Z. T. M s h m o V a


 ‘qituvchi psixologning mijozi va yaqin hamkori



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/106
tarix17.02.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#100994
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

0 ‘qituvchi psixologning mijozi va yaqin hamkori
0 ‘q ituvchilar ham alohida e ’tib o r talab qiladigan 
obyektdir. Amaliyot shuni ko£rsatadiki, odatda o ‘qituvchilar 
psixolog bilan hamkorlik qilishga tayyor bo‘ladilar. Hamma 
gap psixolog o‘zini qanday tutishiga borib taqaladi. Bunda 
psixologning o‘qituvchilarga nisbatan egallaydigan pozitsiyasi 
juda muhim rol o'ynaydi.
Psixolog pozitsiyasining asosiy tarkibiy qismlari quyi- 
dagilardan iborat:
a) pedagog bilan munosabat;
b) pedagogni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish;
31


d) 
sub’yekt — sub’yekt munosabatlaridan iborat tenglik 
va hamkorlik.
Mana shunday holat pedagoglar bilan bo‘lgan ijobiy ham- 
korlikni ta’minlay oladi.
Dastlabki kezhrda psixolog o‘qituvchilarga o‘z yordamini 
haddan tashqari faollik bilan tiqishti rmasl igi zarur. Kamtarona 
ravishda, agar zarur bo‘lsa, yordam berishga tayyorligini m a’- 
lum qilsa, shuning o ‘zi kifoya. Kimdir darrov hamkorlikka 
shoshiladi, kimdir birozdan so‘ng, kimgadir umuman psixolog 
yordami kerak bo‘lmaydi. 0 ‘qituvchilar bilan ishlashda bolada 
ro‘y berayotgan ijobiy o ‘zgarishlarga asosan o‘qituvchi sababchi 
bo‘layotganini ta’kidlab turishi kerak. Psixologning ishi «soya- 
da» qolishi kerak. Shunda u pedagoglar orasida tan olinadi. 
0 ‘qituvchilar bilan olib boriladigan individual ishlardan tash­
qari ular bilan seminarlar shaklida psixologik targ‘ibot ishlarini 
olib borish maqsadga muvoviqdir.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad kimgadir o‘z bilim- 
larini ko‘z-ko‘z qilish emas, balki pedagoglaming psixologik 
madaniyatini oshirishdir. Ushbu mashg‘ulotlarni shunday 
tashkillashtirish kerakki, o‘qituvchilar passiv tinglovchi bo‘lib 
qolmasinlar. Buning uchun har bir psixologik m a’lumotga 
ulami o‘z tajribalaridan misollar keltirishga undash kerak. Oxi- 
rida esa biror bir hazil aralash testni bajarish hammaga yaxshi 
kayfiyat baxsh etadi.
Har qaysi maktab psixologi oldidagi savol shuki « 0 ‘zim 
yordamimni taklif qilaymi yoki o‘qituvchilar murojaat qilishini 
kutaymi?» Mayli bu savolga har kirn o ‘z vaziyatidan kelib 
chiqib javob bera qolsin. Lekin psixolog bir narsani unutma- 
sinki, o‘qituvchilaming unga murojaat qilishi ularning pedagogik 
staji va tajribasiga bog‘liq emas. Bu ko‘proq ularning shaxsiy 
fazilatlariga: m uloqotga kirishuvchanlik darajasi, xavo- 
tirlanuvchanlik, qiziquvchanligi, yangilikka ochiqligi va bosh- 
qalarga bog‘liq. 0 ‘qituvchilar bolalar haqida har qanday uzoq 
muddatli psixologik tadqiqotlar natijalaridan ko‘ra ko‘proq narsa 
biladi. Ular bolalar bilan har kuni muloqotga kirishadilar va 
tabiiyki, ularga ta’sir etish uchun ko‘proq imkoniyatga egalar.
32


Demak, shunday ekan, psixolog o ‘qituvchining yaqin 
hamkori va yordamchisi bo‘lishi kerak. Psixologlar shuni unut- 
masinlarki, maktab hayotini o‘ziga xos sahna asari deb tasawur 
qilsak, undagi rollar quyidagicha taqsimlangan bo‘ladi:
1. Bolalar. 2 .0 ‘qituvchi. 3. Psixolog. 4. Hisobchi. 5. Oshpaz.
Hurmatli psixologlarga birinchi rol ajratilgan.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə