Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerlarning sinflanishi

Polimerlarning molekulyar massasi

Yüklə 345,5 Kb.
səhifə4/28
tarix05.06.2022
ölçüsü345,5 Kb.
#88902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
YuMB savol-javob

4. Polimerlarning molekulyar massasi
Quyi molekulyar moddalar uchun molekulyar massa M o’zgarmas qiymatga ega bo’lib, shu moddaning xarakterli kattaligi hisoblanadi.
Polimerlarning quyi molekulyar birikmalardan farq qiluvchi asosiy xususiyatlaridan biri, ularning yuqori molekulyar massaga ega ekanligidir. Polimer makromolekulalari tarkibida zvenolar soni va polimerlanish darajasi bir-biridan farq qiladi, shuning uchun ularning uzunligi va molekulyar massasi turlicha bo’ladi. Polimerlarga xos bu xususiyat p o l i d i s p e r s l i k (polimolekulyarlik) deb ataladi. Shu sababdan polimerlar uchun muhim kattalik hisoblangan molekulyar massa doimo o’rtacha qiymatga ega bo’lib, o’rtacha molekulyar massani M bilan ifodalanadi. O’rtacha molekulyar massalari bir xil bo’lgan polimerlarda ham polidisperslik bir-biridan keskin farq qilishi mumkin.Bu farqni miqdoriy jihatdan xarakterlash uchun ikkinchi muhim kattalik – m o l ye k u l ya r m a s s a v i y t a q s i m l a n i sh (MMT) tushunchasi kiritilgan.

5. Polimerlarni fraksiyalash usullari
Polidesperslikni o’rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. U polimerlanish yoki polikondensatlanish reaksiyalari mexanizmiga, reaksiyalarning tugallanganligiga, polimerlarni qayta ishlash usuliga, destruksiya va eskirish jarayonlariga bog’liq. Polidesperslikni kelib chiqish sabablari ham mavjud; 1) laboratoriya sharoitida sintez kolbasida polimerlanish reaksiyasi olib borilayapti, reaksiya tezroq ketishi uchun kolba qizdiriladi. O’sayotgan makromolekula temperatura ta’sirida termik destruksiyaga uchraydi. 2) Reaksiya davomida eritma quyuqlashib, diffuziya hodisasi qiyin kechadi, natijada monomer o’sib borayotgan makromolekulaga etib borishi qiyinlashadi. 3) Monomer tugab qolishi mumkin. 4) Zanjirning rekombinasiya usuli bo’yicha uzilishi 5) Zanjirning disproporsiya usuli bo’yicha uzilishi kabi sabablarga ko’ra YuMB lar polidispers holatda bo’ladi. Polidesperslik tajribada polimerlarni fraksiyalarga ajratib aniqlanadi. Fraksiyalarga ajratish ikki xil bo’ladi: 1) preparativ fraksiyalash, bunda fraksiyalar alohida ajratib olinib, ularning xossalari maxsus usullar bilan o’rganiladi; 2) analitik fraksiyalash, bunda fraksiyalar alohida ajratib olinmay tajribalar orqali taqsimlanish egri chizig’i chiziladi.
Fraksiyalab cho’ktirish, fraksiyalab eritish, fraksiyalab taqsimlash va shu kabilar preparativ fraksiyalash deyiladi. Turbidimetrik titrlash, ultrasentrafugada sedimentasion muvozanatni aniqlash, yorug’lik sochilishini o’rganish kabi usullar analitik fraksiyalashning eng muhim omillari hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan usullarning deyarli barchasi polimerlarning eruvchanligiga asoslangan. Ma’lumki, polimerga ma’lum miqdorda erituvchi quyilsa, birinchi navbatda molekulyar massasi kichik bo’lgan polimer gomologlari eriydi. Aksincha, polimer eritmasiga cho’ktiruvchi qo’shilsa, eng avval molekulyar massasi yuqori bo’lgan fraksiyalar cho’kmaga tushadi.
Polimerlarni molekulyar massasiga ko’ra ajratish aniqligi fraksiyalar sonining ko’payishi bilan ortadi. Odatda polimerlar 20-30 ta fraksiyalarga bo’linadi. Shuni esda tutish kerakki, eritish va cho’ktirish jarayonlari orqali tarkibida bir xil uzunlikga ega bo’lgan molekulalar fraksiyalarini ajratib olish mumkin emas, chunki zanjirlar uzunligi orasidagi farq kamayishi bilan eruvchanlikning bu farqga sezuvchanligi juda pasayib ketadi. Polimerlarning polidespersligi odatda grafikaviy ifodalanadi, bu usul fraksiyalash natijalarini yaxshi tasvirlaydi. Fraksiyalash tajribadan olingan ma’lumotlar asosida molekulyar massaviy taqsimlanish grafigi chiziladi.

Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə