Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги махмудхўжа беҳбудий номидаги самарқанд вилояти педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш институти



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/13
tarix01.11.2017
ölçüsü0,7 Mb.
#7898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

2. Sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda davlat va jamiyat tomonidan ko`rsatiladigan yordam va ko`makni kuchaytirish, mazkur jarayonlar uchun mas`ul bo`lgan sog`liqni saqlash, ta`lim, madaniyat, ijtimoiy muhofaza muassasalarida zamonaviy talablarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratish, ularni rivojlantirishga yo`naltiriladigan mablag`lardan foydalanishning samarasini oshirish, sog`lom bolani tarbiyalash bo`yicha ilg`or xalqaro tajribani keng o`rganish va amalda joriy etish (16 ta masala);

Buyuk mutafakkirlar va taniqli pedagoglar ta`lim va tarbiyaning o`zaro dialektik bog`liqligi, ularni bir-biridan ajratib bo`lmasligi haqidagi fikrlari.



3-MAVZU: Mafkuraviy muammolar, ma`naviy tahdidlar va barkamol shaxs tarbiyasi. (2 soat seminar)
Hozirgi davrdagi ilg`or va tajovuzkor g`oyalar, mafkuralar, ularning inson ongi va qalbiga ta`siri. Jahon demokratik mamalakatlari tajribasida mafkuraviy tarbiyaning boy imkoniyatlari, namunalari to`g`risida. XX asrda dunyoda g`oyaviy qarama-qarshiliklarning murakkab tus olishi. Jahon maydonlarini bo`lib olishga urinishlar.

Turli mintaqalarda sodir bo`layotgan va insoniyatga xavf solib turgan noxush hodisalarning tahlili. Inson, uning aql-idroki, zakovati va salohiyati. Ijtimoiy taraqqiyot, odam yaxlitligining asosiy omiliga aylanishiga ehtiyojning kuchayishi. Zamon bugun insondan o`z-o`zini anglab olishni taqozo etishi. Tahdidlarni bartaraf etish faqatgina insoniyat zimmasiga tushishi. “Xavf-xatar”, “risk” va “tahdid” tushunchalari, ularning mohiyati,nazariy jihatlari, namoyon bo`lish sabablari.

Manaviy va ma`fkuraviy immunitet tushunchalari, ularning shakllanishi. Hozirda namoyon bo`layotgan xavf-xatar va tahdidlar. Mafkuraviy muammolar va ma`naviy tahdidlar. Ularning jamiyat barqaror taraqiyotiga to`sqinlik qilayotgani.

Mafkuraviy kurashlarning umumbashariy va mintaqaviy muammolari. Buyuk davlatchilik shovinizmi, panislomizm, pansovetizm Markaziy Osiyo mintaqasida mafkuraviy jarayonlar: narkobiznes, ekologiya tangligi kabi umumbashariy muammolar. Diniy fundamentalizm va ekstremizmning zarari va uning fojiali oqibatlari. Mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash muammolari va vazifalari.

O`zbekistonda amalga oshirilayotgan ilohotlarning milliy va umuminsoniy asosga qurilganligi. Islohotlar jarayonida odamlar tafakkuri va dunyoqarashida o`zgarishlarni amalga oshirish. Sub`ektivizm, manfaatparastlik, mahalliychilik, urug` – aymoqchilik kabi o`tmishdan qolgan illatlarni bartaraf etishning mafkura bilan bog`liq vazifalari.

Xalqaro maydonda mafkuraviy, g`oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish. Yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish. Turli xurujlarga qarshi izchil kurash olib borish.



Hozirgi shiddatli va murakkab sharoitda barkamol shaxsni tarbiyalashning o`ziga xos qiyinchiliklari. uning sub`ektiv va ob`ektiv omillari. o`quv muassasalari oldida turgan dolzarb muammolar va uni bartaraf etish yo`llari. Global asri davrida mediata`lim fanini ta`lim tizimiga joriy qilish zarurati. Ta`lim-tarbiya samaradorligining eng muhim natijasi bu yoshlarning hayotda o`z o`rnini topganlik darajasi ekanligi.

4-mavzu.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning“Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asaridagi g`oyalarning ta`lim tizimidagi ahamiyati

(2 soat ma`ruza, 2 soat seminar)
Ma`naviyatni anglash. “Ma`naviyat” tushunchasi, uning ta`rifi. Ma`naviyatning negizi va ma`no-mazmunini belgilaydigan asosiy xususiyatlar. Ma`naviyat – beqiyos kuch. Oliyjanob fazilatlar – komillik belgisi. Halollik, poklik, mardlik, saxovat, kamtarlik, insof-diyonat fazilatlari. Loqaydlik, beparvolik, manfaatparastlik, xiyonat va sotqinlik illatlari. Ma`naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar. Tarixiy xotira va ma`naviy meros. Muqaddas dinimiz haqida. Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo`shgan betakror hissasi.

Ma`naviyatni shakllantirish va yuksaltirishda oilaning o`rni va ta`siri. Ma`naviyatni yuksaltirishda mahallaning roli. Ma`naviyatni shakllantirishda ta`lim-tarbiya tizimining o`rni. Ma`naviy va moddiy hayot uyg`unligi. Moddiy va ma`naviy olamning o`zaro bir-biri bilan bog`liqligi. Milliy g`oya va ma`naviy hayot. Milliy g`oyaning teran mazmuni. Milliy g`oyada mujassam bo`lgan buyuk maqsadlar. Milliy g`oyaning yuksak tushunchalari. Ma`naviyat va jamiyatning yangilanishi. Ma`naviy tiklanish va yangilanish ehtiyoji. Ona tili – bu millatning ruhi ekanligi. Vatanga muhabbat tuyg`usi. Milliy qadriyatlar. Tarixiy xotira.

Islohotlar va ularning ma`naviy mezoni. O`zbek taraqqiyot modeli. Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi. Globallashuv jarayonlari va ma`naviy tahdidlar. Fikrga qarshi fikr, g`oyaga qarshi g`oya tamoyili. Mafkuraviy immunitet, mustahkam iroda va sog`lom dunyoqarashni shakllantirish. Inson qalbiga yo`l. Ma`naviyatni qudratli kuchga aylantirish vazifasi. Yangi avlod kadrlarini tayyorlash, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalash. Ma`naviyatni yuksaltirishda ommaviy axborot vositalari, adabiyot, san`at, tasviriy va monumental san`at asarlarining roli.

Eng buyuk jasorat – bu ma`naviy jasorat ekanligi. Fidoyi bo`lish fazilatini doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish – haqiqiy qahramonlik ekanligi. Xalqimiz doimo ma`naviy jasorat hissi bilan yashagani va bu ulug` tuyg`u uning hayotida yillar, asrlar o`tgani sayin tobora kuchayib, yuksalib borayotganligi.

Islom Karimovning “Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish” va “Adabiyotga e`tibor – ma`naviyatga, kelajakka e`tibor” risolalarining mazmuni va mohiyati.
5-MAVZU: Milliy mafkurani o`quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda maktab rahbarining ma`suliyati.(2 soat seminar).

Mafkura – jamiyatning maqsadi, manfaatlari, orzu-intilishlarini o`zida mujassam etuvchi g`oyalar tizimi. Taraqqiyotning keyingi bosqichlarida vujudga kelgan milliy asosdagi mafkura shakllari: hinduizm, iudaizm, konfutsiylik, sintoizm. Odamning vujudga kelishi va mavjudlik qonuniyatlarini talqin qilish natijasida paydo bo`lgan oqimlar – monizm, dualizm, plyuralizm, idealizm, materializm va boshqalar. Insoniyat tarixi va taraqqiyotida mafkuralardan ko`zlangan maqsad va muddaolar.

Milliy mafkura tarixi va uning mohiyat-mazmuni. Milliy mafkuraning nazariy jihatlarini Prezident I.A.Karimovning nutq va asarlarida asoslab berilishi. Yangi mafkuraning asl ma`nosi eskicha aqidalardan xoli bo`lgan, mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalashdan iborat ekanligi. Mafkuramizning milliy va umuminsoniy tamoyillari. Milliy mafkuraning bosh g`oyasi. Milliy mafkuraning asosiy g`oyalari: Vatan ravnaqi. Yurt tinchligi. Xalq farovonligi. Komil inson. Ijtimoiy hamkorlik. Millatlararo totuvlik. Dinlararo bag`rikenglik (tolerantlik). Milliy mafkurani odamlar qalbi va ongiga singdirishning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanish hamda bu faoliyatni amalga oshirish sohalari: Ta`lim va tarbiya. Fan va ilmiy muassasalar. Madaniyat va madaniy-ma`rifiy muassasalar. Adabiyot va san`at. Din. Jismoniy tarbiya va sport. Urf-odat, marosim va bayramlar. Oila. Mahalla. Mehnat jamoalari. Siyosiy partiyalar. Nodavlat tashkilotlar. Ommaviy axborot vositalari.

Xalqimiz, avvalo, o`sib-o`nib kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitentni hosil qilish, mustahkamlash shakl va usullari. Milliy g`oya turkumiga kiruvchi fanlar jarayonida o`qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini keng qo`llash.

O`quvchilarning mafkuraviy tarbiyasida ta`lim muassasasi rahbarining o`rni va rolining ortib borishi. Bu yo`nalishda rahbar kadrlarga qo`yilayotgan asosiy talablar. Maktab rahbarining yuksak bilim, siyosiy ong egasi bo`lish; adolatli va kamtarin bo`lish; sezgir va e`tiborlilik pedagogik jamoa, ota- onalar, jamoatchilik fikrini ilg`ay olish, ilg`or va keng dunyoqarashli bo`lishi.

Rahbarning salohiyatli bo`lishi va masuliyatni doimo his qilishi zarurligi. Rahbarning o`z g`oyasi, fikri, harakat dasturiga ega bo`lishi bilan birga, maktab jamoasini ona-yurt taraqqiyotiga, xalqimizning tinch-totuvligi, farovonligi yo`lida yagona g`oya atrofida jipslashtirishi shartligi.

Xalqaro maydonda mafkuraviy, g`oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab tahlikali davrda ta`lim muassasasida ma`naviy-ma`rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, o`quvchilarni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, ularning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan vokealarga daxldorlik hissini oshirish vazifalari.

O`quvchilar qalbida milliy tafakkur va sog`lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash, ularni ongli yashashga, o`z fikriga ega bo`lishga, turli ma`naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo`lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga yo`naltirilgan amaliy ishlarni tashkil etish.

Maktabda o`quv mashg`ulotlari jarayonida pedagoglar tomonidan o`quvchilar mafkuraviy tarbiyasini nazorat qilish va ularning pedagogik kengash va ishlab chiqarish yig`ilishlarida tahlil etilishi. O`tkaziladigan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar hayotiyligi va ta`sirchanligini oshirish choralari.

Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta`lim muassasasi hamkorligi konsepsiyasi” doirasida olib boriladigan mafkuraviy tarbiya ishlariga hamdaO`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014yil 19 fevraldagi PQ-2133-son qarori “Sog`lom bola yili”Davlat dasturida yetti bo`lim va 125 banddan iborat bo`lgan,4 va5 bandlari aynan ta`lim-tarbiya, oilada sog`lom muhitni rivojlantirishga bog`liq barcha masalalar aks etgan bo`lib, ta`limga oid ushbu bo`limlargamaktab rahbarining ma`suliyati ahamiyatga egadir .




1. Mavzu:

Global o`zgarishlar va yoshlarning ma`naviy-ma`rifiy tarbiyasi samaradorligini oshirish zarurati. (2 soat ma`ruza)

TAYANCH IBORALAR:

Mafkuraviy poligon, globallashuv jarayonlar, xalifalik, panislomizm, mafkuraviy imunitet, globallistlar, aksilgloballistlar, geosiyosat, kiberterrorizm, saytberterrorizm, ommaviy madaniyat, egotsentrizm, induvidualizm, kamikadze, jihod, shahid. Ma’naviyat, milliy g’oya, mafkura, madaniyat, ma’rifat, milliy g’oya targ’iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi, internet, OAV, xalqaro maydondagi axborot xurujlari.

    1. Mavzuning ta’lim texnologiyasi

Tinglovchilar soni: 25

Vaqti: 2 soat.

O’quv mashg’ulotining shakli

Kirish – mavzu bo’yicha vizuallashgan ma’ruza

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi, Globallashuv jarayonlar va ularning ma’naviy hayotdagi ta’siri Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari tushuntirib berish


1. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilaydigan omillar.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi 451-sonli qarori haqida tushuncha.



Pedogogik vazifa:

1.Bugungi globallashuv jara-yonida dunyoning mafkuraviy manzarasi to’g’risidagi bi-limlarni mustaxkamlash;


O’quv faoliyatining natijasi:

1.Dunyoning mafkuraviy manzarasini tasvirlaydi va izoxlaydi;





O’qitish usullari va texnika

Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilaydigan omillarni, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan amalgam oshirilgan ishlar to‘g‘risida videoproektorda taqdimot namoyish etish.

O’qitish vositalari

Ma’ruza, namoyish, blits-so’rov, pinbord texnikasi, aqliy xujum.

O’qitish shakllari

Ma’ruza matni, komp’yuter texnologiyasi, slaydlar.

O’qitish shart-sharoitlari

Frontal, kollektiv ish

Monitoring olib borish

Texnik vositalar bilan ta’minlangan, o’qitish usullarini qo’llash mumkin bo’lgan o’quv xona.




Kuzatish, og’zaki nazorat, o’quv topshiriq.



1.2 Mavzuning texnologik xaritasi

Ish jarayonlari vaqti

Faoliyatning mazmuni

O’qituvchi

Tinglovchi

I-bosqich. Mavzuga kirish.

(15 minut)



1.1 O’quv fanining nomini aytadi, predmetning dastlabki umumiy tasavvurini beradi. Uslubiy va tashkiliy tomonlari, fan strukturasini tanishtiradi (1-ilova)

Tinglaydi va yozadi
Mavzu nomini yozib oladilar
Savollarga javob beradi
Tinglaydi, o’rganadi,

Yozadi, aniqlaydi,

savollar beradi.

Asosiy joylarini yozadi

Savollarga javob beradi

Tinglaydi

Mustaqil ishlash uchun topshiriqni yozib oladi


1.2. Mazkur fanning o’rganiladigan mavzulari bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar, ularning uzviyligi xaqida qisqacha ma’lumot beradi. Asosiy adabiyotlarning ro’yxati bilan tanishtiradi.

O’quv dasturini tinglovchilarga tanishtiradi.



1.3. Ma’ruza darsining maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini aytadi. Tinglovchilarni aqliy xujumga tortish uchun jonlantiruvchi savollar beradi. (2-ilova).

II-bosqich. Asosiy

(55 minut)



2.1. Ma’ruza bo’yicha vizual materialni namoyish qiladi (3- ilova).

Mavzuning asosiy joylarini yozib olishlarini so’raydi.

Faollashtiruvchi savol-javob o’tkazadi.


  • Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi deganda nimani tushunasiz?

  • Hukmronlik qilishga intilayotgan qanday mafkura shakllari mavjud?

  • Buyuk davlatchilikning mohiyati va xavfli jihatlari nimada?


2.2. Mavzuning tayanch iboralari Pinbord usulida o’rganiladi. Mavzuga oid bo’lmagan iboralar olib tashlanib, kerakli tushuncha va iboralar qo’shiladi. Javoblarni to’g’rilaydi va xulosalaydi. (4-ilova)

2.3. Tinglovchilarga erkin fikr aytishga ruxsat beriladi va ularni rag’batlantiradi.

III-bosqich.

Yakuniy bosqich.

(10 minut)


3.1. Mavzu bo’yicha umumiy xulosa qiladi.

3.2. Navbatdagi mashg’ulotda ko’riladigan masalani e’lon qiladi va mustaqil tayyorgarlik ko’rishlarini so’raydi.

3.4. Tinglovchilarga uyga vazifa qilib:

Hozirgi dunyoda inson ongi va qalbi uchun qaysi mafkuraviy kontseptsiyalar kurash olib bormoqda ma’lumt to‘plash.



O‘UMga qarang



2.mavzu:

Milliy g`oya va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida maktab ta`limining o`rni. (2 soat ma`ruza, 2 soat seminar)
TAYANCH IBORALAR:
Fikr, tafakkur, ong, aql, o’git, maqsad, afsona, rivoyat, mifologiya, g’oya, dinlar, o’zlikni anglash, bunyodkorlik salohiyati, tanlangan yo’l, ma’naviy ko’prik, taraqqiyot, mafkuraviy vaziyat, kurash, profilaktika, immunitet, ta’lim, ma’rifiy, bolьshevizm, buyuk davlatchilik, millatchilik, irqchilik, terrorchilik, shovinizm, bolьshevizm, fashizm va boshqalar.

2.1 Mavzuning ta’lim texnologiyasi

Tinglovchilar soni: 25

Vaqti: 2 soat.

O’quv mashg’ulotining shakli

Mavzu bo’yicha vizuallashgan ma’ruza

Ma’ruza rejasi

  1. “Fikr”, “g’oya”, “milliy g’oya”, “mafkura” tushunchalari. Mafkurasiz inson va jamiyat o’z yo’lini yo’qotishi muqarrarligi.

  2. G’oya va mafkura: tarixiy shakllari va ko’rinishlari. Mafkuradan ko’zlangan maqsadlar.

  3. Bunyodkor va vayronkor g’oyalar, ularning namoyon bo’lish xususiyatlari.




O’quv mashg’ulotining maqsadi: G’oya va mafkura tushunchalari, ularning mohiyati. G’oya – inson tafakkuri mahsuli. G’oyalarning shakllanishi va namoyon bo’lish xususiyatlari. Fikr va g’oya, gipoteza va ijtimoiy bashoratning o’zaro aloqadorligi va farqlari. Milliy mafkuraning nazariy jihatlari Prezident I.A.Karimovning nutq va asarlarida asoslab berilishi.

Pedogogik vazifa:

O’quv faoliyatining natijasi:

G’oya va mafkura tushunchalari, ularning mazmun-mohiyatini tushuntirib berish;

G’oya va mafkuralar tarixini aytib beradi;

Inson va jamiyat hayotida g’oya va mafkuralarning o’rni va rolini yoritib beradi;

G’oya va mafkura tushunchasini ta’rifini yodlab beradi;

Milliy istiqlol g’oyasining maqsadi, vazifalari va aso-siy tushunchalarini mohiya-tini ochib beradi;

Milliy istiqlol g’oyasining vazifalari, maq-sadlarini sanab beradi va asosiy tushun-chalariga izoh beradi;

Bunyodkor va vayronkor g’oyalarning namoyon bo’lish xususiyatlarini yoritib berish.

Bunyodkorlik g’oyasi - ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning garovi, vayronkor g’oya va mafkuralar, ularning reaktsion mohiyati aytib beriladi.


O’qitish usullari va texnika

Ma’ruza, namoyish, blits-so’rov, pinbord tex-nikasi, aqliy hujum.

O’qitish vositalari

Ma’ruza matni, komp’yuter texnologiyasi («Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari» fanidan elektron o’quv-uslubiy majmua), slaydlar.

O’qitish shakllari

Frontal, kollektiv ish

O’qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalar bilan ta’minlangan, o’qi-tish usullarini qo’llash mumkin bo’lgan o’quv xona.

Monitoring olib borish

Kuzatish, og’zaki nazorat, o’quv topshiriq



2.2 Ma’ruzaning texnologik xaritasi

Ish jarayonlari vaqti

Faoliyatning mazmuni

O’qituvchi

Tinglovchi

I-bosqich. Mavzuga kirish.

(15 minut)



1.1. Ma’ruzani nomini aytadi, mavzuning dastlabki umumiy tasavvurini beradi. Uslubiy va tashkiliy tomonlari, mavzu strukturasini tanishtiradi (1-ilova)

Tinglaydi va yozadi
Mavzu nomini yozib oladilar

Savollarga javob beradi

Tinglaydi, o’rganadi,

Yozadi, aniqlaydi,

savollar beradi.

Asosiy joylarini yozadi

Savollarga javob beradi

Tinglaydi

Mustaqil ishlash uchun topshiriqni yozib oladi


1.2. Mazkur mavzuning o’rganiladigan savollari bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar, ularning uzviyligi xaqida qisqacha ma’lumot beradi.


1.3Ma’ruza darsining maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini aytadi. Tinglovchilarni aqliy xujumga tortish uchun jonlantiruvchi savollar beradi. (2-ilova).

1.4“Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining amalga oshirilishi.



II-bosqich. Asosiy

(55 minut)



2.1. Ma’ruza rejasining barcha savollari bo’yicha vizual materialni namoyish qiladi (3- ilova).

Mavzuning asosiy joylarini yozib olishlarini so’raydi.

Faollashtiruvchi savol-javob o’tkazadi.

Birinchi reja savoli bo’yicha:

1. Milliy g’oya, mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyatini aytib bering?

Ikkinchi reja savoli bo’yicha:

2. Mafkuraning tarixiy shakllari, undan ko’zlangan maqsadlarni ayting?

Uchinchi reja savoli bo’yicha:

3. Bunyodkor va vayronkor g’oyalar deganda nimani tushunasiz?

Javoblarni to’g’rilaydi va xulosalaydi.



2.2. Mavzuning tayanch iboralari Pinbord usulida o’rganiladi. Mavzuga oid bo’lmagan iboralar olib tashlanib, kerakli tushuncha va iboralar qo’shiladi. Javoblarni to’g’rilaydi va xulosalaydi. (4-ilova)

2.3. Tinglovchilarga erkin fikr aytishga ruxsat beriladi va ularni rag’batlantiradi.

III-bosqich.

Yakuniy bosqich.

(10 minut)


3.1. Mavzu bo’yicha umumiy xulosa qiladi.

3.2. Tinglovchilarning bilim va ko’nikmalarini baholaydi.

3.3. Navbatdagi mashg’ulotda ko’riladigan masalani e’lon qiladi, va mustaqil tayyorgarlik ko’rishlarini so’raydi.

3.4. Tinglovchilarga uyga vazifa qilib:

(1). “O’zini anglamoq buyuk saodat” mav-zusida esse yozib kelish;

(2). Kelgusi mavzu e’lon kilinadi va seminarga tayyorlanib kelishni aytadi.

(3). O’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar beradi. (5- ilova).

(4). Tavsiya etilgan adabiyotlarni o’rganishga beradi.


O ‘UMga qarang


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə