Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


- Mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari



Yüklə 5,97 Mb.
səhifə2/43
tarix15.08.2018
ölçüsü5,97 Mb.
#62614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43

2- Mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari

Reja:
1.Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi


2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.

3. Ishlab chiqarishning umumiy va ‘irovard natijalari.

4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.

5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari.

Biz oldingi mavzuda aytganimizdek, inson yashamog’i uchun ovqatlanishi, kiyinishi, shuningdek, uy-joy, ro’zg’or buyumlari, turli jihozlarga ega bo’lmog’i zarurdir. Bu zarur hayotiy vositalarning barchasi inson mehnati bilan yaratiladi. Kimdir g’alla etishtiradi, kimdir un tayyorlaydi, kimdir bu undan non ishlab chiqaradi, kimdir ‘axta xom ashyosi etishtiradi, kimdir ‘axtadan tola ishlab chiqaradi, yana kimdir toladan i’ qilib to’qiydi, kimdir kiyim-kechak tikadi va hokazo.

Shunday qilib, insoniyat iste’mol qilmasa yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham tura olmaydi. Shuning uchun insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida va barcha zamonlarda, barcha mamlakatlarda inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Lekin ming afsuslar bo’lsinki, ko’’gina iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida, ayniqsa keyingi vaqtlarda nashrdan chiqqan darslik va o’quv qo’llanmalarida ishlab chiqarish jarayonini yoritish e’tibordan chetda qolib ketmoqda. Bu bir tomondan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qaerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini, texnika va texnologiyalarning qaerda qo’llanilishini va qanday bo’lishini tushunmaslikka olib kelsa, ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo’lmoqda. Xolbuki, ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlar ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonlarida bo’ladigan munosabatlarga yo’nalish beradi va ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish bo’lmasa ayirboshlanadigan, taqsimlanadigan narsaning o’zi bo’lmaydi. Chunki ishlab chiqarish jarayonida qanday shakldagi munosabatlar sodir bo’lsa, boshqa fazalardagi munosabatlar ham shunday shaklda sodir bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslik ko’’gina chalkashliklarga olib keladi.

Ayrim adabiyotlarda daromadlar yaratiladi va ishlab chiqariladi degan fikrlarning uchrab qolishining sababi ham ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslikdan deb o’ylaymiz. Ma’lumki, ishlab chiqarishda faqat mahsulot ishlab chiqariladi, ular sotilib taqsimlangandan keyingina turli ko’rinishdagi daromadlar shakllanadi. Shuning uchun biz ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganish ilmiy va uslubiy ahamiyatga ega deb o’ylaymiz va, shunga ko’ra, bu jarayonni batafsil ko’rib chiqish zarur deb hisoblaymiz.

Bu bobda bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Dastlab ishlab chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so’ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog’liq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyati» tushunchasiga ham o’rin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qo’shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo’shilgan mehnat va ka’ital unumdorligining ‘asayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g’oyalar bilan tanishtiriladi.

1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.

Moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko’rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol to’ishi uchun moddiy asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishning to’xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim iqtisodiy qonuniyat va ob’ektiv zaruriyatdir.

Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng avvalo uning ro’y berishi uchun bu jarayonda qatnashadigan omillar mavjud bo’lmog’i lozim. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo’lgan uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat ‘redmetlari bo’lishi shart (1-chizma).

Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.

Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat ‘redmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat ‘redmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (er-suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat ‘redmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xom ashyo bo’lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat ‘redmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.

Mehnat vositalarini mehnat ‘redmetlariga ta’sir etish xususiyatiga ko’ra bir nechta katta guruhlarga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli xil a’’aratlar va boshqalardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordamida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta’sir qiladi va bu ashyolarni o’zining iste’moli uchun zarur bo’lgan shaklga keltiradi.



Ikkinchi guruhga materiallarni saqlash uchun mo’ljallangan mehnat vositalari (stisternalar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshqalar) kiritiladi.

Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan, lekin unga shart-sharoit yaratib beradigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to’la va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo’llar va boshqalar misol bo’la oladi.


Меҳнат жараёнининг зарурий шартлари

Ишчи кучи



Меҳнат воситалари

Меҳнат предметлари





1-chizma. Mehnat jarayoni zaruriy shartlarining turkumlanishi.


Hozirgi fan-texnika inqilobi davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mehnat ‘redmetlarining ahamiyati oshib bormoqda. Materiallarning tabiatda tayyor holda uchramaydigan yangi turlari yaratilmoqda. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy bo’lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif berishadi va ularni turlicha tushuntirishadi.

Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat ‘redmetlari (er-suv, er osti boyliklari kabi tabiiy boyliklar ham) ishlab chiqarish vositalari deyiladi va ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko’’chilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to’rt omili: mehnat, ka’ital, er-suv, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.

Bu erda ishchi kuchi bilan mehnat o’rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning to’g’rirog’i ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo’lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila boshqa tushunchadir. Ko’’gina adabiyotlarda esa ularni sinonim (bir xil tushuncha) deb qarashadi va ko’’gina chalkashliklar keltirib chiqaradi. Bizga ma’lumki, mehnat turli omillarning birikib, amal qiladigan jarayonidir. Ishchi kuchi, yuqorida aytganimizdek, insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishga qatnashishiga tayyor turgan omil bo’lib xizmat qiladi, mehnat esa ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi natijasida sodir bo’ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.

Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, ka’ital, er-suv va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz (2-chizma).





2-chizma. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi.
Ishchi kuchi insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi bo’lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi, uning boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori bo’ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo’llanilayotgan mehnat bozori tushunchasi o’rniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari o’rniga ishchi kuchi resurslari deyilsa to’g’ri va tushunarli bo’lar edi. Ishchi kuchi faol asosiy ishlab chiqaruvchi kuchdir. Chunki u hamma moddiy vositalarni va ‘ul mablag’larini harakatga keltiradi, ulardan unumli foydalanadi.

Ka’ital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ko’’chilik ka’ital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning ka’italizmga xosligini isbotlaydi va ka’italni o’z egasiga qo’shimcha qiymat keltiruvchi qiymat, o’z-o’zidan ko’’ayuvchi, o’suvchi qiymat deb hisoblaydi. Ayrim g’arb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar ka’italga daromad keltiruvchi, foyda keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar.

Qator g’arb iqtisodchilarining, jumladan D.Xayman, ‘.Xeyne, E.Dolon, J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib, ‘rof. V.D.Kamaev o’zining rahbarligida yozilgan darsligida «haqiqatdan ham — ka’ital o’zidan o’zi ko’’ayuvchi qiymat»7 deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin, V.Ya.Ioxin, A.G.Gryaznova, E.F.Borisov va boshqalarning rahbarligida nashr etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi. Lekin Amerika va Evro’a mamlakatlaridan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklari va boshqa ayrim adabiyotlarda ka’italni hamma ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida qo’llaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, trans’ort vositalari va boshqa shu kabilardan iborat deb ko’rsatadi, unga ‘ul va tovarni kiritmaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, ayrim iqtisodchilar ka’italistik iqtisodiy tuzumning sostial mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish omillarining qiymatiga e’tiborni kuchaytirgan. G’arbdagi kasbdoshlarimizning ayrimlari ham ka’italni bir tomonlama, ya’ni uning qiymat tarafini e’tiborga olgan bo’lsa, boshqalari esa iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini e’tibordan chetda qoldirib, uning moddiy ob’ektini, narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini ko’rsatadilar, shuning uchun ular ka’italni doimiy, o’zgarmas tushuncha deb, ishlab chiqarish vositalarini ka’ital deb ataydilar. Biz bu ikki xil tushunchani bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning, ya’ni ka’ital tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy ko’rinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko’rinishi ekanligini e’tiborga olamiz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida ka’ital deb ishlatamiz. Biz ka’ital deganda o’z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo’ljallangan ‘ul mablag’larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda «ka’ital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo’lgan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida foydalaniladigan vositalardir.

Bu erda ka’ital turli shaklda: ‘ul, ishlab chiqarish vositalari, tovar va boshqa moddiy vositalar shaklida bo’lishi mumkin.

Hamma adabiyotlarda erga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni er-suv deganda tu’roq unumdorligi, o’tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o’rmon, qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir.

Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo’shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo’rqmaydigan dovyurak kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko’rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular er va ka’italda o’z ifodasini to’adi. Ishlab chiqarish jarayonida biz yuqorida sanab o’tgan omillarning hammasi qatnashadi, ular bir-birini to’ldiradi, bir-biriga ta’sir qiladi. Ulardan biri bo’lmasa ishlab chiqarish bo’lmaydi yoki samarasiz bo’ladi, ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Ikki yoki bir nechta ishlab chiqarish omillarining bir-biriga o’zaro ta’siri natijasida vujudga kelgan mahsulot (tovar yoki xizmat) hajmining o’zgarishi ishlab chiqarish funkstiyasi deyiladi. Ishlab chiqarishning omillari doimo bir xil bo’lib turmaydi, ular sifat va miqdor jihatdan o’zgarishda, rivojlanishda bo’ladi. Ishlab chiqarish vositalari rivojlanib, borgan sari murakkab mashinalar, asbob-uskunalar, stanoklar vujudga keladi. Shuningdek ishchi kuchi ham ongi, malakasi oshgan, yangi mashinalarni yaratadigan, ulardan unumli foydalanadigan bo’lib boradi.

Ishlab chiqarish omillari bir-biriga bog’liq va o’zaro ta’sirda bo’ladi, birining o’zgarishi ikkinchisiga ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir usuli texnologiyada o’z ifodasini to’adi. Kishilar buyumlarning ilgari ma’lum bo’lmagan xususiyatlarini anglab, tovar va xizmatlarning yangi turlarini tayyorlash sirlarini bilib oladilar, ilg’or texnologiyani qo’llaydilar, yangi materiallardan, energiya turlaridan foydalanadilar. Ishlab chiqarish omillarining va texnologiyaning o’zgarishi ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmuni va shaklining o’zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo’ladi.



2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.



Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.

Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko’rinishini o’zining iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat faoliyatidan iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan o’zaro ma’lum munosabatda bo’ladilar. Ishlab chiqarish jarayonida bo’ladigan bu munosabatlarning shakllari va xususiyatlarini o’rganish hamda ularni bilgan holda ishlab chiqarishni ongli tashkil etish oliy maqsadga, ya’ni cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanilgan holda kishilarning o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishishning birdan-bir yo’lidir. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishning ichki qonuniyatlari va uning rivojlanish xususiyatlari ko’’gina iqtisodchi olimlar tomonidan ko’rsatib berilgan. Ular mehnat kishilar yashashining umumiy asosidir deb ta’riflaydilar. Demak, mehnat iste’mol qiymatlarini yaratuvchi sifatida, foydali mehnat sifatida kishilarning yashashi uchun hech qanday ijtimoiy shakllarga bog’liq bo’lmagan holda abadiy tabiiy zaruriyatdir, mehnat bo’lmaganda kishi bilan tabiat o’rtasida modda almashinuvi ham mumkin bo’lmas edi.

Kishilar o’zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o’zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo’lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o’rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning o’zi ham har tomonlama kamol to’ib boradi, ya’ni kishilar o’zining mehnatga bo’lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo’llashni kengaytirib boradi.

Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun o’zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o’rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.

Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga, hamma mamlakatlarga, el-yurtlarga va xalqlarga xos bo’lib, umuminsoniy kategoriyadir (tushunchadir).

Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega bo’lib, oddiy tosh va yog’och qurollardan foydalanib, eng sodda ovchilik va dehqonchilik qilishdan tortib to hozirgi zamon murakkab texnologiyasiga asoslangan robotsozlik, samolyotsozlik, kom’yuter texnikalarini, zamonaviy radio va televidenie vositalarini ishlab chiqarishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi davrda mamlakatimiz hududida bir necha yuzlab tarmoqlar va sohalarda xalqimizning iste’moli va ishlab chiqarishning o’zi uchun zarur bo’lgan iste’mol buyumlari va asbob uskunalar ishlab chiqariladi.

Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo’jaligi, trans’ort va aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov tashkilotlari, kommunal va uy – joy xo’jaliklari, turli xil texnik va boshqa xizmat ko’rsatish sohalaridan iborat. Har bir mamlakat o’z taraqqiyotining shu davrdagi bosqichi uchun zarur va qulay bo’lgan tarmoqlar tarkibini vujudga keltirishga harakat qiladi. Bunda resurslar cheklanganligi hisobga olinib ishlab chiqarishni o’stirish va xalqning talabini qondirish uchun o’ta zarur bo’lgan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, chet ellar bilan bo’ladigan hamkorlikni yuksaltirishga imkon beradigan tarmoqlarga alohida e’tibor beriladi.

Turli mulk shakllarining teng huquqliligi qaror to’ayotgan hozirgi o’tish davrida aholiga turli xizmatlar ko’rsatish miqdori ham o’smoqda. O’zbekiston YaIMda xizmatlarning ulushi 2004 yilda 37,6 foizni tashkil qildi. Bu esa Res’ublikamiz hukumatining keyingi yillarda aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun olib borayotgan kom’leks tadbirlari (individual mehnat faoliyati, ijara, er, mulk, tadbirkorlik, soliqlar to’g’risidagi qonunlar) natijasidir.

Xo’jalik yuritishning yangi shakli va usullarining aholiga xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini, turli chiqindilarni qayta ishlash usullarining iqtisodiyotimizga kirib kelishining ob’ektiv sababi mehnatkashlarni tovar va xizmatlar bilan ta’minlash sohalarini rivojlantirishdir.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mehnat faoliyatining muhim tomoni bo’lgan uy xo’jaligi imkoniyatlaridan foydalanish (kasanachilik, hunarmandchilik, nonvoylik, uy bog’cha va yaslilari ochish, re’etitorlik, qo’shimcha dars o’tish) ichki imkoniyatlardan foydalanishning munosib yo’llaridan biri hisoblanadi, chunki bu usul qo’shimcha binolar qurilishini talab qilmaydi va mablag’ni tejashga imkon beradi va shu bilan birga xizmatlar turini va miqdorini ku’aytiradi.

Ma’lumki, bizda ish vaqtining anchagina qismi uy-ro’zg’or ishiga to’g’ri kelmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, mamlakat aholisi uy-ro’zg’or ishlariga yiliga sarflagan vaqt ijtimoiy ishlab chiqarishga sarflangan ish vaqtiga qaraganda ko’’roq ekan. Buning ustiga uy-ro’zg’or ishlari talaygina quvvatni talab qiladi. Ushbu va shunga o’xshash boshqa misollar maishiy xizmatlar ko’rsatish sohalarini yanada rivojlantirish, uy-ro’zg’or ishlarini mexanizastiyalash imkonini beradigan mashina va asbob – uskunalarni ko’’lab ishlab chiqarishni talab etadi. Ehtiyojlar turi qancha ko’’ bo’lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o’rganish oson bo’lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga: moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalariga bo’linadi.

Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat ko’rsatish sohalarida esa turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko’rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.

Res’ublika milliy iqtisodiyotida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarining YaIMdagi mutloq miqdori va nisbiy ulushi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (3-jadval).

Moddiy ishlab chiqarish sohasi o’z navbatida ikki bo’linmadan — birinchi va ikkinchi bo’linmalardan iborat bo’ladi. Birinchi bo’linmada ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish iste’moli uchun zarur bo’lgan vositalar — stanok, mashina, asbob-uskuna, xom ashyo va turli materiallar ishlab chiqariladi. Ikkinchi bo’linmada esa xalq iste’moli uchun zarur bo’lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqariladi.

Birinchi bo’linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o’zida ikkinchi bo’limda va xizmat ko’rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo’linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o’z navbatida birinchi bo’linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o’rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo’lib turadi.

Ammo shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayoni jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xos bo’lgan umumiy hodisa bo’lsa-da, kishilar, sohalar, korxonalar o’rtasida ma’lum shakldagi o’zaro munosabatsiz amalga oshishi mumkin emas. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayoni hamisha ma’lum bir ijtimoiy shaklda, ya’ni shu davrda amal qilayotgan ishlab chiqarish munosabatlariga mos holda amalga oshadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o’sish jarayonidir.

Har qanday mahsulot, shu jumladan bozor sharoitidagi yoki unga o’tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo’lib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum miqdorini o’zida mujassamlashtiradi. Bu tovarning o’zaro bog’liq va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi mavzuda batafsilroq to’xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning ‘irovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o’sishida ko’rinadi. Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, ya’ni iste’mol qiymatni yaratish, ko’’aytirish va qiymatlarning o’sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatni, ya’ni nafli tovarni yaratishdan iborat bo’ladi.

Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo’lgan sifat va miqdorda iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo’yishi uning ijtimoiy yo’nalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yo’nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning manfaati bilan bog’langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o’tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda olishni, sarflangan vositalariga, ‘ul mablag’lariga nisbatan ko’’roq qiymatga ega bo’lishni maqsad qilib qo’yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayoni bir tomondan, iste’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo’lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o’sish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun har bir tonnasi 1000 so’mdan 100 tonna, hammasi bo’lib 100 ming so’mlik ‘axta tolasi sotib oldi deylik. U shu ‘axta tolasidan i’ yigiradi, qo’llanilgan asosiy vositalar amortizastiyasi, energiya va boshqa xarajatlar 20 ming so’mni, ish haqi 30 mingni tashkil etsa, 30 ming so’mlik foyda oladigan bo’lsa hammasi bo’lib yaratilgan mahsulotning qiymati 180 ming so’mni, qo’shilgan qiymat 80 ming so’mni tashkil etgan bo’ladi.

Agar biz 80 ming so’mlik qo’shilgan qiymatdan 20 ming so’mini amortizastiya, energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan yaratilgan qiymatlar deb qarasak 60 ming so’mlik qiymat, ya’ni 30 ming so’mlik ish haqi va 30 ming so’mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat hisoblanadi.

Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o’rganilganda uni to’g’ri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali tortishuvlarga chek qo’yadi. Bu erda shuni hisobga olish lozimki, oldingi ishlab chiqarish jarayonining mahsuli bo’lib, shu ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko’’aymagan holda o’zi qancha qancha qiymatga ega bo’lsa shu miqdorda aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o’tkaziladi.

Ишчи кучи ва ишлаб чиқариш воситалари (натурал шакллари)



Истеъмол қиймати, яъни нафлилиги

Меҳнат жараёни ёки нафлиликнинг яратилиши ва кўпайиши жараёни





Ишлаб чиқаришнинг омиллари

Натижа: товар ва хизматлар

Ишлаб чиқариш жараёни





Қийматнинг ўсиш жараёни


Капитал: ишлаб чиқариш воситалари ва ишчи кучи қиймати


Сарфланган ва қўшилган қиймат








3-chizma. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni.
Shuni ta’kidlash lozimki, naflilikni yaratishda ka’ital to’liq qatnashadi, qiymatni tashkil to’ishida esa qisman-qisman, ya’ni uni eskirgan qismi qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovarning iste’mol qiymatini hosil qilishda omil sifatida qatnashadi, lekin qiymatning tashkil to’ishida, uning ko’’ayishida qatnashmaydi. Demak, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil: er, ka’ital, ishchi kuchi qatnashadi, qiymatni tashkil to’ishida esa mehnatning o’zi qatnashadi. Bu holat 4-chizmada tushunarliroq tasvirlangan.



4-chizma. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish omillarining roli.
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham ikki tomoni borligini ko’rsatadi.


Yüklə 5,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə