Yonalishi 203 – guruhi talabasi Nazarova Hurmatoyning Tasviriy san'at òqitish metodikasi fanidan



Yüklə 397,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix31.12.2021
ölçüsü397,91 Kb.
#82463
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi

 

 

1.3-§.Boshlangich sinflarda tasviriy sanatni o’qitish metodikasi 

Boshlang‘ich  sinflarda  tasviriy  san’atni  o‘qitishning  o‘ziga  xos  xususiyatlari, 

avvalo  bu  sinflardagi  ta’lim  mazmuni  kichik  maktab  yoshidagi  bolalarning  yoshlik 

xususiyatlari  va  psixologiyasi,  qiziqishi,  ulardagi  mavjud  bilim  va  qobiliyat  hamda 

layoqatlariga qarab belgilanadi.  

Ma’lumki,  bolalarda  tasviriy  faoliyatga,  xususan  rasm  chizishga  ishtiyoq 

nihoyatda erta boshlanadi. Uni 2-3 yoshlardan boshlanishi tarixdan ma’lum. Shunisi 

xarakterliki, bolalar o'qish va yozishdan ko‘ra rasm chizishni juda yoqtiradilar. Biroq 

ular chizadigan rasmlarning davomiyligi juda qisqa bo'Iadi, 1-2 daqiqa, ko'pi bilan 4-

5 daqiqada har qanday rasmni tugallab qo'yadilar. Bolalar tomonidan chizilgan rasmlar 

savodli bo‘lmasa-da, biroq mazmunan biron-bir ko‘rinishni, voqeani yoki buyumni o‘z 

iqtidorlariga yarasha, ularning xarakterli belgilarini tasviriay oladilar. Bo‘yoqlar bilan 

ishlash ularga ma’lum qiyinchiliklar lug‘dirishi sababli ulardan foydalanishni aytarlik 

xush ko‘rmaydilar. Lekin turli yorqin ranglar bilan bo‘yalgan buyumlar bolalarda katta 

qiziqish  uyg‘otadi.  Rasmlari  yaxshi  chiqmagan  holda  o‘z  ishlaridan  ixloslari  tez 

qaytadi.  Bunday  sharoitda  o‘qituvchining  bolalarga  tez  yordam  ko‘rsatishi  va 

kayfiyatini ko'tarishga harakat qilishi foydadan holi bolmaydi.  

Boshlang'ich  sinf  o‘quvchilarining  tasviriy  faoliyatlarining  xarakterli 

jihatlaridan  yana  biri,  ulaming  chizadigan  rasmlarini  soddalashtirishga  boigan 

harakatlaridir. Ular ayrim narsalaming oldi ko‘rinishini (uy, odam, kitob, soat, portfel) 

ayrimlarini  yon  tomonidan  (mashina,  hayvonlar,  qushlar,  baliqlar,  bayroqcha  v.b.), 

yana boshqalarini ustki tomonidan (kapalak, barg, ninachi, qo‘ngiz v.b.) .asvirlaydüar. 




24 

 

Bunga  asosiy  sabab  bu  yoshdagi  bolalar  hali  narsalami  yomg‘-soya,  perspektiv 



qisqarishi va ulaming qoidalarini uncha tushunib yetmaganliklaridir. 

 Bolalar ijodiga xos yana bir jihat bor, u ham boisa tasvirlami (buyumlarni) bir-

birlarini  to‘sib  turgan  (yoki  qisman)  holda  tasvii'lanmasligidir.  Chunki  bolalar 

narsalami doimo butun holda idrok etadilar.  

Yuqorida  qayd  qilingan  tasviriy  faoliyatlaming  bu  xususiyatlari  bolalar 

tafakkurining aniq, obrazli va emotsional tarzda boiishligi bilan bogianadi. 

 Boshlangich sinflarda tasviriy san’at darslarini o'tkazish metodikasining o‘ziga 

xos xususiyatlari boiib, uning quyidagi to‘rt turi qayd qilinadi:  

1. Borliqni idrok etish. 2. San’atni idrok etish. 3. Naturaga qarab tasvirlash. 

 4. Kompozitsiya.  

Borliqni  idrok  etish  mashg'ulotlari  1-4-sinf  dasturida  aks  etgan  bolib,  uning 

maqsadi bolalami o‘rab oigan borliq haqida, ulardagi narsa va hodisalaming tuzilishi, 

shakli,  rangi,  oichamlari,  oicham  nisbatlari  haqida  tasavvur  hosil  qilishdir.  Chunki, 

bolalar  tevarak-atrofni,  ya’ni  tabiat,  hayvonlar  va  qushlar  olami,  hasharotlar  va 

baliqlar,  odamlar,  obi  havo,  predmet  va  buyumlar,  qurilish  va  transport  vositalari 

haqida  yaxshi  tasawurga  ega  bolganliklari  taqdirdagina  ularning  rasmlarini  aniq-

ravshan  tasvirlaydilar.  Borliqni  idrok  etish  mashg‘ulotlarining  mazmunidan  kelib 

chiqqan holda amaliyotda ulami o‘rganishi kerak boigan quyidagi yollar qollaniladi:  

1. Buyumni, tabiatni o‘ziga qarab kuzatish orqali o'rganish.  

2. Borliq haqida o‘qituvchining suhbati orqali o‘rganish.  

3. Savol-javob orqali o‘rganish.  

4. Borliqni rasmini chizish orqali o‘rganish.  

5. O‘qituvchining pedagogik rasmi orqali o‘rganish v.b.  

O‘qituvchilar uchun namoyish etiladigan narsalar va tasvirlar avvalo mashg‘ulot 

mavzusi  bilan  bogiiq  holda  bolb,  ular  o‘z  tuzilishi,  shakli,  rangi,  olchamlari  bilan 

sodda, tushunarli, bolalarda his-hayajon uyg‘otadigan boüshligi maqsadga muvofiqdir. 

Eng  muhimi,  bunday  materiallar  o‘quvchilami  o‘ylashga  majbur  etadigan, bolalami 

yangi tushunchalar bilan boyitadigan bolishligi muhim. 




25 

 

 Namoyish  etiladigan  narsalar,  ulaming  tasvirlari  haqidagi  malumotlarni 



bolalarga og‘zaki yetkazishda ularning tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tahlil 

bevosita  narsalaming  tuzilishi,  shakli,  rangi,  oichamlari,  ulaming  mohiyati  haqida 

savol-javob tarzida oikazilishi maqsadga muvofiqdir.  

Borliqni idrok etish mavzusiga doir mashg'ulot ishlanmasi beriladi.  

Darsning mavzusi: Kuzgi tabiat manzarasini idrok etish.  

Darsning vazifalari: Kuzatuvchanlik, sinchkovlik,  diqqat va xotirani  o‘stirish. 

Tabiatdagi  go'zallikni  ko‘ra  bilishga  va  qadrlay  olishga  o‘rgatish.  Kuzgi  tabiat 

manzarasining o‘ziga xos xususiyatlari va kuzgi ishlar bilan tanishtirish. 

 Darsning jihozlanishi: Kuz fasli tasvirlangan rasm. Kuzgi ishlarga doir manzara 

tasviri.  Tabiat  qo‘yniga  sayohat.  Uni  tashkil  etishning  imkoni  boimagani  taqdirda 

san’at 

asarlarining 

reproduksiyalaridan 

foydalanish 

mumkin. 

Masalan; 

O‘.Tansiqboyevning «Tog‘da kuz», Z.Inog‘omovning «Kuz», N.Karaxanning «Oltin 

kuz»,  I.Haydarovning  «Oltin  kuz»,  Q.Basnarovning  «  O‘zbek  kuzi»,  «Shaftolilar», 

G.Chemuxinning  «Farzandlar  va  nabiralar»,  Usta  Mo‘minning  «Xirmonda»  va 

boshqalar.  

Bu  asarlarning  hammasi  bilan  o‘quvchilami  tanishtirish  shart  emas.  Ulardan 

ayrimlari (o‘z xohishiga ko‘ra) tanlab olinadi. 

Darsning mazmuni. Mashg‘ulot asosan ikki yo‘nalishda oiib boriladi. Birinchisi, 

kuzgi  tabiat  manzarasining  xarakterli  xususiyatlarini  estetik  idrok  etish,  ikkinchisi 

kuzgi ishlaming o‘ziga xos tomonlari bilan tanishtirish. Bu vazifalarni amalga oshirish 

maqsadida  o‘qituvchi  shunday  obyektni  tanlashi  lozimki,  bu  obyekt  ham  kuz,  ham 

kuzgi ishlar uchun xarakterli ko‘rinishda bo‘lsin.  

Dars o‘quvchilarni maktab bog‘i yoki dalaga sayohatga olib chiqish va u yerda 

amalga  oshirilayotgan  ishlar  bilan  tanishtirishdan  boshlanadi.  Sayohat  jarayonida 

o‘qituvchi bolalar e’tiborini chiroyli kuz manzarasiga jalb etadi. Ularga kuz fasli va bu 

vaqtdagi  o‘zgarishlar  haqida  so'zlab  beradi:  «Bolalar,  mana  hozir  kuz  fasli.  U 

nihoyatda chiroyli, chunki, kuzda havo soviy boshlaydi, natijada daraxtlarning barglari 

o‘z rangini o'zgartiradi. Ba’zi barglar qizg‘ish tusga kiradi. O‘t maysalar sarg‘aygan 

bo‘ladi, qisqasi, ular oltin rangga burkanadilar. Osmonda yengil parcha-parcha bulutlar 




26 

 

paydo bo‘ladi. Ertalab kuzgi ekin va 0‘tlaming usti oppoq qirov bilan qoplanadi. Yerga 



to‘kilgan daraxt barglari oyoq ostida shitirlaydi. Oktabr oyida kech pishar mevalar terib 

olinadi va tokdagi shirin-shakar uzumlar uziladi. Yong‘oq qoqiladi. Kechki kartoshka, 

sabzi,  piyoz,  lavlagi  kabi  savzavotlar  yig'ishtirib  olinadi.  Bunday  ishlarni  amalga 

oshirishda o‘quvchilar ota-onalariga, maktab bog‘ida esa maktab jamoasiga yordam 

beradilar.  Kuzda  shahar  va  qishloqlarda  ko‘chat  o‘tkazish  oyligi  boshlanadi.  Bu 

ishlarda ham bolalar kattalar bilan bir qatorda qatnashadilar. Kuzgi yig‘im-terim ishlari 

nihoyatda  zavqlidir.  Sayohat  jarayonida  o‘qituvchi  emotsional  estetik  vaziyat  hosil 

qilish maqsadida bolalarga kuz va kuzgi ishlar haqidagi she’rlardan namunalar o'qib 

beradi. 

She’r  o‘qib  bo‘lingandan  so‘ng,  tabiatning  ko'rinishi  bolalar  bilan  birgalikda 

tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida kuzatilayotgan manzara yuzasidan bolalarga savollar 

beriladi. Bu savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin:  

-  kuzda  tabiatda  qanday  o‘zgarishlar  ro‘y  beradi?  -  qarshingizdagi  manzarada 

qanday daraxt turlarini ko‘ryapsiz?  

- daraxtlarning o‘lchami bir xilmi? 

 - daraxtlarning shakli bir-biridan qanday farq qilib turibdi?  

- e’tibor bering, daraxt shoxlarining yo‘g‘onligi bir xilmi?  

- daraxtlarning tanasi va shox-shabbalarining tuzilishi qanday?  

- osmonga ham razm soling, uning rangi qanday?  

- osmondagi bulutlaming shakli yoki rangi qanday (bulutlar bor bo'lsa)? 

- o‘t va daraxtlaming rangida farq bormi?  

- tabiatni kuzatish jarayonida yaxshi taassurot qoidirgan narsa nima?  

Tabiatni  kuzatish  jarayonida  bolalar  ba’zi  bir  tabiiy  materiallami  (urugiar, 

barglar, mayda hasharotlar, ildizlar) tasviriy ishlar uchun yig‘ishlari mumkin.  

Kuzatilayotgan  obyekt  yuzasidan  savol-javob  tugagach,  o‘qituvchi  suhbatga 

yakun  yasab,  bolalaming  javoblarini  aniqlashtiradi,  kamchiliklarini  to‘ldiradi, 

xatolarini tuzatadi.  

Agar  dars  sinfda  o‘tkaziladigan  bo‘lsa,  o‘qituvchi  yuqorida  nomlari  qayd 

qilingan tasviriy san’at asarlarining reproduksiyalari, slaydlarini bolalarga ko‘rsatib, 



27 

 

sinfda o‘quvchilar bilan birga tahlil qiladi. Lekin shuni ham qayd qilish lozimki, dars 



sinfda qanchalik ilg‘or metodlar bilan olib borilmasin, baribir u aynan tabiat qo‘yniga 

qilingan  sayohatning  o‘mini  bosa  olmaydi.  Shuning  uchun  o‘qituvchi  darsni  iloji 

boricha tabiat qo‘ynida o‘tkazishga harakat qilishi lozim. 

 Uyga  bolalami  yashash  joylaridagi  bironta  oltin  rangga  kirgan  tabiat 

manzarasini kuzatish vazifa qilib topshiriladi. 

 

 




Yüklə 397,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə