Yonalishi 203 – guruhi talabasi Nazarova Hurmatoyning Tasviriy san'at òqitish metodikasi fanidan


    1.2-§.Tasviriy san’at darslarining mazmuni



Yüklə 397,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix31.12.2021
ölçüsü397,91 Kb.
#82463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi

 


13 

 

1.2-§.Tasviriy san’at darslarining mazmuni 

        

«Tasviriy san’at» o‘quv predmeti ma’naviy  madaniyatning tarkibiy qismlaridan 

biri  bolgan  badiiy  madaniyatni  uyg‘un  rivojlanishga  xizmat  qiladi  va  shaxs  uchun 

muhim  bolgan  qator  sifatlami  rivojlantirishga  yordam  beradi.  Bu  esa  o‘quvchilarni 

milliy  merosni  o‘zlashtirish  hamda  umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  yaqindan 

tanishishlari uchun imkoniyat yaratadi.  

       Maktabda  tasviriy  san’at  darslarida  mashg'ulotlarning  quyidagi  turlari  bo‘yicha 

ishlar  olib  boriladi;  Borliqni  idrok  etish;  San’atni  idrok  etish;  Naturaga  qarab 

tasvirlash; A) Naturadan rasm ishlash. B) Naturadan haykal ishlash. Kompozitsiya; A) 

Rangtasvir  kompozitsiyasi.  B)  Dekorativ  kompozitsiya.  V)  Haykaltaroshlik 

kompozitsiyasi. Mazkur o‘quv predmetidagi ta’lim va tarbiya asosan ikki bo‘limdan 

(amaliy va nazariy) tashkil topadi: 

Amaliy  ishlar  birinchi  sinfdan  to‘rtinchi  sinfgache,  asosan.  to'rtta  o‘quv 

masalalarini hal qilishga qaratiladi;  

1. Kompozitsion faoliyat.  

2. Rang va bo‘yoqlar. 

 3. Shakl, proportsiya, konstruksiya.  

4. Fazo (makon). 

 Boshlang‘ich  sinflarda  o‘tiladigan  amaliy  mashg‘ulotlar  jarayonida  bolalarda 

qatiylik, faoliik, o‘z kuchiga ishonch hosil qilinadi, shuningdek, ijodkorlik, mustaqil 

fikr yuritish va ishlash qobiliyatlarini tarbiyalash yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu o‘rinda 

o‘quvchilar vazifani ko‘rgazmali tarzda, obrazlar orqali idrok etishlari talab etiladi.  

Boshlang‘ich sinflarda bo'yoq bilan ishlash mashg‘ulotlarida ranglarning turli 

tus va och-to‘qligini farqlay bilishga, kerakli ranglarni tanlay olishga o‘rgatish asosiy 

vazifadir. Bu sinflarda ko‘proq guash, akvarel bo‘yog‘idan foydalaniladi va ularni esa 

aralashtirib ham ishlatish mumkin.  

Dasturda qadimgi va hozirgi zamon o‘zbek tasviriy san’atini o‘rganishga alohida 

e’tibor  berilgan  bo‘lib,  u  birinchi  sinfdan  boshlab  oxirgi  sinfgacha  katta  o‘rinni 

egallaydi. Bunda har bir mashg‘ulotlarda o‘zbek xalq amaliy san’ati, O‘rta Osiyo va 



14 

 

o‘zbek tasviriy san’ati asarlari, hozirgi o‘zbek tasviriy va amaliy san’ati namunalaridan 



keng foydalaniladi. 

 O‘quv predmetining, amaliy  san’at, xususan xalq amaliy san’atiga katta o‘rin 

beriladi.  Birinchi  sinfdan  boshlab  turli  naqsh  namunalari  chizdiriladi.  O‘qituvchi 

tomonidan  tavsiya  etilgan  naqsh  sxemalari  va  elementlari  asosida  bolalar  turli 

predmetlar  uchun  naqsh  ishlaydilar.  Mustaqil  ravishda  butunlay  ijodiy  naqshlar 

tuzadilar, dekorativ bezak ishlarini bajaradilar. Bu vazifalarni bajarishda bolalar asosiy 

e’tibomi  dekorativ  kompozitsiyalarni  chiroyli  ko‘rinishda  tuzish  va  rang  tuslarini 

to‘g‘ri tanlashga qaratadilar. 

 


Yüklə 397,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə