Yuqori tartibli hosilalar



Yüklə 225 Kb.
səhifə1/4
tarix13.05.2022
ölçüsü225 Kb.
#86922
növüReferat
  1   2   3   4
Yuqori tartibli hosilalar




MATEMATIK ANALIZDAN

REFERAT

Qarshi 2010.

Yuqori tartibli hosilalar va ularning tatbiqlari.

Reja:


I. Kirish.

1. Yuqori tartibli hosila tushunchasi.

2. Ikkinchi tartibli hosilaning mexanik ma’nosi.

II. Asosiy qism.

1. Yuqori tartibli hosilaning asosiy xossalari

2. Leybnits formulasi.

3. Leybnits formulasining tatbiqlari.

III. Xulosa.

- 2 -

I. Kirish.

Ma’lumki, mexanikaning ko’pgina masalalari yuqori tartibli hosilalar yordamida yechiladi. Shu sababli bu hosilalarni o’rganish ham nazariy ham amaliy ahamiyatga egadir.
1. Yuqori tartibli hosila tushunchasi.
Faraz qilaylik, biror (a,b) da hosilaga ega f(x) funksiya aniqlangan bo‘lsin. Ravshanki, f’(x) hosila (a,b) da aniqlangan funksiya bo‘ladi. Demak, hosil bo‘lgan funksiyaning hosilasi, ya’ni hosilaning hosilasi haqida gapirish mumkin. Agar f’(x) funksiyaning hosilasi mavjud bo‘lsa, uni f(x) funksiyaning ikkinchi tartibli hosilasi deyiladi va y’’, f’’(x), simvollarning biri bilan belgilanadi. Shunday qilib, ta’rif bo‘yicha y’’(x)=(y’)’ ekan.

Shunga o‘xshash, agar ikkinchi tartibli hosilaning hosilasi mavjud bo‘lsa, u uchinchi tartibli hosila deyiladi va y’’’, f’’’(x), kabi belgilanadi. Demak, ta’rif bo‘yicha y’’’=(y’’)’.

Berilgan funksiyaning to‘rtinchi va h.k. tartibdagi hosilalari xuddi shunga o‘xshash aniqlanadi. Umuman f(x) funksiyaning (n-1)-tartibli f(n-1)(x) hosilasining hosilasiga uning n-tartibli hosilasi deyiladi va y(n), f(n)(x), simvollarning biri bilan belgilanadi. Demak, ta’rif bo‘yicha n-tartibli hosila y(n)=(y(n-1))’ rekkurent (qaytma) formula bilan hisoblanar ekan.

Misol. y=x4 funksiya berilgan. y’’’(2) ni hisoblang.

Yechish. y’=4x3, y’’=12x2, y’’’=24x, demak y’’’(2)=242=48.

Yuqorida aytilganlardan, funksiyaning yuqori tartibli, masalan, n- tartibli hosilalarini topish uchun uning barcha oldingi tartibli hosilalarini hisoblash zarurligi kelib chiqadi. Ammo ayrim funksiyalarning yuqori tartibli hosilalari uchun umumiy qonuniyatni topish va undan foydalanib formula keltirib chiqarish mumkin.

Misol tariqasida ba’zi bir elementar funksiyalarning n-tartibli hosilalarini topamiz.

1) y=x (x>0, R) funksiya uchun y(n) ni topamiz. Buning uchun uning hosilalarini ketma-ket hisoblaymiz: y’= x-1, y’’=(-1) x-2, . . .

Bundan
- 3 -
(x)(n)=(-1)(-2)...(-n+1)x-n (1)

deb induktiv faraz qilish mumkinligi kelib chiqadi. Bu formulaning n=1 uchun o‘rinliligi yuqorida ko‘rsatilgan. Endi (1) formula n=k da o‘rinli, ya’ni y(k)=(-1)...(-k+1)x-k bo‘lsin deb, uning n=k+1 da o‘rinli bo‘lishini ko‘rsatamiz.

Ta’rifga ko‘ra y(k+1)= (y(k))’. Shuning uchun

y(k+1)=(y(k))=((-1)...(-k+1)x-k)’=(-1)...(-k+1)(-k)x-k-1

bo‘lishi kelib chiqadi. Bu esa (8.1) formulaning n=k+1 da ham o‘rinli bo‘lishini bildiradi. Demak, matematik induksiya usuliga ko‘ra (8.1) formula nN uchun o‘rinli.

(8.1) da =-1 bo‘lsin. U holda funksiyaning n-tartibli hosilasi

(2)

formula bilan topiladi.

2) y=lnx (x>0) funksiyaning n-tartibli hosilasini topamiz. Bu funksiyainng birinchi hosilasi bo‘lishidan hamda (8.2) formuladan foydalansak,

(3)

formula kelib chiqadi.

3) y=sinx bo‘lsin. Ma’lumki, bu funksiya uchun y’=cosx. Biz uni quyidagi

ko‘rinishda yozib olamiz. So‘ngra y=sinx funksiyaning keyingi tartibli hosilalarini hisoblaymiz.







Bu ifodalardan esa y=sinx funksiyainng n-tartibli hosilasi uchun



(4)

- 4 -

formula kelib chiqadi. Uning to‘g‘riligi yana matematik induksiya usuli bilan isbotlanadi.

Xuddi shunga o‘xshash

(5)

ekanligini ko‘rsatish mumkin.

Masalan,

.


Yüklə 225 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə