Zaharlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish



Yüklə 27,68 Kb.
səhifə1/4
tarix10.06.2022
ölçüsü27,68 Kb.
#89265
  1   2   3   4
Zaharlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish


Zaharlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
Zaharli kimyoviy moddalar kishi organizmiga nafas olish уo‘llari, teri va og‘iz orqali ta’sir etishi mumkin. Zaharlanishning tashqi belgilari kimyoviy moddalarning zaharlilik xususiyatiga bog‘liq. Кo‘pincha zaharlanishda oshqozon og‘rishi, qayd qilish muskullarini ixtiyorsiz qisqarishi, bosh og‘rig‘i, umumiy kamdarmonlilik, hushidan ketish kаbi holatlar kuzatiladi. Zaharlanganda birinchi navbatda zaharli moddalar ta’sirini bartaraf etish, jarohatlangan shaxsni siqib turgan kiyimlarini yechish, toza havoga olib chiqish va shifokorga xabar berish lozim. Agar zaharli modda og‘iz orqali oshqozonga tushgan bo‘lsa, kaliy permanganat («margansovka»)ning iliq suvdagi kuchsiz eritmasidan bir necha stakan ichirish va qayd qildirish (2–3 marta) kerak. Yoki 1–2 osh qoshiq suyuq magneziyni bir stakan suvga solib ichirish kerak. Qorinda qattiq og‘riq bo‘lsa isitgich («grеlkа») qo‘yish lozim. Agar zaharli modda teriga tushsa, uni yumshoq material bilan artib tozalab, suv bilan yuvib, ichimlik sodasining 2% li eritmasi yordamida ishlov berish kerak. Zaharli gazlar, masalan, uglerod oksidi, atsetilen, benzin bug‘i va boshqalar kishi organizmiga nafas olish уo‘llari orqali ta’sir etsa, bosh og‘rig‘i, quloqda shovqin, bosh aylanishi, qayd qilish, ko‘ngil aynishi, nafas olish 189 og‘irlashishi, ko‘z qorachig‘i kengayishi, hushdan ketish hollari yuz berishi mumkin. Bunday vaqtlarda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, kislorodli yostiqdan kislorod berish kеrak. Nafas olishi sezilmaganda esa sun’iy nafas berish zarur. Zaharlangan shaxsda kuchli уo‘tal kuzatilsa, novshadil spirt hidlatish, ichimlik sodasi qo‘shilgan sut, achchiq shirin choy yoki nafas berish, agar iloji bo‘lsa, ko‘krakka («gоrchichnik») qo‘yish kerak. Agar zaharli modda ko‘zga tushsa bir stakan suvga bir choy qoshiq soda solib ko‘zni yuvish lozim.
Zaharlanish – o‘tkir kasallik kabi boshlanib, organizmga kimyoviy moddaning toksik ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Zaharlanishning quyidagi turlari bir-biridan farq qiladi:
a) maishiy (alkogolli, tasodifiy, qasddan);
b) ishlab chiqarishdagi;
v) bolalardagi;
g) tibbiy;
d) biologik;
e) ovqatdan.
Organizmga zaharning tushish yo‘llari to‘rt xil bo‘ladi:
1) ingalyatsion (tutun holida);
2) teri orqali;
3) ichak orqali;
4) parenteral (ko‘pincha tibbiy).
Oziq-ovqat moddalari bilan zaharlanganda oshqozonni zond orqali 18–20ºC haroratdagi 12–15 l suv bilan (har bir porsiyasi 300–500 ml bo‘lishi kerak) yuvish lozim.
Ilon chaqqanda, teri ostiga yoki muskul orasiga toksik modda tushganda 6–8 soatga o‘sha joyga sovuq qo‘yiladi, 0,3 mg 0,1 % li adrenalin eritmasi, ilon chaqqan joyning yuqorisiga esa novokain blokadasi qilinadi.
Ingalyatsion zaharlanishda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, nafas olish yo‘lini kislorod bilan ingalatsiya qilish lozim.
Teriga toksik modda tushganda terini oqar suvda yuvib tashlash kerak.
Toksik modda to‘g‘ri ichakka, qinga, siydik pufagiga yuborilganda ularni klizma, sprinsirovka va kateterizatsiya qilish lozim.
Toksik moddani qon aylanish sistemasidan chiqarish uchun siydik haydovchi vositalar qo‘llab, diurezni forsirlashdan foydalaniladi.

Yüklə 27,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə