Z. T. Nishanova, G. K. Alimova


Ilk bolalik davrida psixik taraqqiyot dia;>nostikasi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə33/86
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108789
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86
Z. T. Nishanova, G. K. Alimova

Ilk bolalik davrida psixik taraqqiyot dia;>nostikasi

Ilk bolalik davrida bolalaming psixik taraqqiyotini diagnostika qilish uchun quyidagi metodikalardan i'oydalanish murhkin.
Bir-biriga kiradigan kubiklar
Tekshirish materiallari: 4 ta bir-biriga solinadigan kubiklar.
Tekshirish metodikasi: bola stolda o‘tiradi. Stoldagi katta kubik ichidan kichik kubik olinadi va hokazo. Bolaga kublami o‘z joyiga qo‘yish, ya’ni kichkinasini kattasi ichiga solish taklif etiladi. Agar bola topshiriqni bajarishga kirishmasa, unj>a kubiklami olish va solish o‘rgatiladi, so‘ngra topshiriqni mustaqil bajarish taklif etiladi.
Bajarish: 1 yoshu 6 oylik - 2 ta kubikni bir-biriga soladi;

  1. yoshda - 3 ta kubikni soladi;

2,5 yoshda - 4-5 ta kubikni soladi;

  1. yoshda - 5 tadan ko‘p kubikni soladi.

Sharni yashir
Tekshirish materiali: kattaligi turlicha ammo bir xil rangdagi qopqoqlari boTgan 2-3 ta quticha.
Te'kshirish metodikasi: bola oldiga 2 ta (1-2 g) yoki 3 ta (2-3 g) quti va ulardan sal narida qopqoqlari qo‘yiladi. Eksperimentatator katta shami katta qutiga, kichik shami kichik qutiga soladi va bolaga qutichalaming qopqog‘:ini yopib, sharlami yashirib qo‘yilishi taklif


-72 -




etiladi. Qaysi qopqoqni olish tushuntirilmaydi. Agarda bola qutiga mos qopqoqni olmasa, eksperimentator katta qopqoq bilan katta qutining, kichik qopqoq bilan kichik qutining og‘zini yopish kerakligini tushuntiradi.
Matryoshkani yoyish va yig‘ish
Tekshirish materiali: 4 qavatli matryoshka.
Tekshirish metodikasi: bolaning oldiga matryoshka qo‘yiladi va imo-ishora bilan uni yoyish va yig'ish taklif etiladi. Agarda bola topshiriqni bajarishga Idrishmasa, katta odamning o‘zi matryoshkani ketma-ketlikda yoyadi va yig‘adi. So‘ngra bolaga topshiriqni o‘zi bajarishini taklif etadi.
Bajarish: 1 yoshu 3 oylikdan, 1 voshu 6 oylikgacha - 1 qavatli matryoshkani yoyadi va yig‘adi;

  1. yoshu 6 oylikdan, 2 yoshgacha - ikki qavatli matryoshkani yoyadi va yig‘adi;

  2. yoshu 2 oylikdan, 2 yoshu 6 oylikkacha - uch qavatli matryoshkani yoyadi va yig‘adi;

2 yoshu 6 oylikdan, 3 yoshgacha - to‘rt qavatli matryoshkani yoyadi va yig‘adi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə