"Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni Reja: "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonun haqida



Yüklə 2,17 Mb.
tarix19.05.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#111316
Yoshlar siyosati


"Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni
Reja:
1."Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonun haqida.
2.Qonunning asosiy tushunchalari.
3. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo'nalishlari.
Ma’lumki, bugungi kunda yoshlarga juda ko’plab imkoniyatlar yaratilib berilmoqda, chunki yoshlar kelajakning poydevorlari hisoblanadi. O’zbekiton Respublikasida ham ham ularning ta’lim olishlari, ham unib o’sishlari uchun juda katta eshiklar ochilmoqda . Buning isboti sifatida O’RQ–406-sonli 2016 yil -14 sentabrdagi “O’zbekitonda yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida"gi Qonuni asosida ularni huquqiy tomondan ham himoya qilishni ko’zda tutadi.
Mazkur Qonun 4 ta bob, 33 ta moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonundagi boblarning nomlanishi quyidagicha:
1-bob. Umumiy qoidalar
2-bob. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar
3-bob. Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar

yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi;

  • yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi;
  • yoshlar (yosh fuqarolar) — o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar;
  • yosh oila — er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol);

Qonundagi asosiy tushunchalar
yosh mutaxassis — oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga kirgan va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz yoshdan oshmagan xodim;
yoshlar tadbirkorligi — yuridik shaxs
tashkil etmagan holda yosh
fuqarolar tomonidan, shuningdek
ta’sischilari yosh fuqarolar
bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan
amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati.
Yoshlarga oid davlat siyosatining
asosiy prinsiplari
-ochiqlik va shaffoflik;
-yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;
-yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
-ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
-yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
-yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash;
-yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish;
-yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash;
-yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
-yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;
-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
-iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish;
-yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;
-yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
-yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
YOUNG***
-yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;
-yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bajardi: 903-guruh talabasi
Axrorov Azamat
Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə