Yonalishi 203 – guruhi talabasi Nazarova Hurmatoyning Tasviriy san'at òqitish metodikasi fanidan



Yüklə 397,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix31.12.2021
ölçüsü397,91 Kb.
#82463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi

 

 

 

 

 


16 

 

Naturaga qarab tasvirlash 

Naturaga qarab tasvirlash ikki turga bolinadi:  

a) naturaga qarab rasm ishlash;  

b) naturaga qarab haykal ishlash.  

a) Naturaga qarab rasm ishlash o‘quvchilarda narsa va hodisalaming hajmi va 

fazoda  joylashuvi,  ulaming  birmuncha  tipik  belgilari  haqida  tasawurga  ega  bo‘lish 

imkonini beradi, tasvirlash malakalarini o'stiradi.  

Dars jarayonida o‘quvchilar ishlayotgan rasmning, tasvirlanayotgan narsaning 

mazmuniga  mos  kelishini  e’tiborga  olishlari,  rasmda  narsaiaming  olchov  nisbatini, 

shaklini, rangini ko‘ra bilish va to‘g‘ri aks ettira olishga, tasviming estetik ifodaliligini 

his  eta  olishni  o‘rganib  olishlari  lozim.  O‘quvchilar  rejaga  qarab  turli  badiiy 

materiallardan foydalanishni bil ishlari ham zarur. 

Boshlang‘ich.  smilarda  asosiy  vazita  o'quvcniiarda  narsaiaming  nisbati, 

tuzilishi,  shakli,  rang  jihatdan  tahlil  qilish  va  tasvirlash  malakasini  hosil  qilishdan 

iborat. Shuningdek, o‘quvchilar avval tasvirlanayotgan narsaning umumiy va estetik 

jihatdan  ahamiyatli  tomonlarini  aniqlab  oladilar,  keyin  esa  narsaning  qismlari  va 

detallarini aks ettirishni o‘rganadilar.  

Naturaga qarab rasm chizish vazifalari 1-2 dars davomida va qisqa muddatli (5-

15 daqiqa davomida bajaradigan lavha va chizgilar) bo‘lishi mumkin. Xomaki ish va 

chizgilar  darsning  muayyan  mavzusidan  kelib  chiqib,  darsning  boshlanish  qismi, 

o‘rtasi  yoki  oxirida  bajarilishi  mumkin.  O‘quvchilaming  ko‘rib,  eslab  qolish 

qobiliyatini,  makon  haqidagi  tasawurlarini  rivojlantirish  uchun  ularga  eslab  va 

tasavvur qilib rasm chizish bo‘yicha ko'proq vazifa berish kerak boladi. 

Naturaga  qarab  chizilgan  rasmlami  bo'yash  (ya’ni  rangtasvir  ishlash) 

mashg‘ulotlarida  bolalar  e’tibori  ranglar  uyg‘unligini  idrok  qilishni  rivojlantirishga, 

akvarel yoki guash bo‘yoqlari bilan asliga qarab, eslab qolib va tasavvur qilib chizishga 

qaratilgan. Rangtasvir mashg'ulotlari o‘quvchilarga idrok qilish orqali atrof-muhitning 

ranglarda ifodalangan go‘zalligini bilish imkoniyatini berib, ularning ruhan o‘sishiga 

ko‘maklashadi, bolalarning estetik didini o'stiradi. 




17 

 

 Naturaga  qarab  rasm  ishlash  mashg‘uiotlarida  o‘qituvchi  bolalar  e’tiborini 



tasvirlanayotgan  obyektlaming  nafis  va  go‘zalligi,  ranglaming  hamohangligi,  shakl 

mutanosibligiga,  tasvirlanayotgan  buyumlar  orasidagi  o'zaro  mantiqiy  bog‘liqlik 

kabilarga qaratadi.  

b)  Naturaga  qarab  haykal  ishlash  o‘quvchilar  uchun  qiziqarli  mashg‘ulot  turi 

bo‘lib, naturani ko‘ra bilish, uning shaklini, hajmini, tuzilishi va o‘lchov nisbatlarini 

to‘g‘ri  olishga  o'rgatadi.  Shuningdek,  bunday  mashg‘ulotlarda  haykaltaroshlikda 

qo‘llaniladigan material va asboblar bilan ishlash yuzasidan muayyan bilim va malaka 

hosil  qilinadi.  Bulardan  tashqari  o‘quvchilar  tuzilishi  jihatidan  unchalik  murakkab 

bo‘lmagan  haykallarni  alohida-alohida  va  yaxlit  loy  bo‘laklaridan  ishlash  yo‘llarini 

ham o‘rganadilar. 

Bunday  darslarda bolalar hajmli  va relefli haykallar ishlaydilar. Natura uchun 

narsaning  tuzilishi,  rangi,  proporsiyalari  aniq  ko‘rinib  turadiganlari  tanlab  olinadi. 

Natura chizish uchun qo'yilgach, uni har tomonlama diqqat bilan kuzatish, qismlaming 

o‘zaro bog‘liqligini va farqini taqqoslash orqali aniqlab olish zarur boladi.  

Haykaltaroshlik  ishlarida  natura  hajmdor  qilib  tasvirlanayotganligi  tufayli  ish 

jarayonida  turli  tomonlarga  aylantirib  turiladi.  Mashg‘ulot  o'tkazilayotgan  xonada 

yorag'lik  chap  tomondan  tushishi  va  naturaning  shakli  yaqqol  ko‘rinib  turishi 

maqsadga muvofiqdir. Dars uchun kerakli natura topilmagan yoki uni sinfga olib kirish 

imkoni bolmagan taqdirda ulaming rasmini ishlash, tashqarida kuzatish yoki rasmiga 

qarab amalga oshiriladi. 

 


Yüklə 397,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə