Yurgizib yuborish tizimi Reja


Magnetoli yondirish tizimi. Magnetoni tuzilishi va ishlashi



Yüklə 84 Kb.
səhifə2/5
tarix06.01.2022
ölçüsü84 Kb.
#82643
1   2   3   4   5
Yurgizib yuborish tizimi

Magnetoli yondirish tizimi. Magnetoni tuzilishi va ishlashi. Magneto magnitli elektr mashina - past kuchlanishli o‘zgaruvchan tok ishlab chiqarib uni yuqori kuchlanishli tokka aylantiradi va ko‘p silindrli dvigatellarda yuqori kuchlanishli tokni silindrlarning ishlash tartibiga muvofiq svechalarga taqsimlaydi.

Magneto ikkita qutb boshmog‘ili korpus, aylanuvchi magnit rotor, induksion g‘altak, uchgich va kondensatordan iborat.

Magnetoni korpusi alyuminiy qotishmasidan yasalgan. Rotor vali korpusdagi ikkita sharikli podshipnikda aylanadi.

Induksion g‘altak, qutb boshmoqlariga o‘rnatilgan o‘zak, unga o‘ralgan birlamchi chulg‘am va ikkilamchi chulg‘amdan iborat.

Kondensator birlamchi chulg‘amga nisbatan parallel ulanib, uning bir uchi massaga, ikkinchi uchi esa uzgichga biriktirilgan.

Uzgich massaga tutashtirilgan qo‘zg‘aluvchan kontakt, izolyasiyalangan qo‘zg‘almas kontakt va kontaktlar o‘rnatilgan diskdan iborat. Kontaktlar prujina ta’sirida bir-biriga siqiladi, mushtcha esa ularni ajratadi.

Magneto rotori shesternyalar vositasida dvigatelning tirsakli validan harakatga keltiradi. Birlamchi chulg‘amda tok hosil bo‘lishi elektr magnit induksiyasi hodisasiga asoslangan.

Magnit aylanib, uning qutblari stoykaga ro‘para kelganda magnit maydoni shimoliy qutbdan janubiy qutbga korpusning chap qutb boshmog‘i, induksion g‘altakning o‘ziga va o‘ng qutb boshmog‘i orqali o‘tadi. Magnit shu holatdan chorak aylanaga burilganda neytral holatda rotorning magnit maydoni korpus qutb bashmoqlarining pastki qismi orqali o‘tib, g‘altak o‘zagidan o‘tmaydi.

Magnit yana chorak aylanaga burilganda rotor qutblari yana boshmoqlar ro‘parasiga to‘g‘ri keladi, ammo oldingi galdagiga nisbatan o‘rni almashganligi sababli o‘zakda paydo bo‘ladigan magnit maydonining ham yo‘nalishi o‘zgaradi.

Batareyali yondirish tizimi. Batareyali yondirish tizimi karbyuratorli o‘zi yurar QXM yuritmalari dvigatellarida qo‘llaniladi.

V-simon sakkiz silindrli dvigatel yondirish tizimining sxemasi. Bu tizim past kuchlanishli tok manbai - akkumulyatorlar batareyasi yoki generator, yondirish g‘altagi, kondensatorli uzgich, taqsimlagich, svechalar, yondirish vklyuchateli, past va yuqori kuchlanishli simlardan iborat.

Akkumulyatorlar batareyasidan yondirish g‘altagining birlamchi chulg‘amiga kelgan past kuchlanishli tok uzgich va kondensator yordamida yuqori kuchlanishli tokka aylantiradi.

Taqsimlagich yuqori kuchlanishli tokni dvigatel silindrlarining ishlash tartibiga muvofiq svechalarga yo‘naltiradi. Yonish kamerasida uchqun hosil bo‘lib, ish aralashma alangalanadi. Vklyuchatel past kuchlanishli tok zanjirini uzib dvigatelni o‘chiradi.

Yondirish g‘altagi past (12V) kuchlanishli tokni yuqori (15-20 ming v) kuchlanishli tokka aylantiradi. YOndirish g‘altagi o‘zak, birlamchi chulg‘am, ikkilamchi chulg‘am, karbolit qopqoq, tashqi klemmalar, qo‘shimcha qarshilik va tunuka kojuxdan iborat.

Galtakning tunuka varaqlardan yig‘ilgan o‘zagiga karton trubka kiygizilib, uning ustidan 16-23 ming o‘ramli ikkilamchi chulg‘am o‘ralgan. Ikkilamchi chulg‘am ustidan 300-330 o‘ramli birlamchi chulg‘am o‘ralib, ular qog‘oz va karton trubka bilan bir-biridan izolyasiyalangan.

Dvigatelni yurgizib yuborishda startyor zanjiri ulanganda qo‘shimcha qarshilik birlamchi tok zanjiridan ajratiladi. Tirsakli valning kichik aylanishlarida uzgichning kontaktlari uzoq vaqt bir-biriga tegib turadi, shu sababli birlamchi chulg‘am orqali ko‘proq tok o‘tib, qo‘shimcha qarshilik simi qiziydi va uning qarshiligi ortib, birlamchi chulg‘amni qizishdan va uzgich kontaktlarining orasida uchqun hosil bo‘lishidan saqlaydi.

Dvigatelning katta aylanishlarda uzgich kontaktlari qisqa vaqt tutashib, qo‘shimcha qarshilik orqali kam tok o‘tadi, u qizimaydi va qarshiligi ortmaydi, bu esa ikkilamchi chulg‘amda etarli kuchlanishli tok hosil bo‘lishiga va yondirish tizimining ishonchli ishlashiga imkon beradi.

Uzgich -taqsimlagich yondirish g‘altagining ikkilamchi chulg‘amida hosil bo‘lgan yuqori kuchlanishli tokni dvigatel svechalariga taqsimlaydi. Uzgich-taksimlagich past kuchlanishli tok uzgichi, kondensator, yondirishni ilgarilaydigan markazdan qochirma vakuum regulyatorlar, oktan-korrektor va yuqori kuchlanishli tok taqsimlagichdan iborat.

Uzgich cho‘yan korpus ichiga joylashtirilgan qo‘zg‘almas disk, uning uyasidagi shariklali podshipnikda turadigan qo‘zg‘aluvchan diskdan iborat. Qo‘zg‘aladigan disk ustiga uzgich kontaktlari joylashtirilgan. Uzgichning va qo‘zg‘aladigan kontakti disk barmog‘iga o‘rnatilgan tebranma richagiga maxkamlangan, massadan izolyasiya qilingan va yondirish g‘altagining birlamchi chulg‘ami ulanadigan klemmaga biriktirilgan. Uzgichning qo‘zg‘almas kontakti massaga tutashtirilgan.

Kondensator uzgich kontaktlariga parallel ulangan. Kondensator metall kojux ichiga joylanib, uzgich-taqsimlagich korpusining sirtiga maxkamlangan, uning tuzilishi va ishlashi magneto kondensatoriga o‘xshaydi. Uzgich-taksimlagichning vali moy nasosining validan harakatga keltiriladi.

Taqsimlagich uzgich ustiga joylashtirilib, tok taqsimlaydigan metall plastinali rotor va klemmali qopqoqdan iborat. Rotor va qopqoq karbolitdan yasalgan. Rotor mushtchasi harakatlantirish validagi vtulkaga maxkamlanib u bilan birga aylanadi.

Markazdan qochirma regulyator qo‘zg‘almas disk ostiga o‘rnatilib, valga maxkamlangan plastinaga o‘rnatilgan va prujinalar bilan tortilib turadigan yukga shtifti kirib turadigan traversadan iborot.

Yondirish paytini ilgarilaydigan vakuum regulyator yondirishni ilgarilash burchagini dvigatelning nagruzkasiga qarab avtomat ravishda o‘zgartiradi. Dvigatel kichik nagruzkada ishlaganda silindrlar ishlatilgan gazdan yaxshi tozalanmaydi va ish aralashma tarkibida ishlatilgan gaz ko‘p bo‘lganligi uchun aralashma sekin yonadi. Vakuum-regulyator uzgich-taqsimlagichning sirtiga maxkamlanib, korpus, qopqoq, diafragma, prujina va tortqidan iborat.

Drossellash to‘sma qopqog‘i ozroq ochilib, dvigatel kichik nagruzkada ishlaganda aralashtirish kamerasida va unga birlashtirilgan vakuum regulyator bo‘shlig‘ida siyraklanish kuchayadi.

Diafragma atmosfera bosim kuchi bilan prujinaning elastikligini engib, tortqi vositasida uzgichning qo‘zg‘aladigan diskini mushtchaning aylanishi yo‘nalishiga qarshi tomonga buradi. Natijada yondirishni ilgarilash burchagi kattalashadi.




Yüklə 84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə