Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-§. Yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish uchun kafillik berish tartibi



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə17/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
312 07.06.2022

15-§. Yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish uchun kafillik berish tartibi
65. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yoshlarga yakka tartibdagi o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratishda “Yoshlar daftari” jamg‘armasining kafilligi ushbu Nizomga 16-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
66. Ariza beruvchi kafillik ajratishni so‘rab tijorat bankining Vasiylik kengashi nomiga yuborilgan ariza beruvchi tomonidan qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish uchun kafillik berish haqidagi xatini taqdim etadi.
Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboradi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida kafillik berish yoki rad etish haqida xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda kafillik berishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki kafillik berishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining ijtimoiy himoyaga muhtojligini hamda uning murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiqligini o‘rgangan holda uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
67. Murojaatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, Vasiylik kengashi qaroriga asosan uch ish kuni ichida ariza beruvchiga kafillik berilishi mumkin.
16-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratish tartibi
68. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensatsiyasi har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 17-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.
Bunda er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi, mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar bilan ta’minlanmagan, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar ta’minoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan hamda har ikkisi yoki biri “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lishi talab etiladi.
69. Ariza beruvchi subsidiya ajratishni so‘rab Vasiylik kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
turar joy ijara shartnomasi nusxasi. Bunda ijara shartnomasida ijaraga beruvchining ismi va familiyasi, JShShIR, bank plastik kartasining rekvizitlari, ijara muddati, ijaraning bir oylik to‘lovi miqdori ko‘rsatilishi lozim;
ijara shartnomasining soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnoma.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboradi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida subsidiya ajratish haqidagi tavsiyanomani yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda, subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining ijtimoiy himoyaga muhtojligini hamda uning murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiqligini o‘rgangan holda uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
70. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan ijara xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganda Vasiylik kengashi har oyning 5-kunigacha ijara xarajatlari uchun subsidiyaning oylik to‘lovlarini ijaraga beruvchining bank plastik kartasiga o‘tkazadi.
71. Mahalladagi yoshlar yetakchisi ijaraga oluvchi tomonidan haqiqatda ijaraga olingan turar joyda yashayotganini har oy mobaynida kamida bir marta monitoring asosida o‘rganadi.
O‘rganish jarayonida ijaraga oluvchi ijaraga olingan turar joyda yashamayotganligi aniqlangan taqdirda, yoshlar yetakchisining taqdimnomasiga asosan ijara to‘lovi uchun subsidiya berish to‘xtatiladi.
17-§. Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish
72. Kalendar rejada belgilangan loyiha, tanlov va tadbirlarni mahalla, sektor, tuman (shahar) va hudud darajasida tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 18-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq moliyalashtiriladi.
har bir mahalla darajasidagi tadbirlarga bir kalendar oy uchun — BHMning 10 baravarigacha mablag‘ ajratiladi. Kalendar rejaga kiritilmagan tadbirlar “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan moliyalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kalendar rejaga kiritilgan loyiha, tanlov va tadbirlarni sektor va tuman (shahar) bosqichlarini moliyalashtirish Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan asosli hisob-kitob qilingan holda Vasiylik kengashiga yuboriladi. Vasiylik kengashi murojaatga asosan qaror qabul qiladi va tadbirlarni moliyalashtirish choralarini ko‘radi.
Hududda o‘tkaziladigan respublika va hudud darajasidagi tadbirlar hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
73. Mahalla darajasidagi tadbirlarni tashkil etish uchun mahalladagi yoshlar yetakchisi Kalendar rejadan kelib chiqib, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga choraklik loyiha, tanlov va tadbirlar soni va turi xususidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari besh ish kuni ichida mahallalar bo‘yicha choraklik loyiha, tanlov va tadbirlar soni va turi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kalendar rejaga muvofiqligini tekshiradi va ajratiladigan tovar moddiy boyliklar turi va soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga yuboradi.
74. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashi mahallalar bo‘yicha rejadagi tovar moddiy boyliklarni xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Vasiylik kengashi qarori asosida tovar moddiy boyliklar “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qilinadi.
75. Vasiylik kengashi tovar moddiy boyliklar xarid qilingandan so‘ng uch ish kuni ichida Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga yetkazilishini ta’minlaydi.
Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari ikki ish kuni ichida tovar moddiy boyliklarni mahallalar bo‘yicha taqsimlab, mahalladagi yoshlar yetakchilariga tarqatadi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tovar moddiy boyliklarni yoshlarga tarqatish bo‘yicha, topshirish, qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtiradi va qonunchilikda belgilangan tartibda Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga hisobot topshiradi.
76. Kalendar rejada belgilangan loyiha, tanlov va tadbirlarni sektor, tuman (shahar) bosqichlarini o‘tkazish uchun Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari Vasiylik kengashiga choraklik tadbirlar rejasini taqdim etadi va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Tadbirlar rejasi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng tadbirlarni o‘tkazish uchun Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘lar ajratiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda tadbirlarga ajratiladigan tovar moddiy boyliklarni xarid qiladi.
Vasiylik kengashi tovar moddiy boyliklar xarid qilingandan so‘ng uch ish kuni ichida Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga yetkazilishini ta’minlaydi.
Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari tovar moddiy boyliklarni topshirish, qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtiradi va qonunchilikda belgilangan tartibda Vasiylik kengashiga hisobot topshiradi.
Vasiylik kengashi har chorak yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot taqdim etadi.
77. Kalendar rejaga kiritilmagan tadbirlarni tashkil etishga mahalladagi yoshlar yetakchisini jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə