Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

To‟rtinchi avlod EHMlari
– bu uchinchi avlod mashinasidan tarkibida har 
biri parallel ravishda ishlay oladigan ikki va undan ko‘p protsessorlar borligi bilan farq 
qiladi. Cheget, Elburs-2 kabi EHMlar to‘rtinchi avlodga mansub. O‘z vaqtida Toshkentdagi 
―Algoritm‖ zavodida ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan Elburs-2 EHM tarkibida har biri 
sekundiga 1 mln amaliyotlarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan 10 ta protsessori bor.
 
To`rtinchi avlod
(1970 – 1980- yillar) EHMlarida bir kremniy kristallida o`n minglab 
o`tkazgich elementlar bo`lgan katta integral sxemalar (BIS-Bolshaya integralnaya sxema) 
qo`llaniladi. Bir kremniy kristalida butunlay joylashadigan EHM protsessorining yaratilishi 
XX asrning ajoyib yutug`i bo`ldi. Bunday bir kristalli protsessorlar 
mikroprotsessorlar
degan 
nomni oldi. Natijada bitta platada EHMning hamma qurilmalarning elektron sxemalarini 
joylashtirish mumkin bo`lib, o`ttiz yil ilgari katta zalni egallagan EHMning o`zi esa hajmi
va narxi bo`yicha foydalanuvchining ish joyida yakka tartibda qo`llashga imkon yaratib 
berdi. Natijada shaxsiy EHMlar, cho`ntak va stol mikrokalkulyatori paydo bo`ldi. 
Hozirgi paytda ishlash tezligi, xotira sig`imi va boshqa xususiyatlari bo`yicha eng 
yuqori bo`lgan "Super EHM" mashinalari tayyorlash imkoniyati paydo bo`ldi. Bunday 
EHMlar eng zamonaviy elementlar bazasida tayyorlanib, juda qimmatbaho, lekin bu 
mashinalar fan va texnikaning turli sohalarida tengi yo`qdir.Ularning tezligi sekundiga 100 
mingdan bir necha million arifmetik amalgacha bo`lib, bunday EHMlar jumlasiga hozirgi 
paytda ishlab chiqarishda keng qo`llanilayotgan IBM, DX2-66, Power Macintosh, Pentium 
rusumli SHKlar va Respublikamizda ishlab chiqarilgan Toshkent, ta`lim muassasalarida keng 
foydalanilgan Agat, Praves kabilar ham kiradi.
Beshinchi avlod EHMlari
– bu to‘rtinchi avlod mashinasidan tarkibida intellectual 
interfeys (bilimlar bazasi, masalalarni avtomatik tarzda yechishning dasturiy ta‘minoti va 
muloqot protsessori) borligi bilan farq qiluvchi, universal sun‘iy tafakkur mashinalaridir. 
Kompyuterlar davri 1971 yilda AQShda mikroprotsessorlarni kashf etilganidan
boshlangan desa bo‘ladi. Kompyuterlarni ishlab chiqarish avvaliga asosan APPLE airmasi,
keyinchalik (1984 y) esa, IBM firmasi mahsulotlari hisobiga kengayib bordi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə