Qonunlari va boshqa qonun hujjatlari mavjud.
105
Yadroviy moddalarni jisman himoya qilish to risida gi Kon-
vensiya qabul qilindi. Konvensiyada dushmanlik maqsadida yad-
roviy moddalarni g arazli maqsadlarda
o irlash va tarqatishning
xavfliligini hisobga olib, himoya tartibi, jinoyatchilarni ushlab
berish va javobgarlikka tortish tartibi aniq belgilab berilgan.
Shuningdek, Konvensiyada tegishli organlarning ruxsatisiz
bunday materiallarni egallash jazolanishi kerak bo lgan huquq-
buzarlikdir, deb e lon qilingan. Atrof-muhitga jiddiy zarar etka-
zadigan yadroviy materiallarni olish, egallash foydalanish, berib
yuborish, shuningdek, bosqinchilik yo li
bilan yadroviy material-
larni qo lga kiritish, aldov yo li bilan yadroviy materiallarni olish
yoki o zlashtirish qat iyan man qilinadi.
Bunday xarakatlar uchun jazo Konvensiya ishtirokchisi bo l-
gan davlatlar yurisdiktsiyasi asosida amalga oshiriladi (8-modda).
Yuqorida ko rsatib o tilgan huquqbuzarlikka qarshi kurash-
dan asosiy maqsad yadroviy materiallarni noqonuniy egallash va
foydalanish natijasida kelib chiqadigan xavfning oldini olishdir.
Shuningdek, bu borada 1972-yil 10-aprelda qabul qilingan
Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog larni ishlab chi-
qish, tayyorlash va to plashni man
etish hamda ularni tugatish
tog risida gi
1
, Kimyoviy qurolni ishlab chiqish, ishlab chiqarish
va qo llashni taqiqlash hamda uni yo q qilish haqida gi
2
1993-yil-
gi Konvensiya, Yadro sunovlarini yalpi ta qiqlash to risidagi
Shartnoma
3
lar qabul qilingan.
1 London, Vashington, Moskva, 1972-yil 10-aprel. O zbekiston Respublikasi mazkur
hujjatga O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi 185 I-sonli
Qaroriga asosan qo shilgan. // O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axbo-
rotnomasi, 1995-y, 12-son, 275-modda.
2 Parij, 1993-yil 13-yanvar. O zbekiston Respublikasi mazkur hujjatni O zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi 236 I-sonli Qaroriga muvofiq
ratifikatsiya qilingan. // O zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotno-
masi, 1996-yil, 5 6-son, 74-modda.
3 O zbekiston Respublikasi mazkur hujjatni O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-
ning 1997-yil 25-apreldagi 432 I-sonli Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilgan.//
zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-son,
136-modda.
106
zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida yadroviy mod-
dalarni noqonuniy qo lga kiritish va ulardan foydalanish jinoyat
hisoblanib, qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishi belgilangan
bo lib, xususan, kontrabanda (246-modda), o qotar qurol, o q-
dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonun-
ga xilof ravishda egallash (247-modda), qurol, o q-dorilar,
port-
lovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravish-
da egalik qilish (248-modda), o qotar qurol yoki o q-dorilarni be-
parvolik bilan saqlash (249-modda), portlash xavfi bo lgan mod-
dalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini bu-
zish (250-modda), pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muo-
malasi (250
1
-modda), yadro qurilmalaridan
foydalanish qoidalari-
ni buzish (255-modda), bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil
yalpi qirg in qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to p-
lash, olish, birovga o tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egal-
lash va ular bilan boshqa xarakatlarni sodir etish (255
1
-modda)
jinoyat hisoblanib, qonunga muvofiq javobgarlikka asos bo ladi.
Dostları ilə paylaş: