‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


ibn Xaldun Abdurrahmon Abu Zayd



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/184
tarix16.03.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#102661
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   184
61aef8397723d3.50813536

ibn
Xaldun Abdurrahmon Abu Zayd 
(1332-1406)ning hissasi benihoya katta 
( Tunisda tugUlgan, Fes sultonida hattot-kotib bo‘lgan). 
Asosiy asari 
«Kitob-ul-ibar» 

Ibratli misollar kitobi»- 
1370)da birinchilardan bo‘lib 
tarixiy ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida 
fikr yuritib, g‘arb olimlari Makiavelli, Monteskyega katta ta’sir ko‘rsatdi.
Ibn Xaldunning bu asarining «Kitobi awal» qismida «inson 
jamoasining farqli tomonlarini: shotilik hokimiyati, odamlaming 
daromadlari»ni o'rganish asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Olim: «Insonga 
xos bo'lgan jihatlarga yashash uchun mablag\ narsa topishga intilish
bu uchun mehnat qilish zaruriyati ham kiradi», - deb yozadi. Davlatning 
yashash davr va bosqichlari keltiriladi, u beshga bo'linadi. Mehnat 
qilinmasa, «bozor munosabati ham barham topadi».
«Davlatning kuchi va qudrati, aholining soni boylik va farovonlikka 
bog‘liqdir», 
deb yozadi olim. Soliqlar zarurligi uqtiriladi, soliqlar 
yana aholining o‘ziga qaytib keladi. «Aholining boylik manbayini bozor 
va savdo munosabatlari tashkil etadi», deganda olim xuddi bugungi 
iqtisodiy g‘oyani qo'llab-quwatlaydi. Merkantilistik g'oya klassik maktab 
fikrlari bilan to'ldiriladi. «Savdogar moliga narx qo'yishda barcha sarf- 
xarajatlami hisoblab, narx yozadi». Olimning bexosiyat, mevasiz 
daraxtlar ekishdan chetlanish haqidagi fikri ham qimmatlidir.
Soliqlami faqat davlat, ayrim hukmdoriar foydasiga yig'ish jamiyat 
tanazzuliga olib kelishi aytiladi.
Ibn Xaldun dastlab birgalikda «ishlab chiqarish» faoliyatiga katta 
e’tibor berdi, jamiyat moddiy qiymatlar «ishlab chiqaruvchilar» 
jamoasidan iborat deydi. U «
Odamning kelib chiqishida mehnatning
o‘t
7«»ni ochib berishga harakat qilgan. Hunarmandchilik, fan va 
san’atning rivoji bevosita 
«mehnat unumdorligining o‘sishi» 
bilan bog‘liq 
deydi. «Oddiy» va «murakkab» mehnat farqlangan, mehnat bo'lmasa, 
buyum ham bo'lmas edi, degan muhim xulosalar chiqariladi. Uning 
fikrlarida, «zaruriy» va «qo'shimcha mahsulot», «zaruriy va qo‘shimcha 
mehnat» tushunchalari farqlanadi. U «tovaming iste’mol qiymati» va 
«qiymat» tushunchalarini ta’rifladi. 
«Oldi-sotdi bitimi asosida teng
ayirboshlash qoidasiga amal qilinishi kerak, bunda sarflangan
mehnatning teng yarmi ayirboshlanadi», «agar bu hunarmandchilik
mahsuli bo'Isa - unga sarflangan mehnatga teng», «daromad qiymati
esa sarflangan mehnat ushbu buyumning boshqa buyumlar ichida tutgan


&mi va uning odamlarga zarurligi bilan belgilanadi».
Bunda tovarlami 
tenglashtirish mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqadi, ya’ni 
mehnatning roli va tovaming foydaliligi ham hisobga olinmoqda.
U qishloq xo'jaligi va hunarmandchilik bilan birga savdoni hayot 
uchun tabiiy zarurat deb bilgan va fiziokratlardan ilgarilab ketgan.
Tovar qiymatiga xomashyo qiymati, mehnat vositalari, oraliq tovar 
ishlab chiqaruvchilar mehnatining qiymati kiradi. U aytadiki, ayrim 
hunarlar boshqa hunarlami o‘z ichiga oladi: masalan, duradgor 
yog'ochdan ishlangan buyumlami, to'quvchi yigirilgan ipni ishlatadi 
va hokazo, ya’ni ishlab chiqarishning ijtimoiyligi isbotlab beriladi. Tovar- 
pul munosabatlari tahlil etilgan, narxlar bozorga ohb chiqilgan tovarlar 
massasi (talab-taklif)ga bog‘liqhgi aytilgan. Nonga bahosini mo'tadil 
ushlab turish farovonlik manbayi ekanligi ko‘rsatiladi. Soliq tizimini 
tartibga solish kerakligi qayd etiladi; uningcha soUq pasayishi ijtimoiy 
hayotni yuksaltiradi.
Bundan deyarli 600 yil awal bozor tushunchasiga izoh berilgan. 
Ibn Xaldunninig fikricha: «Bozor bu - hunarmandchilikni mukam- 
mallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishning garovidir».

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə