Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/55
tarix05.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#104371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
DINSHUNOSLIK

DINNINg VAZIFALARI
Dunyoqarashlik 
– diniy manbalar va qadriyatlar asosida 
muayyan diniy dunyoqarashlik shakllantirish vazifalari
Kompensatorlik
– to‘ldiruvchi, tasalli beruvchi vazifasi
Legitimlovchilik
– qonunlashtiruvchilik vazifasi
A
SO
SIY
 F
UN
K
SIY
A
L
A
R
I
Kommunikativlik
– dindorlar birligini ta’minlovchi aloqa 
bog‘lashlik vazifasi
Regulyatorlik
– dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat 
qilish vazifasi
Integratorlik
– diniy e’tiqod asosida odamlarni 
birlashtirish vazifasi


10
Oltinchidan,
din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham 
mavjud. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, 
dorulfano va dorulbaqo kabi dunyo masalalariga o‘z munosabatini 
bildirib turishidan iboratdir.
Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, 
uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo‘ldi. Shuning uchun 
ham dinni o‘rganish – bu insoniyatni o‘rganish
 
demakdir. Dinni 
insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib bo‘lmasligini tarixning 
o‘zi isbotladi. Demak, din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan.
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining 
ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga 
ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi:
1. 
Urug‘-qabila dinlari
– totemistik, animistik, fetishistik 
tasav vurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shomon 
yoki qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat va jahon 
dinlari ichiga singib ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy 
Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;
2. 
Milliy dinlar
– ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat 
vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik 
(yahudiy millatiga xos), hinduiylik (hindlarga xos), konfutsiylik 
(xitoy millatiga xos), sintoiylik (yaponlarga xos) kiradi;
3. 
Jahon dinlari
– dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning 
millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin 
bo‘lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dinlari 
kiradi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə