Ўзбекистон республикаси молия вазирлиги хузуридаги



Yüklə 16,79 Kb.
tarix22.11.2017
ölçüsü16,79 Kb.
#11652


O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
QIMMATLI QOG’OZLAR VA MOLIYA BOZORI BOSHQARMASI
Ustav fondida davlat ulushi mavjud xo'jalik yurituvchi subyektlarda ular tomonidan davlat ulushiga dividendlar hisoblanishi faoliyatida ko'plab uchraydigan kamchiliklarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan

TAVSIYALAR
1. O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g’risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 48-moddasiga asosan dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanadigan qismidir. Jamiyat aksiyalarining har bir turi bo'yicha e'lon qilingan dividendlarni to'lashi shart.

Dividend aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qaroriga ko'ra pul mablag’lari yoki boshqa qonuniy to'lov vositalari yohud jamiyatning qimmatli qog’ozlari bilan to'lanishi mumkin.

Jamiyatning imtiyozli aksiyalari bo'yicha dividendlarni qimmatli qog’ozlar bilan to'lashga yo'l qo'yilmaydi.

Dividend aksiyadorlar o'rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

2. Dividendlarni to'lash tartibi ushbu qonunning 51-moddasi bilan belgilangan bo'lib, unga ko'ra dividendlar jamiyatning jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydasidan va (yoki) o'tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to'lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividendlar jamiyatning buning uchun maxsus mo'ljallangan fondlari hisobidan ham to'lanishi mumkin.

Dividendlarni to'lash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni to'lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e'tiboran oltmish kundan kech bo'lmasligi lozim.

Dividendlarni to'lash chog’ida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo'yicha, so'ngra oddiy aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo'yicha qat'iy belgilangan dividendlarni to'lash uchun etarli miqdorda foyda mavjud bo'lgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarning egalariga dividendlar to'lashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar to'lanishini sud tartibida talab qilishi mumkin. Jamiyat etarli miqdorda foydaga ega bo'lmagan yoki zarar ko'rib ishlayotgan taqdirda, imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividendlar jamiyat tomonidan jamiyatning faqat shu maqsad uchun tashkil etilgan zaxira fondi hisobidan va ana shu fond doirasida to'lanishi mumkin.

Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yohud merosxo'ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qaroriga ko'ra jamiyat ihtiyorida qoladi.

Jamiyat O'zbekiston Respublikasi norezident aksiyadorining yozma talabiga ko'ra unga hisoblangan dividendlarni erkin ayirboshlanadigan valyutaga ayirboshlab, mablag’larni norezident aksiyador taqdim etgan bank hisobvarag’iga o'tkazib berishi shart.

Jamiyat aksiyadorlarining reestridan olingan, jamiyat tomonidan tasdiqlangan ko'chirma hamda jamiyat buxgalteriyasining hisoblangan dividendlar summasi va ular hisoblangan sana to'g’risidagi ma'lumotnomasi ayirboshlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

3. Ushbu qonunning 53-moddasiga asosan dividendlar aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan belgilangan muddatlarda jamiyatning aybi bilan to'lanmagan taqdirda to'lanmagan (olinmagan) dividendlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi.

Jamiyat tomonidan hisoblangan dividendlarni va penyalarni to'lashni aksiyador sud tartibida talab qilishga haqli. Aksiyadorning talablari sud tomonidan qanoatlantirilganda dividendlarni to'lash jamiyat tomonidan rad etilgan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to'lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki banktrot deb e'lon qilish tartib-taomili qo'llaniladi.

4. Dividendlarni to'lashga cheklovlar ushbu qonunning 54-moddasi bilan belgilangan bo'lib, unga ko'ra jamiyat:

- jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) hammasi uning ta'sis etilishi chog’ida to'liq to'lab bo'lunguniga qadar;

- agar dividendlar to'lanadigan paytda jamiyatda banktrotlik belgilari mavjud bo'lsa yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni to'lash natijasida paydo bo'lsa;

- agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav kapitali) va zaxira fondi summasidan kam bo'lsa, aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lash to'g’risida qaror qabul qilishga hamda dividendlar to'lashga haqli emas.

Ushbu moddada ko'rsatilgan holatlar tugatilgach, jamiyat hisoblangan dividendlarni aksiyadorlarga to'lashi shart.

5. Mas'uliyati cheklangan yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatning foydasini taqsimlash “Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g’risida”gi Qonunining 25-moddasiga asosan jamiyat yilning har choragida, yarim yilda bir marta yoki bir yilda bir marta o'zining sof foydasini jamiyat ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash to'g’risida qaror qabul qilishga haqlidir. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilari o'rtasida taqsimlanadigan foydasi qismini aniqlash to'g’risidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi.

Jamiyat foydasining uning ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash uchun mo'ljallangan qismi ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

6. “Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'grisida”gi Qonunining 26-moddasiga binoan jamiyat quyidagi hollarda o'z foydasini jamiyat ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash to'grisida qaror qabul qilishga haqli emas:

jamiyatning butun ustav fondi (ustav kapitali) to'liq to'langunga qadar;

ushbu qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir ?ismining) haqiqiy qiymati to'langunga qadar;

agar bunday qarorni qabul qilish paytida jamiyat qonunga muvofiq bankrotlik belgilariga javob bersa yoki agar mazkur belgilar jamiyatda shunday qaror qabul qilinishi natijasida paydo bo'lsa;

agar shunday qarorni qabul qilish paytida jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) va zaxira fondidan kam bo'lsa yoki shunday qaror qabul qilinishi natijasida ularning miqdoridan kamroq bo'lib qolsa;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Jamiyat o'z ishtirokchilari o'rtasida taqsimlanishi to'grisida qaror qabul qilingan quyidagi hollarda jamiyat ishtirokchilariga foydani to'lashga haqli emas:

agar to'lash paytida jamiyat qonunga muvofiq bankrotlik belgilariga javob bersa yoki agar mazkur belgilar jamiyatda to'lov natijasida paydo bo'lsa;

agar to'lash paytida jamiyatning sof aktivlari qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) va zaxira fondidan kam bo'lsa yoki to'lash natijasida ularning miqdoridan kamroq bo'lib qolsa;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan holatlar tugaganidan keyin jamiyat o'z ishtirokchilari o'rtasida taqsimlanishi to'grisida qaror qabul qilingan foydani to'lashi shart.

6. Xo'jalik jamiyatlari ustav jamg’armasidagi davlat aksiyalar paketlari (ulushlari)ni boshqarish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish tartibi to'grisidagi Nizom (Adliya vazirligida 07.03.2007 yilda 1473-son bilan ro'yhatga olingan) ning 7-bandiga muvofiq davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarishga doir harakatlarni davlat boshqaruv organlari bilan kelishish tartibi belgilangan. Unga ko'ra, davlat vakili majburiy tartibda avvaldan davlat boshqaruv organlari bilan kuzatuv kengashi majlisining va/yoki aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigilishining kun tartibiga kiritilgan masalalar bo'yicha ovoz berish tartibini kelishib oladi:

a) O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy bo'linmasi bilan - xo'jalik jamiyatlarining sof foydasini taqsimlash va uni dividendlarni hisoblab yozish hamda to'lashga yoki boshqa maqsadlarga yo'naltirish masalalari bo'yicha, xususan:

Komissiya tomonidan belgilangan Respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega xo'jalik jamiyatlari ro'yhatiga kiritilgan xo'jalik jamiyatlari, shuningdek sof foydasi keyingi ikki moliya yilida (hisobot yili ham kiradi) o'rtacha 50,0 mln so'm va undan yuqorini tashkil etgan boshqa xo'jalik jamiyatlari bo'yicha xo'jalik jamiyatining sof foydasini taqsimlashni kelishish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan amalga oshiriladi;

sof foydasi keyingi ikki moliya yilida (hisobot yili ham kiradi) o'rtacha 50,0 mln so'mdan kamni tashkil qilgan boshqa xo'jalik jamiyatlari bo'yicha, sof foydani taqsimlashni kelishish uning hududiy bo'linmalari bilan amalga oshiriladi.

davlat ulushi aksiyadorlar reestrini yopishning oxirgi sanasida ustav fondining 15%iga qadarni tashkil etgan va davlat vakili aksiyadorlik jamiyati sof foydasining kamida 50%ini dividendlar to'lanishi uchun ovoz berish niyatida bo'lgan jamiyatlar bo'yicha;

sof foydasi keyingi ikki moliya yilida (hisobot yili ham kiradi) o'rtacha 20,0 mln so'mdan oshmagan va xo'jalik jamiyatini boshqarishning tegishli organi tomonidan sof foydaning 50 foizdan ko'prog’ini dividendlarni to'lashga yo'naltirish to'g’risida qaror qabul qilingan jamiyatlar bo'yicha davlat boshqaruv organi bilan kelishish talab qilinmaydi;



Izoh: Noaniqliklar vujudga kelgan taqdirda, me'yoriy hujjatning o'ziga qaralsin.


Yüklə 16,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə