Юридик фаолиятнинг ижтимоий-психологик асослари


Muloqot jarayonida psixologik aloqani o`rnatish va rivojlantirish taktikasi



Yüklə 103 Kb.
səhifə2/5
tarix01.02.2023
ölçüsü103 Kb.
#99911
1   2   3   4   5
Yuridik faoliyatda muloqot

Muloqot jarayonida psixologik aloqani o`rnatish va rivojlantirish taktikasi.
Muloqotning muvaffaqiyatli bo`lishida shaxsning shakllangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo`lsa (xushmuomalaliliq, kamtarlik, insonparvarlik, to`g`ri so`zliliq, vijdonliliq kabilar) muloqot jarayoni ham yaxshi o`tadi. Chunki shaxslar bir-birini to`g`ri tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo`lishi uchun ular samimiy bo`lishlari lozim.
Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo`lib, voqea-hodisalarga oqilona munosabatda bo`lish, turli ta`sirlarga berilmaslikdir. Samimiylikning muhim belgisi - bu yuzdagi xushmuomalalik ifodasi va tabassum. Samimiylik bizning kayfiyatimizga ham bog`liq, chunki kayfiyatimiz yaxshi bo`lsa, samimiylik kuchayadi. Samimiylik ko`rsatish uchun kishining ko`ngli toza, oqko`ngil bo`lish lozim. Samimiylik fazilati ayniqsa rahbarning xodimlari bilan qiladigan muloqotida muhimdir. Agar rahbar xodimlari bilan samimiy munosabatda bo`lmasa ularning kayfiyati tushib, mehnat unumdorligi pasayishi mumkin. Ayrim rahbarlar qo`l ostidagilar bilan qo`pol, mensimasdan munosabatda bo`lib, buyruq ohangida avtokratik uslubga asoslanib ish ko`radilar.
Mashhur Amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi kitobida ko`rsatilishicha, bir rahbar doimo kovog`ini solib yurgan, kishilar bilan samimiy munosabatda bo`lmagani uchun hamma undan qo`rqib, undan qochib yurar ekan, hatto turmush o`rtog`i bilan ham mensimasdan muomala qilar ekan. Karnegining ma`ruzasidan so`ng bu rahbar turmush o`rtog`iga ham, qo`l ostidagi kishilarga ham samimiy jilmayib muomala qilishni boshlaganida hamma uni yaxshi ko`rib obro`si ortib ketibdi, o`zining ham kayfiyati ko`tarilib ketibdi.
Muomala sirlaridan yana biri -bu kishilar bilan munosabatda jilmayishdir. D. Karnegi fikricha, jilmayganda biz bir-birimizga yaxshiliq qilish istagida turamiz. Masalan, transport haydovchilari, aholiga xizmat ko`rsatish xodimlari, oshpazlar, sartaroshlar, sotuvchilar samimiy bo`lsalar, kamtar, xushmuomala bo`lsalar, “biz sizga xizmat ko`rsatishdan mamnunmiz” degan so`zlarni ishlatsalar, ularning obro`lari ortib, muxlislari ko`payadi, kishilar ularning xizmatlaridan ko`proq foydalanadilar. Shuningdek, yuristlar ham fuqarolarga yaxshi muomalada bo`lishlari maqsadga muvofiqdir.

Guvoh va jabrlanuvchilar, shubhalanuvchi va ayblanuvchilardan kerakli ma`lumotlarni olishning psixologik xususiyatlari.





  1. Bizga zarur ma`lumotlarni bilib olishning ikkita asosiy yo`l - yo`rig`ini ko`rsatish mumkin. Birinchisi - subyektni yurist uchun qiziqarli bo`lgan faktlarni beixtiyor tilga olishga moyil etish. Ikkinchisi-bizni qiziqtirayotgan shaxsga tegishli axborotni mujassam etgan ixtiyorsiz jismoniy va ekspressiv xatti-harakatlarga mayl uyg`otish.

  2. Birinchi usulni shartli ravishda nutqli – reproduktiv deb atash mumkin. Guvoh, jabrlanuvchi va ayblanuvchini huquqshunosga zarur ma`lumot berishga qo`zg`atuvchi bir qator usullar mavjud.

  3. Manfaatdor subyektning xotirasida muayyan obrazlarni uyg`otuvchi hamda ixtiyorsiz mulohazalarni aytib yuborishga qo`zg`atuvchi konkret predmetlarning namoyish qilinishi. Misol uchun fotosurat, fotoapparat, fotoishiga oida qog`ozlar, bular suhbatga turtki berishi mumkin.

  4. Suhbatda turdosh mavzudan foydalanish. YA`ni birdaniga gangitadigan savollar bermasdan, ikkinchi darajali savollar orqali asosiy savolga o`tish va unga javob olish darkor.

  5. Bevosita, to`g`ridan - to`g`ri, lekin yetarli darajada motivlashgan savollarni ko`ndalang qo`yish.

  6. Muloqot mobaynida bizni qiziqtirayotgan subyektda muayyan ruhiy holatni shakllantirish yo`li bilan uni tegishli suhbatga undash.

  7. Bizni qiziqtirayotgan subyektning jinoiy xatti-harakatlariga aloqador konkret predmetlarni namoyish etish.

  8. Bir zumlik, kutilmagan, psixologik jihatdan ta`sirchan hayotiy holatlarni yaratish.

  9. Odatdagi faoliyat sharoitini yaratish.


Yüklə 103 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə