Z nishanova, G. Alimova



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə9/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

Kuzatish.

Kuzatish —psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan biri boiib, psixik hodisalami maqsadga muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir. Kuzatish —tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir. Kuzatish quyidagi talablaiga javob berishi kerak:





  1. Kuzatishdan oldin uning maqsadi aniq belgilanishi kerak: bola psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishini aniqlashtirish lozim.




  1. Kuzatish ob’ektiv bo‘lishi kerak: kuzatishda faqat u yoki bu holat, hodisani qayd etish, uni sub’ektiv talqin etishga o‘tmaslik lozim.

  2. Kuzatish muntazam, katta vaqt oraliqlarisiz o‘tkazilishi kerak.

  3. K uzatish shunday o ‘tkazilishi kerakki, bola uning kuzatilayotganini bilmasligi lozim.

Kuzatishni amalga oshirayotgan tadqiqotchi kuzatilayotgan hodisalami tez qayd eta olish mahoratiga ega boiishi zarur.


Kuzatishning quyidagi turlari mavjud:



    1. ichki kuzatish, tashqi kuzatish va kiritilgan kuzatish;




    1. standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan kuzatish;

    2. frontal va tanlanma kuzatish.

Kuzatish metodining asosiy kamchiligi shundaki, unda kuzatilayotgan hodisalarga faol ta’sir ko‘rsatish, ulami o‘zgartirish, kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday ko‘rinishda qaytadan yaratish imkonsisdir. Shunga qaramay bu metod haligacha asosiy psixologik metodlardan biri boiib kelmoqda.



www.ziyouz.com kutubxonasi



Eksperiment.

Eksperiment —ilmiy bilishning asosiy metodlaridan biri. Uning kuzatishdan asosiy farqi shundaki, unda tadqiqotchi o‘rganilayotgan vaziyatga faol ta’sir ko‘rsatadi, bir yoki bir necha o‘zgaruvchilar bilan manipulyatsiyani amalga oshiradi. Eksperimentda psixik xususiyatlar maxsus sharoitlarda o‘iganiladi.


Eksperimentning ikki turi farqlanadi: laboratoriya ekspermenti va tabiiy eksperiment. Laboratoriya eksperimenti maxsus jihozlangan joylarda, qattiq nazorat ostida amalga oshiriladi. Tabiiy eksperiment chog‘ida esa sinaluvchi eksperiment ob’ekti ekanini bilmaydi. Bu holat laboratoriya eksperimentida vujudga keladigan emotsional z riqish, tadqiqot natijalarini o‘zgartirib yuborishga intilish kabi sinaluvchiga xos xususiyatlami bartaraf etish imkonini beradi.

Masalan, maktabgacha yoshdagi bolaning xotirasini o‘iganish uchun uni alohida xonaga olib chiqib, shu yerda unga bir qator s zlami o‘qib berib, so‘ngra qaytarishni talab qilish mumkin. Ammo mazkur sharoit bola uchun odatiy emas. Shuning uchun bolaning ichki emotsional zo‘riqishi (xavotiiga tushishi, shubhalana boshlashi va hokazo) unga topshiriqni imkoniyatlari darajasida boshlashi uchun yo‘1 qo‘ymaydi. Demak, eksperimentdan olingan natijalami haqqoniy deb bo‘lmaydi. Bordi-yu, bola bilan o‘yin o‘ynab, unga xaridor rolini berib aytilgan narsalarni “do‘kondan” xarid qilish vazifasi topshirilgan bo‘lsa, u olib kelgan narsalariga qarab nimani eslab qolganini, nimani unutganini aniqlash qiyin emas. Demak, shunday shaklda tabiiy eksperiment natijalari ancha haqqoniy bo‘ladi.


Eksperimental tadqiqotni tashkil etish va amalga oshirishda bir qator talablarga rioya qilish kerak. Ushbu talablar G.U.Uruntayeva va Yu.A.Afonkina tom onidan tizimlashtirilgan bo‘lib, ular quidagilardan iborat:





    1. Rejalashtirish bosqichida tadqiqot maqsadini, sinaluvchilar tarkibini aniq belgilash, eksperimentda ishlatiladigan usullar, eksperimentni o‘tkazish sharoitini (joy va vaqtini) aniqlashtirish, barcha sharoitlami oldindan yaratib qo‘yish zarur.




  1. Eksperimentni o‘tkazish jarayonida tadqiqotda ishtirok etayotgan bola bilan o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatni o‘matish,

www.ziyouz.com kutubxonasi

muloqotga do‘stona, iliq ohang baxsh etish, bolani o‘z oldiga tqazish, bolaning xatolariga ortiqcha e’tibor bermaslik, sinov sur’atlarini bolaning individual—psixologik xususiyatlariga moslashtirish zarur.


Bola bilan o‘tkazilayotgan eksperiment uzoq davom etmasligi, unga eksperiment jarayonida o‘zgarishlar kiritmaslik kerak. Odatda eksperimentda tadqiqotchidan tashqari eksperiment bayonnomasini to‘ldiruvchi shaxs ham ishtirok etadi.


Eksperimentning yana ikki turi-aniqlovchi eksperiment va shakllantiruvchi eksperim ent ham farqlanadi. Aniqlovchi eksperimentda bola psixik taraqqiyotiga xos muayyan xususiyatlar qayd etiladi. Masalan, ota-onalar o‘rtasidagi nizolarnng bola emotsional holatiga ta’sirini aniqlash mumkin. Buning uchun nizoli oilada voyaga etayotgan bolalami aniqlash va ulaming emotsional holatini o‘rganish hamda olingan natijalami boshqa bolalaming natijalari bilan solishtirish kerak bo‘ladi. Solishtirish natijalari shunday hodisa-ota-onalaming o‘zaro nizosi va bola emotsional rivojlanishi o‘rtasida aloqadorlik mavjudligini ta’kidlaydi.


Shakllantiruvchi eksperimentda sinaluvchiga faol ta’sir ko‘rsatilishi oqibatida unda ro‘y beradigan o‘zgarishlar aniqlanadi. Masalan, ota-ona o‘rtasidagi munosabatlaming yaxshilanishi bola emotsional holatga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlash mumkin. Buning uchun ota-onasi o‘rtasidagi munosabat yaxshilangan bolalar emotsional sohasiga xos xususiyatlar bilan ota-onasi o‘rtasidagi munosabat nizoli bo‘lib qolayotgan bolalar emotsional xususiyatlarini o‘zaro solishtirish yoki bolaning awalgi emotsional xususiyatlari bilan keyingilarini o‘zaro qiyoslash kerak.


Shuningdek, ayrim hollarda nazorat eksperimenti ham farqlanadi. Bu eksperiment ko‘p jihatdan aniqlovchi eksperimentga o‘xshab ketadi. Uni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad faol ta’sir ko‘rsatilgan guruhdagi o‘zgarishlarda aynan ta’siming roli qanday bo‘lganini aniqlashdan iborat. Buning uchun faol ta’sir ko‘rsatilgan guruh bilan hech qanday ta’sir ko‘rsatilmagan nazorat guruhining natijalari o‘zaro solishtiriladi. Agar o‘rtadagi farq ancha sezilarli bo‘lsa, demak, birinchi guruhdagi o‘zgarishlarga aynan o‘tkazilgan ta’sir sabab bo‘lgan degan xulosaga kelinadi.



www.ziyouz.com kutubxonasi



So‘rov.

So‘rov —tadqiqotchi va respondentning bevosita yoki bilvosita o ‘zaro muloqoti davomida birlamchi verbal axborot yig‘ishga yo‘naltirilgan metod. So‘rov anketa yoki intervyu shaklida o‘tkazilishi mumkin. Anketa yordamida so‘rov o‘tkazilganda sinaluvchi yozma savollarga, intervyuda esa og‘zaki savollarga javob qaytaradi.


So‘rov quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:

    1. “Epigraf”. Bunda sinaluvchining fikrlari muayyan yo‘nalishga solinadi, sinaluvchilar savollarga javob berishga undaladi.

    2. “Ko‘rsatma”. Bunda sinaluvchiga so‘rov jarayonida savollarga qanday javob qaytarish, undan olingan maiumotlar nima maqsadda ishlatilishi haqida maium ot beriladi.




  1. “So‘rovga moslashish”. Bunda sinaluvchi savollarga javob berishga yo‘naltiriladi, unda o‘ziga nisbatan ishonch hosil qilinadi, u bilan o‘zaro ishonchga asoslangan munosabat o‘matiladi, unda savollarga o‘zing xoxlaganday javob qaytarish mumkin, degan taasurot hosil qilinadi. Buning uchun so‘rovda dastlab emotsional-neytral, oson, umumiy savollar beriladi.




  1. “Maqsadga erishish”. Bunda zarur boigan asosiy maiumotlar qoiga kiritUadi. Buning uchun ushbu bosqichda tadqiqotchi uchun ham, sinaluvchi uchun ham muhim boigan savollar beriladi.




  1. “Zo‘riqishni bartaraf etish”. Bunda so‘rovdagi masalalar va savollar xususida, butun so‘rov jarayoni haqida yig‘ilgan hissiyotlar bartaraf etiladi. Buning uchun soTov so‘ngida nisbatan oson, ijobiy emotsional savollar berilishi, masalan, sinaluvchining ijtimoiy demografik xususiyatlari haqidagi savollar berilishi mumkin.

Sinaluvchiga beriladigan savoUar bir-biridan alohida va ajralgan emas. Ular yaxUt bir zanjiming halqalaridir. So‘rovdagi bir savol keyingisi bilan bogiiq holda idrok etiladi. Shu tufayli quyidagi holatlaiga so‘rov jarayonida alohida e’tibor berish lozim:





    1. Bir savol va unga beriladigan javob keyingi savoUarga beriladigan javoblarga ta’sir o‘tkazmasligi kerak.




    1. Muayyan savoldan keyingi savol umuman boshqa mavzularga o‘tib ketgan bo‘lmasligi, bir savoldan boshqasiga o‘tishda mavzu keskin o‘zgartirilmasligi lozim.

www.ziyouz.com kutubxonasi




  1. Savollaming tashqi ifodalanishi sinaluvchilami u bilan ishlashga jalb eta olishi kerak (simmetrik to‘g‘ri bo‘lishi, yozuv yoki og‘zaki murojaat orqali beriladigan savollar chiroyli va tushunarli bo‘lishi zarur).




  1. Sinaluvchilaming individual xususiyatlari va so‘rovning uzunligi bir-biriga mos bo‘lishi (masalan, ota-onalar bilan so‘rov o‘tkazishda 5-6 savoldan iborat kichik anketalardan foydalanish) zarur.




  1. So‘rov so‘ngida sinaluvchiga minnatdorchilik va tashakkur izhor etilishi — “Javoblaringiz uchun tashakkur”, “Yordamingiz uchun

rahmat” kabi ifodalaming keltirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə