Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/55
tarix05.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#104371
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
DINSHUNOSLIK

Totemizm.
Totem so‘zi – Shimoliy Amerikada yashaydigan 
Ojibva qabilasi tilida «uning urug‘i» ma’nosini anglatadi. Uning 
mohiyati «odamlarning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan 
turlariga qarindoshlik aloqalari bor», deb e’tiqod qilishidir. 
Urug‘dosh guruhlar o‘zlarining umumiy belgilari va totemlari 
bo‘lgan hayvon hamda o‘simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. 
Totemlar va odamlar orasidagi aloqalar uzoq o‘tmishga tegishli 
bo‘lib, uni qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan, Avstraliya 


15
aborigenlari orasida saqlanib qolgan afsonalardagi tasavvurlarni 
aytish mumkin.
Totemizm ta’sirida vujudga kelgan urf-odatlar, normalar asrlar 
davomida qat’iy ravishda qo‘llanildi. Tabu – taqiqlash, ya’ni 
totemni oziqa sifatida iste’mol qilishni taqiqlash tizimi paydo 
bo‘ldi. Faqatgina ba’zi diniy marosimlarda ruhoniylar yoki qabila 
boshliqlariga totemni yeyish ruxsat etilgan. Totemizm urug‘chilik 
jamoasi – eng birinchi ijtimoiy jamoalar diniy ko‘rinishlarining 
tarixiy asosi bo‘lib qoldi.
Totemizmning asosiy vazifalari – birlashtiruvchilik va 
tartibga soluvchilik edi. Totemizm ibtidoiy din shakllaridan 
bo‘lishiga qaramasdan hozirda ham ba’zi xalqlarning urf-
odatlari, e’tiqodlarida uning qoldiqlari saqlanib qolgan. Masalan, 
Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, qirg‘izlarda oq bug‘u 
afsonaviy baxt kelti ruvchi hayvon sifatida ulug‘lanadi.
Totemizmning mohiyatini odamlar bilan ayrim hayvonlar va 
o‘simliklar orasida qandaydir yaqinlik, aloqa, qon-qarindoshlik, 
ajdodlik mavjud deb ishonish tashkil etadi.
Animizm
(lotin tilida
anima
– 
ruh,
jon ma’nolarini ang-
latadi). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini 
ruhlantirish, hayvonot, o‘simlik va jonsiz jismlarda ruh ong 
va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta’limotni ilgari suruvchi 
ilk din shaklidir. U totemizm bilan bir vaqtda shakllangan. 
Animizm tabiatning qudratli kuchlari – osmon va yer, quyosh 
va oy, yomg‘ir va shamol, momaqaldiroq va chaqmoqlarni 
ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Ibtidoiy 
odamlar tog‘lar, daryolar, adir, o‘rmonlar, daraxtlar, xarsang 
tosh, jarliklar ham jonli, tafakkurli, sezuvchi va harakat 
qiluvchi, yaxshilik va yomonlik keltirishi mumkin deb 
tushunganlar. Ularga qurbonliklar qilib haqqiga duo qilib, 
marosimlar uyushtirganlar. Animizm zamonaviy dinlarning 
asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Jahon dinlarida ham 
ruhlar haqidagi ta’limot mavjud.


16

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə