Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov


(направленный)  yoki  yo‘naltirilmagan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/55
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#183471
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Kompyuter tarmoqlari

 
(направленный) 
yoki 
yo‘naltirilmagan
 
(ненаправленный) bo„lishi mumkin. 4.24-rasmda 
to„lqinlarni ma‟lum bir yo„nalishda tarqatuvchi va qabul qiluvchi 
parabolik antenna keltirilgan. 
Antennalarning boshqa bir xili – 
izotrop antennalar
 
bo„lib, bunday 
antennalarda to„lqinlar barcha yo„nalishlarda tarqatiladi va qabul 
qilinadi, ya‟ni ular yo„naltirilmagan antennalar deb ataladi. Izotrop 
antenna - tarqatiladigan to„lqin uzunligining to„rtdan biriga teng 
uzunlikdagi vertikal o„tkazgichdan iborat bo„ladi. Bunday antennalar 
avtomobillar va portativ qurilmalarda keng qo„llaniladi. To„lqinlarni 
barcha yo„nalishlarda tarqatishni bir-nechta yo„naltirilgan antennalar 
yordamida ham amalga oshirish mumkin. 
Simsiz aloqa chizig„ining: 
- uzatuvchi va qabul qiluvchi bog„lamlari (antennalar, kompyuterlar
…) orasidagi masofalar (shaxsiy tarmoqlarda - 100 metrgacha, lokal 
tarmoqlarda - 300 metrdan 8000 metrgacha, global tarmoqlarda - 50 
kilometrgacha); 
- qamrab olinishi mumkin bo„lgan xududning maydoni; 
- axborotni uzatish tezligi (WiFi texnologiyasining 802.11a standartida 
- 54 Mbit/sek, 802.11b standartida - 11 Mbit/sek, 802.11g standartida - 
54 Mbit/sek) va shularga o„xshash boshqa ko„rsatgichlari, unda 
foydalaniladigan 
elektromagnitli spektrning chastotasiga
bog„liq ekan. 
4.23-rasmda keltirilgan eletromagnitli 
spektrning diapazonlari
va 
ularga mos keladigan 
ma’lumotlarni simsiz uzatish tizimlari
to„rtta 
guruhga bo„linadi. 
1-guruh. 
Radiodiapazoni, ya’ni radio diapazonida ishlovchi simsiz 
tizimlar.
Ushbu diapazon 300 GGs-gacha bo„lgan chastotalar 
diapazonidir. ITU ittifoqi bu diapazonni, bir nechta 
diapazon osti 
diapazonlariga
 
bo„lib chiqqan. Diapazon osti diapazonlari 
o‘ta kichik 
chastotali
(ELF – Extremely Low Frequency) 
to„lqinlardan boshlanib, 
o‘ta yuqori chastotali
(ENF – Extra High Frequency)
to„lqinlargacha 
bo„lgan oraliqni egallaydilar. Biz eshitishga odatlangan radio stansiyalar 
20 KGs-dan 300 MGs-gacha bo„lgan diapazonlarda ishlaydi. Ushbu 
oraliqqa bir necha 10 Kbit/sek-dan 100 Kbit/sek-gacha, nisbatan past 
tezliklarda ma‟lumotlarni uzatuvchi simsiz tizimlar kiradi (
AM va FM 
diapazonlari
). Bunday tizimlarga misol qilib lokal kompyuter 


100 
tarmog„ining ikkita segmentini birlashtiruvchi 2400, 9600 yoki 19200 
Kbit/sek tezliklarga ega bo„lgan radio modemlarni keltirish mumkin. 
2-guruh. 
Mikroto‘lqinli diapazonlar, ya’ni mikroto‘lqinli tizimlar.
Bu 300 MGs dan 3000 GGs gacha bo„lgan chastotali oraliqlarda 
joylashgan mikroto„lqinli diapazonlardir. Mikroto„lqinli tizimlariga 
misol qilib quyidagi simsiz aloqa tizimlarni keltirish mumkin: 
a) birlamchi telekommunikatsion tarmoqning radioreleyli aloqa 
chiziqlari
 
(4.25-rasm); 
4.25-rasm. Radioreleyli aloqa chizig„i. 
b) yo„ldosh kanallar (4.26-rasm); 
4.3-jadval. Yo„ldosh aloqa uchun qo„llaniladigan chastotalar 
diapazonlari. 
4.26-rasm. Signalni akslantiruvchi yuldosh. 


101 
1) Geostatsionar orbita (Geosnationary Orbit, GEO) – 35 863 km 
(4.27-rasm). 
2) O„rtacha balandlikdagi orbita (Medium Earth Orbit, MEO)- 500-
15 000 km.
3) Kichik balandlikdagi orbita (Low Earth Orbit, LEO) – 100 -1000 
km.
4.27-rasm. Yo„ldoshlar orbitalarining xillari. 
c) simsiz lokal kompyuter tarmoqlari (4.28 – 4.29 rasmlar); 
4.28-rasm.
BSS rejimida ishlovchi simsiz tarmoq. 


102 
4.29-rasm.
ESS rejimida ishlovchi simsiz tarmoq. 
d) qo„zg„almas simsiz aloqa tizimi (4.30-rasm); 
4.30-rasm. Qo„zg„almas simsiz aloqa tizimi
(bitta uzatuvchi ko„p sonli qabul qiluvchi). 
3-guruh. 
Infraqizil to‘lqinli diapazon, ya’ni infraqizil to‘lqinli simsiz 
uzatish tizimlari
(4.31-rasm); 
4.31-rasm. Ikki kompyuterni simsiz aloqa chizig„i. 


103 
4-guruh. 
Ko‘rinadigan nurlar diapazoni, ya’ni ko‘rinadigan nurli 
to‘lqinlar tizimi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə