Ўзбекистон республикаси қишлоқ ХЎжалиги вазирлиги


Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartib qoidalari



Yüklə 323,5 Kb.
səhifə5/10
tarix26.05.2023
ölçüsü323,5 Kb.
#113246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 Kundalik 3-kurs

2.3. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartib qoidalari
Talabalarni ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish masalasi yil boshida Agrobiznes va marketing kafedrasi tomonidan O‘zbekiston fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti, Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Qishloq xo‘jaligi tuman bo‘limlari, paxtachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik fermer xo‘jaliklarida, “AGROBANK” aksiyadorlik tijorat banki, “Agrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati, Andijon, Farg‘ona, Namangan va boshqa viloyatlargagi “Agrobiznes” korxonalarida, “AGROBANK” aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati boshqarmasi, MCHJ shaklidagi «Agrobiznes» korxonalarida va MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonalari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda boshqa ob’ektlar bilan kelishib shartnoma tuziladi.
Shartnomada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun muhim bo‘lgan barcha masalalar o‘zaro kelishib olinadi, jumladan:
– amaliyot muddati;
– amaliyot o‘taydigan talabalar soni;
– talabalarni bajaradigan ishlari;
– talabalarga biriktirilgan mutaxassislar;
– kafedradan talabalarga amaliyot davrida rahbarlik qiladigan o‘qituv-chilarning familiya, ismi, sharifi;
– talabalarni tartib-intizom bilan amaliyotni o‘tashga kafedraning javobgarligi;
– amaliyot nihoyasida har bir talabaga tavsifnoma berilishi va hokazolar.
Kafedra mudiri o‘quv rejasiga asosan ko‘rsatilgan muddatda talabalrni ishlab chiqarish amaliyotiga jo‘natish uchun dekanat, ishlab chiqarish amaliyotlarni tashkil etish va o‘quv bo‘limlari bilan kelishilgan holda, hamda rektor roziligi bilan amaliyotga yuborish to‘g‘risida buyruq tayyorlanadi. Buyruqda amaliyot o‘taydigan korxona nomi va shu korxona yoki tashkilotga yuboriladigan talabalar ro‘yxati va amaliyotga rahbar o‘qituvchisining ismi sharifi va boshqalar kiritiladi.
Buyruq tayyor bo‘lgach, kafedra o‘qituvchisi har bir talabani amaliyot uslubiy ko‘rsatmasi bilan ta’minlaydi. Amaliyot bo‘yicha xizmat safari buyrug‘i beriladi. Bular maxsus jurnalda qayd etilib, unga talabalar imzo chekadi. Barcha zarur hujjatlar tayyor bo‘lgach amaliyot rahbari boshchiligida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tay boshlaydilar.
Amaliyot davrida rahbar o‘qituvi har bir talabaning ishlashi, faoliyat ko‘rsatishi, jarayonni o‘rganishi va amalda bajarishi uning hatti-harakati, xulqi muomalasi, kundalikni to‘ldirib borishi va boshqa barcha ishlarni nazorat qiladi va unga javobgar hisoblanadi.

Yüklə 323,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə