Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish


Mafkuraviy profilaktika ishlari



Yüklə 286,43 Kb.
səhifə4/4
tarix05.06.2018
ölçüsü286,43 Kb.
#47451
1   2   3   4

Mafkuraviy profilaktika ishlari
Mafkuraviy profilaktika – xilma-xil shakllarda ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g’oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmui, ya’ni ta’lim-tarbiya tizimini qamrab oladi. Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda mafkuraviy profilaktikaning o’rni katta ahamiyatga ega. Mafkuraviy profilaktika o’z mohiyatiga ko’ra, yot g’oyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yo’qotishga qaratilgan chora – tadbirlar majmuini o’z ichiga oladi.

Mafkuraviy profiklaktik ishlarni kengroq yo’lga qo’yish uchun ijtimoiy institutlarning bu boradagi chora – tadbirlarini kuchaytirish zarur. Avvalambor, har oilada sog’lom fikrlash muhitini yaratish uchun ota – onalarning dunyoqarishi va mafkuraviy bilimini talab darajasida bo’lishiga e’tiborni qaratishimiz, mahalla va boshqa ijtimoiy institutlar bilan birgalikda turli madaniy – ma’rifiy tadbirlar va davra suhbatlari uyushtirishimiz zarur. Bu yo’l bilan har bir oilaga sog’lom mafkuralar kirib borishini ta’minlash, ayniqsa , muhim ahamiyatga ega.

Bu borada mahalla, o’zni – o’zi boshqarish organlari tushuntirish – targ’ibot ishlarini, seminar treninglarni aholi o’rtasida o’tkazilishini ta’minlash, ma’naviy va mafkuraviy tahdidlar haqida muntazam yangi bilimlar berib borishimiz lozim.

Bundan tashqari, ta’lim muassasalarida ma’naviy – marifiy tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazilishini ta’minlash, o’quvchi yoshlarni ushbu tadbirlarning tashabbuskori va ishtirokchisiga aylantirishimiz, yoshlarning bo’sh vaqtlarini unumli tashkil etishimiz va bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirib borishizmiz zarur.



Xulosa

Hozirgi kunda jahon siyosatida "mafkuraviy kurash" tobora avj olib borayotgan bir davrda yoshlarda "mafkuraviy immunitet"ni shakllantirish yo’llari dolzarb masala sifatida qaralmoqda. Chunki Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek; "Mafkuraviy poligonlar bugungi kunda yadro poligonlaridan ham qudratliroqdir". Darhaqiqat, har bir insonni shakllanishida, davlatni rivojlanishida g’oya va mafkuralarning o’rni beqiyosdir. Bunga misol tariqasida shuni ta’kidlash joizki, farzand dunyoga kelar ekan oilada tarbiyalanadi, shu oila muhitida kamol topadi. Shuning uchun bolani ezgulik, bunyodkorlik, vatanparvarlik asosida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Kelajak avlodning "mafkuraviy immuniteti"ni shakllantirishda hozirgi davrda juda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu yo’lda tahlim tizimining o’rni nihoyatda kattadir. Har bir yosh avlodni mafkuraviy immunitetini shakllantirish uchun ham ularga tahlim-tarbiya beruvchi ustozlarning, ota-onalarning, mahalla muhitining xullas, jamiki vatan-parvar insonlarning o’zlarini g’oyaviy, mafkuraviy tafakkurlari yuqori bo’lishi talab etiladi. Bizga sir emas so’ngi davrlarda "Ommaviy madaniyat", "Globallashuv", "Globallashuv jarayonlari" va shunga o’xshash tushunchalar tez-tez quloqqa chalinmoqda. Bu tushunchalarning mohiyatini, aniq mazmunini anglab yetish uchun albatta insonda g’oyaviy, mafkuraviy tafakkur shakllangan bo’lishi darkor.

XX asrning so’nggi yillari, XXI asrning boshlarida mustamlakachilik siyosati tugatilganligi to’g’risida fikrlar bildirilmoqda, to’g’ri qurol-yarog’ bilan ochiqchasiga tahdid qilish, o’zga davlat hududiga ochiqchasiga bosqinchilik uyushtirish to’xtatilgan bo’lsada, aksincha g’oyaviy, mafkuraviy tahdid kundan-kun kuchayib avj olib bormoqda. Bu tahdidlardan himoya esa qurol-yarog’, zamonaviy texnika emas, aksincha g’oyaviy, mafkuraviy tafakkurdir. Bu yo’lda yosh avlodni ma’naviyatli insonlar bo’lib shakllanishida barchamiz birdek mashul bo’lishimiz kerak.

Aholini, yoshlarni g’oyaviy, mafkuraviy immunitetini kuchaytirish uchun nimalarga e’tibor berilishi kerak. Yosh avlodni mafkuraviy tafakkurini oshirish uchun maktablarda, ta’lim muassasalarda "Milliy istiqlol g’oyasi", "Ma’naviyat asoslari", "Vatan tuyg’usi", "Odobnoma" darslari o’qitilmoqda. Bu darslar jarayonini shu fanlarning mutaxassislari o’tishi, Prezident asarlaridan, siyosatchilarning fikrlaridan, dunyodagi yangiliklardan xabardor pedagoglar yuqoridagi manbalardan foydalanib o’quvchilarga bilim berishlari talab etiladi.

Dars jarayonini oddiy ma’ruza tarzida emas, baxs-munozarali, savol-javob tarzida o’tishi, yangi ta’lim texnalogiyalari bo’lmish elektron darsliklardan, prezintatsiyalardan, ma’naviy-ma’rifiy videoroliklardan foydalanish muhimdir. Chunki, o’quvchi talabaning ham berilayotgan bilimni bir xilda saqlab qolishi ancha mushkul. Shuning uchun ularni bilimini yuksal-tirishda vidioroliklardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bizgama’lumbir naqlni yodga olib qo’yish zarur, yahni; "Ming bora eshitgandan, bir bora ko’rgan afzal".

Yoshlarni mafkuraviy-g’oyaviy immunitetini shakllantirishdagi yana bir muhim omil bu, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni maktablarda, kollejlarda, mahalla dargohlarida ko’plab tashkil etilishidir. Chunki, bu tadbirlardan tomoshabinlar, o’quvchilar anchagina mafkuraviy ozuqa oladilar. Bu yo’lda barcha pedagoglar qatori jamiki fuqarolar bir tanu bir jon bo’lib targ’ibot tashviqot ishlarini birdek olib borishlari zarur. Jamiyatimiz rivojlani-shida, ravnaq topishida, rivojlangan davlatlar qatorida bo’lishida bilimli, mafkurasi yuqori yoshlar alohida o’ringa ega.

Biz har doim o’zga xalqlar madaniyatiga qiziqib kelamiz. Internet, axborot rivojlangan bu davrda boshqa millatlarning madaniyatini o’rganish qiyin vazifa emas. Bizdan shu narsa talab qilinadiki kelajakdagi turmush tarzimizni G’arb davlatlari singari emas, aksincha "Sharqona mentalitet" asosida qurishimiz zarurdir. Shundagina biz ma’naviyati yuksak, madaniyati yuqori, eng rivojlangan O’zbekiston davlatini asl farzandlari bo’lib qolamiz.




TAYANCH ATAMALAR
OMMAVIY MADANIYAT” – pop-madaniyat – mazkur jamiyatda aholining keng qatlamlari orasida yoyilib, ustuvor bo‘lgan madaniyat. U o‘z ichiga maishiy hayot, qiziqishlar (sport, pop-musiqa), ommaviy axborot vositalari kabilarni oladi.

Altruizm bag’rikenglikning bir ko’rinishi bo’lib, u jamiyatda qanchalik mustahkam o’rin olsa, mazkur jamiyatning rivojlanishi ham shunchalik jadal suratlarda kechadi. Olijanoblik, boshqalarning dardiga sherik bo’lish, boshqalarning tashvishlarini o’z tashvishlaridan ortiq deb bilish, boshqalarga yordam qo’lini cho’zishga doimo shay turish altruizmga xos xususiyatlar hisoblanadi.



ALTRUIZM- boshqalarning manfaatini o’z manfaatlaridan ustun deb bilish demakdir. Ushbu atama ilk bor frantsuz olimi Ogyust Kont tomonidan taxminan 150 yil ilgari muomalaga kiritilgan. Ogyust Kont boshqalarning baxt-saodati uchun yashashdan ko’ra ulug’roq baxt yo’q, deb ta’kidlagan edi.

Altruizm egoizm, ya’ni xudbinlikning aksi bo’lib, u yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyat sifatida e’tirof etiladi. Aksariyat olimlar altruizmning ta’lim-tarbiya jarayonining mahsuli ekanligini ta’kidlaydilar hamda ta’lim-tarbiyani to’g’ri olib borgan taqdirdagina altruizmga erishish mumkin, deb hisoblaydilar.



AMORALIZM (amoralizm - lot, a - yo‘q, moralis-axloq) — ma’naviy hayot va shaxslararo munosabatda axloq meyorlarining buzilishi hamda ularni inkor etish, umume’tirof etilgan xulq-atvor mezonlariga e’tiborsizlik va ularga yengil-yelpi munosabatda bo‘lish.

AQIDAPARASTLIK (arab, ishonch) — shak keltirmasdan, muhokama qilmasdan bajarish, e’tiqod qilish lozim bo‘lgan qoida va talablar. Aqida qanday shaklda bo‘lmasin, muayyan ishonch va e’tiqod asosida shakllanadi.

ART-KITCH-POP MADANIYAT - “Ommaviy madaniyat” mahsulotlari “kitch” mahsulotlar deyiladi. Kitch (nemischa) “arzonlashtirish”, “arzon narsaga aylantirish” degani. Sotsiolog German Broxning fikricha, kitch bu – “o‘xshatish, taqlid qilish tizimi”dir(1969 yil). Olim nimani nimaga o‘xshatish haqida gapirayotir? Albatta, qalbaki narsani asl narsaga, yomon narsani yaxshi narsaga, xunuk narsani go‘zal narsaga o‘xshatish haqida.

BESHINCHI KOLONNA – Ispaniyada 1936-1939 yillar fuqarolik urushida general Frankoning faoliyat yuritgan agenturasi shunday nomlangan. Ko‘chma ma’nosi – dushmanning har qanday yashirin agentlari (diversantlar, sabotajchilar, ayg‘oqchilar, terrorchilar va h.k.).

DAUNSHIFTING (ingl. downshifting, avtomobil tezligini pasaytirish, u yoki bu jarayonni sekinlashtirish, sustlashtirish). Termin «o‘zi uchun yashash», “boshqalar bilan bog‘liq maqsadlarni rad etish” falsafasining maqsadini ifodalaydi.

DEZINFORMATSIYA (fran, des - “salbiy” va information - “axborot”) muayyan guruh va doiralarning g‘arazli maqsadlariga erishish yo‘lida soxta ma’lumotlardan foydalanish asosida ijtimoiy fikrni chalg‘itish maqsadida matbuot, radio va TVda qo‘llanadigan usul, vosita.

DINLARARO BAG‘RIKENGLIK – turli diniy e’tiqoddagi kishilarning olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo‘lida xizmat qilishini anglatadigan tushuncha.

DOGMATIZM , aqidaparastlik (yunon, dogma - “fikr”, “ta’limot”) — biror bir fikr, ta’limotga, muayyan oqim tarafdorlariga, aqidalarga ko‘r-ko‘rona ishonish, eskirgan, qotib qolgan bir tomonlama nazariya va qonun-qoidalar, aqidalarga asoslangan tafakkur tarzini ifoda etadi.

DUNYONING MAFKURAVIY MANZARASI - Jahonda ro‘y berayotgan g‘oyaviy jarayonlar, mavjud mafkura shakllari, ularning mohiyati, maqsadlari va o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq holat, xususiyat va faoliyatini yaxlit tarzda aks ettiruvchi tushuncha.

EKSTREMIZM (lot, extremus – “ashaddiy”) — siyosatda ashaddiy qarash va choralarga moyillik.

ESKAPIZM (ingl. escape — qochish, yashirinish, zohidlik, tarkidunyochilik) yoki eskeypizm — odamning kundalik hayotdan xayollar dunyosiga ketishi.

EVTANAZIYA-bemorning o’z o’limini tezlashtirish to’g’risidagi iltimosini qondirish

GEDONIZM (qadimgi yunon, hedone – “zavqlanish”, “rohatlanish”) — insonning butun hayot mazmuni rohatlanishdan iborat, degan g‘oyani ifoda etadigan tushuncha. Gedonizmga binoan rohatlanishga intilish insonning tabiiy ehtiyoji, hayotining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir.

GEGEMONIZM (yunoncha, gegemoniya – “yetakchilik”, “boshqarish”) — turli sohalarda, jumladan, ma’naviy sohada ham ustunlik va o‘z hukmiga bo‘ysundirishni anglatuvchi tushuncha.

GRIFING -So‘nggi paytlarda internet orqali ta’qib etish yoki ilmiy tilda aytadigan bo‘lsak, grifing holatlari ko’p kuzatilmoqda. Bu kabi tarmoq bezoriligining eng birinchi qurbonlari aynan yoshlar qatlami, xususan, o‘smirlar hisoblanadi

IJTIMOIY HAMKORLIK - turli millat, irq va dinga mansub kishilar hamda guruhlarning umumiy maqsad yo‘lida birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat olib borishi, ularning o‘zaro hamjihatligini ifoda etadigan atama.

IKS ZURRIYOT (ingl, X-men – “laboratoriyada undirilgan urug‘dan yetishtirilgan, ota-onasi noma’lum bola [lotincha – x- “noma’lum”, arabcha zurriyot (birligi - zurriy) – “farzandlar, avlod”]. Iks zurriyotlarni yaratishdan maqsad yangi tipdagi odamlarni – mafkuralarning bo‘lajak fidokorlarini yetishtirishdir, bu o‘z navbatida kuchli armiyaga ega bo‘lish imkonini ham beradi. Ikszurriyotlar Sten Li va rassom Jek Kirbi tomonidan yaratilgan bo‘lib, ular ilk bor 1963 yilning sentabr oyida X-men №1 nomi ostida paydo bo‘lgan.

IMMUNITET - (lotin. ozod bo’lish, qutulish) deganda organizmning doimiy ichki muayyanlikni saqlashi, o’zini turli xususiyatlarga ega ta’sirlardan, uni tashqi infektsiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo’lgan reaktsiyalar majmui tushuniladi.

IRQCHILIK – insonlarning ijtimoiy mohiyatini, ularning biologik (ko‘zi, sochi, terising rangi) tashqi belgilar bilan bog‘lash. Bu insoniyatga qarshi jinoyat hisoblanadi.

KIBERTERRORIZM (lot, cyber terrorism; cyber - “kiber”, terror – “qo‘rquv”, “dahshat”) – zamonaviy, ilg‘or texnologiyalar, kom’yuter va boshqa imkoniyatlardan foydalangan holda yovuz kishilarning o‘zining g‘araz niyatlariga erishishdan iborat

KOMIL INSON - milliy g‘oyaning asosiy tamoyillaridan biri. Komil inson g‘oyasi va uni amalga oshirishga bo‘lgan intilish insoniyat sivilizatsiyasining ma’no-mazmunini tashkil qiladi.

KISHILAR QALBI VA ONGI UCHUN KURASH — mafkuralarning bosh
maqsadi hisoblanadi. Muayyan g'oya tom ma'noda
harakatlantiruvchi kuchga aylanishi uchun kishilar qalbidan joy
olishi shart. Boshqacha aytganda, g'oyaning kishilar ongini
egallashining o'zi yetarli emas. Zero, g'oya ongda oddiy axborot
sifatida saqlanib qolishi ham mumkin. Bunday holatda g'oya shaxs
uchun hech qanday ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lmaydi. G'oya
faqatgina inson qalbini egallagan, uning ichki ma'naviy-ruhiy
holatining uzviy qismiga aylangandagina va shu asosda uni muayyan
maqsadga rag'batlantiruvchi kuchga, harakat uchun qo'llanmaga
aylanadi. Shuning uchun, bugungi kunda milliy istiqol g'oyasini
fuqarolar nafaqat ongi, balki qalbiga ham singdirish vazifasi
jamiyatning bosh maqsadi bo'lib qolmoqda.

KOSMOPOLITIZM ( grek. — kosmopolit, Dunyo fuqarosi) — umuminsoniy qadriyatlarni milliy qadriyatlardan ustun qo‘yuvchi, dunyo fuqaroligini targ‘ib qiluvchi dunyoqarash.

KSENOFOBIYA (yunon, xepox – “begona”,“chetdan kelgan”, fobia - “qo‘rquv”) - irratsional qo‘rquv va begonalarga nafrat ma’nosini anglatadigan tushuncha ksenofobiyaning obyekti alohida guruh, ya’ni boshqa din, irq, qabila yoki millat vakillari, chet elliklar hamda barcha "begonalar"dir.

LUDOMANIYA (ingl, Ludomania; ludo - “stol ustida shar yumalatib o‘ynaladigan o‘yin turi”, mania – “ashaddiy jinnilik”) o‘yinga bog‘lanib qolish, gembling – qimor, pulli o‘yinlarga ‘atologik(qalban) bog‘lanib qolish. U qimor, pulli o‘yinlarda qayta-qayta ishtirok etishda namoyon bo‘lib, bu hol subyekt hayotida ustuvor ko‘rinish oladi va aksincha, uning uchun ijtimoiy, kasb-hunar, moddiy va oila bilan bog‘liq qadriyatlar ahamiyati tushib ketadi. Shaxs o‘z majburiyatlariga e’tibor bermay qo‘yadi.

MAFKURAVIY IMMUNITET - (lot.immunitaz — ozod bo'lish,
qutulish ma'nosini bildiradi). Immunitet deganda, odatda
organizmni turli ta'sirlardan, tashqi infeksiyalar kirib kelishidan
himoya qilishga qodir bo'lgan reaksiyalar majmuyi tushuniladi.
Immunitet kishi vujudining turli kasalliklarga qarshi turish
xususiyatini ham ifodalaydi. Ayni mafkuraviy immunitet jamiyat hayotining eng nozik jihatlaridan, fuqarolarning his-tuyg’ularidan, maqsad va intilishlaridan, ma’naviy-ma’rifiy va ruhiy-ahloqiy darajasidan kelib chiqadi. Agar mafkura insonlik sha’ni bilan bog’liq bo’lgan hissiyotdan kelib chiqsagina insonni boshqaradi, yo’lga soladi.

Mafkuraviy immunitet tizimining asosi — bilimdir. Ammo bilimlar ko'p. Misol uchun, buyuk davlatchilik shovinizmi yoki


agressiv millatchilik mafkurasi va amaliyoti tarafdorlari ham
muayyan «bilim»larga tayanadilar, albatta. Shunday ekan,
mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar obyektiv bo'lishi, voqelikni
to'g'ri va to'liq aks ettirishi, Vatan va millat manfaatlari bilan
uzviy bog'liq holda inson ma'naviyatining boyishiga, jamiyat
taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim.

Mafkuraviy immunitet shakllanishining ikkinchi asosiy omili


ana shunday bilimlar zamirida shakllanadigan qadriyatlar tizimidir.
Ya'ni bilimlar qanchalik obyektiv va chuqur bo'lsa, uning zamirida
yuzaga kelgan qadriyatlar, qadrlash mezonlari ham shunchalik
mustahkam bo'ladi.

Bilimlar va qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning uchinchi


muhim asosi, ya'ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma'rifiy
sohalardagi mo'ljal va maqsadlar tizimi bilan bog'liq. Ana shunday
aniq tizim bo'lmas ekan, xoh alohida inson, xoh millat yoki jamiyat
bo'lsin, goh oshkora, goh pinhona ko'rinishdagi mafkuraviy
tazyiqlarga bardosh berishi amrimaholdir. Demak, bugungi dunyo
sirlarini, ijtimoiy jarayonlar yo'nalishlarini bilish, o'zi va milliy
manfaatlar qadriga yetish, hayotdagi mezon va mo'ljallarni to'g'ri anglash har qanday yot mafkuraga qarshi immunitet shakllanishi
uchun asos bo'ladi.

MANQURTLIK - Manqurtlik o‘zligini anglashdan mahrum bo‘lgan odamning xususiyati; kundalik turmushda o‘z tarixini bilmaydigan, ongi ‘ast, insoniylikdan yiroq odamlarga nisbatan qo‘llanadigan tushuncha.

MEDIAVIRUS (ingl, media virus; media – “ommaviy axborot vositalari (OAV)”, virus – “zararli element”) – ommaviy axborot vositalari sohasi bo‘yicha mutaxassis - amerikalik Duglas Rashkoff tomonidan jamiyat hayotida bevosita yoki bilvosita o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan OAV bilan bog‘liq hodisalarni anglatish uchun kiritilgan atama.

MILLATCHILIK - boshqa millat kishilari manfatlari ehtiyojlariga bepisandlik bilan qarash.

MILLATLARARO TOTUVLIK – millatlararo ahillik, xalqaro do‘stlik; milliy mafkuraning asosiy g‘oyalaridan biri; muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining bahamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha.

MISSIONERLIK - lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo‘lib, «yuborish», «vazifa to’shirish», missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi.

MIYANI “YUVISH” (ingl, brainwashing; brain - “miya”; wash - “yuvmoq”, “tozalamoq”). Bu insonning avvalgi fikrlari, qarashlarini rad etib, unga o‘zgacha yoki butunlay teskari fikrlarni qabul qildirishga qaratilgan jarayon hisoblanadi.

ONGNI QAYTA DASTURLASH (ingl, deprogramming; de – “qayta”, “yana”, programming – “dasturlashtirish”) – kishini diniy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy guruhga sodiqlikdan qaytarishga qaratilgan harakat. Bu yo‘lda asosan odam o‘g‘irlash va do‘q-po‘pisa qilish metod(usul)laridan foydalaniladi.

POP PSIXOLOGIYA - “Ommaviy madaniyat”da “pop (ommaviy)-muzika” alohida o‘rin tutadi. “pop-muzika”ni “Yangi rok” belgilaydi. “Yangi rok”, ta’bir joiz bo‘lsa, kuchaytirilgan ritmik tizimli musiqadir. Ya’ni jazavali ritm, zarb, shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir.

PROZELITIZM - bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilishdir.

RANGLI INQILOB – deb ko‘pincha qator Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, mahalliy aholining uyushtirgan, harbiylar ishtirok etmagan, ammo odatda siyosiy rejim almashinishi bilan tugallanadigan ko‘cha tartibsizliklari va ommaviy namoyishlariga aytiladi.

REKRUETOR (ingl, recruiter – “jamiyatning yangi a’zosi”). Rekruetor jamiyatning, guruhning yangi a’zosi bo‘lib, u maxsus vazifani bajarish uchun xizmat qiladigan, o‘ta kuchli salohiyatga ega bo‘lgan shaxsni anglatadi.

SEDUKSIYA (ingl, seduction – “undash”, “ko‘ndirish”)- bu tushuncha zamirida yomon ishga undaydigan, noto‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan g‘oya yotadi.

STOKGOLM SINDROMI (ingl, Stockholm, syndrome – “miya yoki tananing yomon holatdaligini ko‘rsatuvchi bir necha belgilar yig‘indisi”). Stokgolm sindromi deganda garovga olingan asirning xohishi, terroristning g‘oyasiga bo‘ysunib, ko‘nikib qolish holati tushuniladi. “Stokgolm sindromi” atamasi kriminolog Nolyami va ruhshunos Bejerotlar tomonidan kiritilgan.

TERRORIZM (lot, terror – “qo‘rquv”, “dahshat”) — yuksak ma’naviy tamoyillarga zid ravishda yovuz maqsadlar yo‘lida kuch ishlatib, odamlarni garovga olish, o‘ldirish, ijtimoiy obyektlarni portlatish, xalqni qo‘rquv va vahimaga solishga asoslangan zo‘ravonlik usulini anglatuvchi tushuncha.

Turli hil diniy e’tiqodlarni aholi ongiga singdirish orqali siyosiy, mafkuraviy maksadlarga erishish harakati XX asr ohiri va XXI asr boshlaridagi davrning o‘ziga xos xususiyatiga aylanib bormoqda.



VANDALIZM - zamonaviy talqinda ma’naviy buzg‘unchilik va vayronkorlikni anglatuvchi tushuncha, tarixiy jihatdan esa mil. 455 yilda Rimni zabt etib, ko‘plab antik va nasroniy madaniyat yodgorliklarini vayron qilgan qadimiy german qabilasining nomidan kelib chiqqan atama.

VARVARLIK - ma’naviyat talablariga zid holat bo‘lib, 1) ijtimoiy taraqqiyot to‘g‘risidagi ba’zi nazariyalarda jamiyatning rivojlanish bosqichlaridan biri; 2) qadimgi yunonlar tomonidan ularga tili notanish bo‘lgan qabilalarga berilgan nom; 3) zamonaviy nuqtai nazardan qaraganda — nodon, johil va shafqatsiz odamlar faoliyati kabi ma’nolarni anglatuvchi tushuncha. YUNESKO qaroriga binoan insoniyatning noyob tarixiy obidalari qatoriga kiritilgan Afg‘onistonning Bomiyon viloyatidagi qadimgi Budda haykalining tolibonlar tomonidan zambaraklar bilan o‘qqa tutib, vayron etilishi varvarlikning eng achinarli ko‘rinishidir.

VATAN RAVNAQI - milliy mafkuramizning asosiy g‘oyalaridan biri. Bu g‘oya har bir kishining manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg‘unlashtiradigan, uni xalq baxt-saodati yo‘lida xizmat qilishga da’vat etadigan bunyodkor g‘oyadir.

VAYRONKOR G‘OYALAR – bunyodkor g‘oyalarga zid bo‘lgan, yovuzlik va jaholatga xizmat qiladigan g‘oyalar majmuini ifoda etadigan tushuncha.

VAHHOBIYLIK — diniy-siyosiy oqim bo'lib, u XVIII asrda
Markaziy Arabistonning Najd vohasida yuzaga kelgan. Unga
Muhammad ibn Abdul Vahhob (1703—1794) asos solgan.
Vahhobiylar bevosita din nomidan ish ko'rgan va uni «tozalash»,
ya'ni payg'ambar davridagi asl holatiga qaytarish kabi g'oyalarni
ilgari surgan. Ingliz mustamlakachiligi bu vaziyatdan o'z maqsadida
foydalangan: g'oya tarafdorlari qurollantirilib, Usmonli turklarga
qarshi jangga tashlangan. Shuning uchun ham ular usmonli turklar
mansub bo'lmish hanafiy mazhabini kofir mazhabi deb e'lon
qilishgan.

VESTERNIZATSIYA (ingl, western - “G‘arb”) — yevropasentirizm g‘oyasining zamonaviy ko‘rinishi bo‘lib, insoniyat erishgan barcha yutuqlarni g‘arblashtirish, G‘arb dunyosining o‘ziga xos tafakkuri va turmush tarzi natijasi deb ko‘rsatishga urinish, G‘arb mamlakatlarini ilg‘or va yetakchi kuch, ideal hodisa sifatida targ‘ib etishga qaratilgan nazariya va amaliyot.

VIRTUAL TA’QIB - Muloqotning bu kabi shakllari yaxshi, albatta. Biroq masalaning ikkinchi tomoni ham borki, unga chuqurroq nazar tashlash lozim. Alohida e’tibor talab etadigan jihat - internet orqali ta’qib deb nomlanadi.

XALQ FAROVONLIGI - xalqqa munosib turmush sharoiti yaratishni ifodalovchi tushuncha.O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotidir.

YURT TINCHLIGI - milliy mafkuraning asosiy g‘oyalaridan biri, mamlakat barqaror taraqqiyotining asosiy sharti. Zero tinchlik va osoyishtalikni saqlash o'z-o'zidan sodir bo'ladigan hodisa emas. Dunyoda keyingi besh ming
yil ichida 15 mingdan ziyod urushlar bo'lgani, bugun ham yer
yuzida urush va notinchliklar bo'lib turgani bu tamoyilning
muhimligidan dalolat beradi. Ayniqsa, milliy mustaqillikka
tajovuzning turli shakllari, murakkab «texnologiyasi» vujudga
kelgan hozirgi davrda yurt tinchligini saqlab qolish uchun
mustahkam qat'iyat, kuchli iroda va moddiy-moliyaviy resurslar
zarur bo'ladi. Bu haqiqatni odamlar ongiga singdirish, ularni yurt
tinchligini saqlash maqsadlari, vazifalari natijasida vujudga kelgan
ayrim qiyinchiliklarga chidam va sabr-toqatli etib tayyorlash milliy
istiqlol mafkurasining bosh yo'nalishlaridan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.: O’zbekiston, 2012.

2. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T.: O’zbekiston, 2011.

3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.-T.: Ma’naviyat, 2008.

4. Karimov I.A. “O’zbekiston:milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”.-Toshkent. O’zbekiston, 1996.

5. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T.: O’zbekiston, 1997.

6. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.-Toshkent.: O’zbekiston, 1999.

7. Karimov I.A. «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni — xalq, millatni — millat qilishga xizmat etsin». «Tafakkur» jurnali, 1998-y. 2-son.

8. Karimov I.A.Olloh qalbimizda yuragimizda. «Turkiston - press» ахborot agentligi muxbirining savollariga javoblari. Xalq so’zi, 1999 yil 6-mart.

9. Abdullaev M., Abdullaeva M. va boshqalar. Mustaqillik:izohli ilmiy-ommabop lug’at.-T.: Sharq, 2009.

10. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” – ma’ruza matnlari uchun materiallar-T, 2001.

11. Milliy istiqlol g’oyasi” O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun o'quv qo'llanma -T.: O’zbekiston faylafuflari milliy jamiyati nashryoti, 2013.

12. Milliy g’oya targ’ibot markazi “Dunyoning mafkuraviy manzarasi” elektron darsligi, 2010.

13. Quronov M.,Tayloqov N. Barkamol avlod – kelajagimiz tayanchi. -T.: Ma’naviyat, 2010.



Internet ma’lumotlari

1.www. Gazeta. Uz.

2.www. Ziyonet.uz

3.www.World.book.com



4.www.News. Uz.


1 Islom Karimov. «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni — xalq, millatni — millat qilishga xizmat etsin». «Tafakkur» jurnali, 1998-y. 2-son.

2 Islom Karimov. «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot—pirovard
maqsadimiz». —T., «O'zbekiston» nashriyoti, 2000-yil, 494-bet.

3
I.A.Karimov. “ O'zbekiston ХХ1 аsr bo’sag’asida : хаvfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. Тоshkent, O’zbekiston, 1997 yil, 52-bet.

4
I.A.Karimov. “ O'zbekiston ХХ1 аsr bo’sag’asida : хаvfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. Тоshkent, O’zbekiston, 1997 yil 53- bet.

5
I.A.Karimov. “ O'zbekiston ХХ1 аsr bo’sag’asida : хаvfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. Тоshkent, O’zbekiston, 1997 yil, 34-bet.

6
Islom Karimov .Olloh qalbimizda yuragimizda. «Turkiston - press» ахborot agentligi muxbirining savollariga javoblari. Xalq so’zi, 1999 yil 6-mart.

7
 I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” T – “Ma’naviyat” nashryoti, 2008 yil.

Yüklə 286,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə