Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerlarning sinflanishi



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə1/28
tarix05.06.2022
ölçüsü345,5 Kb.
#88902
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
YuMB savol-javob


MA’RUZA

V- semestr

Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar

Polimerlarning sinflanishi

Polimerlarning molekulyar massasi haqida tushuncha

Polimerlar sintezi. Radikal polimerlanish.

Radikal polimerlanish kinetikasi

Sopolimerlanish

Ionli polimerlanish

Polikondensatlanish reaksiyasi

Sanoatda polimerlarni olish usullari

Polimerlarning fizikaviy kimyosi.

Polimerlarning ustmolekulyar strukturasi

Polimerlar fizik holatlari

Polimerlarning mustahkamligi

VI- semestr

Polimerlar eritmalari nazariyasi

Polimerlarning erish jarayoni

Polimer eritmalarining gidrodinamik xossalari

Polimerlarning molekulyar massasini aniqlash usullari.

Polimer iviqlar

Polielektrolitlar

Polimerlarning kimyoviy xossalari

Makromolekulalararo reaksiyalar

Polimerlarning destruksiyasi

Polimerlarni stabillash

Kichik tonnajli polimer materiallar



Yuqoridagi mavzularni ma’ruzada o’tganmiz. YaN da ham shu mavzular bo’yicha savollar bo’ladi.


Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi fanidan yozma ish savollari



  1. Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar

Polimerlarga oid ximiya, fizikaviy ximiya va fizika asoslari asrimizning 30-yillaridan boshlab mustaqil fan sifatida jadal sur‘atlar bilan rivojlangan. Hozirgi kunda xalq xo’jaligining turli sohalarini polimerlarsiz tasavvur qilish qiyin. Sanoatning eng yirik tarmoqlari: rezina, plastmassa, ximiyaviy tola, polimer pardalar, lok-bo’yoq, yelim, dielektriklar hamda boshqa tur buyumlar dunyo miqiyosida keng ko’lamda ishlab chiqariladi. Bu sohalarni ham polimerlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Yuqori molekulyar birikmalar nomininig kelib chiqish sababi shundaki, bu moddalar juda katta nisbiy molekulyar massaga ega. Oddiy quyi molekulyar moddalarning nisbiy molekulyar massasi ba‘zangina 300-400 lar atrofida bo’ladi, ammo yuqori molekulyar birikmalarning nisbiy molekulyar massasi yuz ming, ba‘zan milliondan ortiq bo’ladi. Masalan, tabiiy kauchukning nisbiy massasi 70000-2500000 atrofida (vaholanki suvning nisbiy massasi 18 ga teng).


Polimer sintezi uchun olingan dastlabki moddalar m o n o m e r l a r deb ataladi. Ya’ni yuqori molekulyar birikmalar hosil qiluvchi quyi molekulyar birikmalar monomerlar deyiladi. Monomer bo’lishi uchun bir qancha talablarga javob berishi kerak: 1. To’yinmagan (etilen yoki asetilen qatori) uglevodorodlar 2. Funksional guruhlar tutgan birikmalar 3. Beqaror siklik tuzilishga ega bo’lgan birikmalar.
Polimerlar – inson hayotida katta ahamiyatga ega. Bu birikmalar xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida: meditsinada, qishloq xo‘jaligida, samolyotsozlikda, kemasozlikda, mashinasozlikda, qurilishda, kimyo sanoatida, turmushda va boshqa sohalarda ham ishlatiladi.



Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə