Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari merosining o’rni. Reja


Uning fikricha, yaxshilik donolikda, donolik esa hodisalarni bilish orqali qo’lga kiritiladi. Bilim, ma’rifat inson hayotining ajralmas tomonidir



Yüklə 45,17 Kb.
səhifə2/2
tarix31.12.2021
ölçüsü45,17 Kb.
#82356
1   2
3. Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari merosining o’rni

Uning fikricha, yaxshilik donolikda, donolik esa hodisalarni bilish orqali qo’lga kiritiladi. Bilim, ma’rifat inson hayotining ajralmas tomonidir.

Ibn Sino “Solomon va Ibsol” qissasida rostgo’ylik, sadoqat, pok muhabbat, irodaning makr ustidan g’alabasini tasvirlaydi.

Mutafakkir kishilarni do’stlik va haqiqatga, do’stlikning qadriga etishga chaqiradi. Insonni esa olamdagi mavjudotlar ichida eng buyuk zot, deb qaraydi.

Shunday qilib, Ibn Sino o’rta asr Sharq va Evropa madaniyati va ma’rifati taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatdi.

IX-XII asrlar ma’naviyati va ma’rifati rivojida XI asrning ko’zga ko’ringan shoiri Yusuf Xos Hojib ham katta o’rin tutadi. Yusuf Xos Hojib o’zining yagona dostoni bo’lmish “Qutadg’u bilig” bilan mashhurdir. Bu asar 1069 yilda yozilgan bo’lib, uni shoir Qashg’ar hokimi Sulaymon Asrlon qoraxonga bag’ishlagan. Shu asari uchun unga Xos Hojib, ya’ni buyuk xonning maxsus maslahatchisi unvoni berilgan. Doston qahramonlari – hokim Kuntug’di adolat ramzi, vazir Oyto’ldi baxt ramzi sifatida, vazirning o’g’li O’gdulmish aql ramzi sifatida tasvirlanadi.

Mutafakkir inson faqat jamiyatda, boshqa kishilar bilan muloqotda va foydali mehnatda chinakam kamolotga etadi, degan g’oyani ilgari suradi. Insonga foyda keltirmaydigan inson – o’likdir, deb ta’kidlaydi. Jamiyatda mehnat ahli – dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar hal qiluvchi rol o’ynaydi, deb uqtiradi. Shuning uchun, Yusuf Xos Hojib hokimga adolatli bo’lish, o’zboshimchalik va qonunsizlikka yo’l qo’ymaslikni maslahat beradi.

Mutafakkir fikricha, odam kimligidan qat’iy nazar inston bo’lishi lozim, chunki dunyoda faqat insoniylikkina abadul-abad qoladi. Shu sababli o’z nomini hamisha yaxshilik bilan eslashni istagan kishi faqat yaxshilik qilishi lozim. U shunday yozadi: “Kimning odobi yaxshi va axloqi to’g’ri bo’lsa, u kishi maqsadiga etadi va baxt unga kulib boqadi”, chunki “yaxshi axloq jamiki yaxshiliklarning zaminidir”.

Yusuf Xos Hojib ilm va ma’rifatni jamiyatning taraqqiyotiga, gullab-yashnashiga olib keluvchi kuch deb bilib, ularni egallashgan da’vat etadi. U kishini zulmat ichidagi uyga, bilimni esa ana shu uyni nurafshon etuvchi mash’alga o’xshatadi.

Shoir kishilarni so’zlaganda o’ylab gapirishga chaqiradi. So’zingga ehtiyot bo’l, boshing ketmasin, tilingga ehtiyoj bo’l, tishing sinmasin. Ma’nodor so’z donolik alomati, bema’ni so’z mahmadanagarchilik axmoqlik alomatidir. Shu bois odam ko’proq quloq solib, kam gapirishi kerak deb aytadi.Yusuf Xos Xojib shuningdek, insonning tashqi qiyofasi uning ichki ma’naviy dunyosiga mos bo’lishiga katta ahamiyat beradi. Mutafakkir yolg’onchi, munofiq kishilar jamiyat uchun zararli, bunday kishilardan uzoq bo’lish kerak deydi.

Shunday qilib, XI asrda yashab ijod qilgan Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig» asarida ma’rifatparvarlik, yuksak axloqiylik g’oyalarini ilgari suradi. Bu asar katta ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Biz o’rganayotgan davrda axloqiy-didaktik mavzuda asar yaratgan va shuhrat qozongan shoir Ahmad Yugnakiydir. U XII asr oxiri va XIII asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan. Undan bizgacha «Hibatul-haqoyiq» dostoni etib kelgan. U o’z dostonida dunyoning bevafoligi, o’tkinchiligi haqida gapirib: dunyo go’yo karvon faqat ozgina fursat to’xtab o’tiladigan rabot (karvonsaroy), shu sababli, ta’kidlaydi u, bu dunyodagi rohat-farog’atga intilish befoyda, uni deb azob-uqubat chekishga arzimaydi, chunki «sen bugun ko’rib turgan boylik ertaga g’oyib bo’ladi, sen o’zimniki deb bilgan buyumlar boshqalarga qolib ketadi. Shuning uchun faqat yaxshilik urug’ini sekish uchungicha yashash kerak deb uqtiradi. U bilimli, ma’rifatli kishilarni etuk kishilar deb hisoblaydi. Inson bilan bilimni ajratib bo’lmaydi, faqat bilimli kishigina kamol topishi mumkin de ta’kidlaydi.


Uning fikricha, inson olim bo’lgandan keyingina ulug’lik darajasiga ko’tariladi va yaxshi nom qoldiradi. Bilimsiz kishi sog’lom bo’lsa ham, u o’likdir deb ko’rsatadi. Bilim inson uchun bitmas-tuganmas mulkdir, deb ta’kidlaydi. Shoir, axloq-odobdagi asosiy narsa tildir, til baxtiyorlik va baxtsizlikning sababidir deb uqtiradi. Shu bilan birga olim halollik va haqgo’ylik, saxiylik inson uchun fazilat, unga intilish kerak deya, xasislik va badfe’llikni qoralaydi. Kamsuqumlik va kamtarinlik insonni ulug’laydi, deb ko’rsatadi.

Kishilarga faqat yaxshi odamlardangina do’st orttirishini maslahat beradi. Faqat yaxshi ishlar qilibgina yaxshi natijalar kutish mumkin, chunki «...tikan ekib, hosiliga uzum olmaysan» deb aytadi.



2.XVI-XIX asrlarda O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy-ma’rifiy tafakkur taraqqiyoti ikki yo’nalishda bordi. Birinchisi O’rta Osiyoning o’zida ro’y berdi. Ikkinchisi Hindistonda Boburiylar davridagi O’rta Osiyolik mutafakkirlarning ijodida namoyon bo’ldi (Bobur, Humoyun, Akbar, Shohjahon va boshqalar).

XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida O’rta Osiyo ma’naviy-ma’rifiy qarash rivoji Boborahim Mashrab (1653-1711) nomi bilan chambarchas bog’liq. Mashrabdan boy ma’naviy badiiy meros qolgan. Mashrab o’sha vaqtda Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik oqimiga e’tiqod qilib, o’zining isyonkorona she’rlari bilan jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi kurash olib borishga harakat qilgan. O’z g’azallarida axloqiy, ma’naviy poklikka erishish, hayotdagi illatlarga qarshi kurashni kuylaydi.

U o’zi yashagan davr hokimlaridan adolatni kutadi. Hatto ularga murojaat qilib, xalq to’g’risida g’amxo’rlik qilishni, ularning arz-dodiga quloq solishni so’raydi. Mashrab kishilarni boylikka hirs qo’ymaslikka, o’zgalarga yaxshilik qilishga, sahiylikka, halol bo’lishga, o’z mehnati evaziga yashash, nafsni tiyishga chaqiradi.

Mashrab o’z ijodida xulq-odob masalalariga katta e’tibor berib, odamlarni yaramas hatti-harakatlardan, takabburlik va yolg’on so’zlashdan saqlanishga undaydi. Uning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashida farzandning ota-onani hurmat qilishi, ularni yuksaklikka ko’tarish g’oyasi muhim o’rin tutadi. Xususan, farzanddan otaning rozi bo’lishi lozimligi, aks holda yomon oqibatlarga olib kelishi haqida yozadi. Mashrab ijodidagi bunday g’oyalarning mustaqil O’zbekiston yoshlarini ma’naviy kamolga etkazishda ahamiyati katta.

XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida ijod qilgan O’rta Osiyolik mutafakkirlardan biri Mirza Abdulqodir Bedildir (1644-1721). Undan juda boy ma’naviy meros qolgan. Unga Sharq Gegeli degan unvon, tavsif berilganki, bu uning zamonasining hamda Sharqning buyuk va yuksak ma’naviyat-ma’rifat egasi bo’lganligini ko’rsatadi.

Bedil o’z asarlarida avvalo inson haqida, mirishkor dehqon haqida alohida mehr, hurmat va ehtirom bilan gapiradi. U insonni irqiy, milliy va diniy e’tiqodlaridan qat’iy nazar hurmat va ehtiromga sazovor oliy zot deb biladi. Bu haqida shunday deydi: “Har kimki, hazrati insonni sajdaga sazovor demasa, u mal’undir”. Qanday ajoyib fikr. Ushbu fikr har qanday davr uchu ham adolatli va oliyjanobdir. Inson borliqning, olamning toji. Inson o’z baxtini o’zi yaratadigan zot deb qaraydi. “Odam abadiy yashashi mumkinmi?” – degan savolga mutafakkir ijobiy javob beradi.

Bedil insonga ikki xil abadiylik xosligini aytadi. Birini umumiy abadiylik – hamma narsaga, shu jumladan odam tanasiga ham xos moddiy abadiylik.

Ikkinchis xususiy abadiylik – o’z faoliyati, mehnati, yaxshi ishi bilan insonlarga manfaat etkazgan kishilarga xos. Bedil tiriklining ma’nosini – daraxt o’tkazish, ekin ekish, ularni parvarishlash, bechoralarga xayr-sahovat ko’rsatish, ojizlaroga yo’l ko’rsatish, bemorlarni borib ko’rish va boshqalardan iborat deb qaraydi.

Insonning abadiyligini belgilovchi omillardan biri ilmdir deydi mutafakkir. Inson umrining boqiyligi, adabiyligi haqidagi bunday qarashlar tahsinga sazovor. Zero, tarixda abadiy nomi qolgan ma’naviy tirik siymolar faqat ilm-ma’rifat va o’zlarining yaxshi ishlari bilan o’z nomlarini abadiyatga muhrlab ketganlar. Ular yoqqan ilm-ma’rifat shamlari mnecha asrlar bo’yicha insoniyat yo’lini yoritib kelmoqda va yana necha asarlar yoritgusidir. Bunday siymolar qatoriga dunyoviy va diniy ilmlar sohiblari kiradi.

XVII-XIX asrlar ma’naviyati va ma’rifati rivojida Turdi, Huvaydo, Gulhaniy, Mahmur, Nodirabegim, Uvaysiy, Munis Xorazmiy, Ogahiy, Feruz va boshqalarning o’rni va roli ham beqiyosdir.

XIX asrda O’rta Osiyoda ma’naviyat va ma’rifat rivoji Ahmad Donish (1827-1897) ijodi va ma’rifatparvarlik faoliyati bilan chambarchas bog’lanib ketganligini alohida qayd etish lozim. U inson turli fanlarni egallab, dunyo sirlaridan voqif bo’la oladi, deydi.

“Biz – dunyoni gullab-yashnatish uchun, er osti boyliklarini topish uchun, dunyoning ajoyib sirli tomonlarini tadqiqetish uchun, uning hamma qit’alarini va aholisini bilish uchun tug’ilganmiz”deydi Ahmad Donish. U ilmni, ma’rifatni rivojlantirish, xalqni savdoxon qilish orqali qoloqlikdan qutilish mumkin deb ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari suradi. O’zbek ma’rifatchiligi Muqumiy, Furqat, Avaz O’tar, Zavqiy va boshqalar ham alohida o’rin tutadi.

Ma’rifatparvarlik g’oyalari Maxmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori, Abdulqodir Shakuriy, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurrauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Abdulla Qodiriylar kabi jadidchilar faoliyati va ijodida, millat ozodligi uchun kurash bilan bog’lanib ketganligini alohida qayd etish lozim.

Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko’rinishidir. Ma’rifatning lug’aviy ma’nosi bilim demakdir. Ma’rifatni hayotgan singdirish esa maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma’rifat bilim va madaniyatning mazmuni bo’lib, maorif esa ushbu mazmunni yoyish qurolidir. Ma’rifat asosan umumiy va o’rta maxsus bilim beruvchi maktab va o’quv yurtlarida amalga oshiriladi. Ma’rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo’lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning barcha turlarini va shakllarini o’z ichiga oladi. Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga o’tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi.

Jadid so’zi arabchadan yangilanish, yangi usul ma’nolarini anglatadi. U yangi, zamonaviy maktab, matbuot, milliy taraqqiyot usullari, yo’llari va tarafdorlarining umumiy nomi. Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari quyidagilardan iborat: Turkistonni o’rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan tozalash, millatni zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqish, milliy davlatni bunyod etish, konstitustion, parlament va prezident idora usulidagi ozod jamiyatni qurish, turkiy tillarga davlat maqomini berish, milliy qo’shin tuzish va h.k.lardan iboratdir.

Turkistondagi jadidchilik harakati milliy-ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kelgan tarixiy ijtimoiy harakatdir. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu harakatning tarixiy ahamiyati katta bo’lgan, bu davrda jamiyatning ma’naviy inqirozi chuqur ildiz otgan bo’lib, milliy madaniyatni ko’tarmay, umuminsoniy qadriyatlarni o’zlashtirmasdan turib, ma’rifat, tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga qo’ymasdan turib ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin emas edi. Jadidchilar millatni qoloqlik, hurofot botqog’idan oilb chiqish uchun harakat qilishi bilan birga shariatga qat’iy rioya qilish orqali maktab va madrasalarda ta’lim berish tizimini dunyoviy bilimlar berish asosida isloh qilish g’oyalarini ilgari surganlar va buni amalda ko’rsatib berganlar. Jadidchilik harakati milliy uyg’onish va milliy ong yuksalishida katta ahamiyat kasb etgan.

Shunday qilib, O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy va ma’rifiy qarashlari xalqimizning boy ma’naviy merosining ajralmas qismi sanaladi. O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy va ma’rifiy qarashlarida inson va uning fazilatlari, ta’lim-tarbiya, axloq muammolari markaziy o’rinni egallab keldi. Unda komil inson muammosi o’ziga xos ravishda o’z ichimini topganligini alohida qayd etishimiz mumkin.

O’rta Osiyo tarixiy vaqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazidan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahoshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar uning taraqqiyoti va boyishga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas tarkibiy qismidir.

Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totalitar tuzum hukumronligi davrida mamlakatimiz navqiron avlodi, Islom Karimov aytganidek, necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, natijada ular o’z xalqining tarixini, uning boy tabiiy ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madaniyatdan baxramand bo’lish, o’rganishdan maxrum bo’lib keldi1.

Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Vaholanki, Islom Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” kitobida ta’kidlaganidek: “... o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda”2

Mustaqillik tufayli ona zaminimizning ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish, taxlil etish imkoniyatiga ega bo’ldik. O’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi. Ona zaminimizda bundan necha asrlar avval yaratilib, to hanuz yurtimizga ko’rk bag’ishlab turgan qadimiy obidalar, asori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an’analari haqida, Vatanimizning shonli tarixi to’g’risida tasavvur va tushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g’urur-iftixor tuyg’ularini uyg’otadi.1

IX-XII asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida “Renessans” (Uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-yashnaganligi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa, xalifa Ma’mun ibn Xarun ar Rashid (813-833yy) davrida Bog’dodda “Bay tul-hikmat (Donishmandla uyi tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-Ximiya va ilmi Nujumga oid asarlar arab tiliga o’grildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar Abbos ibn Said Javhariy, Axmad ibn Abdulloh Marvaziy, Axmad, al –Farg’oniy, Muxammad al Xorazmiylar ham katta hissa qo’shganlar.

Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-ej’tibori bilan dunyoviy gumanistik dunyoqarashi, antik davr madiniy merosiga murojaat qilish bamisoli uning qayta uyg’onishini anglatadi, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallik (qomusiylik)ni, gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda namoyon bo’ladi.

Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:

madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti;

yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanii;

astranomiya, matematika, minerologiya, jo’g’rofiya, kimyo va boshqa

tabiiy fanlar rivoji;

uslub (metodologiya)da –ratsionalizm, mantiqning ustunligi;

insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib etilishi;

falsafaning keng darajada rivoj topishi;

adabiyot, she’riyat, ritorikaning keng miqyosda rivojlanishi;

bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi.

O’rta Osiyoning ko’hna va hamisha navquron Buxoro, Xiva, Samarqand kabi

shaharlarida qadimdan fan, madaniyat va ma’naviyatning markazi bo’lib kelganligi bilan ajralib turadi. O’rta Osiyo tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar Muso Muhammad al-Xorazmiy, Axmad al-Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning nomi bilan bog’liq.

Axmad al-Fag’oniy (798-861yy.) mashhur falakiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Falakiyot ilmining usullari haqida” kitob, “Axmad al-Farg’oniy jadvali”, “Usturlab bilan amal qilish haqida” kitob, “Usturlab yasash haqida” qitob, “Simoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida” kitob va boshqalar. Axmad al-Farg’oniyning “Astronomiya asoslari” kitobi o’sha davrdagi astronomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo’lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko’p asrlar davomida Evropada astronomiya bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan.

Muxammad al-Xorazmiy (783-850 yy).

Olimga dastlabki buyuk shuhratni “Hisob al-Hind” “Hind hisobi” nomli risolasi olib keldi. Mazkur risolada jahon fani tarixida birinchi marta unlik sistema va uning amaliy ahamiyati haqida so’z boradi.

Axmad al-Farg’oniyning bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari bilan jahon fani va madaniyati taraqiyotiga munosib hissa qo’shdi. Quyosh tutilishini oldindan aytib berdi. Erning sharsimon ekanligini kashf etilishi olimga katta shuxrat keltiradi. 1998 yil YuNESKO tomonidan allomning tavollud topganligini 1200 yilligi keng nishonlandi.

Al-Xorazmiy tomonidan “O” (Nul Tsifr)ning kashf qilinishi insoniyat ilmiy tafakkurining beqiyos ulkan yutug’idir. al-Xorazmiy tomonidan yozilgan “Hisob al –Hind” kitobida eng muhim oltita arifmetik amallar – qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish, darajaga ko’tarish va kvadrat ildiz chiqarish kabilar ishlab chiqilgan va uning uslub va qonunlari kashf etilgan edi.

al-Xorazmiyning yana bir buyuk xizmati algebra fanining kashf etganidir. Algebraning mustaqil fan sifatida vujudga kelishi va rivojlanishi al-Xorazmiy faoliyati bilan bog’liq. “Algebra” atamasining o’zi al-Xorazmiy tomonidan yozilgan (“Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) nomli risoladagi “al-jabr” so’zining lotincha talaffuz ifodasidan kelib chiqqan.

Algoritmlar azariyasini ham al-Xorazmiy nomi bilan bog’langanligi, hatto “Algoritm” atamasi ham lotincha ifoda etilgan “Dixi Algoritmik” (dediki al-Xorazmiy) so’zidan kelib chiqqanligini hech kim inkor etolmaydi.

“Algoritm” tushunchasi hozirgi zamon kibenetika EHM (elektron hisoblash mashinasi) va hozirgi zamon informatsion texnologiya hamda jarayonlarning asosiy kategoriyasiga aylandi.

Muxammad al-Xorazmiy “Hisob al-Qind”, “Ziji Xorazmiy”, “Astrolyabiya bo’yicha risola”, “Quyosh soati haqida risola”, “Erning shakli haqida” kitob, “Trigonomitrik jadvallar”, “musiqa bo’yicha risola”, “Tarix haqida” va boshqa asrlarning muallifi.

Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiy (873-950 y) siz tasavvur etish qiyin. U “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi mualim” degan unvonga sazovor bo’lgan mashhur mutafakkirdar. Sharqda qadam Yunonistonning eng mashhur faylasufi. Aristotel “Birinchi muallim” deb yuritilgan. Farobiy 70 dan ortiq til bilgan qomusiy omil. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 dan ortiq bo’lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin.

1. Qadimiy Yunon faylasuflari va tabiatshunoslari-Aristotel, Platon, Evklid, Galen va boshqalarning ilmiy merosini tarjima qilish, sharxlash, targ’ib qilish va o’rganishga bag’ishlangan asarlar:

2. O’rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid risolalar.

Jumladan “Aristotelning” “Metafizika” kitobining maqsadi to’g’risida”, Aristotelning “Osmon sistemasi” kitobiga izoh”, Aristotelning Etika “kitobiga sharx”, “Qonunlar haqida kitob”, “Bushliq haqida kitob”, “Musiqa haqida so’z”, “Falsafani bo’lishdan oldin nimalarni bilish kerakligi to’g’risida”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Inson a’zolari haqida risola”, “Donolik asoslari”, “Mantiq ilmiga kirish”, “Aql to’g’risida”, “Fozil odamlar shahri” va boshqa asarlarni ko’rsatish mumkin. Farobiyning fikricha insonning va jamiyatning g’alabaga erishuvi yaxshilikni qo’lga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka ko’tarilishi inson va jamoatining o’z qo’lidadir.

U davlatni fozil va johil davlatlarga bo’ladi. Fazilatli shaharlarda ilm falsafa, axloq-ma’rifat birinchi o’rinda bo’lmog’i lozim, deb biladi. Shunda jamiyat etuklikka erishadi, deydi. Fozil shahar boshlig’i bilimli, haqiqatni sevuvchi, yolg’on va yolg’onchilarga nafrat bilan qarovchi, adolatni yaxshi ko’ruvchi va adolat uchun kurashuvchi bo’lishi kerak deb aytadi. Farobiy insonning kamoloti uchun xizmat qilgan, xayr – ehsonli ishlar, go’zal insoniy fazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga to’sqinlik qiluvchi dangasalar, bekorchilar kabi yomon odatlar bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega bo’lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik va, kishilarni undan ogohlantiradi.

Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, kishilar bunga olamni o’rganish, kasb-hunar va ilmlarni o’zlashtirish-ma’rifatli bo’lish orqali erishadi deb qaraydi.

Abu Nasr Farobiy o’zining “Fozil odamlar shahri” kitobida inson takomilini to’rt bosqichga bo’ladi.

Ilk bosqichda inson qalbi guyoki o’rmon bo’lib, unda g’azab, yolg’on va

Shaholat hukmron bo’ladi.

Komillik yo’liga kirishga ahd qilgan insonda o’zini-o’zi anglashga

qat’iy urinish ehtiyoji to’g’iladi.

Tinimsiz mehnat natijasida inson takomilligining ikkinchi bosqichiga ko’tariladi. Bu davrda o’zini tiya bilish va adolat kabi xususiyatlarni asosiy mezonga aylantiradi.

3. Inson takomilining uchinchi davri ijodiy davr hisoblanib, unda mustahkam bilim, e’tiqod, o’zgalarni tushunish ustuvor mavqe kasb etadi.

4. Inson komillik sari intillar ekan, o’z takomilining turtinchi davrida donolik, faylasuflik maqomiga erishadi. Bu davrda uning adolati va muxabbati ham mukammal darajaga etadi. Muhimi, u nafaqat o’zini, balki boshqalarni ham baxt-saodat sari etaklay oladi.

Abu Nasr Farobiyning fikricha inson o’z-o’zidan baxtli bo’la olmaydi, u baxtli bo’lishi uchun jamiyat unga ma’naviy unsurlarni taqdim qilib berishi kerak. Buning uchun avvalo odamlarni axloqiy jihatdan fozillashtirish darkor. Demak odamlarni fozillashtirish uchun quyidagilarni bilish lozim.

Kishini tuyg’u quvvati oziqlantiradi va tuyg’u hayol surishiga turki beradi.

Xayol tafakkurini hosil qiladi.

Kishilardagi eng birlamchi quvvat-to’yg’udir. Tuyg’usi ulgan kishi

axloqiy-ruhiy jihatdan rivojlanmaydi. Shu sababli Farobiy tuyg’u hayolning, hayol tafakkurining manbai bo’lishini o’qtiradi. Odamlar o’z tuyg’ularini avaylashi kerak, bu bilan xayol surishga yo’l ochiladi, xayol tufayli fikrlash va anglash kelib chiqadi. Farobiy bu uch tuyg’uni tarbiyalashni o’qtirgach, endi qalb va miyani tushuntiradi. Qalb badanning hech bir a’zosiga bo’ysunmaydi, miya xam shunday, lekin u faqat qalbga bo’ysunadi. Chunki qalb tuyg’ular, hislar va sezgilar makoni bo’lishi bilan insonning butun vujudini boshqaradi va miya ham undan quvvat oladi. Farobiy miyaning qalbga bo’ysunishini ta’kidlash bilan ma’naviy manba aqilda emas, ruhiy tuyg’ularda ekanligiga ishora qiladi. Demak tuyg’ularni tarbiyalash bilan ma’naviyat hosil qilish mumkin va bu xol axloqiy fazilatlarni o’zlikda tarkib topishiga olib keladi.

Abu Rayxon Beruniy (973-1048y.) -buyuk qomusiy olim va mashhur mutafakkir. Beruniy ilm-fanning deyarli barcha sohalari bilan shug’ullangan allomadir. U o’z umri davomida 160 dan ziyod asarlar yaratgan. Shulardan mashhurlari “Qadiimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “Menerologiya”, “Saydana” va boshqa asarlarida tarix, falsafa, ta’lim-tarbiyadan tashqari geologiya, astronomiya fanlarining dolzarb muammolariga doir tadqiqotlar olib borgan.

Beruniyning tabiiy-ilmiy yutuqlaridan biri shundanki, u Erning markaz emasligini, uning quyosh atrofida harakat qilishi haqidagi geliotsentrik g’oyani ilgari surdi. Beruniyning bu ilmiy xulosasi o’sha davrdan 500 yil o’tgandan keyin astronom Kopernik tomonidan ilmiy asosda tasdiqlandi.

Beruniyning mashhur “Hindiston” (Hindistonning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi) asari 1030 yilda yozilgan. Bu asar G’arb va Sharq olimlari tomonidan yuksak baholangan. Hindistonda sanskrit tilini puxta o’rganish uning hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o’sha davr olimlari bilan yaqinlashishi bu mamlakat haqida o’lmas asar yaratishga imkon berdi.

“Hindiston” hajmi jihatdan juda katta asar. Hozirgi zamon xindiston olimlari Beruniyning bu asarini hind madaniyati tarixini yoritish nuqtai nazaridan juda yuqori baholaydilar va muhim manba deb biladilar. Tarixda Amerika qit’asini 1492 yilda dengiz sayyohi Xristafor Kalumb kashf qilganligi qayd qilingan. Ammo bu borada Beruniyning ilmiy farazi mavjudligi ham ma’lum. Olim o’zining “Hindiston” asarida er yuzining tuzilishi, dengiz va quruqlik to’g’risida gapirib, Erning choragi ma’muraidir. Ma’murani G’arb va Sharq tomondan muhit urab turadi. Beruniy Evropalik olimlardan 450 yilcha oldin. Amerika qit’asi haqida o’z asarlarida yozgan.

Beruniy birinchidan bo’lib Aristotelnign fan sohasidagi xizmatlariga yuksak baho berishi bilan tanqidiy fikrlarni ham bildiradi. Beruniy Aristotelning “Tabiiy joy”, “Dunyoning yagonaligi”, “Og’irlik va engillik” kabi tushunchalarini tanqid qiladi. Aristotelning “og’ir va engil” degan tushunchasidan farqli ravishda Beruniy Ibn Sinoga yozgan e’tirozlarida hamma narsaning er markazi tomon tortilishi haqidagi fikrini olg’a surdi. Bu tortilish kuchi haqidagi nazariyaning ishlab chiqish yo’lida qo’yilgan muhim qadam edi. Beruniyning bu nazariy xulosalari XVII asr boshida ingliz olimi I.N’yueton kashf etgan “Butun dunyo tortilish” qonuni bilan ilmiy jihatdan asoslandi.

Beruniy yoshlarni ilmga o’rgatish jarayonida aqlga va tajribadan o’tgan bilimga tayanish lozimligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan holda, bolalar bilishi va o’rganishi lozim bo’lgan fanlarni haqiqiy fanlar (til, adabiyot, falsafa, tarix, etnografiya, she’riyat, psixologiya, matematika, fizika, jug’rofiya, geodeziya, falakiyot, minerologiya, tibbiyot)ga bo’ladi. Bu fanlarning har biriga o’z davrigacha bo’lgan bilimlarni umumlashtirib, o’zining yangi xulosalari bilan katta hissa qo’shdi. Jumladan, Beruniy umuman til, til ilmi haqida gapirib, til kishilar o’rtasidagi aloqa va fikr almashuvi vositasigina emas, balki til ilmi barcha fanlarning asosini o’rganishi kaliti deyiladi.

Buni men o’zim uchun katta baxt deb hisoblayman.

Insonning eng oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, yoshlar haqida g’amxurlik qilishdan iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do’stligini, inoq, ittifoq bo’lib yashashi uchun kurashib keldi. U insoniyatga, u yaratgan madaniyatga qirg’in keltiruvchi urushlarni qoraladi. Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma’rifatning keng tarqalishiga katta e’tibolr bergan allomadir.

Markaziy Osiyoda uyg’onish davrining eng mashhur mutafakkiri Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh Ibn Sino (980-1037yy.) falsafa, tabobat, tabiatshunoslik, falakiyot, tilshunoslik, mantiq, adabiyot, pedagogika, psixologiya, fizologiya, fiqh, musiqa kabi fan sohilariga bag’ishlab 450 dan ziyod yozgan asarlari bilan jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo’shgan va o’z davrida “Shayx-ar-rais” (Olimlar raisi) unvoni bilan taqdirlandi.

Olimning falsafaga oid asarlarining eng yirigi “Kitob ash-shifo” bo’lib, mantiq, fizika, matematika, metofizika va ilohiyot qismlarini o’z ichiga oladi. Mantiqning o’zi 9 kitob, fizika 8 kitob, matematika 4 kitob, ilohiyot 1 kitob, jami 22 ta kitobdan ibrat. “Kitob an-nojat”, “Ash-shifo”ning qisqartirilgan turi bo’lib, tabiat, ilohiyot, riyoziyot qismlardan iboratdir. “Danishnoma” ham mantiq, ilohiyot, tabiat, geometriya, astranomiya, arifmetika, musiqa kabi qismlardan iborat. Salomon va Isbol” falsafiy asar. Ibn Sino bilan Beruniyning yozishlari-fizikaga va falsafaga oid 18 ta maktub. Ibn Sinoning maktublariga Beruniyning e’tirozlari nomli risola chop etilgan.

Ibn Sino falsafada Aristotel ta’limoti izdan borib, Farobiy

g’oyalarini yanada kamolotga erishtirdi. Faylasuf Sharq allomalariga xos bo’lgan xususiyat, ya’ni axloq, odob, inson psixologiyasining kamolotiga alohida ahamiyat beradi.

Ayniqsa, Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida talqin etilgan

ta’lim-tarbiya xususidagi fikrlar g’oyat muhimdir. U bola tarbiyasini tug’ilmasdan ona qornidaligidanoq boshlash masalasiga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha, bola tug’ilganidan boshlab esa ayoqqa turguncha ma’lum tartibda tarbiyalanib borishi lozim. Bu tartib o’z vaqtida ovqatlantirish, cho’miltirish, yo’rgaklash, uxlatish kabi muayyan tartib va qoidalardan iborat. Bola tabiatini mustahkamlashdagi muhim vositalar asta-sekin tebratish, musiqa eshittirish, ashula aytishdan iborat bo’lib, yaxshi uxlaydi.

Tebratish uning tanasiga, musiqa uning ruhiyatiga orom bahsh etadi.

“Bolaga do’q qilma, yomon bo’lma qo’pol, uyqu qochar, qurqar, oxir bulur battol, yumshoq o’rni o’xlaganda, qarong’uluq tushub tursin misli tunday... Uyg’oq chog’i yorug’likdan ayirmagil, yulduz – samo ko’rsun bola shodlinur dil. Rang- tuslarni ko’rsat unga turli-tuman, kunduz kuni, etmoq ersang kuzni ravshan. Gar istasang, o’rgatmoqqa so’zi kalom, erkalatib ovoz chiqar har xil muqom”.

Zero, bolaning o’spirinlikka o’tish davri tarbiyasi o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, bu davrda ularda xulq-atvor shakllanadi. Ibn Sino nazarida, “Bola xulqini mo’’tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak. Bundan ikki manfaat bor. Biri bolaning ruhi uchun bo’lib, u yoshlikdan boshlab yaxshi xulqli bo’lib o’sadi va keyinchilik bu unga ayrilmas malaka bo’lib qoladi.

Ikkinchidan –uning badani uchundir, chunki yomon xalq turli mijoz buzilishidan bo’ladi. Shuningdek, agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, g’azab kuchli qizdiradi, qayg’u kuchli quritadi..”.

Ibn Sino bolani kamolotga erishishining birinchi mezoni hisoblangan ilmu ma’rifatni egallashga da’vat etar ekan, ilmu ma’rafat insonni ma’naviy yuksaklikka ko’taradi va jamiyat ravnaqining asosiy omili bo’lib xizmat qiladi, deydi.



Adabiyotlar.

1. Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqiyot yo’li. T: O’zbekiston, 1992yil

2. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura T: O’zbekiston, 1993 yil.

3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T: Sharq, 1998 yil.

4. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. T: O’zbekiston, 1994 yil.
Yüklə 45,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə