Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi


OLIY NERV FAOLIYATINING YOSh XUSUSIYATLARI



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə14/57
tarix12.04.2023
ölçüsü190,35 Kb.
#105313
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, aham

OLIY NERV FAOLIYATINING YOSh XUSUSIYATLARI
Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Bosh miya yarim sharlari va ularning po`slog`i markaziy nerv sistemasining yuqori qismi bo`lib hisoblanadi. Odamning xulqi, idroki, fikrlashi, ongi va barcha ruxiy hususiyatlari oliy nerv faoliyati bo`lib, u bosh miya yarim sharlari va ular po`slog`ida joylashgan nerv markazlarining normal funktsiyasiga bog`liq. Odamning oliy nerv faoliyati murakkab reflekslar orqali namoyon bo`ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan bog`lanishini, uning har xil sharoitga moslashuvini ta'minlaydi. Odamning barcha ixtiyoriy harakatlari , fikrlashi va ruhiy xolatlari reflekslar orqali sodir bo`lishini mashhur rus fiziologi I.M.Sechenov 1863 yilda yozgan “Bosh miya reflekslari” deb nomlangan kitobida birinchi bo`lib ko`rsatdi . Uning reflekslar haqidagi fikrini taniqli olim I.P.Pavlov yanada rivojlantirib, shartli reflekslar haqidagi taminotni yaratdi . U odamning oliy nerv faoliyati shartli reflekslar orqali namayon bo`lishini isbotlab berdi.
Birinchi va ikkinchi signal sistemasi. Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemasi, hayvonlarda esa faqat birinchi signal sistemasi bo`ladi.

Odamning oliy nerv faoliyati o`ziga xos aniqlash, abstrakt fikrlash; so`zlash qobiliyatiga ega. Odam oliy nerv faoliyatining taraqqiyoti natijasida voqelikning ikkinchi signal sistemasi vujudga kelgan. Ikkinchi signal sistemasi so`zlardan iborat bo`lib, predmetlarning ayrim belgilarini farq qilish va ularni umumlashtirish, ular o`rtasidagi bog`lanishlarni vujudga keltirish xususiyatiga ega.


Qabul qiluvchi ta'sirlar ko`rish, eshitish, hid sezish, ovqat ta'mini bilish kabi sezgi organlari birinchi signal sistemasi bo`lib, ular odam va yuksak hayvonlarda deyarli o`xshash. Bu sezgi organlari orqali qabul qilingan tashqi va ichki muhitning ta'siri miyaning shunga tegishli markazlarida refleks hosil qiladi. Odamning yuksak hayvonlardan asosiy farqlaridan biri unda og`zaki va yozma nutqning rivojlanganligidir. Nutq ta'sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib, shartli refleks hosil qiladi. Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog`lashning yangi shakllari paydo bo`ladi. "Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, --deb yozgan edi I.P.Pavlov, — odam bosqichiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nihoyatda katta qo`shimcha qo`shildi". Bu qo`shimcha odamda nutq paydo bo`lishi va yangi signal sistemasi vujudga kelishidan iborat bo`ldi.
Organik dunyo taraqqiyotining shu bosqichida muhit bilan aloqa bog`lashning yani faqat odamgagina xos bo`lgan ikkinchi signal sistemasi qaror topdi. "Homo sapens" oilasi paydo bo`lguncha hayvonlar, deb yozgan edi I.P.Pavlov — atrofdagi dunyoning hayvonlardagi xilma — xil retseptor mexanizmlarga ta'sir etadigan va markaziy nerv tizimining tegishli hujayralariga etib boradigan turli agentlaridan kelib chiquvchi bevosita taasurotlari orqaligina o`sha dunyo bilan aloqa qilar edi.
Bu taasurotlar tashqi ob'ektalarning birdan bir signallari edi. Odamda ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signali - talaffuz etiladigan, eshitiladigan, ko`riladigan so`zlar ko`rinishda paydo bo`lib, rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga etdi. Odamda so`z alohida ahamiyat kasb etdi. So`z, deb yozadi I.P.Pavlov, birinchi signallarning signali bo`lib, voqelikning faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasini tashkil etdi. Nutqning rivojlanishi odamlarning bir-biriga munosabatini osonlashtirib, mehnat turlarini ko`paytirishga, ong rivojlanishiga sabab bo`ldi. I.P.Pavlov : "Nutq, bizni odam qildi" — degan edi. Odamda shartli refleks shartsiz taasurot bilan mustahkamlanib borishi asosidagina emas, balki nutq yordamida ham hosil bo`lishi mumkin. Masalan, boshlang`ich maktab o`quvchilarida qo`ng`iroq ovoziga javoban shartli refleks paydo bo`lgandan so`ng, shu ovoz o`rniga og`zaki yoki yozma shakldagi "qo`ng`iroq” so`zi ishlatilsa, bola qo`ng`iroq ovoziga qanday reaktsiya ko`rsatgan bo`lsa, qo`ng`iroq so`zining o`ziga ham birinchi martadayoq xuddi o`shanday reaktsiya ko`rsatadi. Nutq faoliyati asosida shartli refleks hosil bo`lishi odam oliy nerv faoliyatining sifat jihatidan o`ziga xos bo`lgan hususiyatidir. Shartsiz refleks asosida hosil bo`ladigan aloqalar po`stloq protsesslari harakatining qanday qonunlarga bo`ysunsa, odam bosh miyasi po`slog`ida nutq asosida yuzaga kelgan bog`lanishlar ham xuddi o`sha qonunlarga bo`ysinadi.
I.P.Pavlov ko`rsatib o`tganidek, oliy nerv faoliyatining faqat odamga xos bo`lgan hususiyati, ya'ni birinchi signal sistemasi orqali tushadigan signallarni ajratib olib, muloxaza qilish va umumlashtirish qobilyati ikkinchi signal sistemasiga bog`liqlir. Muloxaza qilish va umumlashtirish birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o`zaro ta'sir qilib turishi natijasidir.
Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o`zaro mahkam bog`langan bo`lib, bir —biriga doim ta'sir ko`rsatib turadi. So`zning signal sifatidagi ahamiyati bir — biri bilan qo`shilib keladigan oddiy tovushlar bilan emas, balki so`zning lug`aviy ma'nosi bilan bog`liqdir. It va yuqori darajali hayvonlarda so`zga yoki jumlaga javoban shartli refleks hosil qilish mumkin, lekin hayvonlarda bu narsa so`zning lug`aviy ma'nosiga bog`liq bo`lmasdan, bir - biri bilan qo`shilib kelgan muayyan tovushlarga bog`liq bo`ladi. Tovushlarning qo`shilib kelishi jihatidan bir— biriga o`xshash so`zlar tanlab olinadigan bo`lsa, u holda it bunday so`zlarga, signal ma'nosi garchi boshqacha bo`lsa ham, bir xil reaktsiya bilan javob beraveradi. Bolada ikkinchi signal sistemasining shakllanib borishi nutqning rivojlanishi bilan bevosita bog`langan. Bola hayotining birinchi yilidagi so`nggi oylari va butun ikkinchi yili nutq qaror topib boradigan davr hisoblanadi. Bolalarda nutq ning qaror topishi protsessi shartli reflekslar hosil bo`lish qonunlariga muvofik o`tadi.

Bolalarda nutq reflekslari taqlid yo`li bilan hosil bo`la boradi, bu reflekslar ning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning katta yoshli odamlar bilan doimiy aloqa qilib turishiga, ya'ni ta'lim olishi, o`rganishiga asoslangan.


Bolada to`liqsiz tovush hayotining dastlabki oilarida ham paydo bo`lsa-da, lekin bular hali ikkinchi signallar rolini o`ynamaydi va faqat odamga xos bo`lgan signal sistemasining ishga tushishi uchun go`yo tayyorgarlik davri bo`lib hisoblanadi.
Shartli taasurot bo`lmish so`z avvaliga faqat muayyan vaziyatda ma'lum bir oxang bilan talaffuz qilinganida ta'sir ko`rsatadi, bola hayoti ikkinchi yilining birinchi yarmi oxiriga kelganda esa u signallarning signali bo`lib qoladi. Bolaning ayrim so`zlarni, goho bularning ma'nosini tushunmasada, oson takrorlay olishi va eslab qolish qobiliyati ham xuddi ana shu davrda rivojlanib boradi.
Hayotining ikkinchi yili davomida lug`at zapasi ancha tez ortib boradi, 3 yoshgacha bo`lgan davr nutq qaror topib, shakllanib boradigan davr hisoblanadi, Eng optimal davrdir. Adabiyotda tasvirlangan voqealar bunga misol bo`la oladi. Emadigan vaqtida bo`rilar olib qochib ketgan va 7 yoshga kirguncha bo`rilar orasida katta bo`lgan qizning tabiiyki tili chiqmagan, ya'ni unda nutq yo`q edi.

Shu yoshda bo`rilardan ajratib olingan qiz nutqqa o`rgatildi. 4 yil o`rgatilganidan keyin u 6 ta so`zni, 7 yil o`rgatilganidan keyin esa atigi 45 ta so`zni eslab qoldi.


Buni shu bilan izoxlasa bo`ladiki, nutq egalashning eng optimal davri 3 yoshgacha bo`lgan vaqt o`tib ketgan edi.
Og`zaki va yozma nutq bosh miya po`slog`idagi nerv markazlarida shartli
reflekslar hosil qilish xossasiga ega. Nutq yordamida biz tashqi muhitning
rang-barangligini aniqlaymiz, boshqalar bilan muloqatda bo`lamiz, atrofdagi
voqealarni qabul qilib, ular haqida fikrlaymiz va fikrimizni boshqalarga
bayon qilamiz. Nutq yordamida bilib olamiz, hunar o`rganamiz, kasb egallaymiz.
Nutq, va fikrlash bir-biriga chambarchas bog`liq, chunki boshqalar nutqini qabul qilib, uning ma'nosiga qarab bizda fikrlash vujudga keladi, o`z fikrimizni esa nutq orqali bayon etamiz. Nutq ikkinchi signal sistemasi sifatida bolaning yoshligida birinchi signal sistemasi asosida paydo bo`lib rivojlanadi. Bola bir yoshga kirganda u 5—10 so`zni ayta oladi, ikki yoshda uning so`z boyligi 300 taga, 3 yoshda 1000 taga, 4 yoshda 2000 taga etadi. Bolaning so`z boyligi uning sog`ligiga, ota — onasi va tarbiyachilarning madaniyatiga, ular olib boradigan tarbiyaviy ishlar mazmuniga bog`liq. Maktab yoshigacha va boshlang`ich sinflarda hosil bo`lgan shartli reflekslar, o`rgangan so`zlar miya hujayralarida mustahkam iz qoldirib, uzoq yillar saqlanadi. Shuni alohida qayt qilish kerakki, bolada nutq qobiliyatining paydo bo`lishi va rivojlanishi uchun uning markaziy nerv tizimining tuzilishi va funktsiyasi normal rivojlangan bo`lishi zarur.
Avvalo uning eshitish organlari va bosh miya po`slog`ining chakka qismida joylashgan eshitish markazi sog`lom bo`lishi kerak. Chunki boshqalarning so`zini eshitish uchun uning eshitish qobiliyati normal bo`lishi lozim. Shu bilan birga miya yarim sharlari po`slog`idagi nutq markazi normal rivojlangan,

sog`lom bo`lishi zarur. Bu ikkala markazning bittasi normal rivojlangan bo`lmasa, bolada nutq paydo bo`lmaydi.


Kar - soqovlarning eshitish qobiliyati bo`lmaganligi uchun ham ularda nutq, paydo bo`lmaydi. Bolaning nutqi tarbiya, o`qish, bilim olish, jarayonida rivojlanadi. Nutqning rivojlanishida ovoz chiqarib o`qish, she'r aytish, qo`shik kuylash, musiqa tinglash muhim rol o`ynaydi. Nutqning rivojlanishi o`z navbatida odamning o`qishi, bilim olishi, hunar o`rganishiga, fikrlash qobiliyatiga va ijodiy ravnaqi yanada takomillashuviga imqon beradi.

Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə