Zamonaviy pedagogning kasbiy kompitentligini rivojlantirishning metodlari



Yüklə 61,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü61,77 Kb.
#133308
1   2   3   4   5   6
69 Amanlikova Nafisa Raxmatullayevna 508-513

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(1/2), Jan., 2023 
510 
qilishdagi shaxsiy bilish qobiliyatidir. Shuningdek, kompitensiya deganda ma’lum bir 
tashkilot, kompaniya xodimlarining (yoki ayrim xodimlar guruhining) shaxsiy, 
kasbiy va hokazo fazilatlariga rasmiy ravishda tavsiflangan talablar tushuniladi. 
Kasbiy kompitentlik – mutaxasis tomonidan kasbiy faoliyatni oshirish uchun 
kerak bо‘lgan bilimlarning, kо‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni о‘z 
faoliyati davomida munosib qо‘llay olishidir. О‘qituvchi albatta, alohida bilim 
kо‘nikmalarni egallashi bilan birga, ma’lum bir mustaqil yo’nalish boyicha bilimlar 
va harakatlarni о‘zlashtirilishini nazarda tutadi.Demak, kasbiy kompitentlik 
pedagogdan mutaxasislik bilimlarini boyitib borish, yangi axborotlarni kuzatib ularni 
qо‘llay bilish,izlanuvchanlik va yangi bilimlarni qayta ishlab о‘z faoliyatiga qо‘llay 
olish mahoratini ham talab etadi. 
K. Angelovski о‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi tuzilishini pedagogik 
mahorat orqali aniqlaydi. 
Pedagogik mahorat bu yerda tо‘rt guruhga ajratiladi: 
1. 
Ta’limning obyektiv jarayoni mazmunini aniq pedagogik vazifalarga 
"tarjima qilish" qobiliyati: shaxs va jamoani о‘rganish, shu asosda yangi bilim va 
dizaynni faol о‘zlashtirishga tayyorligini aniqlash, jamoani rivojlantirish va alohida 
talabalar; ta’lim, tarbiya va rivojlantirish vazifalari kompleksini aniqlash, ularni 
konkretlashtirish va ustun vazifani belgilash. 
2. 
Mantiqan tugallangan pedagogik tizimni qurish va yo’lga qо‘yish 
qobiliyati: о‘quv vazifalarini kompleks rejalashtirish; uni tashkil etish shakllari, 
usullari va vositalarini asosli tanlash. 
3. 
Ta’limning tarkibiy qismlari va omillari о‘rtasidagi munosabatlarni 
aniqlash va о‘rnatish, ularni amalda qо‘llash qobiliyati: zarur sharoitlarni yaratish 
(moddiy, axloqiy, psixologik, tashkiliy va boshqalar); talaba shaxsini faollashtirish, 
uning faoliyatini rivojlantirish; 
4. 
Pedagogik faoliyat natijalarini qayd etish va baholash qobiliyati: о‘quv 
jarayoni va о‘qituvchi faoliyati natijalarini introspeksiya qilish va tahlil qilish
dominant va bо‘ysunuvchi vazifalarning yangi tо‘plamini belgilash. О‘zbekistonda 
о‘qitvchining kasbiy kompitentligi va uningо‘ziga xos jihatlari tog‘risida bir qator 
tadqiqot ishlari olib borilgan. B.Nazarova olib brogan tadqiqotlarga kо‘ra kasbiy
kompitentlik 
quyidagi 
tarkibiy 
asoslardan tashkil topadi: 
• Maxsus yoki kasbiy kompitentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil 
etish). 
• Ijtimoiy kompitentlik ( kasbiy faoliyatni hamkorlikda tashkil etish, ijtimoiy 
mas’ullik). 
• Autokompitentlik (о‘zini ijtimoiy-kasbiy rivojlantira olish). 



Yüklə 61,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə