluvchi  ahamiyat  kasb  etadi.  Ma’lumki, 

bugungi o‘quvchi kelajakda ishchi, xizmatchi, dizayn konstmktor, muhandis, shifokor, 

o‘qituvchi, yurist yoki harbiy mutaxassis yoki biron bir sohani yaratuvchisi bo‘ladilar. 

Ulami har biri uchun rasm chizish, undan foydalanish lozim bo‘ladi. Hatto uy bekasi 

ham  rasmni  ko‘ra  olishi,  tushunishi,  bu  zamonning  eng  zarur  faoliyatidir.  Hozirgi 

davrda  har  bir  erkak  zoti  mashina  haydashni,  texnika  bilan  shug‘ullanishiga,  uy 

bekalarini  esa  dazmol,  tikuv  mashinasi,  radio,  televizor,  kir  yuvish  mashinalari, 

muzlatgich, elektr plita, sut, qaymoq  olish  mashinalari  kabi  yuzlab  texnik buyumlar 

bilan shug‘ullanadilar. Ularga bu asbob-texnika vositalarini ishlatish va ularni sozlash 

uchun grafik bilim va malakalar darkor. Shu boisdan har bir kishi rasm chizishni, grafik 

tasvirlarini bilishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda har bir shaxsni grafik bilimga 

ega  bo‘lishi  uning  o‘ziga  ham,  jamiyatga  ham  suvdek  zarur.  Shunga  ko‘ra  fransuz 

faylasufi Didro, bundan qariyb 300 yillar avvaldanoq, - «Qaysi bir mamlakatda rasm 

chizislini o‘qish-yozish kabi bilsalar edi, bu mamlakat barcha sohalarda har qanday 

mamlakatni quvib yetadi va oitda qoldiradi» - degan edi. 

Tarix  shohidkim,  jahonga  mashhur  geograflar,  tarixchi,  adabiyotchi,  shoir, 

yozuvchilar,  konstruktor  va  boshqa  soha  allomalari  rasm  chizishni  juda  yaxshi 

bilganlar.  Shunga  ko‘ra  Beruniy,  Ibn  Sino,  Ulug‘bek,  Gyote,  Gyugo,  Anderson, 

Pushkin,  Tagor,  Mikluxo-Maklay,  Mendeleev,  B.Zokirov  kabi  turli  soha  ijodkorlari 

rasm chizish bilan jiddiy shug‘ullanib kelganlar. Xullas, har bir sohani ijodkori uchun 

rasm chizishni bilish unga katta ijodiy imkoniyat va ozuqa beradi. 

Agar har bir o‘qituvchi rasm chizishni bilganda edi, ular dars berishda yuksak 

samaralarga  erishardi,  dars  mashg'ulotlarini  o'zlashtirish  ham  o‘quvchi  uchun  juda 

oson va yengil boMardi, hatto o‘zlashtirmovchi o‘quvchini boiishi ancha qiyin boiardi. 

Shularga ko‘ra bugungi maktab o‘quvchilariga badiiy bilim va malaka berishga katta 

e’tibor berilmoqda. 

Rasm  chizishni  o'rganish  uchun  alohida  iqtidor,  iste’dod  kerakmi?!  Agar 

astoydil  istasa,  har  kim,  qobiliyatidan  qat’i  nazar  savodli  chizishga  o'rgana  oladi. 



11 

 

Chizishni  o‘rganish,  savodli  yozish  yoki  maktab  matematika  kursini  o‘zlashtirishga 



qaraganda murakkab emas. Faqat intilish va asosiysi - yaxshi iroda, rasm istalgan kasb, 

istalgan mashg‘ulot egasiga zarurligini tushunish kerak. 

Chizishni  bilgan  san’atning  barcha  turlarini  tushunadi,  unga  avval  odatiy 

ko‘ringanlarning  barchasida  go‘zallikni  ko‘ra  biladi:  uning  fikrlash  doirasi  keng, 

ma’naviy dunyosi boy, u qiziqarli va shodon hayot kechiradi.  

Chizishni bilish ko‘pchilikka: geograf, botanik, geolog, arxitektor, uchuvchi va 

boshqalarga amaliy jihatdan ham kerak. Masalan, II jahon urushi qahramonlaridan biri 

- 62 fashist samolyotini urib tushirgan (o‘zi biror marta hatto yaralanmagan uchuvchi 

Ivan  Nikitovich  Kojedub  havo  jangi  texnikasida  unga  rasm  chizish  malakalari 

ko‘maklashganini ta’kidlagan. Rasm chizish tufayli unda snaypercha ko‘z o‘tkirligi, 

idrok tezligi va reaksiya tezligi rivojlangan. Axir rassom harakatlanayotgan predmetni 

nafaqat  tez  ilg‘aydi,  balki  uni  tez  chizadi  ham.  Kojedub  dushmanlaridan  reaksiya 

tezligi va aniqligida ustun va shu sababli g‘alaba qilar edi.  

Muhandis,  pedagog,  jarroh,  astronom  ishida  rasm  chizish  foyda  bermaydimi. 

Buyuk  olim,  adib  va  san’at  arboblariga  (Lomonosov,  Lermontov,  Shevchenko, 

Siolkovskiy,  Timiryazev)  tasviriy  vositalami  egallaganliklari  muhim  kashfiyotlarda, 

durdona badiiy asarlar yaratishda ko‘maklashgan. San’at barcha kasb egalariga do‘st 

va hamkor bo'la oladi.  

Rassomlarning ko‘zi o‘tkirligi, idrok va reaksiya tezligi yaxshi ma’lum:  

- rassom N. Jukov bilyardda doim g'olib bolishi bilan faxrlangan;  

-  ertakchi  rassom  Viktor  Vasnetsov  gorodkini  yuqori  mahorat  bilan  o'ynashi 

ko'pchilikni lol qoldirgan; 

 -  manzarachi  I.Levitan  miltiqdan  Vilgelm  Telldek  otgan  -  «o‘qni  o‘qqa» 

joylagan; 

 -  XVI  asr  italyan  zargar  va  haykaltaroshi  Benvenuto  Chellini  artilleriyachi 

sifatida  janglarda  qatnashgan.  «Mening  rasm  chizishim  va  ajoyib  mashg‘ulotlarim 

yozadi u, - va musiqa chalish go‘zalligi, barchasi shu qurollarda «chalishimda» ketdi». 

Darhaqiqat, ko‘z o‘tkirligi talab etiladigan o‘rinlarda rassomlar oson g‘olib boiishadi. 

Mikelandjelo aytganidek, san’at ulaming ko‘zIarida sirkul va chizgMchni bir paytning 



12 

 

o‘zida joylashtirishga o'rgatgan. Rasm chizish nafaqat ko‘rish idroki tezligini, balki 



yaxshi ko‘rish xotirasini ham shakllantiradi. Razvedkasi logann Vays (Sasha Belov) 

maxfiy  hujjatlaming  ko‘plab  sahifalarini  bir  ko‘rishda  eslab  qolgani  ko‘pchilikka 

ma’lum. Mo‘jizami. Yo‘q mo‘jiza emas, mashq qilishi. 

Rassomlar hamisha ko‘rish xotirasi kuchliligi bilan shuhrat qozonib kelgan.  

I. Levitan o‘rtoqlarini lol qoldirgan. Qish tunida bir guruh rassomlar o‘rmonga 

sayrga otlanishadi. Ular ertaklardagidek go‘zal manzaraga guvoh bo‘lishadi - moviy, 

oy shu’lasi yoritib turgan qorda kul rang-pushti jemovlar va ular uzra qorga o‘rangan 

qarag‘aylar. Hamma manzaradan bahra olib, uy-uyiga tarqaydi. Oradan bir necha kun 

o‘tib,  rassomlardan  biri  Levitan  ustaxonasida  kartinani  ko'radi:  xuddi  o'sha  tungi 

manzara - moviy qordagi kul rang-pushti jemovli manzara. Levitan uni, razvedkachi 

Vays maxfiy hujjatlami eslab qolgani kabi eslab qolgan va xotiradan chizgan. 

Rassom  Ayvazovskiy  shunday  ko‘rish  xotirasiga  ega  ediki,  dengiz 

ko‘rinishlarini  o‘z  ustaxonasiga  qamalib  olib  tasawuri  bo‘yicha  chizardi.  Hikoya 

qilishlaricha, u Peterburgdagi bir kvartiradan ketayotib, devorda kiyim ilgich ostiga o‘z 

po‘stinini  shunday  chizib  qo‘yganki,  uy  egasi  ijarachi  po‘stinini  unutib  qoldiribdi, 

degan  xayolga  borgan.  Faqat  yaqinroq  kelganidagina,  po'stin  chizib  qo‘yilganini 

fahmlagan.  Shunday  qilib,  barchaning  san’at  va  go'zallik  olamini  bilishi  ta’limning 

barcha  sohalarida  jadal  rivojlanishga  olib  keladi.  Boshlangich  sinf  o‘qituvchilarini 

tayyorlashda tasviriy san’at O‘qitish metodikasi asosiy predmetlardan biri hisoblanadi 

va o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: 

 1. Talabalarga tasvirlash asoslarini o‘rgatish, ya’ni badiiy ijodning psixologik 

asoslari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar - qiziqish, diqqat, idrok va sezish, xotira va 

tasavvumi yaxshi bilishi bolalar badiiy ijodini faollashtirishda foydalanishga o‘rgatish.  

2.  Talabalaming  badiiy  ijodiy  qobiliyatlarini  o‘stirish,  ularning  badiiy  didini 

tarbiyalash, borliqdagi va san’atdagi go‘zalliklarni ko‘ra bilishga o‘rgatish. 

 3. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tasviriy san’at darslarini olib borishga tayyoriash va 

shu bilan birga mashg‘ulotlarni hayot bilan bog‘lab o‘tishga o‘rgatish.  

4. Sharq mumtoz san’ati, hozirgi zamon o‘zbek tasviriy san’ati, sharq xalqlari 

va xorijiy mamlakatlar san’atlaii haqida qisqacha ma’lumot berish.


Yüklə 397,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə