Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə143/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

2. Uzluksiz ta’lim
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish qoidalari kadrlar tayyorlash milliy modelida ifodalangan. Uzluksiz ta’limning faoliyat ko’rsatish printsiplari quyidagilardan iborat:
- ta’limning ustuvorligi, uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi, ta’limning demokratlashuvi - ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o’quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o’tilishi; ta’limning insonparvarlashuvi, inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo’lgan turli-tuman ehtiyojlarinnng qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining tahminlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi; ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo’naltirilganligi;
- iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasidan izchil ravishda fundamental va maxsus bilimlar olish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-son qarorining 1-ilovasida: «Maktabda iqtidorli bolalarni izlash, tanlab olish va o’qitish bo’yicha aniq maqsadli ishlar amalga oshiriladi. Ular uchun maxsus o’quv dasturlari ishlab chiqiladi hamda ularga qo’shimcha ilmiy-uslubiy adabiyotlar beriladi. Iqtidorli va istehdodli bolalar ta’lim dasturlarini o’zlashtirishning yakka tartibdagi jadvaliga ega bo’lishlari mumkin», deb ta’kidlangan.
Uzluksiz ta’limning faoliyat olib borishi davlat standartlari asosida turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida tahminlanadi. Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga rahbarlikning amalga oshirilishi ko’p jihatdan ushbu ta’lim muassasalaridagi hujjatlarni to’g’ri yuritishga, dastlabki axborotlarni o’z vaqtida hisobga olish, ma’lumotlarning tushunarli bo’lishi hamda takomillashish printsiplariga rioya qilinishiga bog’liq.
Maktabning o’ziga yuklangan vazifalarni bajarishi, uning faoliyati natijalari o’quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish hamda xo’jalik tadbirlarini amalga oshirish bilan, o’quv pedagogik ishlar hisobini yuritishga maktab ishlarini boshqarishni tashkil etishga, dastlabki buxgalteriya hisobini tahminlashga doir statistik ishlar bilan bog’liq bo’lgan maxsus hujjatlarda aks ettiriladi.
Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining asosiy ko’pchiligiga markazlashtirilgan buxgalteriyalar xizmat ko’rsatadi. Bu buxgalteriyalar Vazirlar Mahkamasining ko’rsatmalari va uslubiy yo’l-yo’riqlari hamda maxsus idoralarning ko’rsatmalarida belgilangan shakllar va qaydlar bo’yicha xarajatlar tarkibini hisobga olib boradilar.
Turli hujjatlar uchun har xil saqlash muddatlari belgilangan. Saqlash muddatini ko’rsatish qulay bo’lishi uchun qisqartmalar joriy etilgan. DS-doimiy saqlashga, VS-3 vaqtincha saqlashga. Saqlash muddati 3 yil va h.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə