Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish


Imtiyozli hamkorni belgilash



Yüklə 286,43 Kb.
səhifə2/4
tarix05.06.2018
ölçüsü286,43 Kb.
#47451
1   2   3   4

Imtiyozli hamkorni belgilash muayyan mintaqada geostrategik manfaatlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan yana bir tamoyildir. Albatta, muayyan sabablar, aytaylik diniy, lisoniy birlik, madaniy yaqinlik yoki boshqa sabalarga ko’ra har bir davlat kim bilandir imtiyozli hamkorlik qilishi mumkin. Bu tabiiy holat. Ammo gap «imtiyozli hamkor»dan mintaqa davlatlari o’rtasida ayirmachilikni shakllantirish, «nomaqbul» davlatlar imkoniyatlarini cheklash yo’lida foydalanish, shu bilan birga «hamkor» davlatning mintaqadagi boshqa davlatlardan qaysidir jihatdan ustunligini ta’minlashga qaratilgan intilishlar haqida bormoqda. Aslida u yoki bu ko’rinishdagi ustunlikni ta’minlash ham asosiy maqsad emas. Bosh maqsad - muayyan mintaqagata’siro’tkazish platsdarmiga ega bo’lishdir. Bunday platsdarmga ega bo’lishga intilish esa o’z navbatida ushbu mintaqaning geostrategik imkoniyatlari bilan belgilanadi. «Bekorga shudgorda quyruq na qilur» deganlaridek imtiyozli hamkorni belgilashda ana shunday uzoqni ko’zlovchi g’arazli geosiyosiy va geostrategik maqsadlar ham yotishi mumkinligini unutmaslik lozim. Shu nuqtai nazardan qaraganda, «imtiyozli hamkor» tamoyili bo’lib tashla va hukmronlik qil tamoyilining to’ldiruvchisi sifatida yuzaga chiqadi. Bunga sobiq Ittifoqning Kubadan mintaqaga revolyutsiyani eksport qilish uchun foydalanishga uringani misol bo’la oladi.

Teng huquqli va o’zaro foydali hamkorlik tamoyiliga amal qilish - geostrategik manfaatlarni ro’yobga chiqarish va davlatlararo aloqalarni mustahkamlashning eng oqilona va to’g’ri yo’lidir. O’zbekiston o’z mustaqilligining birinchi kunlaridanoq ana shu tamoyilga amal qilib kelmoqda. Negaki, bu tamoyil geostrategik manfaatlardagi uyg’unlikka erishish va jahon miqyosida taraqqiyotni ta’minlash omilidir.

Bu masalalarning dolzarbligi yuqorida qayd etilgan mafkura shakllarining xavfini bartaraf etish zarurligi bilan ham belgilanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ularga g’oya va ma’rifat bilan qarshi kurashish lozim. Mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy hamkorlik, milliy birlik va hamjihatlikni saqlab qolish va rivojlantirish yo’li bilangina qo’lga kiritilgan istiqlolni himoya qilamiz. Xalqaro hamjamiyat, shu jumladan tarix taqozosi bilan aloqalar kuchli rivojlangan davlatlar bilan teng huquqli, izzat-ikromli munosabat, o’zaro manfaatli aloqalar esa mustaqillikni mustahkamlashning muhim omili bo’lib xizmat qiladi.



Ikkinchi bo’lim

YOSHLAR ONGIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI HOSIL QILISH ASOSLARI

Milliy istiqlol g’oyasi - mafkuraviy immunitet asosi
Davlatimiz rahbari Islom Karimov 1993 – yildayoq bir guruh ziyolilar bilan uchrashuv chog’ida mafkura yuzasidan oldimizda turgan vazufalarni belgilab, jamiyatimizning istiqbol hayoti uchun milliy g’oya va mafkura g’oyatda zarur, degan fikrni ilgari surgan edi.

Chunki bugungi kunda kimning g’oyasi kuchli, maqsadi aniq, mafkurasi hayotiy bo’lsa – o’sha g’alaba qozonadi. Bu insoniyatning ko’p asrlik tarixidan kelib chiqadigan muhim xulosalaridan biridir.

Ana shu sababdan ham bizning milliy g’oyamiz kishilarni buyuk maqsadlar yo’lida birlashtiradi va ularni amalga oshirish uchun safarbar etadi. Shuning uchun ham u bunyodkor g’oyadir. U ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishni har bir yurtdoshimizning e’tiqodiga aylantirdi. Xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongida mustaqil e’tiqod va dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangi jamiyat barpo etish jarayonining faol ishtirokchilariga aylantirish milliy istiqlol g’oyasining asosiy maqsadlaridan biridir.

Milliy istiqlol g’oyasining vazifasi xalqni birlashtirish, ma’naviy – ruhiy jihatdan rag’batlantirish, g’oyaviy tarbiyalash, unda mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda harakat dasturi bo’lishdan iboratdir.

Milliy istiqlolning asosiy g’oyalari quyidagilardan iboratdir:


  • Vatan ravnaqi;

  • Yurt tinchligi;

  • Xalq farovonligi;

  • Millatlararo totuvlik;

  • Dinlararo bag’rikenglik;

  • Ijtimoiy hamkorlik;

  • Komil inson.

Vatan ravnaqi – mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladigan asosiy g’oyalardan birirdir. Vatan har bir kishining kindik qoni to’kilgan, tug’ulib o’sgan makoni, bobolari yashagan va avlodlari ham yashaydigan, uning har kuniga guvoh va uni asrab – avaylagan zamindir. Shuning uchun ham har bir inson Vatan obodligi va ravnaqi uchun o’z hissasini qo’shishi ham farz, ham qarzdir.

Yurt tinchligi – bebaho ne’mat, buyuk saodatdir. O’tgan besh ming yil davomida insoniyat 15 mingdan ortiq urushni boshidan kechirgan. XX asrda yuz bergan ikkita jahon urushi natijasida 60 milliondan ortiq kishi xalok bo’lgan. Urushning dahshati, uni insoniyat, xalqlar va davlatlar boshiga keltiradigan minglab fojeasi haqida har bir ongli, qalbi uyg’oq odam anglasa kerak. Urush va uning ortidagi hayoti haqida biz ko’plab badiiy adabiyotlardan bilamiz. Jahon urushlari davrida yashagan insonlarning ayanchli hayoti, qismati biz uchun o’rnak bo’lishi va biz har bir yosh qalbida tinchlikni qadriga yetish hislarini kuchaytirish uchun harakat qilishimiz, ularga tinchlik oliy ne’mat ekanligini ushbu misollar bilan yoritib urushni ko’rmagan, uning fojeasini anglab yetolmaydigan murg’ak qalblarga yetkazishimiz lozim.

Xalq farovonligi – Vatanobodligi, unda yashaydigan kishilar hayoti uchun moddiy va ma’naviy boyliklarning mo’l – ko’lligini, odamlarning munosib turmush sharoitiga ega bo’lishini anglatadi. Bu g’ya mustaqilikka erishgan O’zbekiston xalqining oliyjanob maqsadlaridan birini ifodalaydi. Unga erishish uchun mamlakat iqtisodiyoti bugungi kunda tubdan isloh qilinmoqda, umuman olib qaraganda, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ma’no – mazmuni ham ana shu maqsadlarga qaratiligan.

Millatlararo totuvlik g’oyasi umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xaqllarning bir hududiy birlikda, tinch – totuvlikda istiqomat qilishini anglatadi, ushbu mintaqa va davlatlarning taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi xamjihatlikni, tinchlik va barqarorlikni ta’minlaydi.

Bugungi kunda O’zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari bir Vatanda hamjihatlikda, bir – birlariga o’zaro hurmat va inoqlikda kun kechirishmoqda. Yurtimizning ko’pmillatli xalqi “ O’zbekiston – yagona Vatan!” degan g’oya ostida birlashib, bahamjihat bo’lib yashashmoqda.

Millatlararo totuvlik g’oyasini amalga oshirishga g’ov bo’ladigan eng xatarli to’siq – tajovuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday illat, zararli g’oya tuzog’iga tushib qolgan jamiyat halokatga yuz tutadi. Bunga tarixdan ko’plab misollar keltirish mumkin. Birgina fashizm g’oyasi XX asrda insoniyat boshiga avvalgi barcha asrlardagidan ko’ra ko’proq kulfat, ofat – balolar yog’dirib, oxir – oqibatda o’zi ham halokatga uchradi. Lekin hanuzgacha fashizm, bolshevism, irqchilik g’oyalarini yoyib, millatlararo totuvlik g’oyasiga tahdid solayotgan kuchlar borligini bilishimiz va yoshlarimizni bunday xavfdan ogoh etishimiz zarur.

Dinlararo bag’rikenglik g’oyasi – xilma – xil diniy e’tiqoddagi yoki muayyan dinga e’tiqod qilmaydigan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, oliyjanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi.

Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga asoslanadi va odamzodni yaxshilik, tinchlik, do’stlikka da’vat etib keladi. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham dinning sharofatidandir. Din – insonlarni halollikka, poklikka, yaxshilik bilan yashashni hayot mazmuniga aylantirishni tar’gib qiluvchi, olam va odamning yaralishi haqidagi dunyoqarash shaklidir.

Hozirgi kunda O’zbekistonda o’ndan ziyod diniy konfessiya faoliyat olib bormoqda. Ularning o’z faoliyatlarini amalga oshirish va mamlakat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha shart – sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O’zbekiston Konstitutsiyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida” gi Qonunda o’z ifodasini topgan. Shunday ekan, barchamiz ushbu olijanob g’oya atrofida birlashishimiz, dinni niqob qilib olgan diniy ekstremizm va diniy fundamentalism kabi buzg’unchi g’oya va mafkuralardan yoshlarimizni avaylab – asrashimiz darkor.

Ijtimoiy hamkorlik g’oyasi – xilma – xil fikr va qarashlarga ega bo’lgan, turli millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yo’lidagi hamjihatliligidir.

Milliy istiqlol mafkurasining asosiy vazifasi millatidan, dinidan, yoshidan, jinsidan, iqtisodiy ahvolidan, maslagidan qat’iy nazar umummillat manfaatlari va ehtiyojlari doirasida mamlakatimizda yashayotgan barcha aholini istiqbol maqsadlariga erishish yo’lida birlashtirishdan iborat.

Mamlakatda ijtimoiy hamkorlik muhitini yaratish undagi shart – sharoitga ta’sir qiluvchi ko’plab omillarga, jamiyatni harakatlantiruvchi maqsad va mexanizmlarga bog’liq bo’ladi. Jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish ijtimoiy hamkorlikning zaruriy sharti hisoblanadi. Zero, erkinlik asosiga qurilgan hamkorlik g’oyasi jamiyat taraqqiyotining omiliga, kafolatiga aylanadi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, yoshlarimizni keng dunyoqarashli etib tarbiyalab, ularning to’g’ri fikrlashi va voqea – xodisalarga teran baho berib borishimiz ijtimoiy hamkorlik g’oyasini amalga oshirishga yordam berishini unutmasligimiz zarur.

Komil inson bu – ozod shaxs, erkin fikr yurituvchi, ezgu g’oyalar va o’z xalqining ideallari uchun kurashuvchi, yuksak ma’naviyatli, Vataniga halol xizmat qiluvchi kishidir. Komil inson g’oyasi – odamzodga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy mukammalikni o’zida mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan oliyjanob umuminsoniy g’oyadir. Milliy g’oyamizning asosiy maqsadlaridan biri – har tomonlama komil insonni tarbiyalashdan iborat.

Yangilanayotgan jamiyatimizda sog’lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish, ma’naviy – ma’rifiy ishlarni yuksak darajaga ko’tarish orqali komil insonlarni voyaga yetkazishga kata e’tibor berib kelinmoqda.Vatanimizda sog’lom avlod harakatining keng tus olgani, “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshirilayotgani ham ana shu ulug’vor maqsad yo’lidagi muhim qadamlardandir.

Milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iborat ekan, bunday hayotni qura oladigan faqatgina komil insonlardir. Komillik darajasi belgilanmas ekan, biz yosh avlodni milliy mintalitetimiz va ma’naviyatimizga chuqur singib ketgan Yutga muhabbat, Onani e’zozlash, Vatanni sajdagoh kabi muqaddas bilish, yolg’on gapirmaslik, birovning haqqiga xiyonat qilmaslik, kattani hurmat, kichikni izzat qilishga o’rgatishimiz kerak. G’arb olamidan kirib kelayotgan ma’naviyatimiz va milliy mintalitetimizga zid bo’lgan “ommaviy madaniyat” , turli “yangicha urf – odat”lardan yoshlarimizni himoya qilishimiz, ularga bu borada bilim va tog’ri ko’nikmalarni shakllantirib borishimiz lozim. Zero, bunday yot g’oyalarga ergashishning oqibati salbiy tugashi, o’z umri va hayotini izdan chiqarib yuborishi mumkinligini yoshlarimiz anglashi, ogoh bo’lishi zarur.

Milliy istiqlol g’oyasi yosh avlod hayotiga yangicha ma’no – mazmun baxsh etishga, unda faol hayotiy qarashlarni shakllantirishga qaratilgandir. Chunki yoshlar mamlakat taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlashning muhim vositasini milliy istiqlol g’oyasida ko’radilar. Milliy istiqlol mafkurasi hali turmushning achchiq – chuchugini tatib ko’rmagan, hayotiy tajribaga ega bo’lmagan yosh avlodni milliy manfaat va taraqqiyotimizga yot bo’lgan soxta, buzg’unchi g’oyalar tajovuzidan himoya qiladi, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantiradi.

Milliy istiqlol g’oyasi mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati va taraqqiyotning o’zbek modeli bilan uzviy bog’liqdir. Mustaqillikni mustahkamlash jarayonida bu g’oya xalqimizni ushbu maqsadlar yo’lida uyushtiruvchi ulkan omil bo’lib qolaveradi.
e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\html\121.bmp

Yosh avlod ongida bilim olishga bo’lgan ehtiyojni uyg’otish
Har qanday jamiyatning o'ziga xos ma'naviy ehtiyojlari mavjud. Ular ora-sida bilimga bo'lgan ehtiyoj yetakchi o'rinni egallaydi. Chunki sog'lom odamda tinmay bilim olib turish ehtiyoji mavjud bo’ladi.

Mafkuraviy immunitetning tizimining asosiy va birinchi unsuri, bu bilimdir. Ammo bilimlar ko’p. Masalan, buyuk davlatchilik shovinizmi yoki agressiv millatchilik mafkurasi va amaliyoti tarafdorlari ham muayyan “bilim”larga tayanadilar va unu boshqalarga singdirishga harakat qiladilar.Sjunday ekan, bir tomondan mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob’yektiv bo’lishi, voqelikni to’g’ri va to’liq aks ettirishi, inson ma’naviyatining boyishiga va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ikkinchi tomondan, bu bilimlar o’z mohiyat e’tiboriga ko’ra, Vatan va xalq manfaatlari, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi bilan uzviy bog’liq bo’lmog’I kerak.

Bilim kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida sil qilingan to'g'ri ma'lumotlari, ko'nikniasi, insonning arigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni arish va boshqarish jarayonlarining zamonaviylashuvidir. ularning hammasi amaliy faoliyatga mos mutaxassislar etishib chiqishiga xizmat qiladi.

Bilimlar — ilohiy, insoniy va irfoniy turlarga bo'linadi. Bu ilimlarni egallagan kishigina o'ta komillikka erishadi.



Bilim olish — milliy g'ururni shakllantirish yo'nalish-laridan bin. Chunki inson kamolotida bilim egallash ulkan vazifalardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz «Yuksak ma'na-viyat — yengilmas kuch» asarida aytganidek, «shuni unut-masligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq». Bilim olgan kishi har tomonlama rivojlangan, odobli, axloqli, kamtarin, komil inson bo'ladi. Har qaysi insonning bilim darajasi jahon talablari darajasida, ya'ni fan-texnikaga, bozor iqtisodiyoti madaniyatiga javob beradigan holda bo'lishi kerak. O'sha komil inson, uning olgan bilimi hayot yo'llarida tayanch, yolg'iz damlarida yo'ldosh, baxtiyor daqiqalarida rahbar, qayg'uli damlarida madadkor bo'ladi. Bilim insonni aql-idrokli, bilimdon, hunarmand, irodali, e'tiqodli qiladi.

Yigitlikda yig' ilmning maxzani Qarilik chog'i xarj qilg'il ani.

(Navoiy)
Ilmdan bir shu 'la tushgan on Shunda bilursankim, Urn bepoyon.

(Firdavsiy)

Bu haqda ulug' allomalar shunday deyishadi: «Ma'naviy hayotda, ham amaliy hayotdagidek, kimki bilimga tayansagina to'xtovsiz kamol topadi va yutuqlarga erishaveradi» (Y. Jeyms).

Bilimli, kasb – hunarli kishi har qanday elda, jamiyatda e’zozlanishi va inson o’zining munosib turmushi uchun , albatta, bilimli va kasb – hunarli bo’lishi zarurligini bolaning murg’ak ongiga xali u go’dakligidayoq singdirish lozim. Ilm – ma’rifatda bizga munosib o’rnak bo’lib ketgan buyuk ajdodlarimiz, ularning ilmiy – ma’naviy merosi haqida o’rgatib borishimiz lozim.

2014 yilning 15 – 16 may kunlari “ O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati ” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning O’zbekistonda o’tkazilishi bejiz emas. Ushbu xalqaro konferensiyada ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyo mintaqasi IX- XII va XIV-XV asrlarda ikki qudratli ilmiy – madaniy yuksalish markazlari hisoblangan. Ushbu konferensiyada ilm olishda bizga o’rnak bo’lib ketgan buyuk ajdodlarimiz nomlari birma – bir sanab, ularning faoliyatiga alohida to’xtalib o’tildi. Jumladan, algebra faniga asos solgan, trigonometriya, geografiya va iqlim nazariyasiga oid ko’plab tadqiqotlar va ilmiy asarlar qoldirgan Muso al – Xorazmiy, astronomik yirik tadqiqotlar o’tkazib, amaliy yutuqlarga erishgan Ahmad Farg’oniy, fazoviy trigonometriya asoschisi, matematika va astronomiya sohasida ko’plab kashfiyotlar o’tkazib, “Ikkinchi Ptolomey” nomini olgan ajdodimiz Abu Nasr ibn Iroq, 150 dan ziyod ilmiy ishlar, mislsiz kashfiyotlar qilgan ulug’ ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy, tibbiyot tarixiga o’zining ulkan hissasini qo’shgan Abu Ali ibn Sino, universal bilimlar sohibi, “Sharq Aristoteli” Abu Nasr Farobiy, astronomik alloma Mirzo Ulug’bek, Abu Abdulloh Ro’dakiy, Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz She’roziy, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur kabi shoir va faylasuf bobolarimiz, turkiy xalqlarining tili, madaniyati, etnografiyasi, folklaorining birinchi tadqiqotchisi Mahmud Qoshg’ariy, arab tili grammatikasining asoschisi bobomiz Mahmud Zamaxshariy, buyuk tarixchilarimiz Ahmad ibn Arabshosh, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abro’, Xondamir, Abdurazzoq Samarqandiy singari buyuk ajdodlarimizning nomlari tilga olindi.

Butun olamni o’zining kuchli xotirasi va idroki bilan lol qoldirgan, musulmon olamida muqaddas “Qur’oni Karim” dan so’ng ikkinchi manba hisoblangan “Al jome’ as-sahih” asarining muallifi Imom al Buxoriy bobomiz, uning shogirdi, ko’plab asarlar muallifi Imom at – Termiziylar bilan qancha faxrlansak arziydi.

Ularning biz avlodlarga qoldirib ketgan yirik ilmiy merosi, ularning hayot yo’li bizga o’rnak bo’lishi zarur.

e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\education.png

e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\149.bmp


Milliy ong va o’zlikni anglash
Nafaqat yoshlar dunyoqarashida, balki barcha odamlar dunyoqarashida milliy ong bo’lishi muhimdir. Xo’sh, mlliy ong deganda nima tushuniladi, milliy ong nima o’zi?

Milliy ong milliy madaniyatning tarkibiy qismi bo'lib, uni milliy madaniyatning cho'qqisiga qiyos qilish mumkin. Milliy ong milliy madaniyatning millat manfaati, millat istiqboli, taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lgan muammolarining inson ongidagi ifodasidir. Shuni ham unutmaslik lozimki, u milliy madaniyat zaminida shakllanishi, rivojlanishi mumkin. Milliy madaniyati rivojlanmagan, milliy birdamlik va hamkorlik tuyg'ulari zaif bo'lgan xalqlarda yuksak milliy ong bo'lishi amri maholdir.

Milliy madaniyatning birlik va hamkorlikka, millat tarixini xolisona anglashga, milliy tilva madaniyatni qadrlashga, milliy axloq-odob va boshqa ma'naviy xislatlarni saqlashga xizmat qiluvchi tomonlari milliy ongning negizini tashkiletadi. Bundan tashqari, agar milliy ongimiz to’xtovsiz yuksala bormasa, mustaqilligimizning ma'naviy zamini mustahkam bo'lmaydi. Chunki milliy ong mustaqillilikka yo'nalish beradi, xalqni yakdil qiladi.

Milliy ong muayyan millat va xalqning ijtimoiy birligi, ijtimoiy shart-sharoitlari, urf-odatlari, an'analari, turmush tarzi asosida vujudga kelgan kishilarning (millat yoki xalqning) hissiyotlari, kechinmalari, tushunchalari, qarashlari, g'oya va nazariyalari majmuyini ham anglatadi. Ta'lim-tarbiyaning milliy ongning shakllanish" hamda.taraqqiy etishidagi o'rni va ahamiyati nihoyatda ulkandir. Maktab yoshlarga fan asoslaridan bilim beribgina qolmay, balki ularni tarbiyalaydi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga ko'mak-lashadi, komil inson degan oliy maqsad sari yetaklaydi.

Milliy ong ijtimoiy ong shakllari singari ma'lum davrlarda o'zining nisbiy mustaqilliligi tufayli jamiyat asosini tashkil etuvchi bazis va ustqurmaning mohiyatini tubdan o'zgartirib borishga faol ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bunga misol tariqa-sida sobiq Ittifoqdagi respublikalar hududida ro'y berayotgan keskin o'zgarishlar jarayonini ko'rsatib o'tish mumkin. Ular-ning hayotida shiddat bilan ro'y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy o'zgarishlar qanchalik keskin tus olma-sin, xalq ommasi ongining yangicha shakllanishi anchagina ijobiy tus olyapti.

Milliy ong va uning shakllanishi, eng avvalo, milliy uyg'o-nish zaminida boshlanadi. Milliylikni tan olish — millatga mansub kishilarning ijtimoiy-etnik barqarorligini tan olish demakdir. Milliy o'zlikni anglash ilmiy-siyosiy tus olsa va ijtimoiy harakat uchun qo'llanma darajasiga ko'tarilsa, milliy mafkura deb ataladi. Bu sohadagi asosiy qoidalar Islom Karimov asarlarida ta'kidlangan bo'lib, bugungi kunimizga xos yorqin xususiyatlardan biri millatning o'zligini anglashidir.

Demak, millatning o'zligini anglashi tushunchalarining tarkibiy qismlari, avvalo, quyidagilardan iborat:

1. Millat (etnos)ga mansubligini anglash. Milliy birlikni


va boshqa etnoslarning mavjudligini tushunib yetish.

2. Millatning insoniyat taraqqiyotidagi tarixiy o'rnini bilish.

3. Milliy qadriyatlar: til, tug'ilib o'sgan joy, madaniyatga
(keng ma'noda) sodiqlik.

4. Milliy manfaatlarni tushunib yetish.

5. Milliy mustaqillik va milliy taraqqiyotga intilish va unga
vijdonan xizmat qilish.

6. Vatanparvarlik.

Basharti, mustaqil davlatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo'lgan xalqda yetuk milliy ong bo'lmasa, ozodlik, erkinlik haqida gap ham bo'lishi mumkin emas. Agar xalqning milliy ongi to'xtovsiz o'sib bormasa, mustaqillikning ma'naviy zamini mustahkamlanmaydi.
Avvalo, o'zligini anglash — bu xalqning o'tmish tarixiy taraqqiyot yo'lini, ota-bobolarining, nasl-nasabining, avlod-ajdodlarining kim bo'lganligi va ularning jahon ilm-fani, madaniyati taraqqiyotiga qo'shgan buyuk hissalarini bilib olishdir. Milliy o'zlikni anglash kishi jamiyat va Vatanning porloq istiqbolini ta'minlash uchun qanday imkoniyatlarga ega ekanligini chuqur anglab yetishi va mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarish uchun o'zini safarbar etishi, demakdir.

O'zini chuqur anglab yetgan, ko'zi ochilgan, aqli yetil-gan, g'oyaviy-siyosiy jihatdan uyg'ongan, jipslashgan xalq va millatni mustamlakachllik usulida ushlab turish, tiii, madaniyati, qadriyatlarini oyoqosti qilish, boyliklarini talon-taroj qilish, huquqini poymol etish, davlat mustaqilligidan judo qilish mumkin emas.

Ma'naviy meros — bashariyat rivojlanishining uzoq davrlar mobaynida tarkib topgan, inson aql-zakovatining ifodasidir. O'tmish davrlardan insoniyatga qolgan moddiy va ma'naviy madaniyat boyliklari majmuyiga madaniy meros deyiladi. Jamiyat o'zgarishi bilan uning madaniyati ham o'zgara boradi, lekin madaniy taraqqiyot uzilib qolmaydi. Ilgarigi madaniyat yo'q bo'lib ketmaydi, madaniy meros va an'analar saqlanadi. Har bir yangi avlod moddiy va ma'naviy madaniyat negizini har gal yangidan yaratmaydi, balki ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni qabul qilib oladi va davom ettiradi.

Shu bilan birga, har bir jamiyat o'tmish madaniy merosini qanday bo'lsa, shundayligicha, ko'r-ko'rona qabul qilib olmaydi. Har bir jamiyat madaniy merosining o'z dunyoqarashi, tuzumi, manfaatlariga mos keladigan, bugun va kelajak uchun xizmat qiladigan qisminigina qabul qiladi.




e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\4.bmp
e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\173.jpg

e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\286.bmp

Milliy qadriyatlarga sodiqlik hissini rivojlantirish
Qadriyat so'zining ma'nosini o'zbek tilidagi “qadr” so'zi ma'nosidan bilib olish mumkin. Qadr tushunchasi serqirra ma'no va mazmunga ega bo'lib, qadriyat sifatida qaralayotgan obyekt, narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning subyekt uchun ijtimoiy ahamiyatini anglatadi. Qadriyatlar mohiyati jihatidan moddiy va ma'naviy qadriyatlarga bo'linadi va ular quyidagi shakllarda namoyon bo'ladi:


  1. Inson yashab turgan moddiy muliit bilan bog'liq bo'lgan qadriyatlar.

  2. An'analar, urf-odatlar va marosimlarda aks etadigan axloqiy qadriyatlar.

  3. Insoniyat aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko'nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste'dodlarida namoyon bo'ladigan qadriyatlar.

  4. Odamlar o'rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayri-xohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda ko'rinadigan qadriyatlar.

5. Kishilar yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan qadriyatlar.

Bayon etilgan qadriyatlar, o'z navbatida: umuminsoniy, mintaqaviy, milliy, qadriyatlarga bo'linadi.

O'tmishdan qolgan barcha narsalarni bir xil qadriyat tushunchasi doirasiga kiritib bo'lmaydi. Masalan, sho'rolar zamonida yaratilib, uning siyosatini targ'ib etgan, kommunistik mafkura nuqtayi nazaridan yozilgan, endilikda o'z umrini yashab bo'lgan qancha-qancha asarlarni bugungi kun uchun ham, kelajak uchun ham qadriyat sifatida qarab bo'lmaydi. To'g'ri, ular meros, lekin madaniy meros emas, ularni tarixiy fakt sifatida saqlab qolish mumkin, xolos. Demak, madaniy merosning qadri abadul-abad tushmaydigan qismiga milliy qadriyatlar deyiladi.

Milliy qadriyatlar ayrim xalq, millatlar va elatlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklarning yig'indisidan iborat. Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar bilan birgalikda mavjud bo'ladi.

Milliy qadriyatlar masalasiga mustaqillikkacha yetarlicha e'tibor berilmay kelindi.'Endilikda mustaqillik va demokratiya jarayoni milliy qadriyatlarni qayta idrok etish va anglashni talab etadi. Bu sohada yig'ilib qolgan muammolarni yangicha tafakkur asosida chuqur nazariy mushohada etish hayot taqozosidir.

Milliy qadriyatlar tor ma'noda muayyan bir millatning, elatning qiziqishlari va manfaatlarini ifodalovchi munosabatlar mazmunini tashkil etsa, keng ma'noda muayyan bir davlatda yashovchi barcha millatlar va elatlarning manfaatlari hamda qiziqishlarini ifodalovchi munosabatlar yig'indisini aks ettiradi.

Milliy qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi muayyan bir millatning hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, tili, o'tmishi, kelajagi bilan uzviy bog'liq bo'ladi.

Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-tarixiy hodisa bo'lib, millatning tili, madaniyati, tarixi, udumlari, jamiki moddiy va ma'naviy boyliklari, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotini har tomonlama qamrab oladi. Insonda milliy ong va g'urur bo'lmasa, u o'zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, uning o'z milliy manfaat va qadriyatlarini qanday qilib anglashini tasavvur qilish qiyin. Toki millatlar, milliy manfaatlar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy tuyg'ular ham, milliy qadriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy qadriyatlardan mahrum qilishga urinish tarix va insoniyat uchun eng katta jinoyat ekanligini bugun tushunib yetayapmiz.

O'zbekistonda istiqlol sharofati bilan milliy qadriyatlar qayta tiklanmoqda. Milliy qadriyatlarimiz istiqlol madaniyatini yaratishimizda negiz bo'lib xizmat qilmoqda. Bu hoi milliy mafkuramizda ham o'z ifodasini topib, jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Qaysi mamlakatda bo'lmasin, jamiyatdagi yangilanish doimo madaniy merosning uyg'onishiga olib keladi. Bu esa ommaning birlashuvida, milliy o'zlikni anglashning shakllanishi va rivojlanishida muhim g'oyaviy vosita bo'lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, eski mafkuradan voz kechilgan va yetarli tlaiajada ishlangan yangi mafkura hali yaratilmagan paytda vujudga kelgan bo'shliqni to'ldiradi.

Milliy qadriyatlarning kuchayib borishi mahdudlikka, milliy xudbinlikka, o'z millati manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yish, boshqa millatlar va xalqlar manfaatlarini hisobga olmaslikka olib kelmasligi kerak.

Yoshlar ongida milliy qadriyatlarga sodiqlik tushunchasi bilan birga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini ham kuchaytirish zarur. Zero, jonajon O’zbekistonimiz dunyoviy davlat va davlat va jamiyat hayoti umumninsoniy prinsiplar asosida olib boriladi.

Umuminsoniy qadriyatlar insonlarda axloq va madaniyatning ustunligini e'tirof etishda, ularni turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumli mamlakatlar hamkorligining umumiy yo'nalishini hosil qilish va dunyoda sodir bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy ishlarni tushunishda, mamlakatlar va xalqlar o'rtasida madaniy-ma'naviy, ilmiy-texnikaviy, harbiy sohani, aloqani rivojlantirishda ko'rinadi.

Umuminsoniy qadriyatlar jahon sivilizatsiyasining yax-litligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog'-langanligining ifodasidir. Bu jihatdan qaraganda, umuminsoniy va milliy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog'liqdir.

Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo'lib, uni o'z ichiga oladi. Demak, umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlarining yaxlitligi hamda umumiyligini ifodalaydi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, dunyodagi birorta xalq va millat o'zidan boshqa xalq va millatdan, umumiy jahon sivilizatsiyasidan alohida tarixga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydi. Barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy rivojlanish tarixi bir-biri bilan uzviy bog'lanib, taraqqiy etib kelgan. Zotan, hamma vaqt butun jahon iqtisodiy va ma'naviy rivojlanishi xalqlar, millatlar, elatlar, urug'lar va qabilalar tarixi, taqdirlarining o'zaro bog'lanishi, bir-birini boyitishi asosida amalga oshib kelgan.

Umuminsoniy qadriyatlar sarasiga quyidagilar kiradi:


- Tabiatni muhofaza qilish;

- ekologik tarbiya va madaniyatni rivojlantirish;

- insoniyatning sihat-salomatligini ta'minlash;

- oziq-ovqat, energiya va yoqilg'i tanqisligini tugatish;

- madaniy boyliklarni, sivilizatsiyani eson-omon saqlab qolish;

- urushlarning boshlanishiga yo'l q'ymaslik, tinchlikni saqlab qolish.


Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlar va millatlargagina mansub bo'lmay, bashariyatning mulkidir.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog'liqdir. Ularning har ikkalasi bir-biriga ta'sir etadi, biri ikkinchisini to'ldiradi, mazmunan boyitadi.



e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\34.bmp

e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\166.jpg
e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\373.bmp


Yüklə 286,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə