Yorug’likni qutblanishi



Yüklə 24,56 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü24,56 Kb.
#81168
Yorug’likni qutblanishi


YORUG’LIKNI QUTBLANISHI
YOrug’likning elektromagnit nazariyasiga ko’ra yorug’lik to’lqinlari ko’ndalang to’lqinlardir. SHu sababli yorug’lik to’lqinining elektr va magnit vektorlari nur yo’nalishiga nisbatan har xil orientatsiyada bo’lishi mumkin. Optikada bunday yorug’likni tabiiy yorug’lik deyiladi. Lekin yorug’lik to’lqinida tebranishlar yo’nalishi biror tarzda tartiblangan bo’lishi ham mumkin. Bunday yorug’likni qutblangan yorug’lik deyiladi. Agar yorug’lik vektorining tebranishlari faqat bitta tekislikda yuz berayotgan bo’lsa, bunday yorug’likni yassi yorug’lik deb ataladi. Bunda vektor tebranadigan tekislikni tebranish tekisligi deyiladi. Unga tik bo’lgan vektor tebranadigan tekislikka qutblanish tekisligi deyiladi. YAssi qutblangan yorug’likni tabiiy yorug’likdan qutblagich yoki polyarizatorlar deb ataluvchi asboblar yordamida hosil kilinadi. Qutblagichga, ya’ni polyarizatorga misol qilib maxsus qirqilgan turmalin kristalini ko’rsatish mumkin. Hosil kilingan qutblangan yorug’likni analizatorlar deb ataluvchi asboblar yordamida tekshiriladi.

Ikki qutblovchi asbobdan o’tgan yorug’lik intensivligi J, shu asboblar tekisliklari orasidagi burchakning kosinusi kvadratiga proporsional bo’ladi:


. (4.1)
Bu qonunni Malyus qonuni deyiladi.

Tajribalar shuni ko’rsatadiki, yorug’lik qaytganda va singanda ham qutblanar ekan. YOrug’lik qaytganda shunday burchak bor-ki, uning uchun


(4.2)
bajarilsa, qaytgan yorug’lik to’la qutblangan bo’ladi. Bu ifodada ikki muhitning nisbiy sindirish ko’rsatkichi. Bu qonunni Bryuster qonuni deyiladi. To’liq qutblanish burchagida qaytgan va singan nurlar o’zaro to’g’ri burchak tashqil etadilar.

Bryuster qonuni elektr tokini o’tkazuvchi metallardan yorug’lik nur qaytganda bajarilmaydi. Buqonun yorug’lik dielektriklardan qaytgandagina bajariladi.
Yüklə 24,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə