Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Videoadapter - 
tasvir 
to`g`risidagi ma`lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monitorda aks ettiruvchi 
signalni, hamda sinxronizasiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun bo`yicha) 
taqsimlab, shakllantiradi.
Eng birinchi SHKlarda monitor vazifasida maishiy televizordan foydalanilgan bo`lsa, 
hozir esa kompyuterni juda quvvatli, kuchli grafik stansiyaga aylantiruvchilarga yetib kelindi. 
Bu vaqt ichida platalar va standartlarni bir necha avlodi almashdi. Avvaliga MDA 
(Monocrome Display Adapter - displeyning monoxrom adapteri) standarti paydo bo`ldi. 
MDA platasi ekranga faqat alfavit-raqamli axborotni chiqarishga qodir - hech qanaqa grafika 
va ranglarni ta`minlay olmasdi.
MDA o`rniga kelgan CGA (Color Graphics Adapter - rangli grafika adapteri) nafaqat 
matnli, balki grafik rejimlarda ham ishlar va mavjud bo`lgan o`n olti rangining to`rttasini 
ko`rsata olardi. 
Keyingi bosqichda EGA (Enhansed Graphics Adapter — yaxshilangan grafika 
adapteri) ekranda ko`rinadigan ranglarning sonini 64 rangli palitradan 16 ranggacha yetkazdi 
va ekranga chiqariladigan grafika sifatini ancha yaxshiladi. EGA standarti paydo bo`lishi 
grafik dasturlar, jumladan Microsoft Windows operatsion sistemasi imkoniyatlarini 
kengaytirishga va mashhur bo`lib ketishiga omil bo`ldi. 
Bugun ham foydalanib kelinayotgan VGA (Video Graphics Array) eng muvaffaqiyatli 
videostandart hisoblanadi, biroq hozirgi kunda u ham takomillashib, SVGA (Super Video 
Graphics Array) standartiga o`tdi. 
Agar CGA ning birinchi variantlarida ranglar palitrasi 262144 dan 256 xil rang 
chiqarishni ta`minlasa, keyingi VGA bilan to`g`ri keladigan platalar paydo bo`ldiki, ularda 
ranglari bo`yicha farq 16.8 mlnni tashkil qiladi.
Monitorlarni o`lchamiga qarab uning bahosi o`sib boradi. Masalan, 17 dyumli 
monitorlar 14 dyumli monitorga nisbatan uch barobar qimmat bo`ladi. Monitorlar sifati 
bo`yicha ekrandagi kadrlar chastotasi - 75 Gni tashkil etishi lozim. Bu holda monitor 
sekundiga 80, yaxshi monitorlar (qimmatroq bo`ladi) 100 kadrni o`tkazishi mumkin. 
Ekrandan zararli nurlanish olmaslik, ular ta`sirini kamaytirish uchun ekranni LR(Low 
Radiation) deb yurituvchi maxsus qoplamalar bilan ta`minlanganiga e`tibor bering. Monitor 
sotib olayotganingizda kompyuter MPR II yoki TSO 95 standartiga mos kelsagina zararli 


17 
nurlanishlar minimumga keltirilgan deb tushunish kerak. Shu bilan birga monitor 
spesifikasiyasida NI(Non Interiaced), ya`ni ekran qatorlarini barobariga ko`rsatish rejimi 
berilgan bo`lsa maqsadga muvofiq bo`ladi. 
7 - rasm. Monitorlar 
Klaviatura - foydalanuvchi tomonidan ma`lumotlarni kompyuterga kiritishga 
mo`ljallangan qurilmadir. Tugmachalar soni va joylashishi turli xil kompyuterlarda har xil 
bo`lishi mumkin, lekin ularning vazifasi o`zgarmaydi. 
IBM PC SHK klaviaturalari 2 xilda ishlab chiqariladi. Kichik - 83 ta va katta -101 ta 
tugmachaga ega bo`lgan klaviaturalar. Katta klaviatura ishlashga juda qulay. Klaviatura 
harflar joylanishi bo`yicha ingliz (QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga bo`linadi. 
Ba`zi hollarda kichik klaviatura - kichik razryadli klaviatura, katta klaviatura esa katta 
razryadli klaviatura deb ham yuritiladi. SHKning imkoniyatiga qarab kichik klaviaturaning 
83, 89 tugmali variantlari respublikamizda keng tarqalgan. Katta klaviaturalarning 101, 104, 
107 tugmali standart variantlari bor. Katta klaviaturalarning multimediali variantlar ham 
bo`lib, ularda 108-124 tagacha tugmachalar bor.
8 - rasm. Multimediali zamonaviy klaviaturalar 
Klaviaturaning asosiy yoki alfavit tugmalari 57 ta tugmadan iborat bo`lib, 37 tasi lotin 
harf va belgilar, 10 tasi raqam va 10 tasi maxsus tugmalar. Ko`p tugmalarda bir nechta 
belgilar yozilgan. Har xil rangda yozilgan harflar, belgilar har xil til standartiga mosligidir. Til 
standartini o`zgartirish klaviaturalarda har xil (o`ng [Alt] + [Shift], ikkita [Shift], o`ng [Ctrl] + 
[Shift] tugmalarni birga bosish orqali) bo`ladi.
Maxsus tugmalar [Shift] - agar siz harflar tugmasini bossangiz u holda kichik harf 
kiritiladi, agar sizga katta harf kerak bo`lsa u holda maxsus [Shift] tugmani bosib
qo`yvormasdan shu harf tugmasini bosishingiz kerak (masalan, [Shift] + [a] bosilsa ekranda 
"A" hosil bo`ladi). Agar bitta rang bilan bir nechta belgilar yozilgan bo`lsa, u holda ulardan 
pastkidagi asosiy, yuqoridagi passiv deb nomlanadi. Tugmani bosilganda asosiy belgi 
kiritiladi. Agar sizga passiv belgi kerak bo`lsa, u holda siz maxsus tugmani bosib, 
qo`yvormasdan belgi tugmasini bosishingiz kerak (masalan, [Shift] + [1] bosilsa ekranda "!" 
hosil bo`ladi). [Ctrl] va [Alt] - shu tugmalarni bosib turib boshqa tugmani bosganimizda har 
xil amallar bajariladi. [Caps Lock] - bu tugma yordamida [Shift] bosilib turgan holatini 
(faqat harflar uchun) yoqamiz yoki o`chiramiz. [Tab] - keyingi bo`limga yoki qismga o`tish. 
[Backspace] - oldin (chapda) joylashgan bitta belgini o`chirish uchun foydalaniladi. [Enter] - 
yangi satrga o`tish yoki ma`lumotlarni kiritish (ba`zi bir klaviaturalarda (Return) yoki (SR)). 
[Esc] - oxirgi harakatdan voz kechish.
Funksional tugmalar. Maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari [F1] - [F12]. 
Har xil dasturlar bu tugmalarga har xil amallarni o`rnatadi. 
Yo`nalish tugmalari. Kursor joylanishini o`zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga, 
yuqoriga, o`ngga va pastga siljitish imkoniyati.
Yordamchi tugmalar. [Home] - satr boshiga o`tish. [End] - satr oxiriga o`tish. 


18 
[PageUp] - bir sahifa yuqoriga o`tish. [PageDown] - bir sahifa pastga o`tish. [Insert] - 
belgilarni o`chirib, ustiga yozish yoki ularni siljitib o`rtasiga yozish holatini o`rnatish. 
[Delete] - keyin (o`ngda) joylashgan bitta belgini o`chirish.
Raqam tugmalari. Raqamlarni kiritish uchun klaviatura. [0], ...,[9] gacha raqamlar va 
[/],[*],[-],[+] belgilari mavjud. 
Tugmachalarning maxsus majmualari.
- [Ctrl] + [Break] - ishlayotgan dastur yoki buyruqni tugatilishini ta`minlaydi. 
- [Ctrl] + [Alt] + [Del] - masalalar dispecherini chaqiradi yoki operatsion tizimni xotiraga 
qayta yuklaydi. 
- [Shift] + [RrintScreen] - ekrandagi axborot nusxasini printerga chiqarish rejimini ulash va 
o`chirishni ta`minlaydi. 
- [Ctrl] + [Numlock] - dastur ishini to`xtatib turadi va davom ettiradi.
Sichqoncha - ma`lumot kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator. SHKning asosiy 
qurilmalaridan biri bu sichqonchadir. Uning 3 xil turi bo`ladi: standart, trekbol va sensor 
paneli. Standart sichqonchalar stol ustida ishlatish zarur bo`lgan, sensor paneli bilan trekbollar 
esa notebooklar uchun yaratilgan va ular pastki paneli ichiga o`rnatilgan bo`ladi.
Sichqoncha ichida rezina ichiga joylashgan sharik bor, u stol bo`yicha harakat qilganda 
maxsus roliklar va indikatorlar orqali ushbu harakat kompyuterga jo`natiladi va ekrandagi 
sichqoncha ko`rsatkichi (strelkasi) biz belgilagan yo`nalishda harakatlanadi.
Uning nomi tashqi ko`rinishidan kelib chiqqan. ―Sichqoncha‖ qo`lga bemalol 
joylashuvchi bir necha tugmachali bo`ladi. Sichqoncha stol yoki maxsus yuzada (gilamchalar) 
harakati natijasida ekrandagi kursorni mos ravishda harakatlantiradi. Menyuning birortasini 
bajarish uchun sichqoncha mos tugmachasi bosiladi. Ba`zi amaliy dasturlar faqatgina 
sichqoncha bilan ishlashga moslashgan.
Axborot texnologiyalarning rivojlanishi sichqonchalarning bir necha xil ko`rinishlarini 
yaratishga sabab bo`ldi.
- sharikli, ikki tugmali; 
- sharikli, uch tugmali; 
- nurli, uch tugmali; 
- nurli, multimediali
- masofali, nurli, uch tugmali;
- masofali, multimediali; 
9 - rasm. SHKning sichqonchalari 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə