Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerlarning sinflanishi


Fizikaviy destruktsiya jarayonlari



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə28/28
tarix05.06.2022
ölçüsü345,5 Kb.
#88902
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
YuMB savol-javob

Fizikaviy destruktsiya jarayonlari. Polimerlar faqat oksidlovchilar, kislotalar, ishqorlar ta‘sirida emas, balki turli fizikaviy omillar ta‘sirida ham parchalanishi mumkin. Asosan yorug’lik, radiatsiya, mexanik, issiqlik va ultratovush kabi fizikaviy omillar polimerlarni parchalanishiga sabab bo’ladi. Ko’p hollarda polimerlarning olinishi, qayta ishlanishi va ulardan foydalanish jarayonlarida destruktsiya boradi. Umuman aytganda fizikaviy destruktsiya ― ko’ngilsiz hodisa, chunki buning oqibatida polimerlarning dastlabki fizika – mexanikaviy xossalari yomonlashib, polimer polimer buyumlarning tezda ishdan chiqishi va eskirishiga olib keladi.
Termik destruksiya. Polimerlardagi parchalanish reaksiyalari faqat issiqlik ta’sirida borsa,u hodisani termik destruksiya deyiladi. Polimerlardagi termik destruksiya juda keng tarqalgan hodisa bo`lib, zanjirli mexanizmga muvofiq sodir bo`ladi. Destruksiya natijasida polimerlarning molekulyar massasi kamayadi. Termodestruksiya bilan bir vaqtda degidratasiya, sikllanish va shunga o`xshash jarayonlarning sodir bo`lishi polimer tarkibida yangi funksiyonal gruppalar paydo bo`lishiga sabab boladi.
Ba’zan termik destruksiya jarayoni monomer molekulalarini hosil bo`lishi bilan borishi mumkin. Bunda ajralib chiqayotgan monomerning miqdori polimer tuzilishiga bog`liq bo`ladi. Destruksiya jarayoni monomer hosil bo`lishi bilan borsa bunga depolimerlanish deyiladi. Depolimerlanish natijasida toza monomer hosdil bo`lsa, bu polimer chiqindilaridan monomerlar olish imkonini beradi. Kauchuk, sillyuloza polistirol va boshqa polimerlarning tuzilishini tekshirishda termodestruktiv jarayonlardan keyin foydalanilgan. Demak polimerlarning termik destruksiyasini o`rganish ularning tuzilishini bilishga imkon yaratadi.
Biologik destruksiya. Yuqori molekulyar birikmalarni turli xil mikroorganizmlar (masalan junni kuya, o’simliklarni qurtlar, hashoratlar) ta’sirida emirilishi. Atrofimizdagi ko’plab chiqindilar biologik destruksiya tufayli parchalanib ketadi. Aks holda chiqindilar ekalogiyaga salbiy ta’sir ko’rsatgan bo’lur edi.
Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə