Z nishanova, G. Alimova


Psixologik tadqiqotni o‘tkazish shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə8/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

2.2. Psixologik tadqiqotni o‘tkazish shakllari


Bolani o‘rganish ikki asosiy shaklda: “ko‘ndalangiga kesim” va “uzunasiga kesim” metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga oshiriladi.


Tadqiqot ko‘ndalangiga kesim shaklida o‘tkazilganda turii yoshdagi bolalar guruhlarida muayyan psixologik jarayon, holat yoki xususiyat o‘rganiladi va har xil yosh bosqichidagi bolalar ustidan olib borilgan tadqiqot natijalari o‘zaro solishtiriladi. Masalan, D.B.Elkonin kichik, o‘rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalaming syujetli-rolli o‘yinlariga xos xususiyatlarni o‘rganib, o‘zaro solishtirib bolalar o‘yinlari taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko‘ndalangiga kesim shaklidagi tadqiqotda asosiy e’tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farqlarga qaratUishi kerak. Farq qanchalik kichik bo‘lsa, psLxolog-tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi muhim o‘zgarishlami payqash uchun ko‘proq imkoniyatga ega boiadi.


Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida o‘tkazilganda bir yoki bir necha bolaning muayyan vaqt oraligidagi hayoti o‘rganiladi. Tadqiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o‘tishda bola psixikasi va hulq-atvorida ro‘y beruvchi o‘zgarishlami aniqlab boradi. Masalan, maktabgacha taiim muassasasida yangi dastur bo‘yicha ish boshlangan boisa, muassasaga endi qabul qilingan bolalami 4-5 yil uzluksiz o‘rganish orqali dastuming bola taraqqiyotiga ta’sirini aniqlash va u haqida xulosa chiqarish mumkin boiadi. Uzunasiga kesim shaklidagi tadqiqot shuningdek, ayrim hollarda longityud

www.ziyouz.com kutubxonasi

tadqiqot ham deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab va ko‘p vaqt talab etadi.




2.3. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari

An’anaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yoidamchi metodlarga ajratiladi. Asosiy metodlar —kuzatish va eksperiment —bola taraqqiyoti haqida ishonchli ma’lumot bera oladi. Yordamchi metodlar — test, so‘rov, faoliyat mahsullarini o‘iganish —tasvirlovchi maiumot berib, bu maiumot asosida faqatgina taxminlami ilgari surish mumkin boiadi.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə