Zahiriddin muhammad bobur nomiidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə1/18
tarix06.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#100275
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
o\'lchash asboblari bilan detallarni o\'lchash kurs ishi


O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
TASVIRIY SAN`AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI” KAFEDRASI
2 – BOSQICH 205 - GURUH TALABASI
NURIDDINOV SAIDIKROMNING
C HIZMACHILIK FANIDAN
MAVZU: O’lchash asboblari va ular bilan detallarni o’lchash


Kurs ishi rahbari: T.Sabirxodjayeva


ANDIJON – 2021
MUNDARIJA


Kirish ……………………………………………………………………………….

  1. O’lchash vositalari va turlari ………………………………………………

  2. O’lchash asboblarining aniqlik klasslari, metrologik tavsiflari va turlari………………………………………………………………………………..

  3. O’lchash asboblari bilan detallarni o’lchash turlari ……………………...

  4. Rejalash va oʼlchash asboblari……………………………………………...

Xulosa ………………………………………………………………………………
Adabiyotlar ro`yhati ……………………………………………………………….
REJA:


Kirish

  1. O’lchash vositalari va turlari

  2. O’lchash asboblarining aniqlik klasslari, metrologik tavsiflari va turlari

  3. O’lchash asboblari bilan detallarni o’lchash turlari

  4. Rejalash va oʼlchash asboblari

Xulosa
Adabiyotlar ro`yhati

Kirish
Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil inson etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya sohasini asosiy maqsadi vazifasi bo‘lishi lozim.
Sh.Mirziyoyev
Ma’lumki, istiqlol yillarida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish va rivojlantirish masalasi davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanib, Muxtaran birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning doimiy e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda. Yurtimizdagi barcha islohotlar qatori bu sohadagi tarixiy o‘zgarishlar ham davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi va rahnamoligi ostida amalga oshirilmoqda. Xususan, ushbu sohada tub burilish yasagan, ta’limning ma’no-mazmunini butunlay o‘zgartirib yuborgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Kasb-hunar ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi kabi mustaqil taraqqiyotimizda tom ma’noda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan muhim hujjatlar yurtboshimizning yosh avlod haqidagi g‘amxo‘rlik va e’tiborining amaliy ifodasi sifatida vujudga kelganini barchamiz yaxshi bilamiz. Aynan ana shu qonun hujjatlari asosida diyorimizda ta’limning bugungi o‘quvchilarga to‘liq javob beradigan zamonaviy modeli shakllandi va uning samarali faoliyati nafaqat o‘zimizda, balki dunyo miqyosida ham tan olinmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ta’lim-tarbiya sohasidagi eng ilg‘or milliy va umumbashariy bilim hamda tajribalar, an’ana va qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan ushbu modelda ta’limni ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayoni bilan uzviy bog‘liq holda olib borish masalasiga alohida e’tibor beriladi. Bunday konseptual qarash Prezidentimizning ma’naviyat, ta’lim-tarbiya, yosh avlod kelajagi, bir so‘z bilan aytganda, xalqimiz va Vatanimiz istiqboliga daxldor bo‘lgan barcha chiqishlarida, kitob va risolalarida o‘z aksini topib kelmoqda.
O’lchashbu maxsus texnik vositalar yordamida fizik miqdorning qiymathii tajriba yo’li bilan aniqlashdir. O’lchash – o’lchanayotgan miqdorni (masalan, val o’lchamini) birlik sifatida qabul qilingan miqdor bilan taqqoslashdan iboratdir (uzunliklarni o’lchash uchun bunday birlik sifatida metr qabul qilingan). O’lchov birliklari, vositalarini va o’lchash usullarini o’rganadigan fan metrologiya deb ataladi. Metrologiyaning asosiy vazifalari O’z RST 8.010-93 (GOST 16263-70) da keltirilgan. O’lchov birliklarini umumlashtirish maqsadida ISO ning oliy organi XI Bosh anjumani tavsiyasiga binoan 1960 yilda birliklarning xalqaro tizimi SI (internatsional tizim) kiritildi. Shu asosda GOST 8.417-81 (ST SEV 1052-78) ishlab chiqildi.
Oʻlchash asboblari — oʻlchanadigan kattalikning qiymatini (yoki miqsorini) bevosita aniqlashga imkon beradigan vositalar. Analog , raqamli, koʻrsatuvchi va qayd qiluvchi, integrallovchi, jamlovchi va boshqalar turlarga boʻlinadi. Analog Oʻlchash asboblarida kattaliklarni oʻlchash shkala boʻyicha, raqaml i Oʻlchash asboblarida raqamli hisoblash qurilmasi boʻyicha amalga oshiriladi. Koʻrsatuvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini faqat koʻrib turib aniqlash uchun moʻljallangan. Qayd qiluvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini qogʻozga qayd qilib borish qurilmasi bilan taʼminlanadi. Bunday asboblar yozib boruvchi (qaydlar qogʻozga diagramma tarzida chizib boriladi) va bosuvchi (oʻlchash natijalari qogʻozga raqamlar tarzida bosib boriladi) turlarga boʻlinadi. Integrallovchi Oʻlchash asboblarida oʻlchanadigan kattalik vaqt yoki boshqa mustaqil oʻzgaruvchan miqdor boʻyicha integrallanadi (mas, elektr va gaz hisoblagichlari). Jamlovchi Oʻlchash asboblari turli kanallar boʻyicha keluvchi ikki yoki bir necha kattalik qiymatini jamlab koʻrsatadi (mas, bir necha elektr generatorining quvvatini jamlovchi vattmetr).
Oʻlchash asboblari korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida Oʻlchash asboblari koʻpincha rostlash, hisoblashechish va boshqarish qurilmalari bilan taʼminlanadi. Ular maxsus tuzilgan dasturlar boʻyicha ishlaydi.
Oʻlchash maʼlumotlarini uzatish, oʻzgartirish yoki avtomatik boshqarish tizimlarida foydalanish uchun qulay boʻlgan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun moʻljallangan oʻlchash vositasi oʻlchash qurilmasi deb ataladi. Bu qurilma Oʻlchash asboblarini, oʻlchash oʻzgartirgichlari (oʻlchanadigan kattalikni uzatish uchun qulay signalga oʻzgartiruvchi vosita) ni, kuchaytirgichlar va boshqalar moslamalarni oʻz ichiga oladi.
Chiziqlar va burchaklarni oʻlchash qurollari (chizgʻichlar, transportirlar va boshqalar) oʻlchash vositalari, vazn (ogʻirlik) oʻlchanadigan vositalar (mas, tarozi) oʻlchov vositalari deb ataladi.
Elektr taqsimlash qurilmalarida va yuqori kuchlanishli oʻzgaruvchan tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish, quvvat va energiyani oʻlchash xavfsizligini taʼminlash uchun elektr oʻlchash transformatori qoʻllanadi. Uning birlamchi chulgamiga oʻlchanadigan kattalik (tok, kuchlanish va boshqalar) taʼsir qiladi, ikkinchi (pasaytiruvchi) chulgʻami esa Oʻlchash asboblariga va himoya relesiga ulanadi. Oʻlchash transformatori yordamida elektr Oʻlchash asboblari (voltmetr, ampermetr va vattmetr) bilan elektr kattaliklarning turli qiymatlarini oʻlchash mumkin. Keng maʼnoda — Oʻlchash asboblari turli kattaliklar (fizik, mexanik, elektr va magnit kattaliklar) ni oʻlchash bilan bogʻliq boʻlgan barcha oʻlchash apparatlari, qurilmalari va vositalarini oʻz ichiga oladi. Hozir impulsli va raqamli oʻlchash apparatlari keng qoʻllanilmoqda.



  1. Yüklə 0,86 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə