Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerlarning sinflanishi


Yuqori molekulyar birikmalar klassifikasiyasi



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə2/28
tarix05.06.2022
ölçüsü345,5 Kb.
#88902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
YuMB savol-javob

2. Yuqori molekulyar birikmalar klassifikasiyasi
Polimerlar makromolekulasining shakli jihatidan chiziqsimon (uzunchoq), tarmoqlangan va to’rsimon polimerlarga bo’linadi.
Ko’pincha molekulyar massasi 5000 dan yuqori bo’lgan moddalarga o’xshash, lekin molekulyar massasi 500 dan 5000 gacha bo’lgan sintetik birikmalar oligomerlar, aminokislotalardan tashkil topgan tabiiy birikmalar esa polipeptidlar deb ataladi. Molekulyar massasi 0 dan 500 gacha bo’lgan birikmalar quyi molekulyar birikmalar deb ataladi. Odatda molekulyar massasi 5000 dan yuqori bo’lgan moddalar polimerlar yoki sopolimerlar, yoki umumiy holda yuqori molekulyar birikmalar deb ataladi.
Polimerlar kelib chiqishi, tabiatda uchrashi, olinishiga qarab tabiiy, sun‘iy yoki sintetik polimerlarga bo’linadi.
Sun‘iy polimerlar, mavjud bo’lgan tabiiy polimerlarni ximiyaviy o’zgarishlarga uchratib hosil qilinadi. Tabiiy polimerlarga sellyuloza va kraxmalning turli-tuman hosilalari tabiiy ipak, paxta, oqsillar, shuningdek, charm va mo’yna sanoatining asosiy xomashyosi bo’lgan kollagen, keratin va boshqalarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Sintetik polimerlar tabiatda uchramaydi. Ular faqat ximiyaviy yo’llar bilan hosil qilinadi.
Organik polimerlarda - makromolekulaning asosiy zanjirida uglerod atomlari (shuningdek, kislorod, azot va oltingugurt atomlari ham ) bo’lishi mumkin. Yon zanjirda esa vordorod, galogen yoki boshqa element atomlari asosiy zanjirdagi uglerod atomlari bilan bevosita yoki bilvosita birikkan bo’ladi.
Anorganik polimerlar - ugleroddan boshqa elementlarning atomlaridan tuzilgan bo’lib, yon zanjirida ham uglevodorod radikallari bo’lmagan yuqori molekulyar birikmalardir.
Elementorganik polimerlar - makromolekulaning tuzilishini uglerod atomlari bilan birgalikda anorganik element atomlarining gruppalari tashkil qiladi. O’z navbatida elementorganik polimerlar uch gruppaga ajratiladi: 1) Asosiy zanjir anorganik elementlardan tashkil topgan bo’lib, ularning yonida organik element gruppalari joylashadi; 2) Asosiy zanjir uglerod atomlaridan tashkil topgan bo’lib, yon zanjirda azot, kislorod, oltingugurt va galogenlardan boshqa elementlar bevosita uglerod atomlari bilan bog’lanadi; 3) Asosiy zanjir organik va anorganik atomlar gruppalaridan hosil bo’lgan polimerlar. Har qaysi sinflar o’z navbatida gomozanjirli va geterozanjirli polimerlarga ajratiladi. Gomozanjirli polimerlarda asosiy zanjir bir xil element atomlaridan tashkil topgan bo’ladi. Geterozanjirli polimerlarda esa asosiy zanjir turli xil element atomlaridan tashkil topadi.



Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə