Зб еки он с р фан л ар а к а д е m и я с и



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix04.06.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#88672
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
xvi-xviii asrlarda hindiston va orta osiyo xonliklari




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA-
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT 
UNIVERSITETI 
Qo’lyozma huquqi 
UDK 9 (c) 2 
TAL’AT HALIMOVNING
“XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTON VA O’RTA 
OSIYO XONLIKLARI”
mavzuida magistr darajasi uchun 
DISSERTATSIYA 
 
Mutaxassislik: 5A120302 
Buxoro - 2014



BuxDU Tarix kafedrasi II bosqich magistranti Halimov
Tal’at To’rayevichning ―XVI-XVIII asrlarda
Hindiston va O’rta Osiyo xonliklari‖
mavzuidagi magistrlik dissertatsiyasiga 
T a q r i z 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ―Tarixiy xotirasiz kelajak 
yo’q‖ nomli asarida O’rta Osiyoda xonliklar davri davlatchilik tarixini o’rganish, 
bu davrlar haqida tegishli ilmiy xulosalarga kelish vazifasini tarixchi va 
tarixshunos, manbashunos va sharqshunos olimlar zimmasidagi muhim vazifa qilib 
qo’ydilar. Rossiya imperiyasi mustamlakachiligiga qadar bo’lgan davrda O’rta 
Osiyoda Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklari yoxud uch mustaqil davlat bo’lib, ular 
mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritishgan. Xonliklarning tashqi iqtisodiy (savdo-
sotiq), diplomatik va madaniy aloqalari Sharq va G’arb mamlakatlari bilan qizg’in 
kechgan. Aynan Rossiya bilan XVI asr o’rtalaridan boshlab doimiy va muntazam 
diplomatik aloqalar o’rnatilgan. U paytlardagi o’zaro munosabatlar tenglik asosida, 
har bir subyekt mustaqilligi mezoniga amal qilingan holda yo’lga qo’yilgan. Sharq 
davlatlari bilan O’rta Osiyo aloqalari esa eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. Bu 
munosabatlar tizimida Hindiston muhim o’rin tutadi. Kushon imperiyasi (mil.avv I 
– mil. IV asrlar) davrida O’rta Osiyo va Hindiston bitta mamlakat tarkibida 
bo’lgan. Tarixdan bu kabi dalillarni ko’plab keltirish mumkin. 
Ayniqsa, XVI-XVIII asrlarda Hindiston va O’rta Osiyo xonliklari o’rtasidagi 
ko’pyoqlama munosabatlar tarixi masalalari alohida bir tadqiqot obyekti bo’la olar 
edi. Ushbu nuqtai nazardan qaraganda T.Halimov tanlagan magistrlik 
dissertatsiyasi dolzarb, davrtalab, ilmiy o’rganishga arzigulikdir. 
T.Halimovning magisrlik dissertatsiyasi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan 
adabiyotlar va manbalar ro’yxati qismlaridan iborat. Shuningdek, dissertant o’z 
ishini taqdimot asosida himoya qilish uchun bir necha shaklda slaydlar ham 



tayyorlagan. 
Dissertatsiyaning 
kirish 
qismida 
mavzuning 
dolzarbligi 
asoslantirilgan, tadqiqotning o’rganilish darajasi, ishning maqsad va vazifalari, 
ilmiy-nazariy yangiligi, metodologik asosi, ilmiy-amaliy ahamiyati, joriylanishi, 
hajmi va tuzilishi to’g’risida belgilangan nizom asosida to’xtalib o’tilgan. 
Dissertatsiya asosiy mazmunini ifodalaydigan boblarda XVI-XVIII asrlarda 
O’rta Osiyo xonliklarining Hindiston bilan diplomatik, savdo-sotiq va madaniy 
aloqalari haqida xronologik izchillik asosida fikr yuritiladi. Tadqiqotchi 
Hindistonda Boburiylar sulolasi hukmronlik qilganligi (1526-1858 yy), ular O’rta 
Osiyo vakillari ekanligi, xonliklardagi aholi va hukmdorlar bilan milliy hamda 
qavm-qarindoshlik rishtalari asosida bog’langanliklari ham o’zaro munosabatlarga 
stimul bo’lganligini nazardan qochirmagan. O’zaro aloqalarning eng yuqori 
pog’onasi XVI asrda boburiy Akbarshoh (1556-1605) va shayboniy Abdullaxon II 
(1557-1598) zamonida yuz berganligini adabiyotlardagi ma’lumotlar asosida 
dalillaydi. O’zaro ko’p tarmoqli aloqalar ashtarxoniy hukmdorlar: Imomqulixon, 
Abdulazizxon va boburiy hukmdorlar: Jahongirshoh va Shohjahon zamonida ham 
davom etganligi ishda qayd etilgan. 
Dissertatsiyada xonliklar bilan Hindiston munosabatlari goh kuchayib, goh 
pasayib turganligi sabablari ham ochib berilgan. 
T.Halimov o’zaro munosabatlardagi to’siq va ziddiyatlarni, foydalanilmagan 
imkoniyatlarni ham tadqiq etishga uringan. 
Dissertatsiya xulosasida yakuniy xarakterdagi fikr-mulohazalar bildirilib
istiqbolda ushbu mavzu yuzasidan bajarilishi lozim bo’lgan taklif va mulohazalar 
ham ishlab chiqilgan. Dissertatsiyada sovet davrida yaratilgan adabiyotlardan ham 
keng foydalanilgan. Shuningdek istiqlol yillarida yozilgan konseptual xarakterga 
ega maqola va kitoblardagi ma’lumotlar ham ilmiy muomalaga olib kirilgan. 
T.T.Halimovning magistrlik dissertatsiyasiga ayrim e’tirozlarimiz ham mavjud. 
1. Dissertant asosiy boblardagi voqealar talqinida solnomachilikka, 
bayonchilikka berilib ketganligi seziladi. Tarixiy jarayonlarga shaxsiy munosabat 
bildirishda ilmiy tajribasizligi ham ko’rinadi. 



2. Tadqiqotning ayrim bandlarida xronologik ketma-ketlik mezonining 
buzilganligini ham kuzatish mumkin. 
3. Ishning ilmiy apparatida, havolalarni rasmiylashtirishda ayrim nuqsonlar 
uchraydi. 
4. Dissertatsiya matnida texnik xatoliklar ham mavjud. 
Yuqoridagi kamchiliklarga qaramay, T.T.Halimov tomonidan yozilgan ―XVI-
XVIII asrlarda Hindiston va O’rta Osiyo xonliklari‖ mavzuidagi tadqiqot 
magistrlik dissertatsiyalari oldiga qo’yilgan talablarga javob beradi. 
Dissertatsiyaning hajmi, mazmuni, rasmiylashtirilishi magistrlik dissertatsiyasi 
to’g’risidagi nizom asoslariga mos keladi. T.Halimov o’ziga xos mustaqil tadqiqot 
yarata olgan. 
T.T.Halimov ―XVI-XVIII asrlarda Hindiston va O’rta Osiyo xonliklari‖ 
mavzuidagi dissertatsiyasi uchun magistrlik darajasini olishga loyiq deb 
hisoblayman. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə