Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/55
tarix05.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#104371
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
DINSHUNOSLIK

Fetishizm
(fetish so‘zi fransuzcha 
fetishe
– 
but
, sanam, 
tumor ma’nolarini anglatadi). U tabiatdagi jonsiz predmetlarga 
sig‘inishdir. Fetish ham salbiy, ham ijobiy ta’sir etish kuchiga 
ega.
Fetish hisoblangan predmetlar orasida odam yoki 
hayvonlarning suyak qoldiqlari, qabr toshlari eng ko‘p tarqalgan. 
Suyak qoldiqlari fetish egasini tabiiy ofatlardan, kasalliklardan, 
yovuz ruhlardan saqlaydi deb hisoblangan. Qabr toshlari vafot 
etgan kishining tinchligini qo‘riqlaydigan ruhlar joylashgan 
predmet vazifasini o‘tagan. Qabr joylashgan hududga sig‘inish 
natijasida keyinchalik muqaddas qadamjolar vujudga kelgan. 
Bunday qadamjolarda maqbaralar, qo‘rg‘onlar qurilgan. Qadimda 
jonsiz fetishlar bilan birga jonli fetishlardan ham foydalanilgan. 
Jonli fetishlarga sig‘inish barcha xalqlarda mavjud bo‘lgan. 
Fetishlar asosan kuchli ruhni o‘zida mujassamlashtirgan va 
ijtimoiy hayotning ayrim sohalaridagi muammolarni hal etishga 
yordam bergan.
Fetishizm yog‘och, loy va boshqa materiallardan yasalgan 
buyumlarning paydo bo‘lishi bilan bir paytda shakllangan. 
Jamoalar butlar va tumorlarda g‘ayritabiiy dunyodan keladigan 
ilohiy qudratning timsolini ko‘rgan.
Ibtidoiy odamlar dastlabki diniy taassurotlarining shakllanish 
jarayonida fetishizm yakunlovchi bosqich bo‘ldi. Vaqt o‘tishi 
bilan dunyo haqidagi tasavvurlar takomillashib bordi va insoniyat 
hayotida uzoq payt o‘z ta’sirini o‘tkazib keldi. Barcha dinlarda 
haykallar, suratlar, tumorlar, ko‘zmunchoqlar va turli ramzlar 
hozirga qadar saqlanib qolgan.
Shomonlik
yoxud sehrgarlik («shomon» so‘zi tungus tilidagi 
ma’nosi «afsungarlik»). Afsun real natija olish uchun ilohiy 
kuchlarga ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan odat va 
rituallar majmuasidir. U totemizm va animizm bilan bir vaqtda 
paydo bo‘lgan. Shomonlik orqali kishilar o‘z totemlari, ota-
bobolarining ruhlari bilan xayolan bog‘lanishni amalga oshirib 


17
kelishgan. U bilan maxsus kishilar – shomonlar, afsungarlar 
shug‘ullanganlar. O‘tmishda ko‘proq ayollar shomonlik bilan 
shug‘ullanganlar. Shomonlar ritual harakatlari orqali – ovoz 
chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo‘li bilan 
nog‘oralar va qo‘ng‘iroqlar ovozlari ostida o‘zlarini jazavaga 
solib, o‘zini yo‘qotish, jazavani yuqori natijaga yetkazish bilan 
afsungarlik qilishgan. Shomon marosim oxirida bir holatga kelib 
hech narsani eshitmay, ko‘rmay qolar edi. Shuning uchun uning 
ruhlar dunyosi bilan muloqoti xuddi shu holatda amalga oshadi 
deb hisoblangan.
Shomonlikda ba’zi davrlarda shomonlar ishtirokida faqat 
ibodat qilish, qurbonlik qilinadigan hollar ham uchraydi. Bora-
bora shomonlik nasldan naslga o‘tadigan bo‘lib, shomonlik 
kasbiga aylangan.
Afsungarlik odamlarning fikr yuritishi, ongining mustah-
kamlanishida katta rol o‘ynadi. Bu diniy ongning shakllanishida 
muhim o‘rin tutdi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə