69
Yana bir rivoyatga ko‘ra, Usmon
Mus
'
hafi sohibqiron Amir Te-
mur tomonidan Basradan ko‘plab
qo‘lyozma kitoblar va boshqa
o‘ljalar bilan birga Samarqandga
keltirilgan va mashhur Temur ku-
tub xonasiga qo‘yilgan.
1868-yilda rus askarlarining
Samarqandga bostirib kirishi bilan
xalqimizning moddiy, ma’naviy
boyliklariga tajovuz boshlandi.
1869-yil
24-oktabrda
Usmon
Mus
'
hafi Peterburgga – Imperator
kutubxonasiga olib ketiladi.
Oktabr to‘ntarishidan so‘ng Bu-
tunrossiya musulmonlar ja miyati
nomidan Usmon To‘qumboyev
RSFSR Xalq Komissarlari Sove-
tiga murojaat qilib, muqaddas
Usmon Mus
'
hafi o‘z egalariga,
ya’ni musulmonlarning O‘lka sez-
diga topshirilishini talab qiladi.
RSFSR XKS tomonidan musulmonlarning talabi qondirilib,
Qur’on musulmonlar ixtiyoriga beriladi. 1917-yil 29-dekabr kuni
Peterburgdagi podsho kutubxonasining «nodir qo‘lyozmalar»
bo‘limidan olinib, Butunrossiya musulmonlar jamiyati raisi
U. To‘qumboyev javobgarligi ostida Ufa shahriga jo‘natiladi.
Qur’on 1923-yilgacha Ufada saqlanadi.
1923-yil 23-iyulda Butunittifoq Markaziy Ijroqo‘mi Usmon
Qur’onini Turkistonga qaytarishga qaror qiladi. Muqaddas
yodgorlikni Ufadan Toshkentga maxsus komissiya kuzatuvida
olib kelinadi. 1923-yil 18-avgustda Toshkentdan Sirdaryo diniy
idorasiga qarashli Xoja Ahror jome’ masjidiga topshiriladi.
Hozirgi kunda ushbu Mus
'
haf Toshkentdagi Hazrati Imom
majmuasidagi «Mo‘yi Muborak» madrasasida saqlanadi. Shu
Dostları ilə paylaş: