Zamonaviy tarbiyachi imidji. Pedagogik odob va pedagogik nazaokat Pedagogik qobiliyat va uning asosiy turlari



Yüklə 68 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü68 Kb.
#134449
  1   2   3
2 Maruza


2-MAVZU: ZAMONAVIY TARBIYACHI IMIDJI.
Reja:

  1. Zamonaviy tarbiyachi imidji.

  2. Pedagogik odob va pedagogik nazaokat

  3. Pedagogik qobiliyat va uning asosiy turlari.



1.Zamonaviy tarbiyachi imidji.
Zamonaviy pedagog qiyofasi deganda uning tashqi va ichki ko‘rinishi nazarda tutiladi. O‘qituvchining tashqi ko‘rinishi “pedagogning imiji”ga albatta mos bo‘lishi lozim. Shuningdek, o‘qituvchining qiyofasi uning chehrasida va kiyinishida namoyon boladi.
O‘qituvchi har qanday kiyimda yurishi mumkin emas. U toza va ozoda, bejirim va latofatli kiyinishi kerak.
Bolalar o‘qituvchisini, birinchi navbatda, chiroyli kiyingani, nafis pardoziga qarab ham yaxshi ko‘radi. Undan keyin, uning chehrasiga, ko‘zlaridagi mehrga qaraydilar. Agar o‘qituvchining ko‘zlarida bolalarga nisbatan mehr bo‘lmasa, u qanchalik chiroyli va qimmatbaho kiyingan bo‘lmasin, bolalar uni yaxshi ko‘rmaydi. Shu sababli o‘qituvchi­ning istarasi issiq bo‘lishi ham zarur.
O‘qituvchi hamisha darsga ochiq chehra bilan kirishi kerak.
Nutq madaniyatiga rioya qilishi, shevadan qochib, adabiy tilda, chiroyli muo­malada so‘zlashi lozim. O‘qituvchi chiroyli gapira olishi, ya’ni notiqlik san’atini ham egallagan bo‘lishi lozim. Aslida, har qanday insonga ham kiyinishiga, ko‘rinishiga va gapirishiga qarab baho beramiz. Shuning uchun shu uchta belgi insonlar to‘g‘risida xulosa chiqarishning birlamchi belgilari hisoblanadi.
To‘rtinchidan, o‘qituvchi o‘z kasbini sevishi, mutaxassisligi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishi kerak.
Beshinchidan, darsni o‘quvchilarga oson, qulay va qiziqarli qilib tu­shuntira olishi kerak.
Oltinchidan, dars o‘tishning innovatsion metodlari va metodikalarini yaxshi bilishi hamda ularni darsda mohirlik bilan qo‘llay olishi lozim.
Yettinchidan, o‘qituvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bili­shi va darsda ulardan samarali foydalana olishi zarur.
Sakkizinchidan, o‘qituvchi chet tilla­ridan bir nechtasini (rus, ingliz…) bilishi va shu tillarda erkin muloqot qila olishi kerak.
To‘qqizinchidan, o‘qituvchi­ning oilasi na’munali oila ham bo‘lishi zarur. O‘ninchidan, o‘qituvchi mahallasi va jamoasida yetarlicha hurmat-izzatga sazovor bo‘lishi ham kerak.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, pedagogdan juda ko‘p kasbiy va insoniylik xislatlari talab etiladi. Shu sababli o‘qituvchi o‘z ustida tinimsiz va muttasil ishlashi, o‘zini isloh etib borishi, bilimi va xulqini doimiy takomillashtirib borishi zarur. Buning uchun esa mamlakatimizda o‘qituvchilarga yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Zero, Prezidentimizning “O‘zbekistonda bugundan boshlab, eng hurmatli, eng e’zozli inson — bu muallim!” yoki “O‘qituv­chini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman!”, deb ta’kidlab turganligining o‘zi biz pedagoglarga katta kuch-quvvat bag‘ishlashi kerak.
Pedagogning imidji uning sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli yaltiroq bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq kiyinishida aks etadi. Soch turmagi uning erkin ishlashiga halaqit qilmasligi kerak.
Pedagogning kasbiy faoliyatiga mos ish kiyimiga ega bo‘lishi talabalarga u tomonidan ko‘rsatilaigan tarbiyaviy ta’sir samaraorligini oshiradi. Zero, ish kiyimi, eng avvalo, pedagogni tartibga o‘rgatadi, qolaversa, uning tartibliligi talabalar ham namuna bo‘la oladi.
Kasbiy faoliyat pedagogning pardoz maqsadlarida turli yorqin ranglar (qizil, qora, ko‘k, yashil, zarg‘aldoq va b. rangli tirnoq va soch bo‘yoqlaridan) foydalanmasligini taqozo etadi. SHuningdek, pedagog ta’lim muassasasiga o‘ta hashamdor, ochiq, yaltiroq liboslarda kelmasligi zarur. CHunki yorqin ranglar, hashamdor, ochiq, yaltiroq liboslar talabalarning e’tiborini ta’lim olishdan chetga tortadi. Bu esa o‘z-o‘zidan ta’lim sifati va samaradorligiga ziyon etkazadi. Demak, “pedagogik mahorat” tushunchasi o‘tgan asrning 80-90- yillarida ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan.

Yüklə 68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə