Yuldasheva Yulduz Ismatullaevna «samarqand shahar yo’lovchi transport tizimini loyihalashda transport harakatini prognoz qilishi va takomillashtirish»


Samarqand shahrining asosiy ko‘chalaridan biri Ro’dakiy va



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/32
tarix19.12.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#150741
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Yuldasheva Yulduz Ismatullaevna «samarqand shahar yo’lovchi tran

3.3. Samarqand shahrining asosiy ko‘chalaridan biri Ro’dakiy va 
Dahbet ko`chalari tutashgan "Dahbet " chorrahasiga taklif loyiha. 
Olib borilgan geodezik ishlar orqali Ro’dakiy va Dahbet ko`chalari 
tutashgan Dahbet chorrahasining past balandliklari, ko`cha va yo`llarning 
garabitlari (kengliklari), binolarning yo`lgacha bo`lgan masofalari aniqlandi. 


24-rasm. Ro’dakiy va Dahbet ko`chalari tutashgan Dahbet chorrahasining 
sputnik orqali ko`rinishi 


24.1.-rasm. Ro’dakiy va Dahbet ko`chalari tutashgan Dahbet
chorrahasining sputnik orqali ko`rinishi. 
25-rasm. Dahbet chorrahasining topografik syomkasi. 


Ro’dakiy va Dahbet ko`chalari tutashgan Dahbet chorrahasining atrofida 
joylashgan ko`kalamzorlashtirilgan hududlarning, piyodalar yo`laklarining, 
mavjud binolarning gen plani loyihalashtirildi.
Ro’dakiy va Dahbet ko`chalari tutashgan Dahbet chorrahasi mavjud gen 
planga taklif qilinayotgan yo`lning rejasi loyihalandi 
Yuqoridagi ma`lumotlar asosida Ro’dakiy va Dahbet ko`chalari tutashgan 
Dahbet chorrahasiga taklif qilinayotgan loyiha 3 o`lchamli (3d) ko`nishi ishlab 
chiqildi. 
Aholiga xizmat ko`rsatish madaniyatini oshirish, qulay sharoitlar yaratish 
maqsadida Respublikamizning yirik shahar markazlari, aholi zich joylashgan 
hududlari hamda shaharlarda tirbandliklarni oldini olishga keng e`tibor 
qaratilyapti. 
Yo`l tarmoqlarini kengaytirish va rivojlantirish sanoat, qurilish va ayniqsa 
shahar xo`jaligi taraqqiyoti sur`atlarini ancha tezlashtiradi 
Bundan ko‘rinib turibdiki mavjud chorraxalardagi sfetafor 2,3,4 marta 
yashil yonganda yo‘ldan yo‘lga yoxud yo‘lni davom ettirishdagi o‘tish davri 4,5-
7,5 daqiqani tashkil etishini etiborga oladigan bo‘lsak, kichik xalqa yo‘li orqali 
yo‘ldan yo‘lga yoki yo‘lini davom ettirish davri bor yoki 20 soniyani yoyinki 


boshqa sabablar bilan 1 daqiqani tashkil etadi. Bu esa nafaqat tirbandlikni oldini 
oladi balki avtotaransport vositalaridan chiqadigan chiqindi gazlarni kamaytirib 
shahar havosi ifloslanishining oldini olishiga xam katta hissa qo‘shadi. 
Avtotransport vositalari xarakati jadallashgan chorraxalarda kichik xalqa yo‘lini 
qo‘llash orqali, xam vaqtdan xam ekologik jixatdan samaradorlikka erishgan 
bo‘lamiz. Chunki tirbandlikga yo‘l qo‘ymaydi va ekologiyaga chiqarayotgan 
chiqindi gazlar ta'sirini kamaytiradi. Ma'lumki xarakatlanayotgan avtotransport 
vositasidan chiqayotgan chiqindi gazdan ko‘ra joyidan qo‘zg‘alayotgan 
avtotransport vositasi 2.1% ko‘proq chiqindi gaz chiqaradi. 














Xulosa 
Shahar ko`cha-yo`llari tarkibiga kiradigan avtomobil yo‘llarini qurish va
rekonstruksiya qilish, mamlakatimizning barcha hududlarini o‘zaro ishonchli 
bog‘laydigan yagona milliy avtomobil transport tizimini tashkil etish loyihalarini 
jadal amalga oshirishni ta'minlashga hukumatimiz tomonidan birinchi darajali 
ahamiyat qaratilgan. Shularni inobatga olgan xolda, Respublikamizda ko‘cha-
yo‘llarda transport harakati tizimi sifatini yanada oshirish, avtotrassalar tarmog‘ini 
qabul qilingan milliy va xalqaro standartlarga muvofiq ularni rekonstruksiya qilish 
va modernizatsiyalash, yangi va qulay shahar ko`cha-yo`llarni qurilishiga alohida 
e'tibor qaratilmoqda.
Shahar aholisining muntazam o‘sib borishi va avtotransport vositalariga 
bo‘lgan extiyoji oshib borishi, natijada shahar ko`cha yo`llarida transport 
harakatlarida avtomobillarning tirbandligi oshib borilayot-ganligi sababli muammo 
yuzaga keladi. Zaruriy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni komplek taqqoslab 
eng maqbulini tanlash, shaharsozlik ilmining muhim nazariy va amaliy vazifalari 
hisoblanadi. 
Har yili transport tizimi rivojlantirish uchun davlat byudjetidan katta 
miqdordagi investitsiyalar yo‘naltirilmoqda. Shahar ko`cha-yo`llarida transport 
tizimini rivojlantirish uchun davlat tomonidan ajratilayotgan yirik miqdordagi 
sarmoyalar ulardan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Bu birinchi navbatda, 
butun tarmoq va uning alohida kichik tizimlarini rivojlantirishning boshqaruv 
jihatlari bilan bog‘liq bo‘lib, mashina parkini turli xildagi zamonaviy yuqori 
texnologik jixozlar asosida yangilashdan iboratdir.
Shahar ko‘cha yo‘llarida transport harakatini boshqarish tamoyillarining 
tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda ko‘cha yo‘llarda sodir 
etilayotgan tirbandlik transport xarakatini sekinlashtirib ayrim xollarda to‘xtatib 
qo‘yilayotgani kuzatilmoqda. Ushbu salbiy holatni e'tiborga olmasdan shu 
davrgacha turar-joylarning asosiy qismi shahar magistral va umumshahar 
miqiyosiga ega bo‘lgan ko‘chalar atrofida joylashganligi tadqiqot olib borilishiga 
asosiy turtki bo‘ldi. ham iqtisodiy ham texnik samara beradigan chora-tadbirlar 


turkumini tanlash, shahar qurilishida optimal yechimning matematik modellarini 
tanlashni va sistemali yondashuv tadqiqotning asosiy masalalari bo‘lib chiqadi. 
Dissertatsiya ishining obyekti Samarqand shahar hududidagi ko‘cha va 
yo‘llari, turar – joy, noturar – joy va har xil tarixiy obidalar hamda shahar 
hududlari (massivlar, kvartallar, mikrorayonlar) hisoblanadi. 
Barcha
 
shahar ko‘cha va yo‘llarini o‘rganish, ko‘cha va yo‘llar 
qatnovidagi transport harakatini, shahar ko`cha-yo`llarida transport harakatini 
boshqarish tamoyillarini tahlil qilishni o‘rganish esa dissertatsiya ishining
predmeti sifatida qo‘llanildi. 
Shahar ko`cha-yo`llarida transport harakatini boshqarish tamoyillarini 
tahlil qilish mavzusi bo‘yicha bajarilgan ushbu magistrlik dissertatsiyasini bajarish 
davomida, bir necha bosqichli ilmiy izlanishlar amalga oshirildi, ulardan: 

Transport oqimining zichligi, yo‘lning o‘tkazish qobiliyati va 
yuklanganlik darajasi ko‘rsatkichlarini baholash
 

Shahar ko`cha yo`llarida transport oqimi tezligining yo‘l sharoitiga va 
harakat miqdoriga nisbatan o‘zgarishi, diagrammasi. 

Samarqand shahridagi ko`cha-yo`llarida transport statistik va 
ziddiyatli vaziyatlar va avtomobil yo`llarini tekshirishni tashkil etish 

Shahar ko`cha-yo`llarida transportlarning erkin harakatini ta`minlash

Samarqand shahrining asosiy ko‘chalaridan biri Ro’dakiy va Dahbet
ko`chalari tutashgan Dahbet chorrahasidagi transportlar harakatidagi tirbandlikni 
bartaraf etish haqida taklif 
Xulosa qilib aytganda, shahar ko`cha-yo`llarida transport harakatini 
boshqarishda relyefi noqulay bo`lgan hududlarda ko`tarma yo`llardan foydalanish, 
transportlar orag`ilig`i va kesishgan yo`llaridagi ziddiyatli vaziyatlarni oldini olish, 
Ro’dakiy va Dahbet ko`chalari tutashgan Dahbet chorrahasiga taklif qilinayotgan 
chorraha yechimi loyihasini bo`lishiga qaramasdan unda svetefor yoq, transportlar 
harakati uzluksiz ya`ni taklif loyiha shunday loyihalashtirilganki transportlarning 
hamma tomonga harakati svetoforsiz ham ta`minlangan; Mavjud qurilgan 
binolarni buzib orqaroqqa surishni hojati yoq, yo`lning mavjud gabaritidan 


maksimal darajada foydalanilgan; Taklif qilinayotgan loyihani va bajarilgan ishlar 
nafaqat Samarqand viloyatida balki Respublikamizning boshqa aholisi zich, 
tirband ko`chalarida loyihalash va ularni amalda qo`llash maqsadida yuqoridagi 
amaliy tavsiyalar hayotga tadbiq etish orqali erishish mumkin.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə