Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Ushbu metodlarga tavsif berib o’tamiz



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə94/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Ushbu metodlarga tavsif berib o’tamiz:
1. Pedagogik kuzatish shaxs faoliyati, muomalasi, xulqi va ularning o’zgarish dinamikasini yaxlitligicha o’rganish va ularni bavosita idrok etish uchun qo’llaniladi. Kuzatishning turli ko’rinishlari mavjud: bevosita va bavosita, ochiq va yopiq, uzluksiz va chegaralangan, monografik va qisqa kuzatish.
Pedagog kuzatishdan muvaffaqiyatli foydalanish uchun uni mahlum bir maqsad bilan olib borishi, shaxsni o’rganish dasturini o’zlashtirishi, uning tarbiyalanganligini bildiruvchi belgilar va mezonlar bilan qurollanishi kerak bo’ladi.
Kuzatish maqsadli, rejali, sistemali xarakter kasb etishi zarur. Eng muhimi, kuzatilayotgan obhekt to’g’risidagi dalillarni qayd etish tizimini yaxshilab o’ylab olish kerak.
Masalan, kuzatish daftariga yozib borish, kuzatish xaritasiga maxsus belgilar qo’yish, magnitafon yoki yozuvlarda qayd etish.
2. Suhbatlar tarbiyalanuvchilarning axloqiy, siyosiy muammolardan to’liq xabardorligini, xulqiy mehyor va qoidalarni bilishini, mazkur mehyor va qoidalardan chetga chiqish sabablarini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bu vaqtning o’zida tarbiyachi o’quvchilarning fikr-mulohazalarini alohida qayd etib boradi va bu orqali o’z tarbiyaviy ta’sirining sifatini, bolalarning bir-birlariga munosabati, e’tibori, e’tiborsizligi va boshqa shu kabilarni ham baholab boradi.
3. Sinfdagi psixologik muhit, o’zaro do’stlik, jamoa ahzolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar yoki nosog’lom kayfiyatlarni aniqlash maqsadida turli ko’rinishdagi so’rovlar o’tkaziladi.
Bunday so’rovlar paydo bo’lgan ziddiyatlarni o’z vaqtida aniqlash va tez hamda ustalik bilan ularni bartaraf etish imkonini beradi. Bunday so’rovlarni qo’llash shunchaki oddiy ish emas, balki uni tuzishda va o’tkazishda mahlum qoidalarga rioya etish zarur, yahni savollar to’mtoq bo’lmasligi, tor mahno bermaydigan, o’quvchilarning javobga kuchi yetmaydigan bo’lmasligi, javoblar mazmuni tekshiruvchi uchun zarur ma’lumotlarni berishi kerak. Bunday savollarni tuzishga bo’lgan talablar pedagogika va psixologiya bo’yicha qo’llanmalarda yoki o’quvchilarni o’rganish bo’yicha tavsiyalarda bayon etilgan bo’lib, ular talabalarning pedagogik amaliyotga chiqishi oldidan beriladi.
O’quvchilarning, talaba yoshlarning mehnat, ijtimoiy, ma’naviy va boshqa sohalardagi faolliklarini, ularning tayyorgarlik darajasini aniqlash yuzasidan nafaqat suhbatlar olib borish, balki turli mavzularda tanlovlar, olimpiadalar, ko’riklar o’tkazish, chiqishlar tashkil etish ham mumkin.
4. Maktab o’quvchilari tarbiyasining qay darajada kechishini nazorat qilish uchun tajribali tarbiyachilar faoliyat natijalarini tahlil etish kabi murakkab metodlarni qo’llaydilar.
Masalan, o’qituvchi o’quvchini o’zining tarbiyalanganlik darajasini yanada to’laroq atroflicha kengroq ko’rsata olishga imkoniyat beruvchi faoliyat va munosabatlarga ongli ravishda jalb etadi. Bu bilan o’quvchiga o’zining salbiy va ijobiy tomonlarini aniqlash imkoniyati yaratilsa, ikkinchi tomondan, mana shunday oshkora muloqotlarga keyinchalik tayyorgarlik ko’rish imkoniyatlari ham ochib beriladi. Lekin bu metod tarbiyachi yoki tashkilotchilardan maxsus tayyorgarlik ko’rishni, ikki shaxs yoki guruhlardagi shaxslar imkoniyatlarini atroflicha o’rganishda zarur pedagogik mahoratni talab etadi.
Tarbiyaviy ishlarning borishini nazorat qilish o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini, uning natijalarini baholash bilan birga o’qituvchi, tarbiyachilar va maktab jamoasining tarbiyaviy faoliyati darajasini butunicha baholashdan ham iboratdir. Bunday baholash mahlum qoida va talablarga amal qilingan holda olib boriladi.
O’qituvchi olib borayotgan tarbiyaviy ishlar natijalarini baholashda uning zamonaviy, ilg’or, ta’sirchan, samarali tarbiyaviy metod, shakl va vositalardan foydalana olish ko’nikmasini, konkret sharoit uchun metod, shakl, vositalarning o’zaro bir-biriga mos kelishini, o’quvchilarga differentsial yondasha olishini, tarbiyalanuvchilar xulqini asosli tarzda baholay olishini, o’quvchilarning mehnat, kasbiy tayyorgarligini, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar xarakterini belgilashda tarbiyachining o’rnini hisobga olish juda zarur.
Tarbiya samaradorligi borasida quyidagi ko’rsatkichlarni nazarda tutmoq lozim: o’quvchilarda ilmiy, ma’naviy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashlarning yuzaga kelganligi; ularning voqea, hodisalarni davlatimiz ichki va tashqi siyosati nuqtai nazaridan tahlil etishi va baholay olishi; axloq-odob norma va qoidalarini o’zlashtirganligi; ichki tartib-intizom qoidalariga amal qilishi; davlatimiz qonun va farmonlarini yaxshi bilishi, ijtimoiy faollik, jamoa bilan ishlay olishi; yoshlar tashkiloti faoliyatida ishtirok etishi: tashabbuskorligi va muntazam faoliyat ko’rsata olishi; estetik va jismoniy barkamolligi va h.k.
Eng muhim, doimiy qoida - so’z va ish birligiga amal qilish tarbiyalanganlikning muhim ko’rsatkichi hisoblanadi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə