Zamonaviy kompyuterlarning element bazasi. Reja: Zamonaviy kompyuterlarning element bazasi



Yüklə 59,11 Kb.
tarix05.02.2023
ölçüsü59,11 Kb.
#100224
13 ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING ELEMENT BAZASI


Zamonaviy kompyuterlarning element bazasi.
Reja:

  1. Zamonaviy kompyuterlarning element bazasi.

Kompyuter – turli hajmdagi, har xil koʻrinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal qurilma. Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlar alohida foydalanishga mo’ljallangan boʻlib, shaxsiy kompyuter deb yuritiladi. Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 yilda Nruohg Trogh Ti tomonidan yaratilgan. Bu kompyuter 1977-yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi “Apple Computer” firmasi tomonidan takomillashtirilib, ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlagan. Bugungi kundagi kompyuterlar turli-tuman boʻlgani bilan, ular asosan bir-biriga oʻxshash qurilmalardan tashkil topgan. Har qanday kompyuter apparatli ta’minoti, asosiy va qoʻshimcha qurilmalardan tashkil topgan.
Quyidagi diagrammada kompyuterning tuzilish tarkibi keltitiligan:

Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta’minlasa, qoʻshimcha qurilmalar kompyuter bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi. Endi qurilmalarning tuzilishi va vazifasi bilan tanishib chiqaylik.


Sistema blokini tuzilishi quyidagi sxema orqali berilgan:

TXQ da kompyuterga kiritilgan va uning ish jarayoni davomida hosil boʻluvchi barcha axborotlar va ma’lumotlarni ishlash uchun zarur boʻladigan dasturlar vaqtincha saqlanadi. Bu xotirada saqlanib turgan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda oʻchib ketadi. Bu qurilma registrlardan tashkil topgan. Har bir registr esa triggerlardan tashkil topgan. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanligini bildiradi. Registrlar uychalar(yacheykalar) ham deb yuritiladi. Uychalarning har bir razryadida 1bit axborot joylashadi, ya’ni 0 yoki 1.8bit axborot joylashganda 1 bayt miqdorda axborot hosil qilinadi. Har bir bayt oʻz tartib raqamiga, ya’ni adresiga ega boʻladi. Uychaning sigʻimi mashina soʻzi uzunligini belgilab beradi. Mashina uzunligi 2,4,8 baytga teng boʻlishi mumkin.TXQ boshqacha –RAM (Random Access Memory –tanlov boʻyicha istagan qismiga oʻtish mumkin boʻlgan xotira) nomi bilan ham yuritiladi. Tezkor xotirasi qurilmasining bir qismida kompyuter ekranidagi joriy tasvirga mos keluvchi ma’lumotlar saqlanadi, uni shartli ravishda video xotira deb yuritiladi.


DXQ da kompyuter ishlagan paytda yozilgan axborotlar oʻzgarmasdan saqlanadi. Kompyuterni har yoqilishida uning barcha qurilmalarini sozligini tekshiruvchi dasturlar, qurilmalarni boshqaruvchi dasturlar, operatsion sistema diskning qaysi joyida joylashganligi haqida axborotlar joylashgan boʻladi.
Elektron hisoblash mashinalarning rivojlanish tarixiga nazar soladigan boʻlsak biz bilamizki EHMlarni yaratilishi va elementli asoslariga koʻra kuydagi avlodlarga boʻlinadi:
1-avlod, 1950-yil: elektron vakuum lampalarda ishlovchi EHM;
2-avlod, 1960-yil: yarim oʻtkazgachli asboblarda(tranzistorlarda) ishlovchi EHM;
3-avlod, 1970-yil: kichik va oʻta yuqori darajali integratsiyasi boʻlgan yarim oʻtkazgichli integral sxemalarda ishlovchi EHM;
4-avlod,1980-yil: katta va oʻta katta integral sxemalarda ishlovchi EHM;
5-avlod, 1990-yil: bilimlarni qayta ishlaning samarali tizimlarini kurishga imkon beruvchi, bir qancha oʻnlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlari boʻlgan EHM; bir paytda oʻnlab izchil buyruqlarni bajaruvchi, paralel-vektorli tuzilmasi boʻlgan oʻta murakkab mikroprotsessorlarda ishlovchi EHM; va undan keyingi avlodlar: ommaviy parallelizm va neytron tuzilmali- neytron biologik tizmlar tuzilishini modellashtiruvchi, uncha murakkab boʻlmagan mikroprotsessorlar koʻp sonli taqsimlash tarmogʻi boʻlgan optoelektronli EHMlardir.
EHMlarning xar bir avlodi oldingisiga qaraganda juda ko‘p muhim xususyatlarga ega jumladan, EHMning ish samaradoligi va barcha yodda tutivchi moslamalr sig‘imi odatda ortiq bo’ladi.
Vazifasiga koʻra EHMlar uch guruhga boʻlinadi: universal, muammoli-yoʻnaltirilgan va ixtisoslashgan EHM.
Universal EHMlar turli muxandislik-texnik vazifalar: iqtisodiy, matematik, axborot va boshqa, algoritmlar murakkabligi xamda ma’lumotlarni qayta ishlash xajimlarining kattaligi bilan ajralib turuvchi vazifalarni xal etish muljallangan. Ular ommaviy foydalaniladigan hisoblash markazlari va boshqa qudratli hisoblash komplekslarida foydalaniladi.
Muammoli-yoʻnaltirilgan EHM odatda texnologik ob’ektlarni boshqarish; nisbatan uncha katta boʻlmagan ma’lumotlar xajimlarini roʻyxatdan oʻtkazish, toʻplash qayta ishlash nisbatan uncha katta boʻlmagan algoritmlar hisob-kitobini bajarish bilan bogʻlik ancha tor doiradagi vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi; ular universal EHMga nisbatan cheklangan apparat va dasturiy resurslarga ega boʻladi. Muammoli-yoʻnaltirilgan EHMlar turli-tuman boshqaruv hisoblash komplekslarini misol qilib keltirish mumkin.
Ixtisoslashgan EHM tor doiradagi vazifalarni xal etish yoki qatt’iy belgilangan guruhdagi vazifalarni amalga oshirishda foydalaniladi. EHMning bunday tor doirada yoʻnaltirilishi ular tuzilmasini aniq ixtisoslashtirish, ish faoliyatining yuqori samadorligi va ishonchliligini saqlagan holda ularning murakkabligi va tan narxini ancha kamaytirishga imkon beradi. Ixtisoslashgan EHMlarga, masalan, maxsus vazifali mikroprotsessorlar; ayrim nomurakkab texnik qurilmalr, agregatlar va jarayonlarni boshqarish sohasida mantiqiy vazifalarni bajaruvchi adapter va kontrollerlarni misol qilib keltirish mumkin.
EHMlarni hajmi va funktsional imkonyatlariga koʻra o‘ta katta (superEHM), katta, kichik, oʻta kichik (mikro)- EHMlarga boʻlinadi. Dastlab katta EHM paydo boʻldi, uning elementli bazasi elektron lampalardan to oʻta yuksak integratsiya darajasidagi integral sxemalargacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtadi.
Katta EHMlar xorijda koʻpincha meynfermlar (mainframe) deb atashadi quydagi xususyatga ega bo’lishi lozim:
 ishlab chiqarish samaradorligi 10 MIPS (sekundiga million operatsiya) dan katta bo’lmagan;
asosiy xotira sigimi 64 dan 10000 Mbaytgacha boʻlgan;
tashqi xotira hajmi 50 Gbaytdan kam boʻlmagan;
koʻp(kishi) foydalanadigan ish rejimi (bir paytning uzida 16 dan 1000 tagacha foydalanuvchigv xizmat qiladi).
1970-yillarda kichik EHMlarning paydo bo’lishiga bir tomondan, elektron element bazasi sohasidagi tarakkiyot, boshka tamondan katta EHM reurslarining takchilligi tufayli shart-sharoit yaratildi. 1969 yilda kfshf etilgan mikroprotsessor (MP) 70-yillarda EHMning yana bir sinfi mikroEHM paydo boʻlishiga olib keldi. Hozirda mikroprotsessorlardan EHM barcha sinflarida foydalanilmokda.
Yüklə 59,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə