Zardo'zlik naqshlari va ularning tuzilishlari



Yüklə 9,03 Mb.
səhifə1/2
tarix19.05.2023
ölçüsü9,03 Mb.
#111268
  1   2
Zardo\'zlik naqshlari va ularning tuzilishlari

Zardo'zlik naqshlari va ularning tuzilishlari

Zardo'zlik san'atida o'simliksimon, geometrik naqshlar, gulli giruh, ramziy va boshqa turlardagi naqshlar qo'llanilladi. Naqshlar buyumga qanday joyning bezatilishiga qarab o'ziga xos turli-tuman uslubda bajarilish texnologiyasiga va mazmuniga ega bo'ladi.


N aqsh -arabcha tasvir, gul degan ma'noni bildiradi. U elementlari ma'lum tartibda takrorlanadigan qush, hayvon, o'simliklar, geometrik shakllar va boshqalarning ma'lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezak. Zardo'zlikda chok yordamida turli ko'rinishdagi barg, band, daraxt, buta, g'uncha va boshqa narsalarni naqqosh tomonidan stillashtirib olingan shaklini ma'lum qonuniyatlar asosida takrorlanishidari hosil qilingan. Meva shakllaridan tuzilgan naqshlarda marvarid, turunj, anor, olcha, uzum (I-III va V-7)larni ko'ramiz. Zardo'zlikda gullar turidagi naqshlar uchun barg atamasi nomi bo'lib qolgan. Masalan: To'rt yaproqli gul, olti yaproqli gul, sakkiz yaproqli gul, lola gul va hokazolar. Yaprog'i sakkiztadan ortiq bo'lgan gullarni guli sabdarg-yuz yaproqli gul (V-2).
Keng hajmdagi gullar guli kosagul (V-4) degan nomlar bilan yuritiladi.
Barg turidagi naqshlar quyidagilarga bo'lingan: dona-dona yaproqlar-yakka barg, sebarg, majnuntol yaprog'i bargi majnuntol (VII-l,6,9) va hokazolar. Gul turlari uzoq davomli rivojlanishlarida shu qadar ko'p uslublarga va geometrik ko'rinishlarga ega bo'lgan. Masalan, to'rt yaproqli gul naqshi ana shunday o'zgarishi sababli, endilikda u kungitador peshtoqni eslatuvchi chor madohil (to'rt darvoza) deb atala boshlandi. Agar bitta yaproqli gul naqshini ikkinchisiga ustma-ust qo'ndirilgan bo'lsa, uni chor mado xili durun-badurun deyilgan. (VIII-4,8,l2.) (madoxil arabcha-kirish degani). B unday gullar mayda islimiy naqshlar bilan tikilib, eng uchida har ikki tomonga qarab turgan ikki dona yaproq tasviri bo'lgan. (VIII-5, l3 va 4, 8, l2.)
Chinnigul (xrizantema) va qashqargul singari kashtalar nomi kelib chiqishga Xitoy chinnisidagi rasmlar asos bo'lgan (V-l,3,5,6.)
Rang-barang naqshli sirkor me'moriy yodgorliklar ulardagi turli-tuman geometrik naqshlar zardo'zlik gullari va kashtalarini ijodiy jihatdan boyitishdagi boy materiallar bo'lib xizmat qiladi.


l8-rasm Zardo 'ziy chok turlari

Shu siraga kiruvchi mehrob naqshi odatda uchli ark ko'rinishiga ega bo'ladi. Kashta naqshlarining tuzilishiga qarab, zardo'z ustalar buyumlarni ayrim-ayrim guruhlarga bo'ladilar. Bezak gullarining joylanish tartibiga ko'ra cho'ponlar bir necha turlarga bo'linadi.
Darham turidagi choponlar butun yuzaning bir sidra gul naqshlari bilan to'ldirlganligi orqali ajralib turadi. Bunda turli katta-kichiklardagi romblar, kvadratlar, to'g'ri burchaklar va hokazolar yo'l-yo'l shaklda qator tuzilib, zich islimiy naqshlar bilan to'ldirib chiqiladi. To'rt yaproqli qubba-madoxil, uch yaproqli qubba, uch-to'rt yaproqchali buta va butachalari, majnuntol, ayrim-ayrim joylashgan olti va sakkiz yaproqli gullar, lola shu naqshlarga kiradi.
Ko'pincha gul va yaproq naqshlari doira markazidagi gul va markaz atrofida aylana shaklida joylashib, geometrik shakllar tagzamini to'ldirib turadi. Butador uslubidagi zardo'ziy-guldo'ziy erkakcha cho'pon (20-rasm). Markaziy qismi va hoshiyasida "bodom" kashtasi tikilgan.
Bu tur naqshlardan yana biri darhali daraxt kompozisiyasi bo'lib, unda ham kashtalar bir tekis tushadi. Daraxt islimiy guli uzun tanadan iborat bo'lib, unga gul va barglar chatilgan, goho bo'lak-bo'lak shakllardan tana hosil etilgan, goho esa har tomonga osilib turgan katta-katta sallagul (piongul)lardan tuzilgan chetlari qirqma keng yaproqlar juda ham o'ziga o'xshatib ishlangan. Yuza bo'ylab bir tekisda har tomonga yoyilib turgan bir dasta gul aks ettirilgan choponlarni butador deyilgan. Gulning o'zini esa buta deyilib, unda gulning poyasi va barglari, majnuntol novdalari, xurmo shoxlari, turli katta-kichiklardagi guruhlar, qo'sh bodom va hokazolar ifodalangan bo'ladi.
Bu tur kompozisiyasiga butador deb atalgan to'nlar kiradi. Bunday to'nlarning butun yuzasi buta naqshi bilan to'ldirilib, faqat yelkasida tavq (arabcha xalqa) deb atalgan chiroyli gardishli turunji bo'lgan. Butador kompozisiyasi katta yoshdagi erkaklar va bolalar buyumlarida qo'llanilgan.
Tavq turunji naqshlarining turli-tumanligi va talqini bilan ajralib turadi.

l9-rasm. Zardo’z chopon turlari.


20-rasm. Duxoba. Zardo'ziy-guldo'ziy erkaklar choponi.

Ularning ko'rinishlari bilan bir-biridan farq qiladi. O'lchamlari diametrda 36X45dan 48X56 santimetr orasida hisob qilinadi. Turunj-arabcha "limon" degan ma'noni bildiradi. Ruscha medalon. Naqshlarda kompozitsiyaning markaziga chiziladigan naqsh turi. O'rta Osiyoda o'ziga xos ko'rinishiga va mazmunga ega bo'lib, qadimdan ishlatilib kelinadi. Turunj hech qanday naqshga ulanmay muallaq turadigan kompozitsiya bo'lib, uning shakli asrlar davomida rivojlanib boyigan. Hozir uning doira, 5-l0 raxli yulduz, oval, romb va elips shakllari bor (l7, 20,2l,22 rasmlar).
Tavq turunjlarining tuzilishi sistemasi bo'yica ularni ikki turga bo'lish mumkin. Birinchi tur turunjlariga yopiq xalqa ichida tuzilgan kompozitsiyalar kiradi. Eng keng qo'llaniladigan bu kompozitsiya umumiy markazga ega xalqanamo kashta gullar bilan yoki oralari islimiy naqshlarga to'la olti burchak qatlamalari bilan to'ldirib chiqiladi: Ba'zan bu oraliqlar trapesiyanamo qator yo'llarga ajratilib, bu butalar naqshi bilan bezab chiqiladi.
Doira ichiga ko'pincha olti yoki sakkiz qirrali yulduz shakli tushirilgan bo'lib, markaziy qismda bo'rtma girihli xalqa aks ettiriladi.

2 1-22 rasm. Turnnj.


Naqshlarning har bir qismi mayda gul, barg, butoq va xurmo barglari shaklida tikiladi.
Ikkinchi tur turunjlarning kashta gullari sernaqsh yo'llardan to'qima usulida yasalgan sakkiz qirrali yulduzlar, galma-galdan almashinib keluvchi gulli guruh va butoqchalar kompozitsiyasi, guldon shakli ichiga joylashtirilgan, yerga qaragan yarimoy xalqasiga kiydirilgan murakkab islimiy kompozitsiyalardan iborat.
K ompozitsiya (mujassamot) -lotincha "kompositio" so'zidan olingan bo'lib, to'qish, tuzish, bir-biriga solishtirish, naqshni g'oyasi, xarakteri va vazifasiga muvofiq uyg'un hamda mutanosib joylashtirish degan ma’noni anglatadi. Zardo'zlikda kompozitsiya tuzishda simmetriyani, markaz topishni, bezaklarning davriy takrorlanishi, bezakning dinamikligini, chiroyliligini, tabiiyligi, g'oyaviyligini, ranglarning yorqinligi va uyg'unligi kabi komponentlarni hisobga olish kerak. Bulardan har birining ham o'ziga xos qonuniyatlari bor. Ustalar chizadigan nushalar o'z xususiyatiga ko'ra namoyon, kitoba, ruta, turunj va hokazo maxsus kompozitsiyalarga bo'linadi. Komponovka ya'ni joylashtirish -chizish kerak bo'lgan naqsh kompozitsiyasini karton, tikiladigan buyum yuzasiga to'g'ri joylashtirish.
Simmetriya -grekcha so'zdan olingan bo'lib, o'lchovlarning bir-biriga munosibligi tushuniladi.
Assimmetriya–kompozitsiyada simmetrik qonun - qoidalari muvozanatining buzilishidir .
Ritm -naqsh kompozitrsiyasining ma’lum bir qismi ma'lum bir masofada doimiy ravishda bir tekisda takrorlanib kelishi bo'lib, naqshdagi harakatning uzluksiz va go'zal ko'rinishini ta'minlaydi.
Stilizatsiya -tabiatdagi o'simlik va boshqalarning tasviri, rangi, shakli va tuzilishini badiiy usulda umumlashtirishdir.
Turunj kompozitsiyasi amalda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
Tlifunj naqsh kompozitsiyasining tikiladigan buyum yuzasiga, mo'ljallab uning hajmi aniqlab olinadi. Shu o'lcham bo'yicha bir necha xomaki rasmlar (ya'ni, eskizlar) tayyorlanadi. Xaqiqiy kattalikdagi o'lcham bo'yicha to'rt, sakkiz, o'n, o'n oltidan bir qismga, ya 'ni naqshning taqsimiga turunj kompozitsiyasi bajariladi. (22-rasm)
Shu naqsh shaffof qog'ozga ko'chirilib, uning axtasi tayyorlanadi.
Naqsh kompozitsiya o'lchamiga moslab karton qo'yiladi, unga naqsh nusxasi tushuriladi va tuya bo'yin qaychi bilan qirqiladi.
Ayollar va bolalar poyafzali ancha oddiy guruh va xalqalar bilan bezatilib, ularning oralari yaproq nushalar yoki tagalak gajaklari bilan to'ldiriladi. Bodom kashtasi kompozitsiyasi juda ko'p uchraydi va guldo'ziy, hamda zamindo'ziy usulida tikiladi.
Do'ppi O'zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Ayollar do'ppisi ham, erkaklar do'ppisi ham sidirg'a rang barxtga, baxmalga, satinga, sidirg'a shoyiga ip, ipak va zar ip bilan gullari tikiladi. Do'ppilarga islimiy kashtalar, turli ko'rinishdagi geometrik shakllar bilan ham oro berib chiqilgan.
Geometrik shakllar olti va sakkiz qirrali shakllar bo'lib, ko'pincha ular bir-biriga qalashtirib tikiladi va oralari gul, yaproq nusha naqshlar bilan to'ldiriladi. Do'ppilar zardo'ziy, guldo'ziy va zamindo'ziy usulida tikiladi. Chorgul naqshi erkaklar hamda ayollar do'ppisida barobar ishlatiladi. Chorgul kompozitsiyasida zargarlikka yoki zardo'zlikka oid qubba-bo'rtma taqinchog'i qo'llanilib, har bir butoq yoki gulga uch donadan qo'yib tikilgan. Bunday do'ppilar o'n ikki qubbati to'rtgul deb atalgan (25-rasm). Turli xildagi to'rt qirrali yulduzchalar erkaklar do'ppisi uchun xos kashtalardan hisoblanadi. Erkak va ayollar do'ppilarining gardishi zar ipda tikilgan yoki rangli joyi jiyak bilan aylantirib chiqiladi.
Ko'zoynak, yelpig'ich, taroq, pul va cho'ntak soatlar singari buyumlarni solib yuradigan turli g'iloflar bir xil rangdagi silliq barxtdan tikiladi. Bunday g'iloflarga islimiy ko'rinishdagi butoqcha, bodomcha nusha kashtalar bilan bezak beriladi. Hamyonlar har ikki tomonidan, qolgan barcha buyumlarni faqat bir tomonidan kashtalar tikiladi. Uy ro'zg'or buyumlaridan so'zana, yostiq jildi, lo'la-bolish g'ilofi, beshik yopg'ich, igna qadagich, qiyiqcha, choynak yopqich, joynamoz, ko'zoynak g'ilofi, tumorlar guldo'ziy va guldo'ziy-zamindo'ziy usulida zar ipda tikiladi. So'zana-forscha so'zani deb yuritiladi, igna bilan tikilgan ma'noni beradi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa matolarga zar ipda tikib tayyorlanadi.
So'zana va yostiq jildi uchun kompozitsion joylashgan o'simliksimon naqshlardan, turunj yoki burchak-burchagida islimiy naqshlar bilan bezatilib tikiladi. (29-rasm.)So'zanadagi butalar orasi ochiq qolgan qismlar ancha mayda butachalar bilan to'ldirib tikiladi. Peshonaband barxtga, shoyiga zamindo'ziy va guldo'ziy usulida kashta tikiladi. Peshonaband aslida zardo'ziy do'ppi ustidan o'ralgan. Majnuntol kashtasi peshonaband uchun eng sevimli mavzu hisoblanib, moh yarimoy kompozitsiyasi ham tez-tez uchrab turadi. Moh peshonabandi zargarlik to'g'nog'ichlari bilan bezaladi (24-rasm). Ayollar nimchasi, xalati, ko'ylak oldi naqshlari rang-b arangli va serbezakli qilib tikiladi.
J
23- Turunj va hoshiya “chinni gul” kashtasi bilan tikilgan.
oynamozlarning kashtalari uchchala tomondan qirg'oq bo'ylab aylantirilib tiqilgan enli jiyaklarda o'z ifodasini topgan. Jiyaklarning tagzarnini, alohida joylashgan butalar bilan kashtalanib, buyumning o'rtasi ochiq qoldiriladi.



Yüklə 9,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə