Yonalishi 203 – guruhi talabasi Nazarova Hurmatoyning Tasviriy san'at òqitish metodikasi fanidan



Yüklə 397,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix31.12.2021
ölçüsü397,91 Kb.
#82463
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi

Kompozitsion faoliyat 

Kompozitsiya bolimi dasturda yetakchi o‘rinni egallaydi va quyidagi qismlardan 

tashkil toradi:  

a) rangtasvir kompozitsiyasi

b) dekorativ kompozitsiya;  

d) haykaltaroslilik kompozitsiyasi. 

a)  Rangtasvir  kompozitsiyasi  mavzu  asosida,  xotira  va  tasavvurdan  rasmlar 

ishlash  jarayonida  o‘z  aksini  topadi.  Bunda  tanlangan  mavzuga  ko‘ra,  uning 




18 

 

elementlari qog‘oz yuzasida bir-biriga bogMiq holda joylashib, yaxlit kompozitsiyani 



hosil  qiladi.  Mavzuli  kompozitsiyalar  îuzishda  detallarning  o‘rnini  almashtirish, 

qo'shimcha  detallar  kiritish  orqali  kompozitsiya  mazmunini  boyitish  kabilar  ham 

muhim  ahamiyat  Icasb  etadi.  Mazmunni  ifodalashda  kompozitsiyaning  asosiy 

qonuniyatlariga  rioya  qilish  lozim.  Bular  kompozitsiyaning  bir  butunligi,  detallarni, 

shakllami,  ranglami  xillashtirish  orqali  hamma  tasviriy  vositalarni  bosh  g‘oyaga 

bo'ysundirishdan iborat. 

 Kompozitsiyada 

asar 


yaratishning 

muayyan 


qoidasini 

simmetriya, 

nosimmetriya, muvozanat, detallaming oichovi, shakli, rangi kabilarga rioya qilinadi. 

Rangtasvir  kompozitsiyasi  mashg‘ulotlaii  asosan  tevarak-atrofdagi  hayotni  aks 

ettiruvchi  mavzularda  rasm  ishlashga  asoslanadi.  O‘quvchilar  mashg‘ulotning  bu 

turida rasmni naturadan emas, baiki xayoldan va tasavvurdan ishlaydilar. Xayoldan va 

tasavvurdan ishlangan kompozitsiya narsaning o‘ziga qarab rasm ishlashga qaraganda 

ancha murakkab bo‘lib, u o‘quvchidan ham, o'qituvchidan ham katta mas’uliyat talab 

etadi. 

Mavzuli  kompozitsiya  mashg‘ulotIarida,  bolalar  rasmda  tasvirlanishi  kerak 

boMgan obyekt bilan tanishtirilishi, undagi ba’zi bir narsaiaming xomaki chizmalarini 

ishlashlari lozim bo'ladi.  

Odatda  o‘qituvchi  bolalarga  bir  yoki  bir  necha  mavzuni  tavsiya  etadi. 

O‘quvchilar  esa  mavzulardan  birini  tanlab,  shu  asosda  kompozitsiya  ishlaydilar. 

Mavzu  asosida  rasm  chizishda  o‘quvchilar  narsaiaming  asliga  qarab  rasm  ishlash, 

dekorativ  rasm  ishlash,  san’atni  va  borliqni  idrok  etish  darslarida  olgan  bilim  va 

malakalariga  tayanadilar.  Mavzu  asosida  rasm  ishlash  darslarida  bolalarning 

fantaziyasi va tasawurlari faollashadi.  

Rangtasvir  kompozitsiyasi  mashg‘ulotlarining  asosiy  vazifalari  bolalarga 

narsaiaming  shakli,  rangi,  ularning  tuzilishi  haqida  tushunchalar  berish,  eng  qiziq 

mavzu  tanlay  olish,  qog‘ozda  rasmni  to‘g‘ri  joylashtirishga  o‘rgatish  kabilardan 

iboratdir.  Bulardan  tashqari  perspektivaning  elementar  qoidalari  haqida  tushuncha 

berish (yaqindagi narsaiaming kattaroq, uzoqdagilaming kichikroq ko‘rinishi), mavzu 



19 

 

asosida  rasm  chizishda,  obraz  va  narsaiaming  o‘zaro  munosabatlarini  to‘g‘ri 



tasvirlashga o‘rgatish ham kompozitsiyaning vazifasiga kiradi.  

Tasviriy  san’at  asarlaridagi  kompozitsiyaning  prinsipi  va  qonunlari  bilan 

o‘quvchilaming  mazmunli  rasm  ishlash  usuli  o‘rtasida  muayyan  umumiylik  bor. 

Shuning uchun tasviriy san’atdagi kompozitsiyaning hamma qonunlarini umumiy o‘rta 

ta’lim maktablarida o‘tiladigan tasviriy san’at predmetidagi kompozitsiyaga yoppasiga 

tatbiq etish mumkin.  

Rangtasvir  kompozitsiyasi  mashg‘ulotlarining  asosiy  maqsadi  o‘quvchiIarda 

ijodiy tafakkur, tasawur va fantaziyani kerakli darajada rivojlantirishdir. Kompozitsiya 

qonuniyatlarini  o‘quvchilar  ongiga  yetkazishda  tasviriy  san’at  asarlarining 

reproduksiyalaridan foydalanish va ularni tahlil qilishning ahamiyati katta.  

Mavzu asosida kompozitsiyalar ishlashda bo‘yoqlardan foydalanish murakkab 

vazifalardan  hisoblanadi.  Chunki  bunda  ko‘rgazmaIi  vosita  va  metodik  usullardan 

to‘g‘ri foydalanilgan holdagina rangshunoslikka oid bilim, malaka va ko‘nikmalami 

o‘zlashtirishga 

erishiladi. 

Bulardan 

tashqari 

rangtasvir 

kompozitsiyasi 

mashg‘ulotlarida bolalami rangli qog‘ozlar bilan ishlashga o‘rgatish ijodiy ishlaming 

yanada qiziqarli bo‘lishiga yordam beradi. b) Dekorativ kompozitsiya turli shakldagi 

naqshlaming namunasidan ko‘chirish, mustaqil ijodiy naqsh ishlash hamda dekorativ 

bezak ishlari singarilami qamrab oladi. 

U o‘quvchüarga turmushda uchraydigan narsalaming vazifalari, ulaming shakli, 

bezak  elementlarining  o‘zaro  bog‘liqligi  haqida  tushuncha  berishni  hamda  yuksak 

mahorat  bilan  tasvirlangan  narsalami  didsiz,  pala-partish  ishlangan  narsalardan  farq 

qila bilishga orgatishni, shuningdek, ulaming badiiy didini tarbiyalashni maqsad qilib 

qo‘yadi.  

Dekorativ  kompozitsiya  darslarida  bolalarga  har  qanday  naqshlaming 

elementlarini  tevarak-atrofdagi  narsa  va  hodisalardan  olingani  haqida  tushuncha 

beriladi.  Binobarin,  naqsh  ishlash  mashg'ulotlarida  rasm  ishlovchi  real  shaklni 

o‘zgartirishi,  uni  soddalashtirishi,  unga  yangi  detallar  qo‘shishi  mumkinligi  qayd 

qilinadi.  



20 

 

Boshlang‘ich  sinflarda  dekorativ  tarzda  qayta  ishlangan  tabiiy  va  geometrik 



shakllarga  asoslangan  yo'lsimon,  kvadrat,  doira,  to‘rtburchak  shakllardagi  naqshlar 

chizdiriladi. 

Dekorativ  kompozitsiya  ishlaridan  awal  naqsh  tuzishda  ishlatiladigan 

elementlami  o‘ziga  qarab  rasmini  chizish  lozim.  Shuningdek,  o‘quvchilarga  tabiiy 

shaklni  stillashtirish  boyicha  mashqlami  bajarib  borish  foydalidir.  Stillashtirish 

dekorativ  tarzda  qayta  ifodalanadigan  shakllarning  tuzilishi,  silueti,  rangiga 

taalluqlidir.  

O‘quvchilar naqsh namunalaridan ko‘chirish darslarida naqsh chizishning o‘ziga 

xos xususiyatlari, ritm, simmetriya va uning ahamiyati bilan tanishadilar, ranglarning 

nomlarini o‘rganadilar, bo‘yoq va ulami omuxta qilib ishlatish ustida ish olib boradilar. 

Naqsh  namunalaridan  ko‘chirish  va  mustaqil  naqsh  ishlash  darslarida 

0‘quvchilar ko‘z bilan chamalashni o‘rganadilar, qalam, akvarel,  mo‘yqalam, rangli 

qog'ozlar, tabiiy materiallar bilan ishlash usullarini O‘zlashtiradilar.  

Mustaqil  ravishda  ijodiy  naqsh  ishlash  orqali  bolalaming  ijodiy  qobiliyati, 

fantaziya va tafakkuri o‘stiriladi.  

Dekorativ-amaliy  san’at  asarlari  xalqning  go‘zallik,  yaxshilik  haqidagi 

tasawurlarini  bolalarga  yetkazib,  mehnatni  va  xalq  ustalari  mahoratini  ardoqlashga 

o‘rgatadi. Adabiy asariarga illyustratsiyalar ishlash esa o‘quvchilaming eng qiziqarli 

mashg‘ulotlaridan  bo‘lib,  unda  bolalar  ertak,  hikoya,  masaldagi  qahramonlarning 

obrazlarini o‘z rasmlarida ifodalashga harakat qiladilar. 

 Zamonaviy  mavzulardagi  asarlarga  yoki  dostonlarga  hamda  ertaklarga 

kompozitsiya  ishlash  uchun  avvalo,  bolalar  mavzuga  oid  odam,  hayvon  rasmlari  va 

ba’zi  bir  narsalaming  o‘ziga  qarab  rasmini  chizib  oladilar.  Adabiy  asarlarga 

illyustratsiya  ishlash  mashg‘ulotlarida  o‘quvchilarga  asarlardagi  voqea  sodir 

bo‘layotgan  mamlakat  yoki  davming  madaniyati,  xalqlar  turmushining  o‘ziga  xos 

xususiyatlari, klyim-kechaklari, me’morchiligi va ulaming xarakterii tomonlari haqida 

so‘zlab berish, unga oid narsalar ko‘rsatish kerak bo‘ladi.  

Rangshunoslik bo‘yicha beriladigan nazariy bilimlar o‘quvchilarga ranglar va 

uning  nomlari,  tuslari  hamda  ulaming  kishilar  hayotidagi  ahamiyati  haqida  bilimlar 



21 

 

berishni vazifa qilib qo‘yadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar asosan akvarel, guash 



bo‘yoqlar bilan rasm ishlaydilar. Rangtasvir, dekorativ ishlami bajarish jarayonida esa 

asosiy  va  hosila  ranglar,  ulaming  tuslaridan  foydalangan  holda  ish  olib  borishlariga 

to‘g‘ri keladi.  

Avvalo,  o‘quvchilar  «Asosiy  va  hosila  ranglar»  bilan  tanishadilar.  Ularning 

nomlarini  bilib  oladilar.  Bo‘yoqlami  o‘zaro  aralashtirish  orqali  yangi  rang  tuslarini 

hosil qilish bilan amaliy ravishda shug‘ullanadilar. Asosiy (qizil, sariq va ko‘k) ranglar 

va ularning o‘zaro aralashuvidan hosil bo‘lgan hosila (yashil, binafsha va zarg‘aldoq) 

ranglardan  o‘z  ish  faoliyatlarida  to‘g‘ri  foydalana  olishni  o‘rganadilar.  O‘quvchilai 

keyin  «Iliq  va  sovuq  ranglar»,  «Rang tuslari va ulaming nomlari»  kabi  mavzularda 

nazariy bilimlami ham egallab boradilar. Shuningdek, o‘quvchilar «Ranglar halqasi» 

bilan  yaqindan  tanishadilar  va  tevarak  atrofdan  ana  shunday  rang  tuslarini  topislini 

o‘rganadilar. 

Mavjud bo‘yoq tarkibiga suvni oz yoki ko‘proq qo‘shish orqali rang tuslari hosil 

qilinadi.  Bunda  ma’lum  bir  (masalan  qizil)  rangning  to‘qdan  och  ko‘rinishgacha 

boMgan bir talay tuslari hosil boMadi. O‘quvchilar dars jarayonida amaliy tarzda rang 

tuslarini  hosil  qilishni  bajarib  ko‘radilar.  O‘quvchilarda  atrof-muhitdagi,  borliqdagi 

rang tuslarining boyligi va xilma-xilligi haqida tushuncha hosil qilish uchun «Tabiatda 

rang» mavzusi kiritilgan.  

O‘quvchilar  sayohat  paytida  darsda  o‘rgangan  ranglarni  va  ulaming  tuslarini 

tabiat qo‘ynidan topishga harakat qiladilar.  

Rangshunoslik  bo‘yicha  beriladigan  nazariy  bilimlar  kundalik  turmushda 

uchraydigan  ranglar  va  ulaming  inson  his-tuyg‘ulariga,  kayfiyatlari  ta’siriga  ham 

bog‘liq bo‘ladi. • Bulardan tashqari, o‘quvchilar o‘zlari yashab turgan joyda mavjud 

bo‘lgan  idish-tovoqlar,  kiyim-kechaklar,  yog‘och  buyumlarining  qanday  rangda  va 

nima uchun ana shu rangga bo‘yalganligi haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Chunki 

ranglar  inson  hayotida  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  ayrimlari  ko‘zni  quvontirib, 

kayfiyatni  chog‘  qiladilar,  ba’zi  birlari  esa  kishi  ko‘nglida  g‘ashlik,  g‘amguzorlik 

uyg‘otadi.  Ana  shunda  kishi  didini  o‘stiradigan,  ko‘zni  quvontiradigan  ochiq 

ranglardan foydalanish lozimligi o'quvchilarga uqtiriladi.  



22 

 

d)  Haykaltaroshlik  kompozitsiyasi  real  haykaltaroshlik  va  dekorativ 



haykaltaroshliklarga bo‘linadi.  

Real  haykaltaroshlikda  o‘quvchilar  o‘qituvchi  tomonidan  tavsiya  etilgan 

mavzularda haykallami asliga o‘xshatib ishlaydilar. Bunda o‘quvchilar tasviriy san’at 

mashg‘ulotlarining  boshqa  turlarida  orttirgan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarga 

tayanadilar. 

Haykaltaroshlik  mashg‘ulotlarida  o‘quvchilar  loy  yoki  plastilindan 

clumaloqlash,  bosib  yalpaytirish,  siqimlab  cho‘zish,  ortiqcha  qismlarini  inaxsus 

sidirgich yordami bilan olib tashlash, stek bilan ishlash usullari bilan tanishadilar. 

 Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud boiib, ular yaxlit, 

alohida-alohida loy yoki plastilin boiaklariga ishlov berish orqali amalga oshadi. 

 Dekorativ  haykaltaroshlik  haykaltaroshlikning  turlaridan  biri  boiib,  u 

o‘quvchilarda  turli  dekorativ  bezakli  releflar  va  o‘yinchoqlar  ishlash  orqali  maxsus 

bilim  hamda  malakalar  hosil  qiladi.  Dekorativ  haykaltaroshlikda  ishlov  berish 

usullarining soddaligi, shakllaming oddiyligi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. 

Dekorativ  haykaltaroshlik  mashg‘ulotlarida  o‘zbek  xalq  kulol  ustalarining  dekorativ 

haykallaridan (mayda plastika) keng foydalaiüsh bolalami ijodiy rivojlanishiga katta 

ta’sir ko‘rsatadi.  

Loydan ishlangan haykallarga bezak berilganidan so‘ng ular guash bo‘yogida 

bo‘yalib, ustidan lok qoplanadi. Lekin ayrim ishlar bo‘yoqsiz ishlanishi ham mumkin. 

Tasviriy  san’at  darslarida  o‘quvchilarning  qiziqishlari  va  ijodkorliklarini 

oshirish  maqsadida  turli  badiiy,  tabiiy  materiallardan  foydalanish  ham  nazarda 

tutilgan. Bundan maqsad o‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlarini turli materiallar 

va texnologiya yordamida bajarishga o‘rgatishdir. Odatda, bu mashg‘ulot turi boshqa 

faoliyat turlari (rangtasvir kompozitsiyasi, dekorativ kompozisiya, naturaga qarab rasm 

ishlash)  tarkibiga  singdirib  yuborilgan  bo‘lib,  u  yoki  bu  mashg‘ulot  turi  yuzasidan 

beriladigan  o‘quv  topshirig‘i  mazmunini  yanada  samarali  va  qiziqarli  qilib 

o‘tkazilishini ta’minlaydi. Shunga ko‘ra, mazkur mashg‘ulot turiga alohida namunaviy 

topshiriqlar bo'limi ajratilmagan.  




23 

 

Tabiiy materiallar - mayda toshchalar, chiroyli ko‘rinishdagi daraxt shoxchalari, 



ildizlar,  quritilgan  barglar  va  gullar,  archa  bo‘qogiari,  sabzavot  va  mevalarning 

urug‘lari, po‘stloqlar, bug‘doy, arpa poyalari va shu kabilardan iborat. O‘quvchilar ana 

shu  tabiiy  materiallardan  foydalangan  holda  ayrim  o‘quv  topshiriqlarini  bajarishni 

o‘rganadilar.  Bu  o‘z  navbatida  ulaming  ijodiy  faoliyatlari  ko‘lamini  yanada 

kengaytirishga yordam beradi. 


Yüklə 397,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə