26
boshqarish, ularga axborotni uzatish yoki ulardan qabul qilish jarayonlarini boshqarishni
amalga oshirib, foydalanuvchiga qulayliklar yaratadi.
Operatsion tizim insonga kompyuterda o‘z ishini samarali tashkil etish imkonini
beradi. Bugungi kunda dasturiy ta‘minotning quyidagi guruhlari shakllanib,
rivojlanmoqda:
•
operatsion tizimlar va kobiklar;
•
dasturlash tizimlari (translyatorlar, qism dasturlar kutubxonasi, sozlovchilar va shu
kabilar);
•
uskunaviv tizimlar;
•
integrallashgan (iamlangan) dasturlar paketi;
•
dinamik elektron iadvallar;
•
mashinaviv grafika tizimlari;
•
ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
•
amaliy dasturiy ta‘minot.
Dasturiy ta‘minot strukturasi rasmda keltirilgan.
Tizimli dasturlar sirasiga shuningdek turli xizmatchi dasturlar - utilitalar (lotincha
utilitas
— foyda) kiradilar. Ular operatsion tizim imkoniyatlarini kengaytiradilar yoki
to‘ldiradilar yoki ayrim muhim vazifalami mustaqil bajaradilar. Bunday xizmatchi
dasturlarga:
•
Kompyuter qurilmalari ishini nazorat, testlash, diagnostika qilish dasturlari;
•
Drayver-dasturlar;
•
Arxivator dasturlari;
•
Antivirus dasturlari;
•
Disk sohasini optimal boshqarish dasturlari;
•
Tashqi xotirada saqlanayotgan ma‘lumotlarni tiklash, himoyalash va disklarni formatlash
dasturlari;
•
Kompyuterlar o‘rtasida axborotlarni ayirboshlash imkonini beruvchi kommunikatsiya
dasturlari;
•
Operativ xotiradan samarali foydalanish imkonini beruvchi xotirani boshqarish dasturlari;
•
CD-ROM, CD-R va boshqa shu kabi tashki xotira vositalariga axborotni yozish dasturlari
va boshqa shu kabi dasturlar kiradilar.
Utilitalarning bir qismi operatsion tizim tarkibiga kiritilgan, boshqalari esa mustaqil
ravishda foydalanuvchi tomonidan yuklanib, bajariladilar.
Dostları ilə paylaş: