Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerlarning sinflanishi


Polimerlarning kimyoviy sinflanishi



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə3/28
tarix05.06.2022
ölçüsü345,5 Kb.
#88902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
YuMB savol-javob

3. Polimerlarning kimyoviy sinflanishi
Yuqori molekulyar birikmalar makromolekula zanjirining tuzilishiga qarab karbozanjirli va geterozanjirli sinflarga bo’linadi.
Karbozanjirli polimerlar o’z novbatida quyidagi gruppalarga bo’linadi:
1. To’yingan poliuglevodorodlar;
2. To’yinmagan poliuglevodorodlar;
3. Poliuglevodorodlarning galloidli hosilalari;
4. Polispirtlar va ularning hosilalari;
5. Polikarbon kislotalar va ularning hosilalari;
6. Poliaminlar va ularning hosilalari;
7. Polialdegid va poliketonlar;
8. Poliaromatik birikmalar.
Geterojanjirli polimerlar quyidagi gruppalarga bo’linadi:
1. Zanjirida kislorod tutgan polimerlar:
a) Oddiy va murakkab sintetik poliefirlar;
b) Selyuloza va uning hosilalari.
2. Zanjirida azot tutgan polimerlar
3. Zanjirida oltingugurt tutgan polimerlar.
4. Elementorganik polimerlar.

Polimerlarni turli sinf va gruppalarga bo’lishning bu sxemasiga ularning tarkibi asos qilib olinganligi tufayli bu erda chiziqli, tarmoqlangan va to’rsimon yuqori molekulyar birikmalar alohida gruppalarga ajratilmagan. Bunday polimerlar o’z kimyoviy tarkibiga ko’ra yuqoridagi gruppalardan biriga kiradi.


Karbozanjirli yuqori molekulyar birikmalar, asosan, to’yinmagan – olefin, diolefin va asetilen bog’larining uzilishi natijasida hosil bo’ladi. Karbozanjirli yuqori molekulyar birikmalarda asosiy zanjir faqat uglerod atomlaridan iborat bo’lsada, makromolekula to’yinmagan bog’lar va turli funksional gruppalarning mavjudligi, ularning fazoda uzaro joylashganligiga qarab, turli mexanik, fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalarga ega bo’ladi. Chunki makromolekula tarkibidagi atomlar va elementar xalqalar o’zaro ta’sirda bo’lib, qisman erkin harakat qilish, turli izomerlar shakliga o’tish, optik faollik namoyon qilish kabi o’zining dastlabki xususiyatini saqlab qoladi. Makromolekulaning ko’p miqdor elementar xalqalardan tashkil topganligi bir tomondan, undagi atomlarning erkin harakatlanishi uchun imkoniyat bersa, ikkinchi tomondan qo’shni makromolekula bilan o’zaro ta’sir kuchini ham orttiradi. Shu bilan birga bu hol makromolekulada yangi-yangi izomerlar va optik faol atomlar sonining ko’payishiga sabab bo’ladi.
Ma’lumki, funksional gruppalar makromolekula tekisligida yotib, zanjirning bir tomoniga joylashgan bo’lsa, bunday polimerlar izotaktik, makromolekula tekisligining pastida va yuqorisida galma-gal joylashgan bo’lsa sindiotaktik, tartibsiz joylashgan bo’lsa ataktik polimerlar deb ataladi. Makromolekulalarning bunday tuzilishi ularning xususiyatlarini keskin farqlanishiga sabab bo’ladi.



Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə