Yoslik davrining psixologik xususiyatlari ilk yetuklik dsvrining psixologik xususiyatkari


Nutq - odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishining tarixan tarkib topgan shakli. Odatlar -



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə139/176
tarix27.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#163466
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   176
1-mavzu yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi

Nutq - odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishining tarixan tarkib topgan shakli.
Odatlar - bu kundalik faoliyatda ko‘p takrorlanishi natijasida avtomatlashgan va bajarilishi shaxsning funksional ehtiyojiga aylanib ketgan harakatlardan iborat individual xislat.
Ong va faoliyat birligi – psixologiyaning ong bilan faoliyatning birligi, uning o‘zaro bog‘liqligini e’tirof etuvchi g‘oya.
Ontogenez – organizmning individual rivojlanishi. Tirik mavjudotning paydo bo‘lgan davridan to oxirigacha bo‘lgan davrdagi o‘zgarishlar majmui
Operant o‘rganish - bilim, ko‘nikma va malakalar sinab ko‘rish va xato qilish metodi orqali o‘rganiladi.Individ duch keladigan vaziyatlar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalarni vujudga keltiradi. Organizm ketma-ket amalda masalani echish uchun har birini sinab ko‘radi va bunda avtomatik ravishda erishilgan natijani baholaydi.
Pedagogik psixologiya – ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlari hamda, pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya fani sohalaridan biridir.
Psixik taraqqiyot qonuniyatlari – bir Yosh davridan boshqa davrga o‘tishda inson psixikasi va xulq-atvorida yuzaga keluvchi o‘zgarishlar va ularning sabblarini tavsiflab beruvchi qonundir.
Psixik rivojlanishning revolyusion o‘zgarishlari – bir Yosh davridan ikkinchi Yosh davriga o‘tishda inson xulq-atvori va psixikasida yuzaga keluvchi jadal hamda chuqur qayta qurishdir.
Psixik rivojlanishning situativ o‘zgarishlari – inson xulq-atvori va psixikasida tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan ta’lim- tarbiya ta’siri ostida yuzaga keluvchi, ya’ni vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar.
Psixik rivojlanishning evolyusion o‘zgarishlari – bir Yosh davridan ikkinchi Yosh davriga o‘tishda inson xulq-atvori va psixikasida sekinlik bilan amalga oshadigan, barqaror o‘zgarishlar.
Reprezentativlik – tanlov guruhining o‘rganilayotgan sifatlar majmuini ishonchliligini va to‘g‘riligini ifodalovchi mezon.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə